Hoji Muin Hoji Muin Adabsizlik sababi va uning chorasi «Turkiston viloyatining gazeti» 54-raqamida Toshkand musulmon avomlarining adabsizlikidin zorlanub, alarning ko‘chalardagi beadabona hollarini tafsil ila yozubdurki, diqqat etub o‘quduk. Lekin shuning sababi va iloji to‘g‘risida o‘z fikrini yozmag‘onig‘a taajjub etdik. Shoyad mundin so‘ng yozar. Bizning fikrimizcha, yolg‘uz Toshkand avomlari emas, butun Turkiston avomlarining ko‘bisi adabsizdur. Muning sababi bo‘lsa, avval o‘z uyida, so‘ngra maktabda lozimincha tarbiya ko‘rmasliki va jaholatdur. Modomiki, uyimizda va maktabimizda tarbiya ko‘rmasmiz, qiyomatgacha adabli bo‘lmaymiz, odam qatoriga kirmaymiz. Hozir bizlarni kim tarbiya etar? Uyda ota-onamiz, maktabdagi xat va savodzada mullomiz va ko‘chalardagi bad-axloq avomimiz tarbiya etadurmi? Bas, bizlarning murabbiyimiz mana shular bo‘lgan holda, biz qaydan adabli bo‘layluk, tirikchilik kilayluk. Xayr, holimiz shunday ekan, muning aybi kimgadur va muning ilojini kim aytar? Shubhasiz, bu holimiz uchun aybdor mas’ul ulamomiz va qadimgi musulmon mansabdorlarimizdur. Va muning ilojini topmoq ham alarga oid va lozimdur. Agarda xonlarimiz, ulug‘larimiz va ruhoniylarmiz o‘z zimmalaridagi vazifalarini ado qilib kelsalar edi, biz musulmonlar bu kunda munday razil suratda johil va beadab bo‘lub qolmas eduk. Bizning baxtsizligimizg‘a qarshu ulug‘larimizning va xonlarimizning o‘z ehtiyojimizg‘a yararlik ilmlari yo‘qlikidin bo‘ldi. Endi zamonimizg‘a muvofiq yangi asbob kerak. Eski yunon isxulostiki bu 20-asrda yaramaydur. Agarda bizning ulamolar «ruscha o‘qumoq harom» kabi xalqg‘a mazarr so‘zlarig‘a davom etsalar, voy holimizga. Emdi o‘z dardimiz davosini o‘zimiz topsak lozim. Istiqbolimizg‘a yararlik asbob va olim odam tayyorlamoq kerak. Avval, Rusiya madrasalari kabi joylarg‘a talaba yuborub yaxshi muallim va taraqqiyparvar ulamo yetishdirayluk. So‘ngra alarg‘a maktab va madrasalar ochub berub o‘z avlodimizni yaxshi o‘qutayluk va tarbiya etduraylik. Agarda biz Turkiston musulmonlari ushbu kundan boshlab mazkur choralarg‘a tashbish etsak, o‘n yidtsan so‘ng ishimizni bir tartibga solub, andog‘larga muhtoj bo‘lmay o‘z vazifasini bilmayturgon musulmon ulug‘lar o‘rnini yangi taraqqiyparvar yoshlarimiz ishg‘ol etar va biz ham ul vaqt maqsudimizg‘a yetgon bo‘lurmiz. Andin so‘ng hech kim avlodimizning adabsizligidin zorlanmas. Inshooloh, shunday bo‘lur. Iqtizoi zamon ham shudir. Anglashilmasliq yoki «Tayoq»ning ta’siri Har yerda, ayniqsa, bizning Turkiston xalqig‘a jiddiy so‘zlardan ko‘ra hajviy va qulguli so‘zlarning ko‘brak ta’sir etishy ko‘rinib turadir. Bizning xalq har vaqt to‘g‘ri va jiddiy so‘zlarga iltifot etmay, balki uning teskarisicha kulgulik, hangomalik gaplarga ahamiyat beradir. So‘ngg‘i choqlarda gazetamizning kulgulik qismida bo‘lg‘on «Jarchi» so‘zlari diqqatni jalb etdi. Ul parchalar el orasida suyilib o‘qiddi. Lekin so‘ngg‘i kunlarda gazetamizning 20-sonida bosilg‘on «Tayoq» xalqqa favqulodda zo‘r ta’sir etdi. O‘ylanmagan va qutilmagan darajada xalqning nazari diqqatini tortdi. Yozg‘uvchining jasoratig‘a, ayniqsa, xalqning ruhiga muvofiq etilib, hech bir sinfni rioya qilmasdan to‘g‘ri yozilg‘oni xususida tahsin va ofarin so‘zlari eshitila boshladi. Lekin esizkim, bu «Tayoq» xalqimiz orasida qancha yaxshi ta’sir etgan bo‘lsa, hukumatning bir-ikki yuqori doiralariga bil’aks o‘shancha yomon ta’sir qilib, ba’zi anglashilmasliqlarga sabab bo‘ldi. Go‘yo biz soliqlar to‘g‘risida din otidan xalqqa teskari yo‘sinda tashviqot yuritgan bo‘lsaq. Go‘yo «Tayoq»da yozilg‘on bir necha kitob otlari chindan diniy kitoblar bo‘lib, ularda naql etilgan so‘zlar ham musulmonlarning haqiqiy aqidalari bo‘lsa. Mana bizning «Tayoq»dag‘i kulgulik so‘zlar, yuqori hukumat idoralarida shunday sui tafsirga uchrab anglashilmasliqlarg‘a sabab bo‘lg‘oni uchun bu to‘g‘rida bir oz izoh berib o‘tishg‘a majbur bo‘ldiq: «Tayoq»da yozilg‘on bir necha kitoblarning otlari yasama bo‘lub, dunyoda unday kitoblar yo‘qdir. Ularda naql etilgan so‘zlar ham ramz va kinoya bo‘lib, kulgulikdir, jiddiy va haqiqiy emasdir. Kulgulik so‘zlar jiddiy sanalmaydir. Kulgulikka qarshi javob ham yozilmaydur. Shuning uchun kulgulik so‘zlar yozaturg‘on kishi haqida turlik shubha va gumoni bad qilish durust emasdir. Ba’zi odamlar bizdan so‘raydurlarkim, «Siz buncha qattig‘ so‘zlar yozarsiz, hukumat sizga hech narsa demasmi?» Biz alarg‘a javob beramizkim: Sho‘rolar hukumati xalqqa so‘z hurriyati bergandir. Hukumatning asosiy qonunlarig‘a qarshi bo‘lmasliq yoki xalqni hukumatning muqobiliga qo‘zg‘otmasliq shartlari bilan har kim fikrini yozib, tarqatishg‘a haqlidur, ozoddur. Xalqning va hukumatning foydasini ko‘zda tutib, jiddiy va hajviy so‘zlar yozishni hech kim qatag‘on qilolmaydur. Hukumatning ba’zi xoin ma’murlari bilib turib xalqqa jabr va zulm qilar ekan, alarni tanqid va hajv qilishg‘a yoki alarning ustidan yuqori doiralarg‘a shikoyat etishga har bir grajdanning haqqi bordir. Bizning o‘lkada xalqning nodonlig‘idan istifoda etib, mustamlakachilik siyosati bilan ishlayturg‘on nikolaychilar yo‘q emasdir. Mana shunday unsur bilan kurashish har birimizning vazifamizdir. Bu yo‘dda qo‘rqmasliq kerakdir. Askarlik to‘g‘risida Askarsiz millat jonsiz gavda hukmidadir. O‘zining yerlik xalqidan askari bo‘lmagan bir yurt qo‘rikchisiz bir istehkom kabidir. Askarlik bir millatning hayot-mamot masalasini hal qilish uchun zo‘r ro‘llar o‘ynaydurg‘on bir kuchdir. Har bir yengish va yengilishning boisi askardir. Nikolayni taxtdan tushirgan — askar, sho‘rolar hukumatini bu kungacha muhofaza qilib kelgan ham askar bo‘ladi, Buxoroda zolim amir hukumatini yiqitg‘on — askar, Turkistonni bosmachilardan qo‘riqlab kelgan ham askar ekanligi belgilidur. Turkiston turklari ham bir vaqt urushqoqliqda mumtoz va mashhur edilar. Faqat bu so‘ngg‘i asrlarda o‘zlarining askariy kuchlarini Ovrupa jahongirlariga qarshi tashlamay, o‘zaro urushg‘a sarf etdilar. Oxiri, ularning yurtimizni istilo qilishlarig‘a sabab bo‘ldilar. Shuning uchun bundagi xalqda bora-bora askarlik ruhi so‘nib ketdi. O‘ktabr inqilobining barakotidan bizda yana askarlik qo‘zg‘ala boshlag‘on bo‘lsa-da, lekin biz bu fursatdan istifoda qila olmadik. Ya’ni 20-yildan boshlab tashvi-qot va tadbir yurguzmay, birdan dahshatlik suratda yerlik xalqdan majburiy askar olib, natijada xalqni hukumatdan nafratlantirdik. Shuning bilan barobar oling‘on askarlarning ham qochishig‘a o‘zimiz sabab bo‘ldiq. Xalqning ahvoli ruhiyasi bilan hisoblashmaganimiz uchun bu to‘g‘rida zo‘r xato qildik. O‘shal vaqtda faqat ixtiyoriy suratda askar olg‘onimizda, hozirgacha o‘n minglarcha muntazam askarga ega bulur edik. Xayr, har nima bo‘ldi-o‘tdi. Bunday xatolarning qaysi birini sanab o‘ltirurmiz… Ana bukun yana yerlik xalqtsan askar olish masalasi qo‘zg‘atilub turadir. O‘rtoq Trotskiy ham o‘zining maktubida «erlilardan sekin-sekin askar olish kerak» mazmunida bir-ikki so‘z yozib o‘tadir. Shundan ham ma’lum bo‘ladirkim, bu kunlarda yana hukumat Turkiston xalqidan askar olishni tasvib va maslahat ko‘rgan. Lekin bu daf’a qaysi ravishda, qanday sharoit bilan askar olinadur? Bu ham bilgulik emas. Shoyad bu to‘g‘rida hukumatning yuqori doiralarida kengash va muzokaralar bo‘lib turg‘ondir. Harhodda, bu daf’a avvalgi xatolar takror voqe’ bo‘lmas, deb o‘ylaymiz. Hozir Turkistonning ba’zi bir shahrida yerlik xalqdan oz-moz qizil militsiyalarimiz bor. Shular ixtiyorlik suratda oling‘onliklari uchun chin ko‘ngil bilan yaxshigina xidmat qilib turadurlar. Shularni bir turlik qizil askar demoq ham mumkindir. Chunki bir necha vaktdan beri shu qizil militsiyalarimizning qizil askar bilan bir safda turib bosmachilar bilan urushib kelayotg‘onlari ma’lumdir. Hatto, ba’zi o‘rinlarda bularning qizil askardan ko‘ra ortiqlik qahramonliq ko‘rsatganliklari ko‘rilgandir. Ana shu hollarni ko‘zda tutib bu daf’a tartiblik va kuchlik tashviqotdan so‘ng majburiy emas, ixtiyoriy suratda askar ola boshlasaq, oz bir zamonda anchagina askar to‘plashimiz qiyin emasdur. Faqat bu askarlik xidmati-ning muddatini qisqa qo‘yib, buning uchun yengil qonun va qoidalar tuzishimiz lozim. Boshlab yerlik xalqtsan zobitlar yetishtirish uchun Turkistonning har bir shahrida askariy qurs va maktablar ochish kerak. Askarlarning maishatlarini yaxshi ta’min etish va ba’zi urf-odatlarga mudoxala qilmasliq va o‘zlarini Turkistondan boshqa shaharga yubormaslik kabi qoida va yon berishlar e’lon qilingonda askar olishning muvaffaqiyatli chiqishi anikdir. Shuning bilan barobar har bir ko‘ngilli askarga o‘z yaqinlaridan ikki kishining kafil bo‘lishi yoki shunga o‘xshash boshqa bir tadbir shart qilinsa, kelgusida ul askarning qochishlig‘i va yo hukumatga qarshi xiyonat qilmaslig‘i uchun bir amniyat hosil bo‘lur edi. Shun-day tadbir ko‘rilgan taqtsirda, ba’zi bir askarning o‘z qo‘lidag‘i yarog‘ini yangi bir yo‘dda ishlatishi mumkindir. Xulosa: askarlik muqaddas bir xidmatdir. Askarlik xidmatiga kirishi bilan Turkiston xalqi iftixor qilishga haqlidir. Askar bo‘lmoq chin huquqqa ega bo‘lish demakdir. Turkiston xalqi askarlik xidmatini zo‘r shodliq va butun ixlos bilan qarshi olar deb ishonamiz. Azroilmi, soliqchimi? Zamonimiz qiziq bir zamon bo‘ldi! Kunda bir zakun, soatda bir xil qonun chiqayotibdur. Magar Nikolay vaqtida bizdan biron noshukrlik o‘tgan ekankim, bukun Haq taolo «bolshevik» degan bir toifa maxluqni boshimizga musallat qildi… Xudoyo, tavba qildim. Yana o‘zing bilasan. Mulk o‘zingniki, nima xohlasang qilmoqqa qodirsan… Qaysi kun bozorg‘a chiqqan edim. Do‘kondorlarning sho‘ri qisqon ekan. Bir vaqt «soliqchi kelayotibdur» degan so‘z ovoza bo‘lib qoldi… Taqur-tuqur, shaqur-shuqur do‘konlar yopiddi. Xalq har tomong‘a pishakni ko‘rgan sichqondek qocha berdi. Salla jomasini o‘g‘irlatg‘on, noskadusini yo‘qotqon va kavushini yitirgonlarning soni yo‘q edi. Ko‘chalarda sovuq suv sotib yurgan bolalar ham qochib yoshirindilar. Hatto gadoylar ham soliqdan qo‘rqub qochdilar. Bu mahsharasar hodisani ko‘rub man ham «la havla» o‘kudim. Ko‘nglimga vahima tushdi. Tezrak o‘zimni bir chetga oldim. Endi bozorg‘a chiqishqa ham yuragim qolmadi. Mumkin bo‘lsa, bundan keyin uyginamda besh vaqt namozimni o‘qub yotay deyman… Bizda sog‘liqni qaqshatish ishlari Shahrimizda sog‘liqni qaqshatish ishlari, Xudog‘a shukr, bu yil juda tartibga qo‘yila boshlandi. Hifzi sihhat bo‘lumining «beparvo falak»ligidan xalqimiz juda mamnun va sarafrozdir. Bu yil eski shahardagi guzar hovuzlari mikrub bulog‘ig‘a aylanib qoldi. Hatto, bu hovuzlarning biridan cho‘chqa chiqqonlig‘ini ham gazetada o‘qidiq. Oshxona va kabobfo‘rushliqlarimiz bo‘lsa, «kar» madaniydir. Eski shahar osh salxonasidan ko‘knorxonalarimiz ming qatla ozoda muntazamroqdir. «Chashmai shifo» hovuzchasining oldidan o‘tmoqchi bo‘lg‘oningizda, ehtiyot uchun, albatta, burningizni tutib o‘tishga majbur bo‘lasiz. Xulosa, shahrimiz sog‘liqni saqlash idorasini «xotirjami gov jallob» etarlik darajada toza va boshqa shaharlarg‘a namuna bo‘lurliq yo‘sunda pokizadir. Yana bir gap qoldi: shuning bilan barobar ahli taqvo musulmonlarg‘a, xayrixohlik yuzasidan e’lon qilamizkim, yangi shaharg‘a borayotg‘onda «Sarjin bozori» ko‘chasidan zinhor o‘tmagaylar. Chunki u yerg‘a tashlang‘on necha vogun axlat ichidan hammavaqt «sunbuli sahro» isi chiqib dimog‘g‘a uradir va ro‘zani sindiradir… Bizga nima kerak? Dunyoda o‘zining hayotini himoya qilmoqchi va o‘z maishatini ta’min etmakchi bo‘lg‘on kishining tabiat qonunlari va hayot sharoitlari mujibincha qanday tadbirlar ko‘rarga va qanday choralar izlarga tugunmog‘i qancha lozim bo‘lsa, sarbastona va mas’udona bir suratda yashamakchi bo‘lg‘on bir millatning hay’at majmuasi ham ijtimoiy hayotindagi vazifalarini lozimincha ifo etmak yo‘linda harakat etishi o‘shancha lozimdir. Aks holda, ul fardning hayoti naqadar tahlikaga ma’ruz qolursa, bul millatning hayoti ijtimoiyasi ham shul qadar tahlikaga uchrab o‘zgalarning tasallut va asorati ostinda qolajag‘i tabiiy va shubhasizdir. Yashamak shartlari va hayoti ijtimoiyadaga vazifalarining eng umdalari: askarlik, maorif, til, adabiyot, ziroat, tijorat va sanoyi’ ekanligi ma’lumdir. Mana, hayoti ijtimoiyamizda lozim bo‘lg‘on bu narsalarning barchasi hozirda bizda bormi? Bo‘lsa qaysi holdadir? Bu savollarg‘a qarshi to‘g‘ri javob yozilg‘onda ixtiyorsiz qalam uyolur, kishi istiqboldan ma’yus bo‘lur. Chunki mazkur narsalarning ba’zisi bizda yo‘q va ba’zisi hanuz ibtidoiy hoddadirki, bularning mumkin suratda vujudka ijtihod chiqarilishi uchun ko‘b umrlar va ko‘blar sarf qilmoq kerakdir. Lekin lozimai hayotimiz bo‘lg‘on bu narsalarni vujudga chiqarib olg‘uncha bizga zamon musoada etarmi, ya’ni fursat berarmi? Siyosiy ahvolning hozirgi sur’atli o‘zgarishiga qarag‘anda, zamon fursat bermas kabi ko‘rinadur. Shunday bo‘lsa ham, hozirgi musoidi zamin va zamonni g‘animat bilib vatan, huquq va hayotimizning muhofazasi, istiqbolimizning ta’mini uchun kerak bo‘laturg‘on tadbir va choralarg‘a kirishmagimiz lozimdir. Mana, hozir ushbu savol vorid bo‘ladirki: bizga nima kerak? Hozirgi vazifamizg‘a qarag‘onda bizga eng avval, askar keraqdir. Chunki hozirgi doxiliy sho‘rish va inqilob xorijiy dushmanlarning tajovuzidan ortiq bizga qarshi xatarli bir holg‘a aylanmaqdadurki, bu sho‘rishdan vatan va hurriyatni qutqarib olmoq uchun askariy zo‘r bir quvvatg‘a molik bo‘lmog‘imiz mutlaqo lozimdir. Ma’lumdirki, hozirda bir yoqtsan Nikolay kosalesla-ri bo‘lg‘on Ashqobod fitnachilari, ikkinchi yoqdan kazachiylar bilan … oyoqqa qalqib Turkistonimizni tahdid etmakda va faqir xalq hokimiyatini tahlikaga tushirmakdadirlar. Bularning maqsadi hokimiyatni faqir xalqdan olib burjuazlarg‘a tobshurmoq va buning ila milliyunlarcha bechora kambag‘al xalqni yanada boylarning oyog‘i ostinda ezdurmakdir. Mana, ushbu doxiliy dushmanlarimizning hujumindan vatanimizni qutqarmoq va alarni tasallutindan muqaddas hokimiyatimizni muhofaza etmak uchun biz Turkiston faqir ishchi va dehqonlarig‘a lozimdurki, o‘z oramizdan askariy firqalar tashkil etib, jonimiz va nomusimiz kabi aziz bo‘lg‘on huquq va hurriyatimiz yo‘linda qurbon bo‘lurg‘a hozir turayluk. Dunyoda zolim ostinda nomussiz yashamakdan huquq va hurriyat yo‘linda nomus bilan o‘lmak ming marta yaxshiroqtsir. Ey Turkiston ishchisi! Oyoqg‘a tur! Dushmanlaringni bos! Yurtingni saqla! Ey turkistonli turk o‘g‘li! Yarog‘ingni ol! Yovingni ot! Hurriyatingni saqla! Bolalar bog‘chasi Xalqimiz ilm va maorifning haqiqiy qimmatini o‘lchay olmasa-da, maktabdan asl maqsad nima ekanligini durust tushunmasa-da, «maktab degan o‘quv yurti bor, unda bolalar borib o‘quydilar» deb bilalar, ixtiyorli, ixtiyorsizmi bolalarini maktabga yuboralar. Ammo «Bolalar bog‘chasi» degan so‘zni eshitmagan odamlar ko‘bdir. Shuning uchun bu to‘g‘rida bir oz ma’lumot bermak, bu kunlarda ochilgan «Bolalar bog‘chasi»ga aholining diqqatini jalb qilmoq munosib ko‘ruladi: «Bolalar bog‘chasi» shundoq bir binodirki, anda o‘quv yoshiga yetmagan 4-6 yashar bolalarni yig‘ib asraydirlar. «Bolalar bog‘chasi» shaharning eng yaxshi va xushhavo yerinda, bog‘chalik bir binoda bo‘ladir. Bolalar bog‘chasinda bolalarning sonlariga qarab uch-to‘rt nafar bola tarbiyasini yaxshi biladirgan tarbiyachilar qo‘yulalar. Bolalar kunda soat sakkizdan ikki yoxud to‘rtgacha u yerda asralanalar. Tarbiyachilar bolalarni har qismi oddiy o‘yunlar bilan o‘ynatalar, kog‘oz, loy va cho‘bdan har narsaning suratini va namunasini yasatalar. Qalin kogozdan kesilgan yoxud cho‘bdan yasalg‘on harflarni bolalarning qo‘llarig‘a berib, o‘yun yo‘li bilan harflarni tanitalar. Bolalarning o‘z a’zolari va ko‘zlariga ko‘runib turyun narsalarning otlari va sifatlarindan qisqa-qisqa so‘zlar yasab, bolalardan aytiralar. Shul vosita bilan bolalarni to‘g‘ri va usta so‘ylamakka o‘rgatalar. Bolalarni birga o‘ynatib, birga o‘turtub, birga turg‘uzub jamoat bilan ishlamak, jamoat bo‘lib tirikchilik qilmoqg‘a odat qildiralar. Bolalarning tez-tez och qolishlarini e’tiborga olib, bolalar tabiatiga muvofiq yengil-engil yemaklar yeguzalar. Bolalarni pokizalikga odat qildiralar. O‘yun vaqtinda, tamaq vaqtinda kiyimlarini, qo‘llarini bulg‘otdirmaydirlar. Bolalarga qisqa-qisqa she’rlar o‘rgatib, musiqiy havosi bilan o‘qutub, ruhlarini tarbiya qilalar. Bolalarning esonliklarini saqlamoq, gavdalarini o‘sdurmak uchun tabiblar so‘zlari bo‘yincha har qism harakat qildiralar. Xulosa, bir tarbiyali onadan ortuqroq bolaga qarashalar va asraydirlar. Madaniy millatlar ichinda «Bolalar bog‘chasi» ko‘b zamonlardan beri bor. Va bolalar maktabdan burun u yerdan tarbiya olalar. Sho‘rolar hukumati soyasinda bolalar bog‘chasi Turkistonda ham ko‘paymoqladir. Eski Toshkandda musulmonlarning bir necha bolalar bog‘chalari bo‘ldi. Samarqandda o‘tgan yil ruslar uchun sobiq g‘ubirnatur bog‘inda, yahudiylar uchun qizlar gimnaziyasi yonindagi binoda «Bolalar bog‘chasi» ochilib, milliyunlar sarf qilinmoqdadir. Ba’zi maorif sho‘balarinda qotishib yurgan maorifparvar o‘rtoqlarning ko‘shishlari bilan o‘tgan bahor eski shaharda Xayrobod qitasinda Quliboybachcha hovlisinda musulmonlar uchun ham bolalar bog‘chasi ochilib edi. Lekin bolalar bog‘chasi nima ekanligini xalq anglamadi, bolalarini yubormadilar. Bir talay xarajatlar bo‘shg‘a ketdi, tarbiyachilik uchun Toshkanddan kelturulgan, bolalar bog‘chasi kursig‘a o‘qug‘on tatar hamshiralarimiz bola yo‘qlig‘idan zerikib yana qaytib Toshkandg‘a