Naylayin hayrona bo‘lmay, yori jonim sog‘inib... Hayrat To‘raqo‘rg‘oniy Naylayin hayrona bo‘lmay, yori jonim sog‘inib, Dilbari mahbublig‘da mah nishonim sog‘inib. Vaslidin ummidi rohat jonu ko‘ngulda mudom, Talx hajrida taqi komu zabonim sog‘inib. Rahm etib bir yo‘l xirom etgaymu ul simin uzor„ Ishtiyoqidin hazin jismimda jonim sog‘inib. Ey meni, mahzundin ayting, ul pariga shahri roz„ Do‘stlar, yodida kuydi ustixonim sog‘inib. Lahza-lahza yodida behushliklar ro‘ berur, Yo‘qlig‘idin aqlu idroku bayonim sog‘inib. Dam-badam sorig‘ yuz ila yo‘llarida ko‘z tutib, Intizorida yoturman kelmagonim sog‘inib. Yo‘lida garchand ko‘pdur men kabi aftodalar, Jumlasig‘a muqtadoman qadrdonim sog‘inib. Nomalar yozdim necha so‘zi dilimni sharh etib, Hayrati devona o‘ldim, debki xonim sog‘inib. — Source: https://wikisource.org/wiki/Naylayin_hayrona_bo%E2%80%98lmay%2C_yori_jonim_sog%E2%80%98inib.... Downloaded from uzbekai.com.