Tushtim, nigoro, bir turfa hola... Hayrat To‘raqo‘rg‘oniy Tushtim, nigoro, bir turfa hola, Hajru g‘amingdin ranju malola. Ro‘zu shabona ohu fig‘onim, To‘ldi falakka ovozi nola. Yo‘qtur jahonda jononlar ichra Sizdek pariro‘ shirin maqola. Aftoda qullar netsunki kelmas, Ko‘z-ko‘zga tushmay aslo xayola. Mahjurliqda umri ko‘zimdin, Joridur ashkim monandi jola. Yolg‘on taazzur ko‘rganda aytib, Bermay javobim qilgan savola. Yorab, raqibi noshustaro‘lar Yursin yiroqdin doim mo‘rola. Oshiqlariga noz ila boqmay, Mastura qizlar yanglig‘ uyola. Rasmi javonlig‘ komehribonlig‘, Ayb etsa bo‘lmas, har xurd sola. — Source: https://wikisource.org/wiki/Tushtim%2C_nigoro%2C_bir_turfa_hola.... Downloaded from uzbekai.com.