ketdilar. Lekin eski shahar maorif sho‘basi bolalar bog‘chasining kerakligini, bola tarbiyasi uchun lozumini ko‘zga olib mazkur Quliboybachcha uyinda yana «bolalar bog‘chasi» ochdi. Emdi xalqimiz mundoq tarbiya uyindan istifoda qilmoq uchun 4-6 yashar bolalarini bu yerda yuborsalar edi. Eskidan beri xalqimiz bolalarni to‘rt-besh yasharligidan maktabga eltalar, domlog‘a aytadurgon so‘zlari: «Taqsir, o‘qumasada, aldab-suldab maktabda saqlang, uyda sho‘xliq qilib, onasini bezor qiladir. Ish kuchidan qoldiradir, ko‘chalarda, noqulay yerlarda o‘ynaydir. Biron o‘sal bo‘lmasin deb qo‘rqaman. Maktabda tursa, man bozorda, onasi uyda xotirjam bo‘lamiz…» Ana shu hollar ko‘rsatadirki, yosh bolalarni asramak va yomon o‘yunlardan, noqulay ishlardan saqlamoq uchun bir yer kerak ekan. Boshqa munosib bir yer yo‘qlig‘indan otalar bolalarini yosh chog‘indan xotirjam bo‘layluk deb maktabga eltalar. Lekin yosh bolalar-ni maktabga yubormak va o‘quydirgon bolalar qatorinda o‘tquzmoq bolaning esonligig‘a ko‘b zararlikdir. Bola yosh chog‘inda ko‘ngli xohlamaydirgon biron ishga majbur qilinsa, badani oruq bo‘ladir. Dimog‘ va miyasiga xalal keladir, qoni buziladir, a’zosi o‘sishdan qoladir va boshqa kasallarga uchraydir. Ko‘chada, uyda o‘z holicha qo‘yulsa, yomon o‘yunlar o‘ynaydir, ko‘cha bolalari bilan yoqalashib, urushib axloqi buziladir, yoshlikdan ayg‘oqliqni, oliftalikni o‘rganadir. Ko‘chada ot va aroba ostinda qolib, yoki tom va yog‘och ustindan yiqilib, biron o‘sal bo‘lmog‘i ham mumkindir. O‘sal bo‘lmasa-da, o‘z boshiga o‘ynab yurgan bolani «Nima bo‘ldi?», deb ota-onaning yuragi titraydir. Mana, «Bolalar bog‘chasi» shu hollarning borisiga choradir. «Bolalar bog‘chasi»ning birinchi foydasi bolalarni mazkur hollardan, ota-onani behuda tashvishlardan qutqarmoqdir. Ikkinchi foydasi bolalarni yaxshi tarbiya qilib, lozim ishlarga o‘yun yo‘li bilan o‘rgatib, maktabdan burun maktabga hozir qilmoqdir. Bu xulosalarni xalqimiz durust anglab, minglarcha xalq aqchasi sarf bo‘layotgan bu ishlardan istifoda qilsalar edi. Anglag‘on kishilarga lozimdirki, anglamagonlarga tushuntirsunlar. Muni yaxshi bildirsunlarki, maorif sho‘rosi, xalq hukumati bu ishlarni o‘yun uchun yoxud o‘zi uchun qilmaydir. Balki xalq aqchasindan bir qismini xalq manfaatig‘a sarf qilmoqchi bo‘ladir. Bizga lozimdirki, go‘sht do‘koninda navbat ko‘zlab turgandek, maktab va bog‘chalardan ham birimizdan birimiz burunroq navbat olmoq va istifoda qilmoq uchun yugursak. So‘z oxirinda shuni esga tushurub o‘tamizki, yahudiy vatandoshlarimiz ahmoq kishilar emaslar. Balki bularning ziyrakliklariga barchamiz qoyilmiz. Bular hunar maktabi ochdilar, eskidan savdogar bo‘ldiqlari holda o‘n qo‘l bilan yangi hunar, yangi ishlarga yopishdilar. Bolalar bog‘chasi ochib bolalar bilan to‘ldirdilar, hosili qancha mumkin bo‘lsa, shuncha foyda olayotibdirlar. Holo biz bolalarimizni oxiri soldat qiladir deb qo‘rqmoqda, xayolot bilan ovora bo‘lib, istifoda yo‘llarindan mahrum qolmoqdamiz. Bolsheviklar va biz Rusiya inqilobining sakkizinchi oyinda, bolsheviklarning «Dushman bilan yarashib, mamlakatni halokatdan qutqaramiz!» deb qilich quvvatila hukumatni Kirinskiydan tortib olg‘onlari va o‘shal kundan e’tiboran Turkistonning markazi bo‘lg‘on Toshkandda ham qancha qonlar to‘kub, hukumat idorasini o‘z qo‘llarig‘a olg‘onlari, ammo hozirgacha xalq va mamlakat foydasig‘a bir pullik ish ko‘rsatolmay, balki xorijiy qon to‘kulishlar ustinda Rusiya doxlinda ham urush chiqarib butun Rusiya xalqini falokat va halokatga tushurmoqda bo‘lg‘onlari barchag‘a ma’lum bo‘lsa kerak. Sulhg‘a kelganda, «Tezdan, balki yanvarg‘acha dushman bilan yarashamiz» deb va’da bergan bo‘lsalar ham, bu to‘g‘ru-da hanuz qat’iy bir qaror chiqarg‘onlari ma’lum emasdur. Bolsheviklar ish boshig‘a o‘tub olg‘on kunlarda «Biz kichik millatlarg‘a tamom hurriyat va istiklol beramiz!» deb xitobnomalar vositasila va’da qilg‘on bo‘lsalar ham bu quruq so‘zlari qog‘oz ustidagina qoldi. Bular hozirgacha hech bir millatning muxtoriyat va istiqlolini tasdiq etmadilar, balki, bil’aks, shunday muxtoriyat va istiqloliyat e’lon etgan millatlarg‘a to‘p va pulemut bilan muqobala etdilar va etmakdadirlar. Mufrat «sotsializm» maslakida bo‘lg‘on bolsheviklarning o‘z maslaklarini qabul etmagan millatlarg‘a hurriyat va istiqlol bermasliklari aniq bo‘lub chiqdi. Bular istaydirlarkim, Rusiyada hurriyat va istiqloliyat tilaginda bo‘lgon millatlar «sotsializm» prug‘romi bilan raftor etsunlar, ya’ni har millatda va har mamlakatda «ishchi, dehqon vakillarining sho‘rosi» degan bir hukumat tashkil qilinib, mamlakatning idorasi shularg‘a topshirilsun. Millat afrodining butun yer, mol va sar-vatlari umumiy mulk etib e’lon qilinib, shul «sho‘ro» ixtiyorig‘a qo‘yulsun. Shunday bo‘lmag‘onda bular hech bir millatg‘a hurriyat va istiqlol bermas emishlar, hech bir millatning hurriyat va istiqlolini ham tasdiq etmas emishlar. Bolsheviklarning bu g‘ayri tabiiy tilaklari, buzuq g‘arazlari hozirgacha Rusiyada bo‘lg‘on hech bir millat tarafindan qabul qilinmadi. Shuning uchundirki, bolshevik-lar o‘zlarig‘a bo‘yunsunmay «sotsializm» maslagini qabul etmagan (malorus va Do‘n qozoqlaridek) millatlar bilan Urushmoqdadir. Uzimizg‘a kelganda, 95 prosenti musulmon bo‘lg‘on ulug‘ Turkiston o‘lkasinda ham bolsheviklar o‘z so‘zlarini o‘tkazmak va buzuq maslaklarini tatbiq etmak uchun qo‘llarindan kelgan chora va tadbirlarg‘a kirishmoqdadirlar. Chunonchi, Toshkand shahar dumasini tarqatdilar. Turkiston Muxtoriyatini «mullo va burjuazlar qarori» deb tasdiq etmadilar va Toshkandda Muxtoriyat shodlig‘i uchun namoyish yasag‘on minglarcha musulmonlarg‘a bir bahona bilan miltiq va pulemut otib, bir necha gunohsiz musulmon va ruslarni o‘ldurdilar. Bular ila ham muddaolari hosil bo‘lmag‘och, o‘z tarafdorlarini ko‘payturub, musulmonlar orasig‘a muxolifat solmoq uchun musulmon soldatlarini va musulmon ishchi-dehqonlarini ig‘vo etdilar. Ammo bu tadbirlar bilan ularni o‘z taraflarig‘a tortmoqg‘a muvaffaq bo‘lmadilar. Chunki musulmonlar bolsheviklarning buzuq muddaolarini anglab olib, o‘zlarini tortdilar, aldanmadilar. Yana muning ustinda, o‘z maqsadlarini bolsheviklarga ochiqroq anglatmak uchun Turkistondagi butun musulmon soldat, ishchi va dehqonlar 25 dekabrda Xo‘qandda favqulodda bir s’ezd yasab, s’ezdda hozir bo‘lg‘on 200 nafarcha namoyandalar o‘tgan to‘rtinchi musulmonlar qurultoyi tarafindan chiqarulg‘on qarorlarni haqli topib, Turkiston idora va hokimiyatining darhol Muxtoriyat hukumatig‘a topshurilmog‘iga qaror chiqardilar. Qani, endi ko‘rayluk, bu s’ezdg‘a bolsheviklar qaysi ko‘z bilan qaraylar!.. Nima derlar!.. Harholda bolshevik-lar tek turmaslar. Biror bahona topib, bizning tinchligimizni buzarlar, deb gumon qilamiz. Chunki bularning chin muddaolari hanuz hosil bo‘lg‘on emasdur. Shuning uchun bizlarg‘a kerakkim, bu to‘g‘rida har ehtimolg‘a qarshi xozirliq ko‘rayluk. Tamom birlik bilan kuch yig‘ayluk. O‘z hurriyat va muxtoriyatimizni saklamoq uchun mol va jonimizni fido etmakka hozir bo‘lib turayluk. Boy bo‘lmoq yo‘llari Umrim bo‘yi boy bo‘lish yo‘llarini izlab topolmay, oxir, «taqdirimda boyliq yozilmag‘on ekan» deb yurgan edimki, to‘yqusdan o‘ktabr o‘zgarishi voqe’ bo‘lub, bolsheviklar hukm sura boshladilar. Ko‘b vaqt o‘tmadikim, bular turli gazeta va kitoblar chiqarib, xalqni bolsheviklikka tashviq eta boshladilar. Boshqa yoqdan, eshonlarimizga o‘xshash: «Dunyo harom, pul bekor, boylar zolim, qonxo‘r!» deb boynamolarimizni ezishga tutindilar… Qarab tursam, maslakdoshlarimdan tuzuk-tuzuk obro‘li kishilar «holo so‘zingiz haq» deb bolsheviklikka yozilib uchiga chiqib ketdilar. Zotan, man o‘zim boy bo‘lmoq yo‘lini topolmay, garang bo‘lib yurgan emasmi, Tangrining meni boy qilmag‘anig‘a shukrlar qildim. Chunki bu kun agar men ham boy bo‘lsam edi, bu kungi boynamolar qatorida bor-yo‘g‘imdan ayrilib, turmalarda qamalib, qancha azoblar ko‘rgan bo‘lur edim. Oqibat, men ham hech kim bilan kengashmasdan, istixora qilmasdan, tezgina bolshevik bo‘lib oldim. Shuni ham bilmoq kerakkim, men zohiran bolshevik bo‘lgan bo‘lsam ham, ota-bobomdan meros bo‘lib kelgan ko‘nglimda «kan-naqshi fil-hajar» (toshga o‘yilgan naqsh) kabi o‘ltirib qolg‘on hislarim o‘z joyida barqaror edi. So‘zning qisqasi, men ham mas’ul ishchilar qatorida mas’uliyatlik bir ishga kirib ketdim. Oylar o‘tdi, yillar o‘tdi. Men bukun-ertalarda oqcha bekor bo‘ladir, boylar yo‘q bo‘lib, barchamiz kambag‘al holatida rohatda yasharmiz deb yursam ham, lekin bul sabil qolgur pul bil’aks ko‘paya berdi. Tuxumiga qiron kelgur boylar ham yo‘q bo‘lmadilar, balki birlari ming, minglari milliyun, milliyunlari milliardlarg‘a yetib, Qorundek mullalarning hisobini bilmay-turg‘on bo‘ldim. Maslakdosh musulmon, bolshevik o‘rtoqlarimning ba’zilari holig‘a diqqat bilan qarasam, zohiran bular ham men bilan barobar oyliq oladurlar. Lekin haqiqatdan dimog‘lari choq, bosh-oyoq kiyimlari «zolim Nikolay»ning generollarida ham yo‘q…Ishlariga ko‘z solsam: dalaga har bir ovga chiqqanlarida «muzaffar va mansur» bo‘lib qay-tib kelarlar. So‘ngra o‘zlari istagan xotin-qizlarini milliardlarcha so‘m xarajot bilan to‘y qilib olib, kayf-safo etarlar. Bolshevik zakunida ichkilik harom bo‘lsa-da, bular hiylai shar’iy topib, suv o‘rnida konyak icharlar. Bu ishlar meni hayratga soldi. Boy bo‘lmoq savdosi yana boshimga tushdi. Bir do‘stimning kengashi bilan do‘kon ochdim, ammo sarmoyadan asar, savdodan davlat yo‘q. Ba’zan kunlik non va choyni «harifona» tariqasi bilan topib o‘tkazaman…Natijada, yana ochliq, yana yalang‘ochliq. Oqibat, o‘ylab topdimki, bu to‘g‘rida ayb o‘zimda ekan, muncha ochliq, muncha yalang‘ochlig‘img‘a, bu qadar baxtsiz va tolesizligimg‘a o‘zim sabab bo‘lg‘on ekanman. Chunonchi, men bolshevik bo‘lib turib ba’zi bolshevik o‘rtoqlarimdek xalq nomidan zakot olishni o‘zimga vazifa etmabman. Har kim boy bo‘lishni istasa, vijdon bilan aloqa qiddingmi, boylik sendan aloqasini uzishi aniqdir, bu narsa menga uzoq tarbiyalardan keyin saboq bo‘ldi. Ko‘b vaqt bir kishiga yoki bir necha kishiga qaratib aytilgan «Tayoq» o‘zini to‘g‘ri hisoblab yurgan kishilarga ham tegib ketadir. Menim bu tayog‘im to‘g‘rining boshidan sakrab o‘tub, egrining boshini yoradir. Bukun boy, ertasi gadoy Bu sarlavhamiz zohirda juda taajjublik ko‘runsa ham, lekin haqiqati holni bilib olg‘ondan keyin qiziqishg‘a uncha o‘run qolmaydur. Agar siz bir kunlik, bir soatlik boybachchalarni ko‘rmakchi bo‘lsangiz, u yoqqa-bu yoqqa qaramay to‘p-to‘g‘ri Tuproqqo‘rg‘ong‘a chiqingiz. Bunda sunnati Xudoni tomosha qilarsiz. Tuproqqo‘rg‘on chorbog‘ida har kun kim qancha musulmon bandalari boy va kim qanchalari gadoy bo‘ladirlar. Bularni shunday tez o‘zgarishlik holg‘a solg‘uvchi sabil qolg‘ur «g‘ir-g‘irak» o‘yundir. Ilgarigi vaqtlarda bunday o‘yunlar yolg‘iz hayit kunlari bo‘lur edi. Endi shahrimizning obod bo‘lishig‘a va o‘zimizning soat sayin taraqqiy qilishimizg‘a katta bir misol bo‘la olaturg‘on bu o‘yun Xudoning bergan kunida o‘ynaladir. Bu joyg‘a har vaqt ko‘zingiz tushsa, bir necha musulmon bandai Xudoning «g‘irg‘irak»chilarg‘a o‘xshash «ey Xudo, sharmanda qilma!» deb ko‘kraklariga «dardkam» urg‘onlarini ko‘rub, shodliqdan ko‘ylakingizga sig‘may boshlaysiz. Qimorbozliqdan boybachcha bo‘lub, kunduzlari restoranlarda ichib yurg‘on va kechalari kanaxonalarda uchib yotqonlarning haddu hisobi yo‘qdir. Yaqinda shunday kayflik bir boyvachchaning ko‘chada sayohat qilaman deb, o‘zining ustiga istirohat qilg‘onini ko‘rib qahqahadan ichaklarimiz uzildi. Shu davlat bizga yetmasmi, Muhammad ummatidirmiz… Buyuk ustozimiz Behbudiy afandi Butun islom dunyosi, boxusus, jaholat qorong‘ulig‘inda qolg‘on Turkiston o‘lkasi murshid va rahbarlarg‘a nihoyat darajada muhtoj bo‘ldig‘i bir zamonda Turkiston xalqig‘a mehribon ota va ustoz manzallasinda bo‘lg‘on muhtaram muharririmiz mufti Mahmudxo‘ja Behbudiy hazratlarining tabiiy ajali bilan emas, balki zolim, taassub va jaholat manbai bo‘lg‘on Buxoro tuprog‘inda, zolimlar qo‘linda vahshiyona bir suratda o‘ldurulganligi butun Turkiston o‘lkasi va turkistonliklar uchun g‘oyat zo‘r bir ziyo’dir. Behbudiy afandi Turkistonda boshlab qo‘lig‘a qalam olib, xalqning taraqqiy va tolesi uchun foydali maqolalar yozg‘on buyuk rahbarimiz edi. Behbudiy afandi Turkistonda yangi maktablar uchun boshlab alifbo va jug‘rofiya kitoblari yozg‘on ulug‘ ustoz va murshidimiz edi. Behbudiy afandi Turkiston taraqqiyparvarlari ichinda eng avval mutaassib ulamoning haqsiz hujum va takfirlarig‘a uchrag‘on va shunday takfirlar ila ruhini tushurmay, o‘z maslakindan qilcha ayrilmay, yigirma yil mutamaddian Vatan va xalqg‘a xidmat etgan birdan-bir faol yo‘lboshchimiz edi. Men bu yerda, bu kichkina maqolada Behbudiy hazratlarining mufassal tarjimai holini va xalqg‘a qilg‘on xidmatlarini yozmoqchi emasman. (Ki, buning uchun necha jild kitob yozmoq kerak bo‘lur) balki aning ba’zi yaxshi sifat va xislatlari ila aning haqindagi xotiralarimdan bir nechasini yozmoq istayman. Behbudiy afandi ila boshlab tanishdig‘im 1321nchi sanai hijriyada boshlab domla Sayidahmad Vasliy afandining hujrasinda va mazkur yilda bir-ikki kelib ketdigi uchun Behbudiy afandi ila ko‘rushgan va tanishg‘on bo‘lsam-da, ul choqda haqiqatan Behbudiy afandining muftiligindan boshqa qanday fazlu kamoli borlig‘ini va aning o‘zi yaxshimi, yomonmi — qanday kishi edikini bilmagan edim. So‘ngra 1324nchi yilda Behbudiy afandi o‘zi yozg‘on «Muxtasar jug‘rofiyai umumiy» ismli asarini bosturub chiqardi va shuning ila barobar Samarqandda mutaassib ulamo va talabalar og‘zindan Behbudiy haqinda takfir va tahqir so‘zlari eshitila boshlab, bu so‘zlar butun xalq orasinda tarqaldi: «Mahmudxo‘ja yer aylanadur va yer tarbuzdek yumaloq deya ekan, ul kishi kofir bo‘lg‘on» kabi so‘zlar har yerda so‘ylana boshladi. Demakki, Behbudiy afandining boshlab mutaassib ulamo va qora xalqdan takfir so‘zi eshitganiga mazkur jug‘rofiya risolasi sabab bo‘dtsi. Men shul xususda o‘zimning Samarqandda birinchi darajada olimu fozil kishilarindan deb topdig‘im bir ustozim og‘zindan Behbudiy afandi haqinda takfir so‘zi eshitganimdan hayratda qolib, munga chiday olmay darhol mazkur kitobdan bir donasini sotib olib diqqat ila mutolaa etdim. Ko‘rdimki, Behbudiy afandi bu kitobinda o‘z tarafindan hech bir narsa yozmay, balki jug‘rofiya, hay’at va tatbiqoti diniya xususinda eski va yangi mo‘tabar mualliflarning so‘zlarinigina naql va tarjima etgan. So‘zlarinida aqliy va naqliy dalillar ila isbot etgan. Men shul kitobni diqqat ila yana ikkinchi daf’a o‘qib chiqg‘och, mazqur kitobda «takfir»ga sabab bo‘laturg‘on xilofi shar’iy so‘zlarning yo‘qlig‘ig‘a butun qanoat hosil etdim va o‘shal kundan e’tiboran Behbudiy hazratlarig‘a chin ko‘nglimdan muxlis bo‘ldim va aning kim ekanligini tom ma’nosila bilib oldim. Shuni ham yozmasdan o‘tolmaymanki, mazkur tarixdan e’tiboran o‘zimning avvalgi «birinchi fozil» deb bilgan ustozimdan butun ixlosim qaytdi. Aning qoshig‘a bundan so‘ng bormayturgon bo‘ldim. Boshqa eski ustozlarimdan ham yuz o‘girdim. Shuni ham unutmaymankim, mazkur jug‘rofiya kitobining «Tatbiqoti diniya» faslinda: «Ba’zi eski xurofot va isroiliyat so‘zlari bizning tafsir kitoblarimizgacha kirib ketgan» mazmunindagi jumlalar o‘shal vaqtda manim fikrimda zo‘r o‘zgarishlar yasadi. Ya’ni, o‘shal jumla meni birinchi daf’a fikriy inqilobg‘a uchratdi. Men o‘shal kundan e’tiboran har bir eski va yangi kitoblarni diqqat bilan, muhokama ilan o‘quyturg‘on bo‘ldim. Mana shuning uchun men ayta olamanki, mening tavsi’i ma’lumotimga turk-totor matbuoti sabab bo‘lg‘onidek, meni birinchi martaba fikriy inqilobg‘a uchratg‘on ham Behbudiy hazratlarining mazkur bir-ikki jumla so‘zidir. Men mazkur tarixdan e’tiboran Behbudiy afandig‘a chin ko‘ngil ila muxlis bo‘ldig‘imdek, o‘sha vaqtdan boshlab mavqei kelganda, har yerda ani mudofaa etaturg‘on bo‘dtsim. Hatto 1325nchi yilda shul takfirchilarg‘a qarshi bir maqola yozib, «Turkiston viloyatining gazeti»da nashr etdigim hanuz xotirimda bordir. O‘shandan beri men har vaqt Behbudiy afandining huzurig‘a boraturg‘on va aning ilmiy, ijtimoiy va siyosiy fikrlarindan istifoda qilaturg‘on bo‘ldim. BEHBUDIY AFANDINING O‘Z MUSOHIBLARI ILA MUOMALASI Behbudiy afandi halim, ziyrak, g‘oyat zakovatli va quvvai hofizasi zo‘r bo‘ldig‘idek, so‘zga-da nihoyat darajada usta edi. Ul har so‘zig‘a qanoatlantirmak uchun turli misollar keltura, mavqei kelganda oyat va hadisdan dalillar ko‘rsata edi. Shuning uchun aning suhbati g‘oyat lazzatli va istifodali bo‘lar edi. Behbudiy afandi har vaqt «kalam un-nos ’ala qadri ’uqulihim» mazmunicha musohiblarining holig‘a va aqlig‘a qarab o‘shanga munosib so‘ylasha edi. Ba’zan mutoyiba ila majlisdoshlarini kuldura edi. Aning suhbatinda bo‘lg‘on kishi ruhlana, shodlana va aning oldindan aslo turg‘usi kelmas edi. Behbudiy afandi aksar vaqt maqolalarin-da yozib turdig‘idek, suhbat va majlislarda ham «Bizga ikki turli kishi kerak. Biri diniy ilmlarni falsafalari ila komil bilaturg‘on zotlar, ikkinchisi dunyoviy ilm ila hunarlarni yaxshi bilgan ziyolilar» so‘zlarini so‘zlab tura edi. Bir vaqt (1908nchi yilda) «Tarjumon» gazetasining muharriri Ismoilbek afandi G‘aspirinskiy (25 yillik yubeleysindan so‘ng) Samarqandg‘a kelganida Behbudiy afandi yig‘lag‘on hodda ul zot ila quchoklashib ko‘rushub, «Bu kun sizning huzuringizga kelib suhbatingizdan istifoda qilaturg‘on ziyolilarimiz yo‘q», dedi. Ismoilbek