Ko‘nglumda g‘aming nashtaridin dog‘i alam bor... Hayrat To‘raqo‘rg‘oniy Ko‘nglumda g‘aming nashtaridin dog‘i alam bor, Kim sanga asir o‘ldi anga ushbu nadam bor. Ey sho‘xi pari chehra, seni deb bu jahonda, Na mayli chaman, na havasi bog‘i Eram bor. To jonim erur tan qafasi ichra muqarrar, Ishqingda qalandarman, anga shohid egam bor. Bu telbalig‘im boisidur ishq jununi, Qismatda menga yozgan oni lavhu qalam bor. Xunoba to‘kay tobakay, ey yor ko‘zimdin, Hajringda agar yetsa ajal menga na g‘am bor. O‘ldim dedimu, aylamading lutf ila parvo, Hargiz demading, ishqim aro sanda alam bor. Nomingni durri harfini bu nazm uzra yozdim, Devonai Hayrat dilida ushbu raqam bor. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ko%E2%80%98nglumda_g%E2%80%98aming_nashtaridin_dog%E2%80%98i_alam_bor.... Downloaded from uzbekai.com.