afandi anga javoban: «Behbudiy afandi! Yig‘lamang! (Majlisdagi kishilarni ishora qilib) mana bular ozmi? Yana sizlar tirishsangiz, oz bir fursatda millatg‘a keraklik ko‘b odamlar yetishdira olursiz», dedi. XASMU DUShMANLARIG‘A QARShI MUOMALASI Behbudiy afandi shaxsiy dushmanliqni xohlamas va hech kimning shaxsig‘a va shaxsiy ishlarig‘a til yetkuzmas edi. O‘shandoq o‘zini takfir va tahqir etaturg‘on xasmlarig‘a-da qarshi yomon va haqoratomuz so‘zlar so‘ylamas edi. Balki shunday so‘zlarni eshitganda: «Zotan munday din va dunyodan xabarsiz kishilardan yaxshi so‘zlar-da kutmak abasdur», deb kular edi. «Munday takfirlarni yolg‘uz men ko‘rgan emas, balki o‘ttan ulamo va ulug‘ kishilar ham o‘z muosirlarindan shunday hujum va takfirlarni ko‘rib kelganlar», deb o‘zig‘a tasalli bera edi. Behbudiy afandida yana bir xususiyat bor ediki, xasm va dushmanlari aning ketindan har qancha haqorat etsalarda, aning huzurig‘a o‘turg‘onda hech bir behuda so‘z ayta olmasdan, anga tamliq va madora etarg‘a majbur bo‘lalar edi. Behbudiy afandi har vaqt o‘zining shaxsig‘a tegib so‘ylayturg‘on xasmlarig‘a: «Ajabo! Bular na uchun maning shaxsimg‘a til yetkuzalar? Men o‘zim yaxshimi-yomonmi har na bo‘lsada, o‘z millatimg‘a zarar yetkuzmayman, balki xalqg‘a to‘la va faol foyda yetkuzmak uchun qo‘limdan kelgancha cholishaman», deya edi. TAADDUDI ZAVJOT HAQINDAGI FIKRI Men 1916nchi yillarda «Mazluma xotun» ismli risolamni yozib turdig‘im vaqtda (bu risolaning mavzui taaddudi zavjot bo‘ldig‘indan) birdan ziyoda xotun olnsh to‘g‘risinda fiqrini bilmak uchun Behbudiy afandining qoshig‘a bordim va ondan shul haqda fikrini so‘radim. Behbudiy afandi javoban shu yeo‘zlarni so‘ylagan edi: «Men birdan ortiq xotun olishg‘a butun muqobilman. Zotan, ikkinchi xotun olish uchun qo‘yilg‘on shart(adolat)ni hech kim rioya qila olmaydi. Shuning uchun agar men mujtahid bo‘lsa edim, birdan ziyoda xotun olishning nodurustligi to‘g‘risinda fatvo bergan bo‘lur edim». Behbudiy hazratlarining avsofi oliyasi va aning haqindagi xotiralarim ko‘b edi. Shoyad fursat bo‘lg‘onda yana boshqa bir vaqtda yozarman. Eng qulay ish Dunyoda eng qulay va oson ish nima, deb so‘rag‘on kishiga «tiyotruchilik» deb javob bersak, alhaq o‘roqdek to‘g‘ri javob bergan bo‘lamiz. Voqean, agar tiyotruchilik bir qult suv ichishdek oson bo‘lmasaydi, bu kunlarda shahrimizning har bir gadoy topmas ko‘chasida haftada uch qatla tiyotruni tomosha qilishga musharraf bo‘lmas edik. Tiyotruchilik rahmatlik «Marmarxon pistadahon»ning masxarabozlig‘idek qulay bir o‘yun bo‘lmasa edi, «olma pish, og‘zimg‘a tush!», deb yurg‘onlarimiz bu kunlarda tiyotru boshlig‘i va o‘yun kulguni tushlarida ko‘rmaganlarimiz, xolis o‘yunchilik maqsadi bilan ma’rakaga chiqib, «arzi andom» qilmag‘on bo‘lurlar edi. Yashasin sanoye’i nafisa bilan o‘ynag‘uvchi tiyotruchilarimiz! Yashasun o‘lib ketgan eski masxarabozliqlarimizni turguzguvchi o‘yunchilarimiz! So‘ngg‘i vaqtlarda Samarqandimizda bir necha Isonafas o‘rtoqlarimizning yo‘lboshchilig‘i ko‘lankasida tiyotru ishlari birdan jonlanib ketdi. Usta ko‘rmagan shogirdlarimiz sahnag‘a chiqib eshitilmagan maqomlarda o‘ynay boshladilar. Bazm majlislaridan foydalanib yurg‘on xalqimiz bunday qiziq tiyotrularni chilla o‘tirib tomosha qilishdan ham zerikmayturg‘on bo‘ldi. Endi umid etiladirkim, yaqinda shahrimiz O‘zbekistonning siyosiy markazi bo‘lishi bilan barobar, tiyotruchilik jihatidan ham markazlik ro‘lini o‘ynamoqqa kirishar. Ezilgan dehqong‘a Yuzi sarg‘ayg‘on, beli bukulgan dehqon! Ko‘tar boshingni, och ko‘zingni! Ustingdagi oliq-soliq yukingdan qirq foizi kamaytirildi. O‘zgarishning alg‘ov-dalg‘ov chog‘larida boshingdagi davlat qushi uchdi, seni qashshoqliq devi quchdi. Non deb kesakni yeding, ot deb eshakka minding. Ho‘kuzing ketdi, ozug‘ing bitdi. Moling talandi, qozoning yalandi, daraxting yiqitildi, o‘tining yoqiddi, boshingg‘a yong‘oq chaqildi… Lekin shunisi ham g‘animatkim, nimg‘urma joning omon qoddi. Sen shuncha mag‘alliq va dag‘alliqlarg‘a chidading, sira indamading, «sabr qilsam, g‘o‘radan halvo pishar» va «qorong‘u kechaning so‘ngi yorug‘dir» deding-u, umid ipini mahkam tutding, oxiri garovni yutding. Mana, hozir hammaning ko‘zi senga tikiddi. Sening tomoningga yuz o‘gurishlar-yugurishlar boshlandi. Lekin sen bunday «tap-tapi zag‘omo»larg‘a mag‘rur bo‘lib jim turma, o‘zingni unutma. Haq talashmoqdin tortinma. Chunki haq olinur, berilmas. Shuning uchun, ay dehqoni go‘l, o‘z foydang yo‘lida «sho‘rapo‘sht» bo‘l! Mug‘ombir Forscha alifbolar tarixi Turkistonda usuli jadid maktablari uchun forscha-tojikcha risolalar yozish faqat Samarqandda boshlanadir. 1903nchi yidda Samarqandda yangi maktablar ochila boshlashi bilan barobar unga muvofiq tojikcha kitoblarga ehtiyoj sezildi. Bu vaqtda munday kitoblar yo‘qlig‘idan Totoristonda bosilg‘on ba’zi bir forscha risolalarni oldirib qo‘llanishg‘a majburiyat ko‘rildi. Bular esa: «Bad’ ul-maorif», «Sad pandi Luqmoni hakim», «Nasihat ul-hukamo» va «Tarjimali go‘zal nasoyih» kabi narsalar edi. Zarurliq vaqtida ba’zi maktablar «Savodxon» (Alifbo), «Avval un-nazofa» va «Bad’ ul-amoni» kabi totorcha kitoblarni ham vaktincha dars jadvaliga kirgizdilar. Mana shunday ehtiyojlarni ko‘zda tutib, yangi maktablar uchun forscha kitoblar yozib bosdirg‘uvchi Vasliy va undan keyin Behbudiy bo‘ldi. Men munda yolg‘iz forscha alifbolarni yozib o‘tmakchi bo‘laman. . «Bayon ul-huruf» Bu alifbo Vasliy tomonidan 1904nchi yilda yozilib, kitobchi Qori Abduraufning xarji bilan toshbosmada faqat bir martaba ming dona bosildi. Qirq bet miqdorida bo‘lg‘on bu risolaning 18 sahifasi alifbo, boshqasi aqoid va amaliyoti islomiyadan iboratdir. Munda ko‘prak huruf va so‘zlarning turli harakatlar bilan qanday o‘qilishi ko‘rsatilgandir. Bu asar har jihatdan juda noqis va yaramas bir holda chiqqan bo‘lsa-da, kitob qahatlig‘i vaqtida ba’zi maktablarning dardiga davo bo‘lg‘on edi. . «Asbobi savod» Bu alifbo 1905nchi yilda Behbudiy tomonidan tuzilib, 1906nchi yilda o‘z masorifi bilan toshbosmada ikki ming dona bosildi. Risola qirq betlikdir. «Asbobi savod»ning bosh tarafidagi dars va huruf tuzilishi Olimjon Borudiyning «Savodxon» alifbosiga o‘xshaydur. Bu alifboda boshlab, hurufi hijoning hammasi yolg‘iz holida va so‘ngra birdan ularning turli shakllari ko‘rsatilgandir. . «Rahnamoi savod» Muning yozg‘uvchisi Hoji Muin va noshiri muallim Abduqodir Shakuriydir. 1908nchi yilda toshbosmada faqat bir qatla ikki ming besh yuz dona bosildi. Yuzi 36 sahifalikdir. Bu alifboning boshida harflar tadrijiy suratda ko‘rsatilib, so‘z va jumlalar ham mad usuli (cho‘zg‘i) bilan yozilg‘on. Munda eng avval forscha harflar tadrijiy yo‘l bilan ayri yozilib, so‘ngra arabcha harflar ko‘rsatilganligi uchun o‘sha vaqtda usuli jadid dushmanlari: «Jadidlar o‘z kitoblaridan arabcha harflarni chiqarib tashlabdurlar», deb xalq orasida ig‘vo tarqatg‘on edilar. . «Rahbari maktab» «Rahnamoi savod» tartibida chiqqan bu alifbolarning tuzg‘uvchi va bosdirg‘uvchisi muallim Rahmatillazodadir. Bu alifbo 1913nchi yidda toshbosmada ikki ming dona bosilg‘on. Muning oxirida birmuncha yengil manzumalar ham bor. Yuzi 36 sahifadir. «Rahbari maktab» alifbosi o‘ktabr inqilobig‘acha tuzatilib, uch qatla bosilib chiqqan. O‘ktabr o‘zgarishidan keyin bu kungacha chiqqan forscha alifbolar: . «Bahori donish» Bu alifbo Samarqand viloyati maorif idorasining siporishi bilan mustashriq Viyatkin tomonidan yozilg‘on. 1918nchi yilda faqat bir martaba yigirma ming dona bosilg‘on. Yuz oltmish to‘rt betdan iboratdir. Bu ham «O‘rtoq» alifbosidek buzuq yozilg‘onlig‘i uchun maktablarimiz undan keragicha foydalana olmadilar. . «Soli naxustin» Muning yozg‘uvchisi Samarqandda Saidrizo Alizoda bo‘lib, noshiri Turon maorif komissarligidir. Bu alifbo 1920nchi yilda birinchi daf’a besh ming dona bosilg‘on edi. Yana 24-25nchi yillarda ikki qatla bosildi. Uchinchi bosilishida anchagina tuzatiddi. Muning oxirg‘i noshiri Abduqayum Qurbiydir. . «Miftoh ut-ta’lim» 1922nchi yilda toshbosmada bir daf’agina besh ming dona bosilg‘on bu alifboning tuzguvchisi mirzo Muhammad Samadzoda (Sobit) bo‘lib, noshiri Turkiston davlat nashriyotidir. 57 betdan iborat bo‘lg‘on bu alifboning yigirma beti muallimlar uchun qo‘llanma bo‘lsa-da, o‘zi juda qiyin ravishda tuzilgandir. . «Alifboi zaboni tojik» 1924nchi yilda bu alifbo Nisor Muhammad tomonidan yozilib, O‘rta Osiyo davlat nashriyotining xarji bilan bir qatla toshbosmada besh ming dona bosilg‘an. Bosh taraflarida birmuncha rasmlari ham bor. Yuzi 48 betlikdir. Bu alifboning ta’limi bolalar nari tursin, kattalarga ham qiyinliq qiladir. Tushunishi qiyin arabcha so‘zlari va qoidadan tashqari iboratlari ham yo‘q emas. . «Alifboi tojik» Bu rasmli alifboning tuzguvchilari Mazhar Burhon bilan Sadriddin Kirom bo‘lib, noshiri Tojikiston maorif nazoratidir. O‘zi 92 betlik bo‘lib, 1925nchi yilda Maskovda besh ming dona bosilgan. Bu alifboning boshlaridag‘i darslar mad usuli (harakati harfiya bilan) yozilg‘onida muvaffaqiyatli chiqishi mumkin edi. Faqat shunga diqqat qilinmabdir. Yo‘qsa, avvalgi bir necha saboqlarida yolg‘iz harflar bilan tuzilib ko‘rsatilgan so‘zlar juda munosib tushkan. Bu alifbolardagi rasmlardan ba’zisining ostida ismlari nomuvofiq va yanglish yozilg‘on (Buqalamun, oftaba kabi). . «Rahbari besavodon» Katta kishilar uchun Amriqo usulida yozilg‘on bu rasmli alifboning murattiblari Rahmatullazoda bilan Hoji Muin bo‘lib, noshiri «Savodsizliqni bitiruv favqulodda komissiyasi»dir. Bu alifbo 25nchi yil oxirida birinchi qatla yigirma ming dona bosiddi. Rasmlari bir oz qo‘pol chiqqan. O‘zi eskirak huruf bilan bosilg‘on. . «Dabistoni tojik» Bu alifbo yaqinda Saidrizo Alizoda tomonidan yozilg‘on bo‘lsa-da, o‘zi hali bosilg‘on emas. Bulardan boshqa Lohutiy tomonidan yozilg‘on bir alifbo chiqqan bo‘lsa ham uni ko‘rmadik. General Fun Kaufmanning xitobnomasi Bu kunlarda Turkistonning «fotihi» bo‘lg‘on general Fun Kaufmanning Samarqand shahrini olg‘ondan keyin xalqni tinchliqqa da’vat qilib yozg‘on bir xitobnomasining asli nusxasi qo‘limizga tushdi. 1868 yil 2 may (yangi xisob bilan 18 mayda) Fun Kaufman amir Muzaffar askari bilan urushib, Samarqandni olg‘och, so‘ngra Samarqand arkida bir muncha askarni quvib, o‘zi qo‘shini bilan Katgaqo‘rg‘on va Panjshanbi tomong‘a yurish etadir. Shu chog‘da amirning o‘g‘li G‘uzor hokimi Abdumalik to‘ra Shaxrisabz va Kitob xalqi bilan birlashib, Samarqand qal’asini bir necha kun muxosara etdi, yana amirning bir turli tadbiri bilan tarqalishdilar. Shu orada general Fun Kaufman amirning qo‘shinig‘a g‘alaba qilib, uni sulhga majbur etadir (2 iyun, 1968 yil). Fun Kaufman qoloma askari bilan qaytib kelib, Samarqand xalqini qatli om qilg‘ondan so‘ng, qonli qo‘li bilan shu xitobnomasini yozib, Samarqand xalqini tinchliqqa chaqirdi (faqat imzosi o‘zgartirildi). «Turkiston jeneral gubernatori barchani ogoh bo‘lmoq uchun ma’lum qiladur. Podshoh imperatorga tobe yurt ichinda davom-tartib va osoyishtaliqni tushurmay ushlab turmoqni va hamsoyalar bilan totuvliq va oshnoliq qilib turmoqni manim davlatxohim manga buyruq qilib edi. Janobi oliy Buxoro Amiri oq podshohning xayrliq niyatiga ko‘b vakt inobat qilmadi. Totuvliq haqinda ixlosi ishondirg‘animg‘a shubha qilib, Buxorb viloyatig‘a foydali menim yuborgan ahtsnomamga ko‘nmadi. Totuvliq qilmoq uchun O‘rusiya yerining chetidan askarlarim bilan ko‘tarilib chiqmoqqa teyishli bo‘ldi. Samarqand va Kattaqo‘rg‘onni olg‘onimdan so‘ng, necha marotaba Buxoro askarlari ustidan g‘alaba bo‘lg‘andan so‘ng, oxir Amir ko‘rdiki, o‘rus bilan sug‘ush qilmoq Buxoro halokligiga boradir. Uz foydasi uchun va Buxoro xalqining xayriyatligi uchun O‘rusiya bilan totuvliqda va oshnoliqda turmoq avloroqdir. Ulug‘ imperatur hazratlari ixtiyori emdi bajo keltirildi, komil rozi bo‘lg‘onning rostlig‘ig‘a o‘z muhri bilan yuborilgan ahdnomani mahkam qilib O‘rusiya bilan yarash qildi. Mundan buyon O‘rusiya bilan Buxoroning sarhad yerlari budur: Zarafshon dalasini Shahrisabz begiga tobe yerdan ajrataturg‘on tog‘ning usti bilan Zarafshon daryosig‘a qarab boraturg‘on tog‘lar bilan yondan so‘l, mag‘rib tarafi Kattaqo‘rg‘ondan Zarafshon daryosining dalasi orqali Oq tog‘ning ustini kesib o‘tib, sarhadi mag‘rib tarafi Nurota qo‘rg‘onini Buxoro viloyatig‘a qoldirub, Nurota tog‘ining baland tepasi bilan yurur. Ushbuni ulug‘ oq podshohning tobeida bo‘lg‘uvchilarning barchasig‘a ma’lum qilib amr qilaman: chet yerning bosmog‘idan qo‘rqmayincha, totuvliqda va tinchliqda turingizlar, o‘z ishlaringiz: dehqonchiliq va kasb-savdolaringizni qilingizlar. Tinchliqni buzg‘on oq podshohning dushmanlari, albatta, xalqning ham dushmanlari, shundayin odamlarni ushlab hokimingizga topshiringizlar, qonun bo‘yincha jazo berilmagi uchun. Yozildi 21 saraton, 1868 yilda Samarqand shahrinda. Turkiston general g‘ubernaturi adyutand Fun Kaufman muhrlarini bosdilar. Xitobnomaning ostida Fun Kaufmanning o‘zbekcha yozuvli muhri bor. Ichidagi xati shudir: «Turkiston general gubernaturi heneral-adyutand Fun Kaufman». Bu xitobnomaning til jihatdan ham ahamiyati yo‘q emas. Xitobnomada «genaral» so‘zi uch o‘rinda uch turli yozilg‘on. Bunda totor tilining ta’siri borlig‘i ham ko‘rinadir. Chunki rus askari ichida totor bo‘lg‘onidek, askar boshliqlari huzurida totordan tilmochlar ham bor edi. G‘azeta o‘qimoq manfaati Biz turkistonlilarg‘a g‘azeta o‘qumoq u qadar rasm va taomil emas. Agar g‘azeta o‘qumoqning manfaatini bilsa eduk, yoki g‘azeta o‘qub ma’nosig‘a tushunsa eduk, hatto bir nafas o‘lsun g‘azeta mutolaasidin voz kechmas eduk. G‘azeta o‘qumoq u qadar lazzatli shaydurki, buning lazzatini faqat qalam ila tasvir qilib bo‘lmas. Lekin g‘azeta o‘qub lazzat topmoq uchun tarix va jug‘rofiyadan xabardor bo‘lmoq kerak. Chunonchi, bu kuntsagi Turkiya ila Italiyo so‘g‘ushig‘a mutaalluq xabarlarni o‘qub anglamoq uchun bu ikki davlatning, filjumla jug‘rofiyasi ila tarixini bilib, mavqe’i muhoraba xaritasini ko‘z oldig‘a tutmoq kerak. Shunday bo‘lmag‘on holda g‘azeta o‘quvchi o‘qigan xabarlaridin istifoda eta olmaydur. Bizning xalq aksariyat ila g‘azeta o‘qumaylar. G‘azeta o‘quvchilaridan ham o‘n nafaridan to‘qqizi g‘azetadan lozim darajada istifoda qila olmaydur. Chunki tarix va jug‘rofiyadan ozg‘ina o‘lsun xabari yo‘q. Hatto o‘z baladasini jug‘rofiyasini ham bilmas. Bilmoq kerakkim, g‘azetalarni yaxshi va istifodalisi o‘ldig‘i kabi istifodasizligi ham bo‘lur. Shuning uchun g‘azeta o‘quvchi bul xususda diqqat ila g‘azeta intixob qilmog‘i kerak. Bir davlat yoki bir millatni maorif va sanoi’ to‘g‘rusinda na darajada edikini bilmoqchi bo‘lsangiz, jug‘rofiya va g‘azeta vositasi ila bilursiz. Xulosa, jug‘rofiya va g‘azeta bir oinai jahonnamodurki, tamom harakat va ahvoli ahli ilm bularning vositasila bilinib turadur. Bularni va tarixni o‘qugan kishi bir millatning taraqqiysi va yo inqirozi nalar ila o‘lajag‘ini kamokona bilur. Va bundin so‘ng din va millatni yaxshi ko‘raturgan bo‘lsa, taraqqiysi uchun mumkin qadar har bir choraya tashbish edar. Bizning Turkistong‘a esa hatto bir dona o‘lsun milliy g‘azeta yo‘qdur. Bizning hayotsizlig‘imiza va ham maorifi zamon va sanoi’i jadidadan butun bebahra o‘ldug‘imiza shul bir dona milliy g‘azetaya molik o‘lmadig‘imiz dalil bo‘lsa kerak. To bir milliy g‘azetaya molik bo‘lg‘uncha, biz ushbu «Turkiston» g‘azetasig‘a maqolalarimizni yuborib turarmiz. Har kim har na desa desun, biz o‘z maslakimizda xidmat edarmiz. Maqolamizni g‘azetig‘a darj etdiki uchun sohibidin ham minnatdormiz. Ikki ko‘runish «Mashrab»ning bu sonidag‘i ikki ko‘runish, bizning nazari diqqatimizni o‘ziga xuddi qahrabodek tortib qo‘ydi. Uning biri — tanqid olamida yangi «usul», ikkinchisi -Zarafshon daryosinint bu kungi ajoyib va g‘aroyib holi. Shuning uchun bu to‘g‘rida bir-ikki og‘iz chaq-chaq qilmasdan o‘ta olmadik. Birovning she’ri yoki me’ri tanqid qilinar ekan, uning g‘alvir-shalvirini boshlab tahlil g‘albiridan o‘tkazib, so‘ngra ul haqda bir hukm chiqarish ota-bobomizdan qolg‘an yaxshi bir odat edi. Yaqinda «A. Sa’diy» degan bir o‘rtoq ham shu usulg‘a amal qilib bir muddat so‘kish «ofarinnoma»si olg‘on edi. Lekin nima uchundir so‘ng choqlarda yangi bir tanqidchi maydong‘a otilib, o‘z aqlicha odam bolasi ko‘rmagan va eshitmagan shgi bir «usul» chiqardi. Buning usulig‘a qarag‘anda, tahlil-mahlil degan bosh og‘riqlar hojat bo‘lmay, yolg‘iz shoirlarni sabzi-sholg‘om qatorida qopg‘a solib, Ovruponing toshbaqa tarozusi bilan o‘lchash kifoya etar emish… Mana, biz o‘zimizning yosh shoirlarimizg‘a bu yangi «usul»ni tortiq etamiz. Toki bular bundan keyin Ovrupo shoirlaridek she’r aytsunlar. Bu ishning uddasidan chiqmag‘onlari taqdirda jimgina yursinlar va «tavsi’i ma’lumot» etsunlar… Yasha tanqidchi!.. Shu usulga ham sallamno!.. Endi kelaylik Zarafshon daryosining bu kungi ko‘runishiga: Samarqandning bu kungi Zarafshon manzarasini ko‘rgan kishi hayron bo‘lib, «yo bu yerning xalqi devona bo‘lg‘on, yoki bu shahar — halhala shahri ekan» deb o‘ylasa ajab emas. Chunki bechora dehqonlar, qancha mehnat qilib, soliq to‘lab bir qop g‘allani yoki 20-30 qovunni bozorda sotaman deb Zarafshon qirg‘og‘ig‘a keladilar. Bundagi qarovullar qo‘prukdan mandatsiz o‘tkazmaganlari uchun u bechoralar ham taqdirga tan berib daryodan o‘tishga majbur bo‘ladilar. Natijada, bir munchalari daryodan zo‘rg‘a o‘tib, boshqalari to‘p-to‘g‘ri Buxorodan chiqadirlar yoki ikkinchi dunyodan… Bularning uydagi bola-chaqalari «otamiz go‘sht-yog‘ keltiradir» deb qozonni qizitib turadir. Lekin go‘sht-yog‘ nari tursin, otalaridan darak ham bo‘lmas. Bunda qozon qizib yorilur. Bola-chaqalari ham sabil qolur… Shahrimizda ishchi-dehqonlar foydasig‘a ishlaydurg‘onlarning bu fojealarni ko‘rarlik ko‘zlari, eshitarlik quloqlari yo‘q. Chunki…. Intiqodoti vohiyaga bir nazar Muhtaram muharrir afandi. Ushbu maktubimizga gazetangizdin joy beruvingiz marjudur. Rusiyada hurriyati kalom va matbuot verilg‘ondin beri millatparvar musulmonlar tarafindin mavqe’ intishora vaz’ o‘linon gazeta va majallalar sutunlarinda har zamon ahamiyatlu masalalar uzrinda musodamai afkor edulmoqtsa va ko‘rulmoqtsadur. Ammo ba’zi vaqtlar bo‘sh so‘zlar va qaziyalar, nobhangom mubohasa va munozaralar, g‘arazkorona tanqidlar jaroid sahifalarinda ko‘rulub, gazeta o‘qug‘uvchilarni mabhut va mutaassuf etmakdadur. Bo‘yla vohiy so‘zlar kim tarafindin so‘ylaniyur. Kandi zanimcha, Haqnazarinda o‘zini taraqqiyparvar ko‘rsatuvi tanballik ichinda yashayon bir tokim benomuslar, shuhratparast safihlar, mufattin ish buzuvchi nokaslar tarafindin so‘ylayinur ba’zilarni ko‘rasiz. O‘zini maktab do‘sti ko‘rsatub, maktablarni buzmoq sui qasdinda ba’zilarni mushohada etsangiz, o‘zlarining quvvai tahririya va balog‘ati qalamiyalarini ko‘rsatmakchi bo‘lub aslsiz xabarlar, befoyda bahslar, beiborat oxiri xurofotlar ila olami matbuoti lakador edarlar. Alarni ushbu g‘arazkorona ishlari millata manfaat yerina mazarrat, muhabbat yerina adovat, ittihod yerina iftiroq, bashorat yerina ya’s vermaqtsin moado aqalan bir tiyinlik o‘lsun foyda yetkura olmaz. Zan eduram, bu masalu afsonalar «Tarjumon»din moado digar gazetalarda ora-sira ko‘rulmaqladur. Qavji «Tarjumon» esa 26 sanadin beri millat najibasi uzrinda ko‘b tajriba hosil etmakdadur. Binoan alayhi doimo andisha ila so‘ylayur, atrofli mulohazalar ila ish ko‘riyur, yana takror aytaman, gazetalarda bo‘sh so‘zlar ko‘riyulur. Netakim, agar bu kun bir gazetaya «tanqidnoma» o‘qulsa, ertasi yana o‘shal gazetaya yoki boshqa birisina aning «raddiya»si ko‘riliyur. Men bu so‘zlarim ila «intiqod» masalasini yomon ko‘rub, barham bermoq qasdinda dagilam, balki demak istayuramki, munaqqid kishi o‘z maqsudini shaxsiyat, nafsoniyat jihatidin mubarro tutmoq shartila faqat munassifona va mudabbirona suratda yozsun. Toki so‘zlari muassir va qobili e’tibor o‘lsun, yo‘qsa yozilmish shaylari adovat va nifoqqa sabab o‘lub, rafta-rafta vahiym natijalar veruvi shubhasizdur. Bu so‘zlarima misol keltirub deyuramki, bu sana va kechan sana olti-etti oy zarifinda maktabimiza mutaalluq «Vaqt» gazetasida ikki martaba va «Turkiston»da bir karra tanqidlar o‘qiduq. Munaqqid kishilar bizga ma’lumdur. Chunonchi, «Vaqt»ning 323 no‘mrasida «Maktab do‘sti» imzoli maktubning sohibi Zokirjon Alixonov aydiki, o‘zi Xo‘qandda 4-5 kun maktabdorlik qilib, bilmam, na sabab o‘ldi (oqchasi ko‘paydimi yoxud xizmati milliyasi o‘sondirdimi), maktabini tashlab ketdi. Yana «Vaqt»ning 416nchi no‘mrasida «Ziyoratchi» imzoli maqolaning sohibi Shokirjon aydiki, o‘zi Turkiston shahrida usuli jadida maktabining muallimidir. Mazkur muallim Qurbon bayramining ta’tili munosabatila o‘z qo‘lincha yolg‘uz tafrih va kasb havo etmak orzusila Samarqanda kelmish edi. Samarqand aholisining «gashtak» degan eski bir rasm va odatlari vorki, aksariyatila juma oqshomlari har toifa o‘z kasbdoshi va maslakdoshi ila ijtimoiy musohabat va kasbi shatorat edar. Bizlar ham kandi maslaqtsoshlarimiz ila gashtakimiz vor edi. Mazkur muallim bizim maktabimiza tushganichun unida ijtimoiygohimiza taklif etduk. Va aning ila birlikda ijtimoiygohimiza borub, 3-4 soat miqdorinda ona tilimiz o‘lon forsiy-tojikiy lisonila o‘z dardimizdin o‘tra uzun uzodi muhovara va mukolamalarda bo‘linduq. Majlisimiza xitom verilduqdun so‘ngra har kim o‘z manzilina tarqalib ketdi. Bizlar ham muallim mehmonimiz ila barobar maktabimiza qaytib kelduk. Yo‘l asnosida muallimdin so‘rashtukki, afandim kayfingiz nasil, bizim jamiyatimizi xushladingizmi? Javobda, yo‘q, ban bu forsiycha takallumingiza hech tushunmadim. Kelganimdin pushaymon bo‘ldim. Holingizi bir oz avval bilganim holda hech bu orada kelmas edim, deb izhori mahzuniyat aytdi. Bu kishi maktabimizning prug‘romini va talabalarimizning ba’zi duruslaridin verilg‘on imtihonlarini ko‘rub ketmishdi. Ketgonidin 4-5 kun kechdi-kechmadiki, «Vaqt»ning 416 no‘mrasida «Samarqandda na ko‘rdum» unvoni ostinda bir ajoyib maqola o‘qudim, imzosina ko‘z soldim, «Ziyoratchi»dur. Maqolasini tamom o‘qub bir oz tafakkur ila bu g‘ofilona so‘zlarni yozon o‘shal totor muallimdan boshqa kishi o‘lmadig‘ini his etdim. Bexabarona yozilmish vohiy so‘zlari qobili javob va e’tibor o‘lmasa-da, faqat o‘zining Juhulat va safohatini isbot edarak tanbeh vermak qasdila bir-ikki harf yozmoqni munosib ko‘rdim. So‘zlarning muxtasari ushbudir, deyurki: «Samarqandning usuli jadida maktabi Turkiston taraflarinda xeyli mashhur o‘ldig‘indin faqat shuni ko‘rmak uchun vorub so‘ngra angladimki, maktabning shuhrati yolg‘uz buning muassisi o‘lon mufti Mahmudxo‘ja afandi soyasinda ekan». Endi bunga na deyimli, afandim? Ushbu maktabning muassisi va bosh muallimi mulla Abdulqodir o‘ldig‘i olti sanadin beri hammaga ma’lumdurki, gunash kabi oshkoradur. Faqat mufti janoblari kandi manzillarini maktab uchun ikki sanadin ortiq bilaijrat qo‘yub, ozgina rivojina sabab o‘ldilarki, buni hech kim inkor etmadi va etmayajakdir. Yana aytasizki: «Maktabning prug‘rom va o‘quv tartiblari qusurli. O‘quv asboblari hech yo‘qdeyarlikdur». Afandim, prug‘rom va o‘quv tartiblarimizning xanki yerinda qusur vor. Buni ochiq suratda mo‘bamo‘ bayon etuvingiz tevishli edi. Bizlar u joyini qo‘rub ikmolina cholishar eduk. Avet, o‘quv asboblarimizning matbua nusxasi ozdir. Buning sababi, albatta, forscha risolalardin qo‘llanilgan fiqh, tajvid, qavoidi forsiy, hisobning chop o‘linmadig‘idur. Tojik bolalarining ona tillariga muvofiq o‘qub yozilmish mazkur risolalarini kim chop qilur, alarning tab’ina ko‘b oqcha lozim o‘lajaqdir. Inshoolloh! Kelajakda biror sohibi g‘ayratning himmatila tab’ o‘linajaqdir. Bu so‘zlarimiz sababli lison masalasining qopusi ochiddi. Afandim, ma’lumdirkim, bizim ona tilimiz forsiy-tojikiydir. Ammo umumiy lisonimiz turkiydir va diniy lisonimiz arabiydurki, bunga hech shak-shubha yo‘qtsur. Ushbu alsinai salosaning tahsili hammaya lozimdur. Ammo har millatning ibtidoiy tahsili ona tilincha bo‘linmamasi hodda mashaqqat-azob chekuvi bad yahi o‘ldig‘ichun biz talabalarimiza uch sana mutamaddiyan forsiycha dars verduqdin so‘ngra, turkchaya shuru etmakka qaror verduk. Dahi turkiyning ahamiyati na darajada o‘ldig‘ini oz-moz bildikimizdin, inshoolloh, oyandag‘a tadrijan alimizdin keddiki qadar tavhidi lison borasinda ham cholishajaqmiz. Afandim, sizdin boshqa Abdurashid va Ismoilbek afandilar kabi buyuk-buyuk zotlar maktabimiza kelib ketmishlardi. Alarni til va boshqa to‘g‘rularda hech bir guna, e’tirozkorona so‘zlarini eshitmaduk va ko‘rmaduk. Ammo sizning jaholatingizdin noshiy o‘lon lison alayhinda atolai lison etuvingizi kamoli taassufla ko‘rub hayratda qolduk. Yana deyursizki: «maktabning moliya jihati torliqdadur». Bu aslsiz xabarni qaysi mavsuq manbadin olub yozdingiz yo magar kohini folbinlik etub ilmi g‘aybdin xabar verub qo‘ydingizmi? Maktabning madoxili o‘z masorifina kifoya etadur. Maqolangiz oxirindagi tavsiyanoma eng to‘g‘ridur. Faqat bilmish o‘lingizki, janobingiz kelmasdin burun ul amr haqiqatan ijro o‘lmasdi. Muallimimiz hamjamiyatning u taklifini husni qabul ila mutashakkiran talaqqiy etmishdi. Ma’a mofiyxi bu nasihatingiza daruni dildan tashakkur aydarak haqingiza ushbu ibratbaxsh mis-ra’ni o‘qumoq-la xatmi kalom aylaram, vassalom. Aqling vor esa nafsingki isloh ayla, o‘ g‘arosh. Mustag‘riq o‘lursen u zamon ajri jazila. Istiqbol qayg‘usi Ma’lumdirki, har millatning taraqqiysi ilm ila bo‘lub, ilmi bor millatning istiqboli munavvar va o‘zi osoyishda ham ajnabiylar qoshida mahobatlik va hurmatlik ko‘rinur. Sohibi ilm va mutaraqqiy millatlarning alomatlarindan ba’zisi shulki, ibtidoiy maktablari muntazam bo‘lub, o‘rta va oliy har turli madrasalari bo‘ladur. Bu madrasalarda o‘qub chiqgon bolalari faol odam bo‘lub, hol va darajalariga munosib ish — hunar — tijorat va ruhoniy o‘runlarga kirishub ketarlar. Shu yo‘l ila mutamaddun millatlar o‘z ishlarini o‘zlari boshqarub, hech vaj-dan o‘zgalarga muhtoj bo‘lmay rohat, rohatda yashaydurlar. O‘z madrasalariga diniy, dunyoviy ilm va fanlarni lozimincha o‘rganub chiqarlar. Oning uchun na dinlarini qo‘ldan berurlar va na dunyoviy ishlarini. Demakki, bir qavmning hayot va saodati ilm iladur. Suvsiz baliq tirik qolmagani kabi ilmsiz, ittifoqsiz millatlarning yashay olmasligi tabiiydur. Men bu mahalda ilm va fan qatorinda sarvat, ya’ni boylikni yozmadim, holbuki, tirikchilik shartlarining birisi oqcha va mol edi. Chunki mol va mulk ilmning nihoyatsiz samaralaridan bir juz’idur. Ilmi bor odam ozgina harakat va g‘ayrat qilsa, albatta, boy bo‘lur. Yuqorida ilmlik millatlar yashaydur demish edim. Muning aksincha, nodon millatlar mutlaq yashamas, tadrijiy yo‘q bo‘lur. Alalxusus bu zamonda, ilmi zamoniysiz millatning yashamayincha, tezlik ila munqariz bo‘lishi muqarrardur. Burung‘i zamonda temir yo‘l, paroxud, telegrof, ayruplon va shunga o‘xshash madaniyat asboblari yo‘qligidan dunyodagi hukumatlar bir-biridan uzoq turub, yaki digarining quvvai askariya va moliyasini tamom bilmas edi. Shuning uchun hukumatlarning bir-biri ustiga borub hujum qilishi nihoyatda mushkul edi. Shul vajdan avvalgi zamondagi hukumatlarning ahvoli ahyonan tabaddulot va tag‘yirotg‘a uchrar edi. Ammo bu zamon bo‘lsa, butun bosh-qadur. Ilm va fanning taraqqiysi va yordami ila yer yuzindagi muxtalif millatlarning har nav’ ahvoli mutamaddun yovrupolilarning ko‘zi oldindadur. Bu dunyo hayot muborizasi maydoni bo‘lgonidan, bir kuchlik nimarsa kuchsizini ezar, yutar. Bu qonuni tabiat har bir jonsiz va jonlik narsalar haqida umumiy va joriy bo‘lub kelmakdadur. Masalan, g‘arbdagi Ameriko hukumati sharqdagi Yopuniyoni bilfarz kuchsiz topsa, dengiz ichidan kelub, bir oy zarifida tamom Yopuniyoni istilo va tasxir etmoqi mumkindir. Aning uchundirki, zamonamizdagi hukumatlar boshig‘a tez-tez yangi hodisalar voqe’ bo‘lub, ushbu zamon silohi ila qurollanmagan hukumatlar o‘z mamlakat va istiqlol-laridin mahrum bo‘lmoqdadurlar. Misol uchun hozirgi zamonamizda kam ilm va beparvoligidan jannat kabi shaharlaridan ayrilub, yuz minglarcha askarlar va begunoh xotun, bola-chaqalarining talafig‘a sabab bo‘lgan Turkiya hukumati ila nodonlik va o‘z ichidagi fitna va ig‘tishosh sababli bir-ikki hamsoyasining tuzog‘iga ilinib, muxtazorlik holatiga kelgan Fas huqumatini ko‘rsaturmizki, bular har bir ko‘zi ochiq jaridaxonlarga ma’lumdir, Hokazo Eron. Emdi kelayluk maqsudimizg‘a. Bizlarning zamonag‘a muvofiq, ya’ni zamoncha ehgiyojimizga yarayturgon maktab — madrasa — dorulsano’a — …larimiz ila zamoniy ilm va fanlarni bilaturgon ulamo — ag‘niyo — tujjorlarimiz va hunarmandlarimiz yo‘q. Toki, bizlar ham o‘zgalar qoshida ushbu (muborizai hayot) maydonida ezilmay, ilmimiz ila dinimizni, molimiz ila hayotimizni muhofaza qilib yashasak. Shunday qilmaganimiz holda, bora-bora oxir holimiz taboh-bolalarimizning ishi oh va voh bo‘lub ham din va ham dunyomizni qo‘ldin berub munqariz bo‘lurmiz. Ushbu vaqtdan boshlab istiqbol g‘amini yeb, ta’mini istiqbolimiz yo‘lida harakat qilmoq har birimizning vazifai lozimalarimizdur. Kattaqo‘rg‘on xotiralari 41nchi raqamli «Hurriyat»da g‘azetani davom qildirmoq uchun noshirlari tarafindan berilg‘on qaror va obuna olmoq to‘g‘risinda manim Katgaqo‘rg‘ong‘a yuborilmoqlig‘im yozilg‘on edi. Mana, mazkur qarordan bir necha kun o‘tgandan so‘ngra xususiy ishlarimni bitkurib, 20nchi o‘ktabrda Kattaqo‘rg‘ong‘a bormoq uchun yo‘lg‘a chiqdim. Vag‘unda 2-3 buxoriy va bir eroniy ila yo‘ldosh bo‘ldim. Poyezd jo‘namasdan burun ruscha-musulmoncha turli g‘azetalar sotg‘uvchi bir rusdan bir dona «Ochiq so‘z» g‘azetasini sotib oldim va ba’zi muhimroq o‘rinlarini (yo‘ldoshlarimning iltimoslari bo‘yincha) o‘qub berdim. Shul munosabat bilan eroniy yo‘ldoshimiz ila so‘zg‘a kirishub, urush xabarlarindan va urushg‘uvchi davlatlarning vaziyat va hollarindan xeyli so‘ylashib oldiq. Eroniy yo‘ldoshimizning zamona ahvolindan xabardor, din va dunyodan xeyli ma’lumotlik zot ekanligi so‘zlarindan bilinur edi. Shuning uchun aning bilan suhbatimiz qizib qoldi, turli boylardan ta’oti afkor etduk. Olami islomning tadannisidan va aning sabablarindan, lekin bu so‘ng yillarda islom olaminda ham bir oz intiboh paydo bo‘lub, ba’zi o‘lkalarda musulmonlar uyg‘ona boshlag‘onlarindan, Misrda shayx Jamoliddin va Muhammad Abduhlar, boshqa o‘lkalarda ham shularg‘a o‘xshash necha ulug‘ mujahhid kishilar, dohiy va faylasuflar chiqib, musulmonlarni uyg‘otmoq uchun qilg‘on g‘ayrat va ijtihodlarini bir-bir so‘ylashib o‘tduk. Bir vaqt yonimizdaki buxoriy yo‘ldoshlarimizga qarasak, onlar xur-xur uxlab qoliblar. Kitorimiz ham Kattaqo‘rg‘onga yaqinlashibdir. Narsalarni yig‘ib bo‘lub, vag‘un trizasindan boshimni chiqarib ushbu yil yomg‘ursizlikdan ekin bo‘lmag‘on yerlarga qaramoq ila barobar turli fikrlarg‘a cho‘mub ketdim. Zotan yomg‘ur ko‘b yog‘g‘on yillarda ham Turkistonning ekinlarindan hosil bo‘lg‘on donlar o‘z aholisig‘a zo‘rg‘a yetishur edi. Bu yil yomg‘ursizlikdan ekinlarning barakasi uchub, o‘lkamiz qimmatchilik ustinda qahatchilikga ham duchor bo‘ldi. Bu jihatdan qashshoq va kambag‘allar, beva va bechoralarning tirikchi-ligi nihoyatda og‘irlashdi. Ammo burjuylar, insofsiz savdogarlar bu fursatdan minglarcha-milliyunlarcha istifoda qildilar va qilmoqdalar. Biz boylarimizning aqcha ko‘payturmoqlarig‘a baxil va hasad qilmaymiz. Yoki dunyo topmakni yomon va mazmum bir ish deb e’tiqod etmaymiz. Balki bizning bu so‘zlarimizdan muddaomiz boylarimizning qashshoqlar hollarig‘a tarahhum etmasliklari va unlarg‘a shafqat va muruvvat ko‘rsatmasliklarini aytib o‘tmakdir. Boy va qashshoq, tabiiy, har o‘lka va har millatda bor. Mutamaddun millatlar orasindan boylari ko‘b bo‘lub, qashshoqlari ozdur. Ammo bizlarning yarim madaniy bo‘lg‘onimiz uchun boylarimizg‘a nisbatan qashshoqlarimiz nihoyatda ko‘bdur. Bizlar bilan madaniy millat orasindan ko‘ngilni achitaturg‘on yana bir ayirma shuki, unlar o‘z qashshoqlarini kichikliqdan boshlab tarbiyat qilalar, o‘qutalar, odam qilalar. Va bu yo‘l bilan o‘z faqirliq tomurini qurutalar, mana shuning uchun madaniy millatlar orasinda faqirlar kundan kun ozaymakdadur va gadoylik kabi manfur odat yo‘q bo‘lmoqtsadur. Endi bizlar o‘z hollarimizg‘a bir yo‘la qarasak, ko‘ramizki, bizning dinimiz islom faqirlarg‘a boqmoq to‘g‘risindan turli yo‘llar ko‘rsatib buyruqlar qilg‘ondir… Hatto boylarg‘a zakot farz qilg‘onlig‘ining falsafa va hikmatlarindan birisi, faqir va miskinlarg‘a muruvvat etmakdir. Mana men ushbu fikr dengizinda cho‘mmoqda edimki, qitorimiz Kattaqo‘rg‘on mavqe’ig‘a yetishib qoddi. Yo‘ldoshlarim bilan xayrlashib vag‘undan tushdim, Kattaqo‘rg‘ondagi yoshlardan qadrlik do‘stim Mahbubxon afandining manzillarig‘a bordim. Kattaqo‘rg‘on ahvolindan ma’lumot olmog‘im to‘g‘risinda menga rahbarlik etg‘uvchi muhtaram Mahbubxon afandi bo‘lg‘onlari uchun eng avval bu zotni «Hurriyat» o‘quvchilarig‘a ozgina tanitib o‘tmoqchi bo‘laman: Mahbubxon afandi Kattaqo‘rg‘on ulug‘zoda va boybachchalarindan ochiq fikrlik bir zotdir. Men mundan ilgari (11nchi yil noyabr oyindan 14nchi yilning sentabrigacha) taqriban uch yil Kattaqo‘rg‘on russkiy-tuzemniy maktabinda muallimlik qilg‘onim vaqtlarda ham doim bu kishi bilan suhbatdosh bo‘lub turg‘on edim. Yana bukun mazkur afandi bilan ko‘rushmakni Xudo nasib qilg‘on ekan. Hovlilarig‘a borib ko‘rishduk. Ahvol so‘rashib va bir-ikki piyola choy ichishib bo‘lg‘ondan so‘ng bu yerda na maqsad bilan kelganlig‘imni anglatdim. Bu munosabat bilan Kattaqo‘rg‘onning «Hurriyat»dan keyin kechirgan hollarindan va hozirgi holindan ma’lumot olmoq orzusinda bo‘lg‘onimni ham biddirdum. Mahbubxon afandi Kattaqo‘rg‘onning turli ahvolindan xeyli ma’lumot berdilar. So‘zlarindan anglashiladurki, inqilobdan so‘ngra Turkiston o‘lkasining hamma yerinda bo‘lg‘on o‘zgarishlar bu yerda ham bo‘lub o‘tibdurki, bu tabdilotning siyosiy, madaniy va diniy jihatlarindan biz musulmonlarning lozimincha istifoda qilurg‘a iste’dodsizlig‘imiz va harakatsizlig‘imiz ko‘rinub turubdur. Bu inqilobdan keyin Rusiyadagi turli millatlardan ko‘bisi o‘zlarining iste’dod va hozirliqlarig‘a ish ko‘rdilar va ko‘rmakdadurlar. Madaniy hozirliqlari mukammalroq bo‘lg‘on millatlar (finlar va ukrainlar kabi) Rusiya inqilobindan keyin o‘zlarig‘a oid ishlarni o‘z qo‘llarig‘a olmoq harakatinda bo‘ldilar va o‘z maqsadlarig‘a ham yetisha boshladilar. Modomiki, bizlarning madaniy hozirlig‘imiz yo‘q edi, ya’ni ushbu zamong‘a yarayturg‘on bilgi va ongimiz yo‘q edi, hurriyat ne’matlarindan keragincha istifoda qilolmay turamiz. Sakkizinchi sentabrda Kattaqo‘rg‘onda shahar dumasining saylovi bo‘lub o‘gubdur. Bu saylovda ulamo, boylar va yoshlar muttafiqan bir ro‘yxat tuzganlari sababli saylov g‘avg‘osiz o‘tubdur. Ammo bu saylovda xotunlarning ishtirokig‘a ijozat berilmabdur. Holbuki, xotunlar ham inson bolalari edi, ularning ham bu saylovg‘a ishtirok etmoqg‘a haqlari bor edi. Shahar dumasi ochilgondan keyin g‘lasniylar polkovnik Royes janoblarin shahar raislikig‘a o‘tkaribdirlarki, bu ishlari nihoyatda munosib va o‘runli bo‘lub tushubdir. Chunki polkovnik Royes taqriban o‘n yildan beri Kattaqo‘rg‘onda hokim bo‘lub, bu orada aholig‘a yaxshi muomalasi bilan o‘zini sevdirgan aqllik va tadbirlik to‘g‘ri bir kishidir. Men uch yil Kattaqo‘rgonda turg‘on vaqtimda ham biron kishining mundan shikoyat qilg‘onini eshitmagan edim. Surushdirub anglag‘onimizga ko‘ra, bu hokimning xalq qoshinda bu darajada maqbuliyat kasb etg‘onligining sababi va hokimning fazilatlarindan ba’zisi shu ekan: Polkovnik Royes janoblari hech bir to‘g‘rida hech kimdan rishvat olmas ekan. Doim boy va qashshoqni bir ko‘rib, birovning rioyai xotiri uchun boshqa birovg‘a zulm va jabr qilmas ekanlar. Missiyunerlik fikri va harakatida bo‘lmas ekan. Voqean, bir kishi zolim va mustabid Niqolay zamoninda shuncha yaxshi sifatli bo‘lg‘on esa uning xidmatlarini taqdir etmaslik va unga qadrshinoslik yuzindan mukofot bermaslik insoniyat sifatlarindan bo‘lmasa kerak. Men 6 yil burun Kattaqo‘rg‘onga muallim bo‘lib borg‘onimda boshlab shul hokimning qoshig‘a kirgan edim. Hokim menim kimlig‘imni, nima uchun kelganlig‘imni so‘rab javobni olg‘ondan so‘ng shu mazmunda nasihat va ta’limot berganlig‘i hanuz esimda bor: «Eshitamanki, Samarqandda mullo Abduqodir degan bir muallim usuli jadid maktabi ochib bolalarni yaxshi o‘qutmoqda ekan. Siz ham o‘shal muallim kabi bolalarni yaxshi o‘qutingiz. Bolalarg‘a shunday muomala qilingizki, ular ham sizdan qo‘rqsunlar va ham sizni sevsunlar». Men umrimda bir rus og‘zindan munday to‘g‘ri va xayrixohona so‘zlarni birinchi daf’a eshitganim sababli nihoyatda shodlang‘on va ruhlang‘on edim. Kattaqo‘rg‘onda ilgari totor qardoshlarimizning muntazam bir maktablari bor ediki, bu maktab hozirda ham davom qilmoqda ekan. Kattaqo‘rg‘onda yerli aholi uchun hanuz yangi bir maktab ochilmag‘onlig‘i sababli ba’zi kishilar o‘z bolalarini mazkur totor maktabig‘a eltib qo‘ymoqda ekanlar. Inqilobdan keyin bu yerda ulamoyu ag‘niyo va yoshlar tarafindan «Ravnaq ul-islom» isminda bir jamiyat ochilg‘on bo‘lsa ham, bu katta jamiyatning ulug‘ himmati kichkina bir «qiroatxona» ochmoq bilan tamom bo‘lg‘ong‘a o‘xshaydur. «Qiroatxona»sini ham borib ko‘rdum. 60—70 qadar musulmoniy, mundan ortuqroq ruscha turli risola va ki-toblari va 10-15 turli musulmoniy va rusiy majmualari bor ekan. Ammo bu narsalarni o‘qiyaturg‘on kishi yo‘q deyarlik darajada oz ko‘rinadir. Sababi bo‘lsa…ma’lum… Samarqandda katta bir shaharning qiroatxonai islo-miyasi o‘n yildan beri davom etib o‘zining kundalik mutolaachisini hanuz o‘n nafarg‘a yetkura olmag‘onda Kattaqo‘rg‘on qiroatxonasi o‘z mutolaachilarini nechuk ko‘paytirsun? Barchag‘a ma’lumkim, bizning xalq aksariyat ilmsiz bo‘lib, ilmlilari orasinda bo‘lsa fikri ochilg‘oni yuzda bir nisbatda ozdir. Muning ustinda, ba’zi yoshlar ham o‘zlari uchun xususiy g‘azeta va kitoblar tadorik etib qiroat-xonag‘a u qadar ehtiyojlari yo‘qdur. Endi bu holda qiroat-xona uchun mutolaachilar qayerdan kelur? Mana shuning uchun kerakkim, har yerda qiroatxonadan burun maktablar ochilsun, fikri ochiq mutolaachilar yetishdurulsun. Undan keyin tabiiy qiroatxona ochmoqg‘a ehtiyoj tushar. Agarda bizning «Marvaj ul-islom» va «Ravnaq ul-is-lom» ismli jamiyatlarimizning chin maqsadlari islomg‘a rivoj va ravnaq bermak va musulmonlarni taraqqiy etdurmak bo‘lsa, boshlab muntazam maktablar ochsunlar, so‘ngra eski madrasalardan foydasiz hoshiyalarni chiqarib, alarning o‘rnida keraklik ilm va fanlarni kirguzsunlar va bu yo‘l bilan musulmonlarni maorifdan bahrai ob etib, jaholatdan qutqarsunlar. Shul holda dini mubini islom rivoj va ravnaq topar. Musulmonlar ham, shaksiz, ikki dunyoda mas’ud bo‘lalar. Yo‘qsa, jamiyatlarimizning yolg‘uz tumtaroqli ismlar taqib yurmaklari avom orasinda ko‘z bo‘yovdan iborat bo‘lib, bechora musulmonlarni ikki jahon ovvorasi qilmoqdan boshqa foydasi bo‘lmasa kerak. Shu haqiqat ham ma’lumdirkim, dunyoda ilmsiz hech bir millatning, ilmsiz hech bir dinning taraqqiy va rivoj topganligini tarix ko‘rsatmaydir. Kattaqo‘rg‘on xotiralari Kattaqo‘rg‘onning oti zohirda ko‘zga qancha katta qo‘runsa ham, lekin o‘zi katakga o‘xshash kichkina shaharcha bo‘lub, «oti ulug‘, yeufrasi qurug‘» degan maqol faqat shu joyning sha’niga mos keladi. Shuning bilan barobar, do‘stimiz «Devona» o‘rtoqning aytganicha, bu shaharni «asrori maxfiy» konlaridan biri desak ham bo‘ladir. Yaqinda taqdir to‘lqinlari meni ushbu shaharg‘a eltib tashlamoqchi bo‘lg‘onlig‘ini sezib, darhol safar asboblarini muhayyo qilishg‘a kirishdim. Xaltamga bir muncha qoq non bilan talqon soldim, shar’iy istinjo uchun kerak bo‘lur deb 3—4 ta kesakni ham bir lattaga o‘rab oldim. «Ar-rafiq summa tariyq» mazmunig‘a amal qilib yo‘ddoshliq uchun rassomimiz «Bo‘ri» o‘rtoqning rafofatini qabul qildim. Samarqandimizning vokzal yo‘lida «amniyati tariq» yo‘qlig‘ini mulohaza qilib, oqshom barvaqtroq ikkalamiz yo‘lg‘a chiqdiq. Kechasi vokzal yakinidag‘i bir do‘stimizning uyida yotdiq. Boshimni yostuqqa qo‘yish bilan barobar, qo‘zimni uyqug‘a eltgan ekan. Tushimda ajoyib narsalarni qo‘ribman. «Dardi kampir — g‘o‘za» deganday, menim dardim (maqsadim) ham suvga tegmagan gaplarni topib hangoma qilish emasmi? Xayr, «shaq-shaq» demasdan, yakka-yaxlut «shaftolu» deya qolayin: tushimda ko‘rsam, go‘yo men Kattaqo‘rg‘onning bir siyosiy idorasida ekanmen. Ul idoraning boshlug‘i go‘yo o‘taketgan juvonboz emish. Shuning uchun bu o‘rtoq o‘zining idorasida chiroyliqg‘ina bir bolani juvon saqlag‘on emish. Bechora bola ba’zan kechalari idora boshlug‘ig‘a o‘zining soyai chirog‘ini ko‘rsatishga majbur bo‘lar emish… Bir vaqt qarasam shul ishchining oldida boshqa bir chiroyliq bola paydo bo‘lib qoldi. Bularning orasida shunday bir munoqasha bo‘lib o‘tdi: M. ishchi: — Bu vaqtlar qayerda ishlab yurasen? Bola: — … idorasida. M. ishchi: — Oyida qancha vazifa olasen? Bola: —… so‘m. M. ishchi: — Sen uy-joyingdan chiqib, menim idoramga kelib ishla. Vazifangni ikki xissa ortduramen. Bola: — Yo‘q, qabul qilmaymen. M. ishchi: — Bo‘lmasa, seni joyingdan zo‘rliq bilan chiqarib keltirarmen. Bola: — Qila olmaysiz. M. ishchi: — Ey!.. Daming baland-ku!.. Hech bo‘lmag‘onda, seni joyingdan bekor qiddirib haydatamen… Bola: — Qo‘lingizdan kelgan ishni qilingiz. Men bu yerga kelib sizga juvon bo‘lishni xohlamaymen… Munoqasha yoqalashishg‘a oid bo‘layozg‘on chog‘da, so‘fining «As-salatu xayrun minan-navm» dovushini eshitish bilan qo‘zimni «yalq» etib ochsam, tong otibdur. Darhol yo‘ldo-shimni uyg‘otdim. Yuz-betimizni chala-chulpa yuvub, vokzal tomong‘a ravona bo‘ldiq. Har nima, Xudoyi taoloning marhamati bilan yo‘lda birar «ruka verx»chiga yo‘luqmay eson-omon vokzalga yetdik. Bunda otasharava kelgangacha bir soat chamasi vaqtimizni tikka turib o‘tkazishga majbur bo‘ldiq 1-2nchi daricha bufetning ich tomoni ajoyib bir manzara tashkil etgan edi. Bir yoqda «xur-xur» uyqu. Ikkinchi tomonda issig‘ va sovuq choy ichish. Bir tomonda oshiqona sozu so‘zlar, ma’shuqona nozu nuzlar. Boshqa tomonda bilet olish uchun talash-tortish. Xulosa, alg‘ov-dalg‘ov bozori. Men vistafkaga o‘xshash bu qiziq ko‘runishni bir yo‘li ko‘zdan o‘tkazgandan keyin zalning kitobfurushlik bo‘limiga borib (agar topilsa) bironta o‘zbekcha gazet olib o‘qumoqchi bo‘ldim. Yo‘q, bunda nosfurushliq bo‘lmag‘oni uchun o‘zbek gazeti ham sotilmas ekan. Bu holni ko‘rgach, birdan ziyonim tutdi. O‘zbekistonning poytaxti bo‘laturg‘on bir shaharning vokzalida, hatto o‘choklarning tutunturug‘ig‘acha rus matbuoti ishlatilsun-u, ammo loaqal nos o‘rash uchun bironta o‘zbekcha eski gazet topilmasun. Shu ham gapmi?.. Samarqandning vokzali juda chiroyliq — oliy. Lekin uning bufeti o‘zbekchilikdan xoli. «O‘zlashdirish» bo‘ynida, bu ishlarning uvoli. Bufetning devolig‘a shu yuqoridag‘i baytlarni yozmoqchi bo‘lib turg‘onimda poyezd kelib qoldi. Tashqari chiqdiq. Tuya qatorig‘a o‘xshash oldimizdan o‘tgan vagunlarning tashqi devolida ruschasining tarjimasi bo‘lg‘on musulmoncha raqamlar va «Sredney Oziyo» degan gaplar yozilg‘on edikim, buni ko‘rib bir oz rangi ro‘yim kirdi. Quvona boshladim. Lekin «sredney» o‘rnida «o‘rta» degan gapni yozmag‘oni uchun chalasavod tarjimonni ko‘nglimda so‘kdim. Xayr, shu yarim yorti o‘zbekcha xati bo‘lmag‘onida ham biz nima deyar edik. Buning uchun kimni yoqasidan ushlab qozixonag‘a sudrar edik? Otasharava to‘qtadi. Ikkalamiz bir vagunga chiqib, joy topolmay, oxiri turmaning kursisig‘a o‘xshag‘on torg‘ina bir joyg‘a o‘rnashdik. Bir muncha vaqt jim o‘tirib, dam olg‘ondan keyin ovunmak uchun yo‘ldoshimiz bilan so‘zga kirishdik. U o‘zbekchani tuzuk bilmagani, men ruscha gapira olmag‘onim uchun ko‘pincha gunglardek imoi burut yo‘li bilan ifodai marom qilar edik. Ana-mana degancha poyezdimiz Kattaqo‘rg‘ong‘a yetib qoldi. Vogundan tushib to‘p-to‘g‘ri bir oshnoi dayrinamizning uyig‘a bordiq. Bir oz yozilib choy-poy ichgandan keyin ko‘chaga chiqib shaharni aylandik. Bizga rahbarliq qilaturgon ko‘ngli qaro bir odam «Mana bu qiroatxonamiz!» deb, etikdo‘zlik iflos bir do‘konchani qo‘rsatdi. Bunda ikki odam etik tikish bilan mashg‘ul ekan. Ammo bu joyda gazet va kitob degan narsa doruga ham topilmaydir. Nariroq borib bir qizil choyxonani qo‘rdik. Bu choyxona choyxo‘rlar bilan liq to‘lg‘on bo‘lsa ham, uning ustulida chang bosib yotg‘on eski gazetalarg‘a hech kim qaramaydir. Shu choyxonaning qarshisida bir kapiratif do‘koni bor ekankim, bu do‘konga 4 gaz chit uchun kirgan ishchi kambag‘allarning bo‘ynig‘a taqilgon bir kancha shara-baralarini ko‘rib, beixtiyor kulib yubordiq. Bundan o‘tib, solinayotg‘on 8 sinflik maktabning joyini tomosha qildiq. Bu binoning yolg‘iz tagkursisi ishlangan. Shuning bilan maktab egalari murodu maqsadig‘a yetgan, vassalom. Bir muncha surishtirg‘onimizdan keyin biddikkim, maktabning ta’mirini bo‘ynig‘a olg‘on Kattaqo‘rg‘on davlat ta’mirotchisi shu binoning foydasidan o‘zining umrlik maishatini ta’min qilmoquchun plon (reja) tuzib ishga kirishgan ekan. Natijada, chatog‘i bilinib, o‘zi sudga tortilg‘on. Shuning bilan imorat ham sabil qolg‘on. Ko‘rmaylik – kuymaylik Bizning ota-bobolarimiz avliyo ekanmi yoki o‘z zamonlarida ularg‘a hazrati Xizr nazar qilg‘on ekanmikim, ularning davrlaridag‘i xayru barakot, omonliq, arzonchiliq bizning zamonimizda yo‘q. Yoki ularning qilib ketgan ishlarini va solg‘on imoratlarini bukun biz qila olmaymiz. Hatto ulardan nusxa-nishona qolg‘on katta binolarni toza saqlashdan ham ojiz qolamiz. Shundan bilinadirkim, rahmatlik ota-bobolarimizda biz bilmagan va ko‘rmagan biror xislat bor ekan… Hali esimda borkim, bobomning vaktida bir mardikorning kunlik mehnat haqqi 40 pul, hunarmand va borib turgan ovozador bir ustaniki 2 tanga edi. U vaqtda choryak go‘sht tanga miri, bitta non uch pul edi. Qadoq-padoq degan narsa u zamonda yo‘q edi. Bunday chatoqlik toshlarning hammasini kofirlar chiqardi. Bizlar bobomiz zamonida chaqmoq chaqib olov yoqar edik. U vaqtning gugurdi bir turlik «jaydari» deyilgan gugurd edikim, musulmonoboddan qolg‘on eski baqqollarimizning do‘konida hali ham to‘da bo‘lib yotadir. Rahmatlik otam aytar edi: Bolam, har zamonda arzonchilik va farovonlik o‘shal zamon podshohining adolatiga qaraydir. Insoflik, odil podshohning davri tinchliq va arzonchiliq bilan o‘tadir. Xizr nazar qilmagon va yo chiltonning a’zosi bo‘lmagon kishi podshoh bo‘la olmaydir. Demak, podshoh bo‘lmoqning bir sharti azimi valiy bilandir. Bobomning so‘zlariga qarag‘onda, bukungi bolsheviklar ham chiltonlarning a’zosidir! Bularg‘a ham, albatta, hazrat Xizr nazar qilg‘ondir. Shunday bo‘lmasa edi, bular Turkistondek aziz-avliyolarning yurtida 7 yil hukmronlik qila olarmi edi!? Maqsaddan uzoq ketdik. Bizning yuqoridag‘i sarlavhani qo‘yishdan maqsadimiz, bu maqolada ota-bobolarimizdan qolg‘on tog‘dek binolarning bukungi xaroblik holidan bir oz dard-hasrat qilish va shu munosabat bilan osori atiqa komissiyasini so‘kib o‘tish edi. Lekin nima bo‘ldiyu qalam qing‘irliq qilib boshqa tomong‘a burulib ketdi. Shahrimizdagi eski binolarni butun va toza sakdash uchun ko‘pdan beri osori atiqa komissiyasi bor. Bu komissiya oyliqxo‘rliqqa va qo‘lig‘a pul tushg‘onda uni «yakdardil» hisobi bilan sarf qilishg‘a xeyli chechan, lekin eski binolarni remont qilish va ularni toza saqlashg‘a juda ham michaldir. Eshitganimizga qarag‘onda, osori atiqa komissiyasi shahar o‘rtasidag‘i katta binolarning axlat va odam porusi bilan to‘lg‘onini ko‘rub shu fursatdan bir muncha istifoda qilmoqchi bo‘lg‘on. Ya’ni taxminan yuz arobalik axlatni musulmon tabiblarig‘a va madrasalar ustidagi porularni obchakor dehqonlarg‘a batarxi tamom sotib, pulini o‘zining mayda-chuyda qilg‘on xarajatig‘a hisob etishga qaror qilg‘on. Hol shunday ekan, duo qiling, o‘rtoqlar! Xudo boshimizdan yo komissiyani ko‘tarsun yoki shu binolarni… Toki ularni ko‘rmaylik-kuymaylik. Mahmudxo‘ja Behbudiy Maorif va madaniyat jihatdan keyinda qolg‘on har bir millatning bir kun «intiboh davri»g‘a yetishi tabiiydur. Yangigina uyg‘ona boshlag‘on millatlarning uyg‘onish davri qiziq voqealik bo‘lg‘onidek, ul davrning yo‘lboshchilari ham ibratlik mojarog‘a molik bo‘ladurlar. Bizning Turkistonda uyg‘onish davri 1901nchi yildan boshlanadur. Biz hanuz uyg‘onish davridamiz. Bizdagi uyg‘onish va yangilik rahbarlarining biri va balki birinchisi shubhasiz Mahmudxo‘ja Behbudiy afandidur. Behbudiy afandi uyg‘onish davri va o‘zbek adabiyoti tarixida birinchi o‘rinni olurg‘a muvofiq bir zotdur. Ul yigirma yillik xidmati chog‘ida turlik yokdan turlik to‘sukliqlarg‘a yo‘luqub, ko‘b qiyinchiliqlar ko‘rdi va oxiri o‘zining tutqon ezgu maslagi yo‘lida qurbon bo‘ldi. Behbudiy afandi 1901nchi yildan boshlab qo‘lig‘a qalam olib xalqni uyg‘otishg‘a kirishgan va umrining oxirig‘acha Turkistonning yangilik va yuksalishig‘a hormay-tinmay, talashib-tortishib xidmat qilg‘on birdan-bir fidokor yo‘lboshchimiz edi. NASABI, VALODATI, TAHSILI Mahmudxo‘ja Behbudxo‘ja o‘g‘lining birinchi bobosi Solihxo‘ja va ikkinchi bobosi Niyozxo‘jadur. Behbudiy afandining yuqori bobolari turkistonlik mashhur Xo‘ja Ahmad Yassaviyga mansubdur. Behbudiyning ikkinchi bobosi bo‘lg‘on Qori Niyozxo‘ja Urganchdan bo‘lub 12nchi asri hijriy o‘rtalarida amir Shohmurod tomonidan qorilar yetishturush uchun Samarqandga kelturilgan. Ul modarzod ko‘r (so‘qur) bo‘lub, umrining oxirig‘acha qoriliq bilan mashg‘ul bo‘lgon. Behbudiyning ota-bobolarining hammasi qori (hofizi Qur’on) bo‘lub, qoriliq va ba’zi vaqt imomatchilik bilan umr o‘tkazganlar. 1868nchi yilda ruslar Samarqandni zabt etgach, Mahmudxo‘janing otasi Behbudxo‘ja o‘zining oilasini olib Samarqand uyazining Siyob bo‘lusidag‘i Baxshitepa qishlog‘ig‘a ko‘chub chiqqan va shunda 7 yil chamasi imom va xatib bo‘lg‘on. Behbudiy afandi shul qishloqda 1291nchi hijriy yilda Yunchi zulhijja oyida oqshom (1874 yil, mart) dunyog‘a kelgan. Behbudiy afandi 6-7 yoshg‘a kirgach, o‘zining katta tag‘osi bo‘lg‘on Muhammad Siddiq huzurida o‘qub xat va savod chiqarg‘on, so‘ngra qori bo‘lmoq uchun otasi huzurida o‘qub, 3-4 yil ichida Qur’onni butun yodlag‘an. Buning bilan ham qanoatlanmay, o‘zining kichik tag‘osi bo‘lg‘on mufti mulla Odil huzurida dars o‘qurg‘a kirishgan. Arabcha sarf, nahvdan «Kofiya» va «Sharhi mullo»ni, mantiqtsan «Shamsiya»ni, fiqhtsan «Muxtasar ul-viqoya»ning birinchi daftarini va bir oz «Hoshiya»ni mazkur zotning halqai tadrisida o‘qug‘on, hisob ilmini ham (masohatg‘acha) shul kishidan o‘rgangan. Behbudiy afandi yoshliq chog‘ida o‘tkur zehnlik va o‘qishg‘a juda havaslik bo‘lg‘on. Ustozining bir qatla o‘rgatishi bilan saboqini o‘rgana ekan. O‘zi g‘oyat halim, adablik, oz so‘zlik, o‘yun-kulguni sevmayturg‘on bo‘lg‘on. MIRZOLIQ, MUFTILIK DAVRI, HAJ SAFARI VA FIKRINING OChILIShI 1311nchi hijriy yilida otasi o‘lgach, Behbudiy afandi o‘qishni tark etib biron kasb-kor qilishg‘a va o‘z maishatini o‘zi ta’min etishga majbur bo‘ldi. Samarqand uyazining «Chashmai ob» bo‘lusida yangigina qozi bo‘lg‘on tog‘asi Muhammad Siddiqning qoshida mirzolik xidmatig‘a kirib ishladi. Bunda qilg‘on ikki yilliq xidmati chog‘ida ul qozixona ishlari bilan oshno bo‘ldi. Masoili fiqhiya, meros taqsimi va boshqa muftilikka tegishlik narsalardan xabardor bo‘ldi. Ikki yildan so‘ng tog‘asi qoziliqdan bekor bo‘lgonda Behbudiy afandi Kobud bo‘lusining qozisi mulla Zubayrning qozixonasig‘a mirzolikka kirib, bunda 1-2 oy o‘tmay muftilikka o‘tdi. Necha yillar shunda muftilik bilan kun kechirdi. Behbudiy afandi 1317 (1899)da o‘zining do‘sti buxorolik hoji Baqo bilan haj safarig‘a chiqdi. Borish-kelishda yo‘lda Istanbul, Misr kabi katta shaharlarg‘a kirib, ulardagi ba’zi yangi-eski maktablarni, aynuqsa, Misrdag‘i «Jome’ ul-Azhar»ni ziyorat etdi. Qaytishda Misr va Istanbuldan turluk yangi kitoblar kelturdi. Bu muborak safar Behbudiy afandig‘a anchagina ibrat va intiboh berdi. Hijoz safaridan keyin Behbudiy afandi Bog‘chasaroyda chiqaturg‘on «Tarjumon» gazetasini oldurub o‘quya boshladi. Ikkinchi yoqdan, turlik ilmiy, fanniy kitoblarning mutolaasi bilan ma’lumotini kengayturdi. Oz vaqtda dunyo siyosatidan va zamon ahvolidan xabardor bo‘ldi. Behbudiy afandi bir necha yil (1901-1905 yillarda) fikriy inqilobg‘a uchrab, e’tiqodsizlanib yurgan bo‘lsa-da, lekin so‘ngra ko‘b mutolaa soyasida va har bir diniy, falsafiy masalalarni tekshirish natijasida e’tiqodini tashih va ta’dil etdi. Taraddud va shubhalardan chiqib, dindor va mahkam e’tiqodliq bo‘ldi. XIDMATI QALAMIYaSI Behbudiy afandining xalqqa qilg‘on xidmati ko‘pdur. Biz bundan faqat uning xidmati qalamiyasi to‘g‘risida qisqag‘ina yozib o‘tmak bilan kifoyalanamiz. Turkiston o‘lkasida milliy gazeta yo‘qlig‘i va «Tarjumon» gazetasining shevasi og‘irligi ham Turkistonda keragincha tarqalmag‘onligi uchun Behbudiy afandi 1901nchi yildan e’tiboran Toshkandda chiqmakda bo‘lg‘on missioner Ostroumovning «Turkiston viloyatining gazeti»da maqola yoza boshladi. Bu gazetada doim ijtimoiy, ilmiy maqolalar bosturub, 1905nchi o‘ktabr manifestigacha xalqqa yangi fikrlar berib turdi. 5nchi yil o‘zgarishidan keyin Rusiya va Turkistonda turlik milliy gazeta va jurnallar chiqa boshladi. Behbudiy afandi bu gazetalarning ko‘bisida har mavzuda maqolalar yozib xalqqa rahbarlik etar edi. Duma va saylov masalasi ko‘zg‘alg‘onda, shul mavzug‘a oid kerak og‘zaki va kerak matbuot orqali xalqqa foydalik ma’lumot va ta’limot berib turdi. 1321 (1903)nchi yilda Samarqandda yangi maktablar osila boshlag‘och, Behbudiy afandi bir yoqdan xalqni maktab va maorifg‘a tashviq etganidek ikkinchi yoqdan bu maktablarda ona tilimizda kitoblar yo‘qlig‘ini ko‘zda tutub maktab uchun forscha va o‘zbekcha turlik kitoblar yozdi va ularni o‘z masorifi bilan bosib tarqatdi. Birinchi martaba o‘z tilimizda xarita va tiyotr risolasi yozib tab’ va nashr etdi. 1913nchi yilda Samarqandda birinchi daf’a «Samarqand» otliq bir gazeta chiqardi. Bu gazeta moddiy jihatdan torliqda qolib 44nchi sonidan keyin yotishg‘a majbur bo‘ldi. Buning o‘rnida «Oyna» ismida haftalik bir majmua chiqara boshladi. Bu majmua kerak Turkistonda va kerak dunyo musulmonlari orasida yaxshigina shuhrat va e’tibor qozondi. «Oyna» majmuasi ikki yil chamasi davom etgandan so‘ng moddiy yoqdan siqilib to‘qtadi. Bu majmua tamoman 68 numer chiqdi. Behbudiy afandi Kofkoz-Totoriston va Turkistonda chiqqan matbuotda doim adabiy, ilmiy, ijtimoiy va siyosiy maqolalar yozib turar edi. Uning maqolalari («Samarqand» va «Oyna»dan boshqa) tubanda otlari yozilg‘on gazeta va majmualarda bosilg‘on edi: «Turkiston viloyatining gazeti», «Taraqqiy», «Tujjor», «Xurshid», «Shuhrat», «Oziyo», «Turon», «Hurriyat», «Mehnatkashlar tovushi», «Ulug‘ Turkiston», «Najot», «Tirik so‘z», «Tarjumon», «Vaqt», «Sho‘ro», «Ulfat», «Irshod», «Toza hayot». Bu 18 gazeta va majmualarda Behbudiyning ikki yuzga yaqin maqolasi bosilg‘ondurkim, ular bir yerga to‘plang‘onda 5-6 yuz betlik bir kitob bo‘lur. Behbudiyning mazkur gazeta va majmualarda bosilg‘on maqolalarining ko‘bisi muhim mavzularda yozilg‘on bo‘lub, hanuz eskirgan emas va bu kunlarda ham biz uchun dasturulamal bo‘laturg‘on foydaluk so‘zlardur. Behbudiy afandi fevral va o‘ktabr o‘zgarishidan so‘ngra ham qo‘ldan kelaturg‘on xidmatlarini xalqdan ayamadi. O‘ktabr inqilobidan keyin rasmiy xidmatlarga kirishni istamagan bo‘lsa ham, lekin qo‘lidan kelgancha ishladi. Xalqqa yaxshi fikr va maslahatlar berib turdi. Behbudiy afandi 1919nchi yil 25nchi martda yo‘ldoshlari Mardonquli va Muhammadqul bilan safarga chiqqanda (Buxoro tuprog‘ida) Qarshi shahrida Buxoro amirining zolim beklari tomonidan qo‘lg‘a olinib, vahshiyona suratda shahid qilindi, yoshi 45 da edi. Mahmudxo‘ja Behbudiy SO‘Z BOShI Har millatning o‘zig‘a maxsus madaniyati, adabiyot va matbuoti, milliy tarix va tarojimi ahvol kitoblari, shoir va adiblari bo‘ladi. Bir millatning taraqqiyoti madaniyasi qaysi darajada ekanligini bilmak uchun uning adabiyot va matbuotini bir daraja ko‘zdan kechirmak lozimdur. Biz Turkiston turklari burung‘i muhtasham va madaniyatimiz so‘ng‘ondan keyin so‘ngg‘i asrlarda har bir jihatdan juda ketda qoldiq. Madaniyat va maorifimiz xarob, davlat va hukumatimiz barbod bo‘ldi. O‘zimiz Yovrupo jahongirlarining asoratida qoldiq. Lekin so‘ng bo‘lsa ham, gunoh va xatolarimizdan xabardor bo‘la boshladiq. Bir oz uyg‘ondiq. Bizda «intiboh davri» 1901nchi yildan boshlandi. Biz uyg‘onish davridamiz. Bizda yangi adabiyot endigina o‘sdi. Matbuot yaqindag‘ina tug‘uldi. Shoir va muharrirlar bu kunlardagina yetisha boshladilar. Tarix va tarojim yozish ishlari esa, hanuz gullanish arafasidadur. Yangigina uyg‘ona boshlag‘on millatlarning «davri intibohi» juda qiziq bo‘lg‘onidek, ul davrning kahramon yo‘lboshchilari ham nihoyatda ibratlik mojaro (sarguzasht)ga molik bo‘ladilar. Shunga ko‘ra, bizda ham uyg‘onish davrining o‘ziga yarasha yo‘lboshchilari bordur. Bizdagi yangilik rahbarlarining biri va balki birinchisi, shubhasiz, Mahmudxo‘ja Behbudiydir. Behbudiy afandi uyg‘onish davri va o‘zbek adabiyoti tarixida birinchi o‘runni olurg‘a loyiq bir zotdur. Ul yigirma yilliq xidmati chog‘ida turlik yoqdan turlik to‘suqliqlarg‘a yo‘luqub, ko‘b qiyinliqlarni ko‘rdi va oxiri o‘zining tutqon maqsad, maslagi yo‘lida qurbon bo‘ldi. Behbudiy afandi 1901nchi yiddan boshlab qo‘lig‘a qalam olib, xalqni oqarturishqa kirishgan va umrining oxirig‘acha Turkistonning yangilik va yuksalishig‘a hormay-tolmay, talashib-tortishib xidmat qilg‘on birdan-bir muharrir va fidokor yo‘lboshchimiz edi. Behbudiy afandining shahid bo‘lg‘onig‘a to‘rt yil to‘lub kelayotgan bo‘lsa ham, bu kungacha uning to‘la tarjimai holi yozilmadi. Uning tarjimai holini yozmoq uchun kuchlik va tajribalik qalam kerak edi. Lekin esizkim, muqtadir muharrirlarimiz bu kungacha bu vazifani o‘tamadilar. Oqibat, men o‘zim iqtidorsizlig‘img‘a qaramay, bu xidmatni bo‘ynumg‘a olurg‘a jasorat etdim. Ustozimiz Behbudiy afandining kuchim yetgancha to‘laroq tarjimai holini yozarg‘a kirishdim. Mening bu yozg‘onlarim Behbudiyning «mukammal tarjimai holi» sanalmasa ham, mundan so‘ng mukammal tarjimai hol yozaturg‘onlar uchun birinchi manba va ishonchlik ma’lumot bo‘la olur, deb umid etaman. Men Behbudiyning 1903nchi yildan boshlab so‘ngg‘i kunlarig‘acha qilg‘on xidmatlarini bilsam-da, lekin bundan burung‘i hollarini bilmas edim. Mazkur tarixdan ilgarigi ahvolini o‘zining ustozlari, qarindoshlari va bilish-tanishlaridan surushturub yozdim. Muning uchun ko‘b kishilarga murojaat etishga va ko‘b hollarni takror tekshirib, tuzatib yozishqa to‘g‘ri keldi. Behbudiy haqida yozg‘on narsalarimni eng oxirida Samarkand maorifparvarlarining majlisida o‘qub, mumkin kadar tashih va takmiliga tirishdim. BEHBUDIYNING OTA-BOBOLARI VA O‘ZINING VALODATI Mahmudxo‘ja bin Behbudxo‘ja bin Solihxo‘ja bin Ni-yozxo‘ja, Behbudiyning yuqori bobolari. Nasab jihatidan turkistonlik Xo‘ja Ahmad Yassaviyga borib yetadi (?) Behbudiyning 2nchi bobosi Niyozxo‘ja o‘zi modarzod ko‘r (so‘qur) bo‘lub, yoshlig‘idan Qur’onni yodlab qori (hofizi Qur’on) bo‘ldi. Bu zot Urganjdan bo‘lub, taqriban bir asr ilgari Samarqandg‘a kelib, shunda o‘runlashib qoldi. Shuning uchun bu kishi Samarqandda xalq orasida Qori Niyozxo‘ja Urganjiy ismi bilan shuhrat chiqardi. Bu kishining Samarqandg‘a qaysi ravishda kelganligi to‘g‘risida bu kungi bolalari orasida ushbu yo‘sunda rivoyat bor: 12nchi asri hijriy o‘rtalarida Turkiston o‘lkasidagi amir va xonlarning o‘zaro qilishg‘on urushlari natijasila Samarqand shahri xarob bo‘lub, xalqi har tomong‘a tarqalishib ketgan. Amir Shohmurod Samarqandni qaytadan obod etarga kirishgan. Samarqand muzofotidan va Turkistonning ba’zi shaharlaridan ancha odamlarni va bir necha mullolarni (oilalari bilan) kelturub shaharda o‘runlashturg‘on. Bulardan shaharda ayrim guzar (mahalla)lar tashkil etdurgan. Shul chog‘larda Urganjning mashhur qorilaridan sanalg‘on Niyozxo‘jani Samarqandg‘a kelturub yangidan qorilar yetishturish harakatida bo‘lg‘on. Niyozxo‘jadan Solihxo‘ja otli bir o‘g‘ul qoldi. Bu kishi ham qori bo‘lub, ulumi arabiya va diniyadan xabardor edi. O‘zi qoriliq va imomatchilik bilan tirikchilik etib, ruslar Samarqandni olmasdan burun o‘ldi. Bu zotdan Behbudxo‘ja otli bir o‘g‘ul, Huriniso va Najimaniso ismlarida ikki qiz qoldi. Solihxo‘ja o‘zining tiriklik chog‘ida o‘g‘li bilan qizi Hurinisoni o‘zi o‘qutdi. Xat va savod chiqargonlaridan so‘ng alarg‘a Qur’on yodlatib qori qildurdi. Hatto qizi Hurinisog‘a bir miqdor arabiy va diniy ilmlar o‘rgatdi, Qur’oni karimni butun yodlag‘ondan keyin Hurinisog‘a «qoribegim» laqabi berilib, o‘zining qarindoshlari ichida ham xalq orasida shul laqab bilan shuhrat chiqardi. Otasi o‘lgandan so‘ng Huriniso uning bir necha shogirdlarini Qur’onni tamom yodlag‘onlarig‘acha o‘qutub yurdi. Uning uchun o‘shal zamondag‘i amir hukumati tomonidan o‘n yidda 96 pud g‘alla vazifa berilib turdi. Behbudxo‘ja ham ushbu singlisi huzurida qoriliqni takmil etdi. Bu xotun 1921nchi yidda 98 yoshida vafot etdi. 1868nchi yidda rus askarlari Samarqandg‘a kirgach, Behbudxo‘ja o‘zining oilasini olib Samarqand uyezining Siyahi ob bo‘lusidagi Baxshitepa qishlog‘ig‘a ko‘chub chiqtsi va shunda yetti yil chamasi imom va xatib bo‘ldi. Mahmudxo‘ja shul qishloqda 1291nchi hijriy yilida Yunchi zulhijja oyida oqshom (1874 yil martda) dunyog‘a keddi. Behbudxo‘ja 1875nchi yidda yana shaharg‘a ko‘chub kirib Foniy mahallasida tura boshladi. Bu zot umrining oxirig‘acha qoriliq va shaharning ba’zi masjidi jome’larida imomatchilik va xatiblik qilib turdi. Behbudxo‘janing asl oti Sultonxo‘ja bo‘lub, «Behbudxo‘ja» uning laqabi edi. Bora-bora ismg‘a aylanib, asl oti unutilub ketdi. Behbudxo‘ja o‘zining tirik chog‘ida besh xotun oldi. Uning ikkinchi xotuni mufti mulla Odil Mansur o‘g‘lining singlisi bo‘lub, shundan Mahmudxo‘ja dunyog‘a keddi. BEHBUDIYNING IBTIDOIY TAHSILI, QORILIQ VA DARSXONLIQ ChOQLARI Behbudiy afandi 6-7 yoshg‘a kirgach, o‘zining katta tog‘asi Muhammad Siddiq huzurida o‘qub xat va savod chiqardi. So‘ngra o‘zining otasi Behbudxo‘ja qori qildurmoq maqsadi bilan unga oz-oz Qur’on o‘rgatib yodlata boshladi. 3-4 yil ichida Behbudiy afandi Qur’onni butun yodladi va ramazon kechalarida xatmlarg‘a o‘tub yurdi. Behbudiy afandi uch kechalik bir xatmda yolg‘uz birgina xato qilg‘on, derlar. Bu esa uning quvvai hofizasi na darajada ekanligini ko‘rsatadi. Behbudiy afandi yolg‘uz qoriliq bilan qanoatlanmay, 15 yoshlarida o‘zining tog‘asi mufti mulla Odil huzurida dars o‘qurg‘a kirishdi. Arabiy sarf, nahvdan «Kofiya» va «Sharhi mullo»ni, mantiqdan «Shamsiya»ni, fiqhdan «Muxtasar ul-viqoya»ning birinchi daftarini va bir oz «Hoshiya»ni mazkur zotning halqai tadrisida o‘qudi. Hisob ilmini ham (masohatg‘acha) shul kishidan o‘rgandi. O‘shal chog‘da Behbudiyning dars sheriklari mulla Salim mulla Nazir o‘g‘li, mulla Ahmad qori Yormuhammad o‘g‘li, mirzo Zayniddin Nazriddin o‘g‘li va boshqalar edi. Behbudiy afandi dars jamoasining qorisi edi. Tog‘asi ham ustozi mufti mulla Odilning so‘ziga ko‘ra, Behbudiy afandi yoshliq chog‘ida o‘tkur zehnlik va o‘qushg‘a juda havaslik bo‘lg‘on. Ustozining bir qatla o‘rgatishi bilan saboqini o‘rgana ekan. O‘zi g‘oyat halim, adablik, oz so‘zlik va o‘yun-kulguni sevmayturg‘on bo‘lg‘on. Behbudxo‘ja Mahmudxo‘jani uylanturub oradan ko‘b vaqt o‘tmay o‘zi 1311nchi yil 19nchi zulhijja oyida 54 yoshida o‘ldi (qabri xo‘ja Abdi Darun qabristonidadur). BEHBUDIYNING MIRZOLIQ HAM MUFTILIK DAVRI Mahmudxo‘ja Behbudiy otasi o‘lgandan keyin o‘qushni tark etib biron kasb-kor qilishg‘a va o‘z maishatini o‘zi ta’min etishga majbur bo‘ldi. Samarqand muzofoti Chashmai ob bo‘lusida yangigina qozi bo‘lg‘on tog‘asi Muhammad Siddiqning qoshida mirzoliq xidmatig‘a kirib ishladi. Bunda qilg‘on ikki yilliq xidmati chog‘ida ul qozixona ishlari bilan oshno bo‘ldi. Masoili fiqhiya, meros taqsimi va boshqa muftilikka tegishlik narsalardan xabardor bo‘ldi. Ikki yildan so‘ng tog‘asi Muhammad Siddiq qoziliqdan bekor bo‘lg‘onda, Behbudiy afandi Kobud bo‘lusining qozisi mulla Zabirning qozixonasig‘a mirzoliqqa kirib, bir-ikki oy o‘tmay, muftilikka o‘tdi. 1916nchi yilgacha shul yerda fatvo ishlari bilan mashg‘ul bo‘ldi. O‘zi oilasi bilan shaharda tursa ham, haftada bir necha qun mazkur bo‘lus qozixonasig‘a borib kela edi. Shul chog‘larda daladan bir necha tanob yer olib dehqonchiliq qilib yurdi. HAJ SAFARI VA FIKRINING OChILIShI Behbudiy afandi 3-4 yoshdag‘i birinchi (to‘ng‘ich) o‘g‘li o‘lgani uchun juda xafalanib, bir yoqdan, qayg‘usini taskin etmak, ikkinchi yoqdan, adoi haj qilmoq maqsadi bilan 1317(1899)nchi yilda o‘zining do‘sti buxorolik hoji Baqo bilan safarg‘a chiqtsi. Borish-kelishda yo‘lda Istanbul, Misr kabi katta shaharlarg‘a kirib, undagi ba’zi eski-yangi maktablarni, aynuqsa, Misrdag‘i «Jome’ ul-Azhar»ni ziyorat etdi. Qaytishda Misr va Istanbuldan turlik gazeta va yangi kitoblar olib keldi. Bu muborak safar Behbudiyg‘a anchagina ibrat va intiboh berdi. Safar rafiqi hoji Baqo yangi fikrlik bir zot bo‘lg‘oni uchun Behbudiy uning yo‘ldoshlig‘idan xeyli istifoda qilg‘on, derlar. Hijoz safaridan keyin Behbudiy afandi Bog‘chasaroyda chiqaturg‘on «Tarjumon» gazetasini oldurib o‘quy boshladi. Ikkinchi tomondan, turlik ilmiy, fanniy kitoblarning mutolaasi bilan ma’lumotini kengaytura berdi. Behbudiy afandi haj safaridan burun bir necha yil qozixona va hukumat idoralarig‘a kelmakda bo‘lg‘on missioner Ostroumovning «Turkiston viloyatining gazeti»ni o‘qub yurgan bo‘lsada, bu gazeta uning fikrini ochmaydi. Balki «Tarjumon»ni o‘quy boshlag‘ondan so‘ng fikri ochilib, «Turkiston» gazetasining musulmonlarni ag‘fol etish maqsadi bilan yozaturg‘on so‘zlarini tushuna boshlaydi va o‘zig‘a uchrag‘on yoru do‘stlarini mustabid hukumatning buzuq maqsadidan ogohlanturadi. Har vaqt har yerda yo‘luqqan va musohib bo‘lg‘on oshnolarini sayohatg‘a targ‘ib va gazeta o‘qushg‘a tashviq etib yurdi. Shu bilan barobar alarg‘a o‘zi o‘qub chiqqan gazetalarini tarqatdi. Behbudiy afandi haj safaridan kelgandan so‘ng Xo‘qandboy Abduxoliq o‘g‘li degan samarqandlik bir ziyoli bilan tanishib uning ilm va fikridan istifoda etdi. Fanniy va falsafiy masalalarda u bilan mukolama qilishib ma’lumotini ko‘payturdi. Boshqa yoqdan, o‘shal vaqtdag‘i gazeta o‘qug‘uvchilardan soatchi Badriddin bilan tanishib, buning bilan har kun deyarlik ko‘rushdi va fikr olishdi. Mana ushbu yo‘l bilan Behbudiy afandi dunyodan, siyosatdan va zamona ahvolidan xabardor bo‘lub, so‘ngra o‘zi xalqni uyg‘otish fikriga tushdi va qalam xidmatig‘a kirishmakni o‘zig‘a lozim bildi. Behbudiy afandi bir necha yil fikriy inqilobg‘a uchrab e’tiqodsizlanib yurgan bo‘lsa ham, so‘ngra ko‘b mutolaa soyasida va har bir diniy, falsafiy masalalarni tekshirish natijasida e’tiqodini tashih va tabdil etdi. Taraddud va shubhalardan chiqib, dindor va mahkam e’tiqodlik bo‘ldi. 1906nchi yilda Zokirjon Alixonuf degan bir tatar muallimi Samarqandg‘a kelib, Behbudiy hovlisida bir necha oy yotib-turgonida, bu zot bilan Behbudiy afandi xeyli vaqt musohib bo‘lub diniy, ijtimoiy va falsafiy ko‘b masalalar xususida mubohasa va munozara etishdi. Bu muhim mubohasalar natijasida Behbudiy goh g‘olib va goh mag‘lub bo‘lar edi. Behbudiyning kengrak suratda fikriy ochilishig‘a va ba’zi shubhalardan chiqishig‘a shul munozaralar zo‘r yordam bergan derlar. (Bitmadi). Maorif oyi Birinchi avgustdan e’tiboran viloyatimizda «maorif oyi» boshlandi. Demak, bu oy masorif oyi emas, maorif oyidir. So‘z-qaror oyi emas, ishlash va tirishish oyidir. Bo‘lub o‘tgan maorif oylarida ishdan qo‘ra so‘zga, yugurishdan qo‘ra-uxlashg‘a va madoxildan ko‘ra — masorifga ko‘brak ahamiyat berilganligi uchun natijada maorif kissasi yana burung‘idek kasal, maktablarimiz yana ilgarigidek kambag‘al, bolalarimiz yana «chi mexoni, porsola», maorifchilarimiz esa tag‘in avvalgidek «Ahmadi porina» bo‘lub qolg‘on edilar. Endi bu daf’a qop-qop umid qilamizkim, avvalgi xatolarg‘a va tanballiklarg‘a takror yo‘l berilmagay, badki bu daf’a og‘iz bilan ish bitiruvchilar so‘z va qaror majlisidan badarg‘a qiling‘ay. Ularning o‘rnida maorif qurbonlig‘ig‘a munosib qo‘ymijozlik semizgina kishilar ishga oling‘ay. So‘ngg‘i yillarda maktab uchun yetarlik yaxshi binolar yo‘qlig‘idan, qo‘b bolalarimiz ko‘chada qolib it urushdirishg‘a, oshiq va yongoq o‘ynashg‘a majbur bo‘ldilar. Ko‘b o‘g‘ullarimiz eski maktablarda qamalib, poxollar ustida qo‘chqor urushdurub, ko‘ylak-ishton yirtish bilan umr o‘tkazdilar. Sanoqsiz ota-bobolarimiz, maktab va muallim yo‘qliqdan o‘z jigarporalarini (bekor yurmasun, hunar o‘rgansun deb) ko‘hnaduz, sobunpaz va samovarxonalarg‘a eltib shogird ko‘yishg‘a tutindilar. Bulardan boshqa hisobsiz xotun-qizlarimiz, burung‘i maorifchilarimizning soyai maorif voyalarida saqich chaynab va g‘idi-bidi g‘iybat to‘qish bilan urunib eshiqdan-eshikka, teshiqdan-teshikka yuradilar… Mana, endi «maorif oyi» yasashdan asli maqsad shu dardlar uchun davo topish bo‘lsa kerak. Buqun bizga maktab kerak, unga yarasha asbob va muallim kerak. Bular uchun ogqcha kerak. Oqcha uchun himmat kerak. Bularning hammasi uchun g‘ayrat va faoliyat kerakdir… «Maorif oyi» munosabati bilan «Mashrab» boshqarmasi o‘zining barcha ajina muxbirlariga safarbarlik e’lon etdi. Toki muxbirlarimiz bu oyda to‘rt ko‘z va sakkiz quloq bilan maorifchilarning a’molini ta’qib etib, «kirom ul-kotibin»dek ish ko‘rgaylar. Shuni ham aylpb qo‘yish kerakkim, biz bu oyda «astoydil» ishlagan maorif xodimlariga o‘zimizning xolis «barakallo»dan yasalton medal (nishon)larimizni in’om etishni va’da aylab, ammo chatoqchi o‘rtoqlarimizning suratini pes-moxov qilib «Mashrab»ga o‘tkazishdan ham tortinmasmiz. Marhum Shokir Muxtoriy Turkistonda taraqqiy va tajaddud yo‘lida ko‘p xidmat qilg‘onlardan biri marhum Shokir afandi Muxtoriydir. Shokir afandi Turkistonda taxminan 15 yil ta’lim va tarbiya yo‘lida xidmat qilib kelgan ma’ruf muallim va muharrirlarimizdan edi. Marhum 1920nchi yil 26nchi de-kabrda Jizzax kasalxonasida chixutqa (sil) xastalig‘i ila vafot etdi. Shokir afandi muqtadir bir muallim, o‘tkur qalamli bir muharrir edi. Turkistonda qahat ur-rijollik bir zamonda eng kerak bo‘lg‘on shunday zotdan ayrilishimiz biz uchun zo‘r musibat va ulug‘ ziyo’dir. Shokir afandi 1906nchi yillarda Farg‘onag‘a kelib shunda 10 yildan ziyoda bir muddat muallimlik etdi. 1917nchi yil fevral inqilobidan so‘ng oilasi bilan Samarqandg‘a ko‘chub kelib, shunda tura boshladi. 1918nchi yil iyun boshlarida chiqa boshlag‘on «Mehnatkashlar tovushi» gazetasig‘a kirib o‘n oy chamasi qalami ila xidmat qiddi. Ondan so‘ng dorilmualliminda va turli qurslarda muallimlik qilib turdi. 1920nchi yil xastalangan bo‘lsa-da, shul hol bilan yana bir necha oy muallimligida davom etdi. Oxiri xastalig‘i zo‘rayib xeyli vaqt o‘z uyida va so‘ngra bir necha oy Samarqand kasalxonasida yotdi. So‘ngra 1920nchi yil yoz faslida bir do‘stining dalolat va yordami bilan qimiz ila davolanmak uchun oilasini olib Jizzaxg‘a ko‘chdi va shunda kasalxonada vafot etdi. Shokir afandi, bir yoqdan, ilmi ila xalq bolalarini tarbiya etdigidek, ikkinchi yoqdan, qalami ila matbuot oshiqlarini istifodalandirub turar edi. Aning she’rlari O‘rinburg‘da chiqaturg‘on «Sho‘ro» majallasida, istifodali maqolalari Turkiston va Farg‘onada chiqaturg‘on ro‘znomalarda bosilib turar edi. Shokir afandining osori qalamiyasi anchaginadir. Ul Farg‘onada turg‘on vaqtida «Kim qozi bo‘lsun?» asarini yozib chiqardi. Samarqandda turdig‘i vaqtlarida o‘ktabr inqilobidan so‘ng «Susiyolizm nimadir?», «Er haqida ikki turli fikr» ham «Turk tilining usuli ta’limi» nom risolalarini yozdi. Bu risolalarning barchasi matbu’adir. Bulardan boshqa Shokir afandining yozib tamom qilg‘on ulug‘ bir asari bor edikim, aning ismi esimda qolmag‘on. Yana bir necha asarlari bo‘lsa-da, notamom holida qolg‘on. Shokir afandi taqriban qirq yoshida edi. Marhumdan bir xotun, Midhat va Tal’at ismlarida ikki o‘g‘ul, Foiza va Noila ismli ikki qiz qoldi. Bulardan Midhat 16 yoshlarida bo‘lub, ilgari Samarqand dorilmualliminida o‘qur edi, hozirda ziroat maktabida o‘qumoqdadir. Muhtaram shuaromizga (To‘g‘ri so‘zlar so‘zlaram mumkin qadar, Xoh onam ranjisun, xohi padar). Uxlab qolgan kishilarni boshlab muloyim ovoz ila uyg‘otmoq odobdandur. Sado kifoyat etmaganda mutlaqo turtib uyg‘otmoqg‘a majburiyat ko‘rilur. Men ham ushbu qoidani rioya qilub, ahvoli olam va iqtizoi zamondin oz xabarlik muhtaram shoirlarimizni uyg‘otmak niyati xayrixohonasi ila tovush chiqarmakchi bo‘ldum. Ammo biravga nasihat berurga yoki turtib ranjitmoqg‘a aslo haqqim yo‘qdur. Ma’lumki, dunyoda har bir ilm va hunarni foydali maqsadg‘a yetmoq uchun o‘rganurlar. Diniy yoki dunyoviy foydasi bo‘lmagan ilm va fanni tahsil etmoq yo‘lig‘a aqli bor odam hech vaqt aziz umrini sarf qilmas. Emdi she’r masalasida kelsak, bu fan shar’an mazmum bo‘lmasa kerak. Chunki asri saodatda ham ashobi kirom ichida mashhur shoirlar bor edi. Va alarni she’r inshodidan islom man’ qilmabdur. Hatto Ahzob muhorabasi boshlanmasdan burun Madinai munavvara atrofinda «handaq» qazmoq asnosinda payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning o‘zlarida Abdulloh bin Ravohning she’rini o‘qib bizzot tufrog‘ toshigonlari rivoyat o‘linmushdur. Yana bir necha jihatdan she’rning ta’sir va foydasini-da inkor qilib bo‘lmas. Chunonchi, muhofizai til va adabiyot va milliy hissiyotni qo‘zg‘otmoq va boshqa vajhlar uchun she’rning kelturadurgan foydalari nihoyatda ko‘bdir. Lekin bir necha asrdan beri boshqa san’atlarimiz kabi fani she’rga ham suiste’mol qilinib; alalxusus bu zamonda she’r, ta’rifi xattu hol, tavsifi may va jom yo tama’garona maddohiyot va g‘arazgarona hajviyotdan iborat bo‘lub qoldi. Mana shul sababli axloqi omma buzulub, juvonbozlik fe’li va sharobxo‘rlik odati xalq ko‘zig‘a muboh darajasida keldi. Xalq ash’ori fisqiya va yo hajviyadan lazzat olaturgan bo‘lub axloqi diniya ta’sir qilmas. Emdi umid qilurmizki, bir mundan so‘ng fazilatlu shuaromiz (bir-ikki zot istisno) oshiqona she’r va hajvomez nazm inshod etmakdan voz kechub, zamonag‘a muvofiq fanniy, milliy va axloqiy she’rlar inshod etarga kirishsunlar. Toki, bu sababdan butun mustaqbaldagi avlodimizning axloqlari tuzula boshlab, milliy hislari va axloqlari tuzalsun. Shuning ila din va millat, ilm va madaniyat yo‘lida qadam bosib foydali ishlar ishlasunlar. Milliy she’rlarning namunasini ko‘rub istifoda etmak uchun: Abdulhaq Homid, Tavfiq Fikrat, Muhammad Hodiy va marhum Abdulla To‘qayef kabi shuaroi asrimizning ash’orini oldurub mutolaa qilinsa, ibrat olinmoqig‘a shubha yo‘qdur. (Mexriy, bu to‘g‘ri so‘zing qattig‘ erur, Ore nofe’ doru ham achchiq erur). Namoyish to‘g‘risinda Yaqinda Turkiston musulmonlarining Xo‘qandda bo‘lgon 4-qurultoyinda (bilittifoq) «Turkiston yerlik Muxtoriyati»g‘a qaror berilib, e’lon qiling‘onlig‘i va bu munosabat bilan Xo‘qandda zo‘r namoyish bo‘lg‘onlig‘i ma’lumdir. Eshitishimizga ko‘ra, bu kunlarda Andijon, Namangon va Toshkandda ham musulmonlar tarafidan «Muxtoriyat» foydasig‘a tantanalik suratda ulug‘ namoyishlar qilinibdir. Hatto Toshkanddagi namoyish nihoyatda dabdabalik bo‘lub o‘tibdir. Yaqinda Samarqanddagi «Zahmatkashlar ittifoqi» jamiyati ham bir majlis qurub, «Sho‘roi islom» jamiyati bilan birgalashib «Muxtoriyat» uchun namoyish qilmoqg‘a qaror bergan va buning uchun o‘z tarafindan «Sho‘roi islom» jamiyatig‘a to‘rt nafar vakil yuborib aning rizolig‘ini so‘rag‘on edi. Lekin na sababdandir «Sho‘roi islom» jamiyati bu ishga rizoliq bermadi va namoyish qilmoqni istamadi. Shuning uchun Samarqandda bo‘lg‘uli namoyish hanuz kechikib turmoqdadirki, bu masala hurriyat va Muxtoriyatg‘a qarshi bir jinoyat bo‘lsa kerak. Endi «Sho‘roi islom»ning bu ishig‘a qanday ma’no bermak kerak? Biz bu holning haqiqatini bilmay turubmiz. Harholda, biz sho‘roning bu ishini ushbu uch ehtimolning birisindan xoli emas, deb gumon qilamiz: 1. Qo‘rqoqliq. 2. «Muxtoriyat»ning fahmig‘a bormaslik. 3. «Muxtoriyat»ning vujudga chiqishig‘a ishonmaslik. «Sho‘roi islom» haqinda mazkur ehtimollar to‘g‘ri kelurmi, kelmasmi muning ahamiyati yo‘q. Yolg‘uz shunchasi bor-ki, «sho‘ro»ning bu harakati Turkistondagi o‘n milliyun musulmon qardoshlarining asoratdan qutulishlarini istamagan kabi bo‘lib ko‘runadirlar. Bu ish esa «Marvaj ul-islom» ismini olg‘on buyuk bir jamiyatning sha’nig‘a yarashaturg‘on sifatlardan bo‘lmasa kerak. Yo‘qsa, yolg‘uz «Sho‘ro»ning namoyishg‘a ishtiroki bi-lan «Muxtoriyat»imiz arshi a’log‘a chiqib, aning teskariliki bilan faoliyatg‘a chiqmay qolmas. Muhtaram «Sho‘roi islom» jamiyati shuni ham bilsunki, bukun Turkiston musulmonlari «Muxtoriyat»ga molik bo‘ldilar. Mundan so‘ngra «Muxtoriyat» bilan birga yasharlar va ushbu yo‘lda o‘z mol va jonlarini ham ayamaslar. Yashasun Turkiston Muxtoriyati! Oila tarbiyasi Dunyoda har bir millatning huquqli va mas’ud bir suratda yashamaki, ul millatning o‘z zamonindagi maorif va madaniyatni qabul etmakiga muvaffaq bo‘lg‘onidek, har bir oilaning baxtiyorligi va rohat bilan tirikchilik etmakiga ham ul oilaning afrodi mutlaqo tarbiyali bo‘lurg‘a tevishdir. Olamda taraqqiy etgan hech bir millat yo‘qdir-ki, uning oilasi tarbiyasiz qolg‘on bo‘lsin. Yoki hech bir oila yo‘qdirki, uning afrodi tarbiya ko‘rmayincha chin baxt-saodat bilan umr kechirmaqtsa bo‘lsin. Islomiyatning avvalgi asrlarindagi musulmonlar oila tarbiyasig‘a ahamiyat berib, erkak va qiz bolalarini o‘qita boshladilar. Xotunlar huquqini rioya etdilar. Va shul soyada maorif va madaniyat yo‘lig‘a qadam qo‘yib, ulug‘ bir quvvat hosil etdilar. Ozgina vaqtda dunyoning qismi a’zamini o‘zlarig‘a qaratdilar. Ul asrlarda islom dunyosinda erlar qatorinda xotinlardan ham qancha olima va shoira, muharrira, xatiba, adiba va faqihalar yetishgan edi. Musulmonlarning u davr taraqqiylari Abbosiy halifalarning zamonig‘acha davom etdi. Abbosiylar davrinda boshlab oila tarbiyasi buzildi. Xotunlar huquqig‘a tajovvuz etildi. Xalifa va amirlar saroyinda aysh va ishrat va shafohat boshlandi. Hukumat idoralarinda jabru alam, g‘adru xiyonatlar yuz berdi va o‘shal daqiqadan e’tiboran musulmonlar ijtimoiy va siyosiy jihatdan kundan-kun tanazzul eta boshladilar. Hukumatlari qo‘ldan ketdi, mamlakatlari barbod bo‘ldi. Boshdan o‘zgalarga amir va hokim bo‘lib kelgan musulmonlar axloqsizliqlari va oila tarbiyasining buzuqlig‘i sababli bora-bora yotlarg‘a mahkum va asir bo‘lib qoddilar. Hosili kalom, avvalgi asrlarda musulmonlar husni axloq va oila tarbiyasi soyasindagina taraqqiy etdilar va mas’ud bo‘ldilar. Oxirida oila tarbiyasindan qo‘l ko‘targanlari va axloqsizliqlari sababli suqut etib hozirgi holg‘a tushdilar. Biz turkistonlilar ham 15 yil bo‘ladirki, bu dunyoda o‘zgalardek taraqqiy va taoliy etmak orzusi bilan yangi maktablar ocha boshladik. Yolg‘iz erkak bolalarimizni tarbiya etarg‘a kirishdik, ammo qizlarimizning tarbiyasiga hozirgacha hech bir ahamiyat bermadik. Bizlar ushbu noqis va xato harakatlarimiz bilan yana istarmizkim, kelar zamonda bizlardan ham mas’ud oilalar yetishsin, bizlar ham boshqalar qatorinda mutaraqqiy va mutamaddun bo‘laylik. Lekin hozirdan bilmagimiz va amin bo‘lmog‘imiz kerakdirkim, bizlar to erkak va qiz bolalarimizni birgalikda tarbiya etmaguncha bizlardan kelajaqda mas’ud oilalar yetishmas. Bizlar hech vaqt g‘oyai a’molimiz bo‘lg‘on chin baxt va saodatga, taraqqiy va tamaddung‘a yetolmasmiz. (Oxiri bo‘lur.) Otasharavamiz Shukr, Turkistonimizda eski hukumatdan sabil qolg‘on shaloq otasharavamiz bor. Biz bu otasharavamizning Qo‘qon aravalaridek liqing-liqing yurushig‘a ham qancha shodlanamiz, shukr qilamiz. Lekin uning ichidagi g‘ayri tabiiy «intizom va tartib»larni ko‘rishga endi toqatimiz qolmag‘on. Orenburg‘dan narigi otasharavalarg‘a qarasoq, Xudoning marhamati bilan hamma ishlar o‘z joyida. Hech kimning kamarchasi qimirlamaydir, loaqal noskadusi ham yo‘qolmaydir. Ammo O‘rta Osiyog‘a Xudo panoh bersin. Eng avval bunga bilet olish uchun boshingizg‘a shapka qo‘yib belatxonaga borishg‘a majbur bo‘lasiz. Chunki bu joyda shapka juda katta ro‘l o‘ynaydir. Shapkasizlar odam qatorida ham hisob qilinmaydirlar. Xayr, bir ish qilib oxiri belat olishg‘a ham muvaffaq bo‘lasiz. So‘ngra chiqasiz otasharavangizning istiqbolig‘a. Bunda qo‘rasizkim, go‘yo yer yorilib odam chiqqan. Bu holni ko‘rub, birdan ko‘nglingizga allaqanday vahimalar tushadir. Shu choqda noiloj Xudog‘a sig‘inishg‘a va avliyolardan yordam so‘rashqa majbur bo‘lasiz. Ana, otasharava ham lopillab, fishqirib keldi-ku! Endi bu yog‘i baxtingizga qaraydir. Agar Xudo yorlaqag‘on baxtlik kishilardan bo‘lsangiz, cho‘ntagingiz kesilsa va xurjiningiz teshilsa ham, o‘zingiz bir nav qilib poyezdning tomig‘a chiqasiz yoki yuk qo‘yaturg‘on katakchalarning birida diqqat bo‘lib joylanasiz. Bular muyassar bo‘lmag‘an taqdirda, albatta, yo‘laklardagi xalqning «poyandozi» bo‘lishqa yoki zinalardan birida o‘ltirishqa rozi bo‘lasiz. Bular ham sizga nasib bo‘lmag‘onda, vogunning bo‘yniga minib olib, «xayt!» deb ketaberasiz… Shuncha azob va zahmatlaringiz ustiga, yana kanduxtur janoblaridan so‘kishlar, turtgi-nuqqilar ko‘rushingiz «ustakcha»dir. Ey oti ulug‘, sufrasi qurug‘ millati najiba! Eng avval shaloq-laqa aravangni tartibga qo‘yib, so‘ngra kattalik qil-da!.. Oxir zamon alomatlari Eski «Aqoid» kitoblarimizda yozilg‘ondurkim, zamona oxir bo‘lib, qiyomat yaqinlashmoqda. «Ya’juj-ma’juj» degan bir jamoa maxluq paydo bo‘lib xalqning tinchlig‘ini buzib, dunyoni xarob etishga tirishadirlar. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, har yerda «barkamol osoyish» bo‘ladir. «Ya’juj-ma’juj» jamoasining qanday maxluq ekanligi to‘g‘risida «ulamoi islom» orasida ixtilof ko‘bdur. «Maxrib ush-shariat» degan mo‘tabar bir kitobda o‘qig‘onimizg‘a qarag‘onda, shul «ya’juj-ma’juj» toifasi haqida yozilg‘on ba’zi sifatlar yuzdan shona — ostdan fona uraturg‘on «mustamlakachi» o‘rtoqlarimizning sha’nig‘a to‘g‘ri keladur. Yana o‘shal kitobda: «Nasriddin Tantanoni»dan rivoyat etadurlarkim, zamona oxir bo‘lg‘onda Turkistonda, ayniqsa, Samarqandda «jadid» tanasidan eshon va avliyolar chiqib, xalqqa turlik karomatlar ko‘rsatadurlar va shuning bilan kunda bir necha murid ovlaylar. Oxirda, «jadid» ismi xalq orasida ko‘tarilib, uning o‘rnida «taraqqiyparvar», «maorifparvar» ham «yoshlar» ismlari bilan «buqalamun» fikrlik zotlar paydo bo‘ladi. Bu zotlarning bir bo‘lagi turli chatoq yo‘llar bilan oqcha to‘plab, bor-yo‘g‘ini to‘yga sarf qiladurlar. Maorif uchun hech miri bermaydur. Bir qismi «Nashri maorif» uchun jaholatga qarshi «muttahid frunt» ochib, qo‘shinsiz urush boshlaydurlar. Yangi tantanalik quruq qarorlar bilan mashg‘ul bo‘ladurlar. «Majmuiyi safho» degan kitobda yozg‘oniga ko‘ra, oxir zamonda Turkistonda «mahkamai shar’iya»lar ochilib, bu mahkamaning ishlarini bir vaqt kofirlik otini ko‘targan jadid sinfi boshqaradir. O‘lib ketgan vaqflar qaytadan tirguziladur. Vaqf oqchasi maktab va maorif yo‘lida sarf qilinadur. Bu voqeadan ko‘p vaqt o‘tmay, qorinparvar mullalar bilan taraqqiyparvar jadidlar orasida vaqf ustida katta janjal chiqib, natijada barcha vaqflar «nahang» komiga ketadur. «Yoshlar»ning kecha-kunduz xizmatlari oshamoq, «tutash»larg‘a yondashmoq va oxiri yo‘ldan adashmoq bo‘ladir. Xotin-qizlarning yuz pardalari ochiladur, sharm-hayolari qochadur. Iffatliklari siyrak qoladur. Buxoro o‘lkasida amir Olimxon hazratlari «shahid» etiladur. Uning har bir tomchi qonidan yuz «juvonboz» paydo bo‘ladur. Ming dohiy dunyog‘a keladur. Kechalarni bazmsiz o‘tkazgan uylarg‘a jarima solinadur. Pora olmag‘on amal-dorlar yurtdan badarg‘a qilinadur. Oxiri, faqir xalqning hammasi jonidan to‘yib, bosmachiliqqa yozilib, dalag‘a qochib ketadur. Mana, sizga oxiri zamon alomatlaridan bir necha timsol. Bu so‘zlarning barchasi yuqoridagi mo‘tabar kitoblardan naql etiddi. Har kim shak keltirsa — kofir bo‘lg‘ay. «Qahat ul-uqalo» degan bir kitobda Samarqand mahkamai shar’iyasi xususida boshqa xil ma’lumot berilgan. Bunda yozilg‘onig‘a ko‘ra, Samarqand mahkamai shar’iyasi xalqning namoz o‘qishi to‘g‘risida ayrucha ahamiyat beradur. Chunonchi, har kim o‘zining mahallasidagi masjidga jamoat namozig‘a sahvan chiqmay qolsa, uni birinchi qatla olti, ikkinchi qatla sakkiz oy qamoqqa hukm etadur. Uchinchi daf’adan uni shahardan chiqarib haydaydur. Toki, ul benamozning kasofatidan bir shahar xarob bo‘lmag‘ay. «Maqobir ul-ag‘niyo» degan kitobda Abu Nizom al-Mag‘ribiy al-Masturiy yozadikim: qiyomat yaqinlashg‘onda, boylardan xayriyat, kambag‘allardan kuch, dehqonlardan barakot ko‘tariladur. Jadidlar namozdan, qadimlar maorifdan, hukumatlar adolatdan qochadurlar. Maorif idoralarida oqcha, maktablarda o‘quvchi, muallimlarda ta’lim qochadur. Oxir zamon olimlari amalsiz, boylari hamiyatsiz, shoirlari she’riyatsiz, muharrirlari savodsiz, gazetalari obunasiz, matbaalari hurufsiz, murattiblari tartibsiz, idoralari doirasiz, tabiblari dorusiz, hakimlari hikmatsiz, eshonlari ishonchsiz, muridlari ixlossiz bo‘ladurlar. Bulardan boshqa: bu zamonning har bir jonlik va jonsiz narsalariga tog‘ kabi og‘ir solikdar solinadurkim, natijada do‘konlar yopila-yopila sonlari ozayadur. Hayvonlar so‘yila-so‘yila etlari yeyiladur. Kambag‘allar ezila-ezila dunyog‘a vido’ aytadurlar. Soliqlar qancha ko‘paysa, bozor baholari o‘shancha tushib, oxiri qog‘oz-oqcha bilan oltun, og‘a-inidek bir-biriga qovushadur. Zolim «Nikolay» zamonida bo‘lg‘on arzonchilik parisi qaytadan dunyoga kelib, xalqqa muhibona salom beradur. Bu rohat va saodat davri qo‘b davom etmay, ketidan «dajjoli lain» dunyog‘a chiqib qo‘b o‘zgarishlar yasaydur. Shuning bilan odam bolasi murod va maqsadiga yetadur-da, so‘ngra birdan qiyomat qoyim bo‘ladur. Shuni ham yozib o‘taykim, kiyomatdan bir kun ilgari Turkistonda imlo masalasi «hal» etilib, Qur’on yangi imlo bilan yoziladur. Soliq ishlari shuncha taraqkiy etadurkim: kambag‘al ishchi-dehqonlar hovuzlarida vaqqillayturg‘on qurbaqalarga ham soliq to‘lashga majbur bo‘ladurlar. Faqat daraxtlarga qo‘nib uchaturg‘on qushlar uchun soliq to‘lashdan maof etiladilar. Bu so‘zlarga shak keltirgan kishi kofir bo‘lmasa ham, lekin «Gepoluv» tomonidan turlik sinflar ichida yoshirun suratda qurilg‘on sonsiz oq tuzoqlarga bir kun oyog‘i aylanib, «borsa kelmas» shaharg‘a yuboriladur. O‘zbekcha alifbolar tarixi Turkistonda ilmiy-adabiy uyg‘onishning boshlanishig‘a yigirma besh yil to‘lib o‘tdi. Bu muddatning o‘ktabr inqilobig‘acha bo‘lg‘on davrida har bir shaharda yangi maktablar, ba’zi joylarda jamiyati xayriya va kutubxonalar ochiddi. Turli maktab va mutolaa kitoblari yozilib bosildi. 1901nchi yildan e’tiboran Ko‘qon va Toshkantda, 1903nchi yidda Samarqandda yangi maktablar ochila boshladi. Bu maktablar Turkistonning katgarak shaharlarida son jihatidan (taqlidiy suratda) bir daraja ko‘paygan bo‘lsa ham, 4 -5 yildan keyin yana kamayib, faqat ba’zi tuzuklari davom etdi. Buning bir sababi kitobsizlik bo‘lsa, boshqa sababi o‘qitg‘uvchilarning usuli ta’limdan xabarsizliklari edi. Avvalgi yillarda ba’zi muallimlar o‘z maktablariga totorcha kitoblarni kiritishga va bir qismlari turkcha-totorcha asarlardan tarjima yo‘li bilan foydalanib bolalarni o‘qutishg‘a majbur bo‘ldilar. Hatto, ba’zi maktablar muallimlari kitob yo‘qdig‘idan o‘z shogirdlarig‘a «Chor kitob», «Mantiq ut-tayr», «Xo‘ja Hofiz» va Navoiydek eski kitoblarni o‘qutib yurdilar. Usuli jadid maktablari shu hol bilan 5-6 yil davom qilg‘ondan keyin yangi o‘zbekcha kitoblarni ko‘ra boshladi. Shuning bilan barobar maktablarning adadi ham yana ko‘paya berdi. Men bu maqolamda uyg‘onish davrimizning boshidan bu kungacha chiqqan o‘zbekcha alifbolarning tarixidan va ularning xizmatlaridan yozmoqchi bo‘laman. . «Ustodi avval» Turkistonda boshlab chiqqan o‘zbekcha alifbo toshkantlik Sayidrasulxo‘janing 1900nchi yidtsa yozib bostirgon «Ustodi avval» ismli risolasidir. Bu alifbo russkiy-tuzemniy maktablar uchun tuzilgan bo‘lsa ham, ba’zi muallimlar kitob yo‘qdig‘idan shuni vaqtincha o‘z maktablariga kiritdilar. Lekin ko‘p vaqt o‘tmadi. Bu alifbo to‘g‘risida janjal chiqtsi. Qozonli Ahmadhodi Maqsudiy: «Menim «Muallimi avval» ismli alifbomdan o‘g‘urlagon», — deb Sayidrasulxo‘jani sudg‘a tortdi. Bu kishi esa darrov alifbosining qolg‘on nusxalarini terib olib uni qaytadan o‘zgartib bostirdi. Sud bir necha martaba mudofaa uchun vaqt belgilab Ahmadhodini chaqirg‘on bo‘lsa-da, u kelmagani uchun mudofaa kechikib qolib, oxiri Sayidrasulxuja javobgarlikdan qutuldi. Olg‘on ma’lumotimizga ko‘ra, «Ustodi avval» alifbosi o‘ktabr inqilobig‘acha o‘n yetti qatla bosilg‘on. . «Adibi avval» 1901nchi yillarda Toshkantda Munavvarqori tomonidan «Adibi avval» otli alifbo yozilg‘on bo‘lsa-da, buning birinchi bosmasi 1907nchi yilda chiqdi. Bu alifbo Turkistondagi usuli jadid maktablarining ko‘pisi tomonidan (ba’zi russkiy-tuzemniy maktablarga ham) qabul qilinib, dars jadvaliga kirgizilganligi uchun o‘ktabr inqilobig‘acha tuzatilib o‘n daf’a bosiddi. So‘ngg‘i bosmalari rasmli bo‘lib chiqdi. . «Birinchi muallim» Bu alifbo 1912nchi yidda Abdulla Avloniy tomonidan yozilib, Toshkantda «Maktab» kutubxonasining xarji bilan bosildi. O‘ktabr o‘zgarishigacha 4-5 qatla bosilib chiqdi. . «Savod» Bu alifboning yozg‘uvchisi bir necha yil Xivada muallim bo‘lg‘on Muxtor Bakirdir. Alifbo o‘zbekcha-totorcha-turkmancha aralash shevada yozilib, 1913nchi yilda Qozonda bosilg‘on. Bu faqat Turkmaniston maktablarida o‘qutilg‘on bo‘lsa kerak. 2nchi bosmasini ko‘rmadik. . «Ta’limi avval» Buning yozib bosdirg‘uvchisi Toshkantda Rustambek Yusuf o‘g‘lidir. Bu alifboning faqat 1914nchi yilda chiqqon 2nchi bosmasini ko‘rdik. Buning birinchi bosmasi taxminan 12nchi yillarda chiqqon bo‘lsa kerak. . «Turkiy alifbo» Turkistonda uyg‘onish davrida chiqqon alifbolarning yaxshiroqlaridan biri shu «Turkiy alifbo»dir. Bu alifbo 1916nchi yilda muallim Muhammadjon Abdulxoliq o‘g‘li tomonidan yozilib, Qo‘qonda «G‘ayrat» kutubxonasining masorifi bilan bosiddi. Alifbo rasmlidir. Buning ham ikkinchi bosmasini ko‘rmadik. . «Biriichi yil» Bu alifboning tuzguvchisi Samarqandda Sayidrizo Alizoda bo‘lib, noshiri «Zarafshon» kutubxonasidir. 96 betdan iborat bo‘lg‘on bu alifbo 1917nchi yilda faqat bir marta bosilg‘on. . «Miftoh ul-alifbo», 9. «Miftoh ul-avval», 10. «Tashili alifbo» 12 — 14nchi yillar oralarida Farg‘onada bosilib chiqqan bu uch xil alifboni eshitgan bo‘lsak ham ko‘rmadik. Bulardan birinchisining murattibi Mirza Xayrulladir. Oxirg‘isini Abdulvahhob Ibodiy yozg‘on. Turkistonda o‘ktabr inqilobig‘acha chiqqan o‘zbekcha alifbolar shudir. Bulardan ko‘pisi bir-biriga taqlid qilib yozilg‘on. Bir oz tuzukraklari «Adibi avval», «Turkiy alifbo» va «Birinchi yil» risolalaridir. O‘ktabr inqilobidan keyin chiqqan alifbolar: . «Rahbari avval» Bu alifbo 1918nchi yilda Toshkantda faqat bir marta-ba bosildi. Tuzguvchisi M. Faxriddin, noshiri «Hurriyat» qutubxonasidir. . «O‘rtoq» Samarqandda 18nchi yidda maorif mudiri bo‘lib turg‘on Checha Vichkinning va mustashriq Viyatkinning qalami bilan yozilg‘on bu alifbo yigirma ming dona bosilg‘on bo‘lsa ham, maktablarimiz undan bir pullik foyda ko‘rolmadi. Chunki bu risola tanqidg‘a arzimayturg‘on darajada buzuq va tartibsiz yozilg‘on edi. . «Sovg‘a» Shokirjon Rahimiy tomonidan tuzilib, 1919nchi yilda Turkiston jumhuriyatining maorif komissarligi xarji bilan bosilg‘on bu rasmli alifbo har bir daf’a bosilishida tuzatilib, bu kunlarda 5nchi qatla bosilib chiqdi. . «Kattalarga o‘qush» 1920nchi yilda «Davlat nashriyoti» tomonidan ko‘b miqdorda bosilg‘on bu alifboning murattiblari: M. Qodiriy, I. Mo‘miniy va Sh. Ismoiliy o‘rtoqlardir. Bu alifbo birinchi daf’a Amriqo usulida yozilg‘onlig‘i uchun bunday usuddan xabarsiz muallimlarimiz undan keragicha foydalana olmadilar. O‘qutishg‘a qiynaldilar. Shuning uchun bu to‘g‘ridagi qancha mehnat va masoriflar bo‘shg‘a ketdi. . «Til ochg‘ich» Bu rasmli alifboning murattibi muallim Hasanali, noshiri Buxoro maorif nazoratidir. Risola 1922nchi yilda besh ming dona bosiddi. . «O‘zbek alifbosi» Shokirjon Rahimiy tomonidan yozilg‘on bu rasmli alifbo «Davlat nashriyoti» tarafidan 1922nchi yilda faqat bir martaba 25 ming dona bosildi. . «Kattalar yo‘ldoshi» Savodsiz katta kishilar uchun 24nchi yilda «markaz savodsizliqni bitiruv favqulodda komissiyasi» tomonidan 15 ming dona bosilg‘on bu alifboning tuzguvchisi Shokirjon Rahimiydir. «Kattalar yo‘ldoshi» ikki yil ichida tuzatilib, to‘rt daf’a bosilib chiqdi. . «O‘qutg‘uvchi» Kattalar uchun Amriqo usulida yozilg‘on bu rasmli alifboni(ng) tuzg‘uvchilari Hoji Muin bilan I. Rahmatullazoda, noshiri «Savodsizliqni yo‘qotish favqulodda komissiya»dir. Bu alifbo 25nchi yil oxirlarida birinchi daf’a 45 ming dona bosiddi. Risola eskirak huruf bilan bosilg‘on, matbaa xatosi ham oz emas. Mana, 25 yil ichida bosilib chiqqan alifbolarimiz (manim bilganimcha) shulardan iboratdir. Shu muddatda Turkistonda bosilg‘on forscha-tojikcha alifbolarni kelgusi maqolada yozarmiz. Pora va poraxo‘rlik O‘ktabr o‘zgarishining besh yillik bayrami munosabati bilan biz «Tayoq»imizning ushbu favqulodda sonini poraxo‘rliq qahramonlarig‘a bag‘ishlamoq bilan barobar bu sonda yolg‘uz «pora»ning lug‘aviy va izohli ma’nolaridan ham poraxo‘rlikning burung‘i va hozirgi hollaridan suvga tegmagan nodir va muhim ma’lumot berib o‘tamiz: «Pora», «poru»dan mushtafiqdir. Poru hayvon tezagi bo‘lg‘anidek, pora ham inson tezagidur. Mana shuning uchun bizning shariatimiz pora yemakni musulmonlarg‘a harom qilmishdir. Bu poraning lug‘aviy ma’nosi bo‘lib, istilohda vijdonsiz «xodim ul-millat»lar qoshida ona sutidan ham halolroq sanalg‘on maxsus bir oqcha turidirkim, buni yegan kishi oz kunda cho‘chqadek semirib va davlatida ham favqulodda barakot hosil bo‘ladir. Ko‘p zamon o‘tmasdan, poraxo‘rning axloqida katta «o‘zgarish» paydo bo‘lib, ul dunyoda bor fisq-fujur ilmig‘a chechan bo‘ladur. O‘zi kunda har qancha gunohsiz va kuchsiz kishiga uchrasa, ularni jinni it kabi qopadur — talaydur. Oxiri, gunohsizligidan osmong‘a uchib ketib, qattig‘ bir yelga yo‘liqib birdan yerga yiqilib o‘ladur. Poraxo‘rliq ishi zolim Nikolay zamonida yomon bir holda edi. O‘zgarishdan keyin har ish «taraqqiy» qilg‘onidek, poraxo‘rliq hunari ham yaxshigina taraqqiy qilib oldi. Hukumat har ishni yangi asosqa qo‘yishga tushgan bir vaqtlarda poraxo‘rlar har bir yangilikdan o‘zlariga cheksiz bir ulush chiqardilar. «Xodim ul-xalq»larimiz hurriyatdan foydalanib ham hukumatdan va ham kambag‘al xalqdan «oyliq» ola berdilar. Bular hukumatdan olaturg‘on oyliqlar o‘z maishatlarini ta’min etalmag‘onlig‘i uchun «zakot» nomi bilan xalqtsan o‘zlari istagancha «oyliq» olishg‘a majbur bo‘ldilar. Shuning uchun zamonamizda poraxo‘rliq taraqqiy etdi. So‘ngg‘i choqlarda xalqning poraxo‘rlardan zorlanib, bergan qop-qop shikoyatnomalari vogun-vogun bo‘lib Maskovga borg‘an bo‘lsa kerakkim, unda poraxo‘rlar bilan uzil-kesil kurashishga qaror qilinib bel bog‘landi. Bizning markaz (Toshkand)da ham shu to‘g‘rida juda katta qarorlar chiqarilib, poraxo‘rlar bilan kurashish uchun (truykalar) uchliklar tuzildi. Darhol truykalar kurash maydonig‘a kirib Rustamdek botirlik ko‘rsatdilar: boshlab bir necha poraxo‘rlarning bo‘ynilarig‘a sirtmoq solib jahannamga sudrab tushirdilar. Eshitkanimizga qarag‘anda, bu qora xabar bundagi mashhur poraxo‘rlarg‘a yetib, bularni qo‘rqish va hayajong‘a tushiribdir. O‘z muxbirimizning bergan xabariga ko‘ra, shahrimizdagi kattakon poraxo‘rlar yaqinda kattakon bir yig‘inda yig‘ilishib, truykalarning tuzog‘ig‘a ilinmaslik uchun muzokaradan keyin quyidag‘i tadbirlarni ma’qul ko‘ribdurlar: 1. Truykalarga bir miqdor yog‘liqg‘ina ulush chiqaramiz. 2. Bu tadbir bilan qutulib bo‘lg‘on taqdirda ochiqdan-ochiq hukumatga murojaat qilib maishatga yetarlik oyliq so‘raymiz. Arzimiz qabul bo‘lg‘onda, poraxo‘rliqni bir daraja ozaytiramiz. Bo‘lmasa, shu tutg‘on «muqaddas» yo‘limizda qurbon bo‘lishni bo‘ynimizg‘a olamiz, vassalom. Yuqoridag‘i qaror poraxo‘rlarning umumiy majlislarida ham «bilittifoq» qabul qilinmishdir. Ana endi, o‘lmasak ko‘ramizkim, bu hayot-mamot maydonida qaysi taraf yengar, qaysi taraf yengilar? «Tayoq» bu muhim kurashda o‘zini betaraf tuta olmaydur. To‘g‘ridan-to‘g‘ri poraxo‘rlarni yoqlaydur. Chunki poraxo‘rlar hukumatdan emas, faqat xalqdangina pora olurlar. Bu ishdan hukumatning xazinasiga zarar bo‘lmas, yolg‘iz xalqning kissasigagina zarar bo‘lur. Shunday qimmatchilik zamonida poraxo‘rlikni qatag‘on etmak bechora «xodim ul-xalq»larni tiriklay go‘rga tiqmoq bilan barobardir. Xayr, har holda, ikki tomong‘a ham muvaffaqiyat tilaymiz. Qozi kaloni Shal va uning bolalari I Bir vaqt Turkistonda va balki butun O‘rta Osiyoda maorif va madaniyat o‘chog‘i bo‘lg‘on Samarqandning, o‘n ikkinchi asri hijriy o‘rtalarida (60-70 yil) o‘zaro urushlar natijasida xarobazor holida qolg‘onlig‘i tarixdan ma’lumdir. Shu xarobliq chog‘larida Samarqanddag‘i bir necha muhtasham binolar fatorat bo‘lg‘on va ko‘b qimmatlik nodir kitoblar, vaqfnomalar yo‘qolib ketgan. Hatto uzun zamonlar qimmatchiliq va qahatliq sababidan shahar ichi odamsiz qolib, dalalarda ham ekinchilik bo‘lmag‘on. Mana shu xarobliq va buzg‘unliqlar, Movarounnahr hukumati mang‘itlar qo‘lig‘a o‘tgandan keyin bir muncha tuzala boshlag‘on, mang‘it amirlaridan Shohmurod o‘zining otasi Doniyol zamonida (1195 yilda) Samarqandg‘a hokim tayin etilgandan e’tiboran shaharni bir qadar tuzatishga va obod etishga kirishgan. Buzilayozg‘on madrasa va masjidlarni ta’mir (remont) qilg‘on. Samarqandning tashqi qal’asini qaytadan tuzatib, avvalgi holig‘a keltirgan. Shohmurod otasining taxtiga o‘tirg‘ondan so‘ngra (1199 yili), bir yoqdan, jiddiy suratda Samarqandni obod etishga bel bog‘lag‘an. Tevarakdan xalqni ko‘churib, shaharga o‘rinlashtirgan va qancha yangi guzar (mahalla)lar tashkil etgan. Ikkinchi yoqdan, vaqf ishlarini tartibga qo‘yg‘on. So‘nib qolg‘on maorif chirog‘ini yoqib, Mirabdulhay (Qozi Shal)dek olim bir zotni Samarqandg‘a qozi va mudarris belgilagan. Yolg‘iz Samarqandda emas, butun Buxoro va Turkistonda ilmu fazli bilan shuhrat chiqarg‘on Qozi kaloni Shal shu Mirabdulhaydir. Qozi Shal bir tomondan, qoziliq vazifasini bajarib, boshqa tomondan, Sherdor madrasasini tuzatib, shunda darsgo‘ylik eta boshlag‘on. Bir necha yilda ko‘p olim va shogirdlar yetishturgon. Shu orada qozining tarbiyasi bilan o‘zining uch-to‘rt o‘g‘li ham mashhur olimlar qatorig‘a kirganlar. Qozi o‘zining umri oxirida ikki oyog‘i shal bo‘lg‘on esa ham, jim turmag‘on. O‘n uch yillik shallik vaqtlarini ta’lif va tahrir bilan o‘tkazib, bir necha diniy-axloqiy asarlar yozgan. Qozi kaloni Shalning faqat o‘zi emas, uning ota-bobolaridan boshlab hozirgi zamonimizgacha yetib kelgan bolalari ham ilmu fazl oshiqi bo‘lib, maorif yo‘lida ishlab kelganlari uchun men ularning qisqacha tarjimai hollarini yozib o‘tmakchi bo‘ldim. «Qozi kaloni Shal» laqabi bilan shuhrat topgan shayx ul-islom qozi Mirabdulhay Abulxayr A’lamning o‘g‘li va Mavlaviy Fayziyning nabirasidir. Mavlaviy Fayziy o‘z asrida shuhratlik olimlardan bo‘lg‘on. Buning «Mulla Jamol» tatimmasiga yozg‘on arabcha sharhi Turkiston ulamolari orasida mashhur va maqbuldir. Qabri Shahrisabzda «Xo‘ja Amakana» degan mazoristondadir. Abulxayr esa Samarqandning mo‘tabar olimlarindan sanalib o‘z zamonida a’lam bo‘lib o‘tgan. Buning qabri Samarqandda «Xon Sayid Imom» qabristonidadir. Qozi Shalning ota-bobolari Samarqand tumanidagi «yori» jamoasidan (tojik) dir. Qozi kaloni Shal Samarqandda 11b9nchi yidda dunyog‘a kelgan. Yigirma olti yoshida Buxoroda xatmi kutub qilg‘on. So‘ngra amir Shohmurod taxtga o‘tirishi bilan barobar (1199 yilda) uni Samarqandg‘a qozi kalon qilib yuborg‘on. Bundan boshqa amir tomonidan qozig‘a yurtni boshqarish va xalqni tinchitish uchun butun ixtiyor berilgan. Qozi Shal Samarqandg‘a kelishi bilan barobar o‘zining bo‘ynidag‘i vazifasini bajarishga tirishadir. Bir tomondan, xalqning arzu dodini so‘raydir, boshqa yoqdan, buzg‘unliq zamonida buzulayozg‘on Sherdor madrasasini remont qilib, shunda talabalarg‘a turli ilmu fandan dars berishga kirishadir. O‘qishga salohiyatlik kishilarni atrofiga to‘playdir. Kambag‘al mullabachchalarga moddiy yordam beradir. Shuning bilan qozining shuhrati Turkistonning har tomonida yoyiladir; har yoqdan talabalar kelib, qozi huzurida tilagan ilmu fanlarini o‘qiya boshlaydirlar. Samarqand bilim o‘chog‘ig‘a aylanadir. Qozi kaloni Shal kerak amir qoshida va kerak xalq orasida boshqa kishilar ko‘rolmagan darajada zo‘r hurmat va e’tibor qozonadir. Davlat va sarvat egasi bo‘ladir. Ahroriy, Mirakoniy va Mahdumi A’zam xo‘jalaridan ham qorachadan qiz olib uylanadir. Katta oilalik bo‘ladir. Qozining xususiy ta’lim-tarbiyasi bilan o‘zining bir necha o‘g‘li ham turli ilmlardan xabardor bo‘lib yetishadirlar. Shuning bilan qozining xonadoni bu kungacha ilm oilasi bo‘lib keladir. ASARLARI Qozi Shalning nabirasi bo‘lgan Abutohirxo‘ja o‘zining «Samariya» degan forscha tarix kitobida, bobosining shallik vaqtida yozg‘on asarlarini shu tartibda ko‘rsatadir: 1. «Bayzoviy» tafsirining havoshiysi. 2. «Sahihi Buxoriy»ning forscha sharhi. 3. «Zabur»ning forscha sharhi. 4. «Axloqi Bahodurxoniy». 5. «Hidoya» sharhining sharhi («Bali’» kitobidan oxirig‘acha). Marhum Vasliy afandining so‘ziga qarag‘onda, qozi Shalning bulardan boshqa forscha va arabcha tillarida yozg‘on «Muqaddimat ut-tafsir» ismli asari bor ekan. Taxminan uch yuz betdan iborat bo‘lg‘on bu kitobda tafsir ilmini bilmak uchun bir necha ilmdan xabardor bo‘lishning kerakligi bayon etilgan emish. Vasliy afandi shu kitobda Buxoroda qozi Shalning avlodidan bo‘lg‘on Abdusamadxo‘janing qo‘lida ikki nusxa borlig‘ini gapirgan edi. Vasliyning rivoyatiga ko‘ra, qozi Shalning asrida Hindistonda o‘zining bir necha asari bilan shuhrat chiqarg‘on «Bahr ul-ulum» degan bir olim Buxorog‘a kelib, undagi ilm kuchlarini sinamakchi bo‘lg‘onida, uning ko‘ziga maqbul bo‘larliq biror olim ko‘rinmagan. So‘ngra amir Shohmurod shu olim bilan munozara qildirish uchun qozi Shalni Buxorog‘a chaqirg‘on. Qozi borolmay, o‘zining boyog‘i «Muqaddimat ut-tafsir» kitobini yuborg‘on. «Bahr ul-ulum» bu kitobni ko‘rib qozining fazlu kamoliga qoyil bo‘lg‘on. Samarqandda bu kunlarda barhayot bo‘lib, 85 yoshlarg‘a kirgan mulla Odil muftining aytishiga ko‘ra, qozi Shal tomonidan Qur’onning taxminan oxirgi uchdan bir bo‘lagi forscha va arabcha tillarida tafsir qiling‘on ekankim, buni mulla Odil: «Men uni juda shavq bilan mutolaa qilg‘on edim. Shu kitob samarqanddik Mirzo Homidiy Ko‘knoriyning qo‘lida bor edi» deydir. Qozi kaloni Shal bulardan boshqa «Tavrot»ni ibroniy tilidan va «Injil»ni arabchadan forsiyga tarjima qilg‘on. Hatto Samarqand juhudlari «Tavrot»ni uning oldida o‘qur ekanlar. «Tavrot»ning ibroniy nusxasi bilan birga forsiycha tarjimasi bu kunlarda samarqandlik mirzo Muhammadquli Nizomiddin o‘g‘lining qo‘lida bor. (Kitob arab hurufi va ibroniy tilida yozilg‘on. Har bir satrning ostida forsiycha tarjimasi bor). Men o‘zim «Zabur»ning forsiycha tarjimasini mulla Faxriddin Rojiyning qo‘lida ko‘rub, kitobning muqaddimasini yozib oldim. Qozi Shal bu kitobning muqaddimasida samoviy kitoblardan bo‘lg‘on «Tavrot», «Injil» va «Zabur»ni tekshirib, bulardan faqat «Zabur»ning uzoq o‘zgarganligini, boshqalari butunlay taxrif topg‘onlig‘ini yozadir va bu to‘g‘rida o‘zining «Kitobi Shofifiy fi sharhi tafsiri Bayzoviy» ismli asarining muqaddimasida uzun ma’lumot berganligini aytib o‘tadir. «Zabur»ning forsiycha tarjimasini Samarqandda Said Ahmadxo‘ja Naqibning amri bilan yozg‘onlig‘ini ifoda etadir. «Zabur»ning tarjimasi ta’liqxati bilan yozilg‘on, 284 sahifadir. Kitobning oxirida tarixi yozilg‘on bo‘lmasa ham, 50 — 60 yil ilgari asli nusxasidan ko‘churilib yozilg‘onlig‘i gumon qilinadir. ShAJARASI «Samariya»ning qo‘lyozma bir nusxasida qozi Shalning shajarasi shunday yozilg‘on: Xo‘ja Abdulfayz imom Kozim naslidan bo‘lg‘on Jaloliddin Bag‘dodiy bin Said Muhammad Muslimning qizi bilan uylandi. Undan Xo‘ja Abdulboqiy tug‘uldi, undan Xo‘ja Said Ashraf, undan Xo‘ja Said Nizomiddin, undan Xo‘ja Said Ali, undan Xo‘ja Said Imo-diddin, undan Xo‘ja Shamsiddin, undan Mirshahobiddin, undan Xo‘ja Mirabdulboqiy, undan Xo‘ja Mirboqiy, undan Xo‘ja Abdulmo‘min, undan Xo‘ja Abdulfattoh, undan xo‘ja Shohmirxo‘ja, undan Mohpora begim degan qiz tug‘uldi. Ushbu Mohpora begim mavlono Fayziy ibn mavlono Orif bilan uylandi. Mana shulardan Mirabulxayrxo‘ja tug‘ildi. Bundan Mirabdulhayxo‘ja dunyog‘a kedtsi. Bu shaja-ra «Samariya»ning 1904nchi yilda Petrogradda bosilg‘on nusxasida yo‘qdir. Abutohirxo‘janing «Samariya»da yozg‘onig‘a ko‘ra, qozi Shal Samarqandda qirq yil qoziliq qilg‘on. Bunga qarag‘onda, qozi Shal o‘zining vafotidan to‘rt yil ilgarigacha qoziliq qilg‘on bo‘ladir. Chunki ul o‘ttiz yoshida qozi bo‘lib, 74 yoshida vafot etgandir. Lekin Samarqandning eski olimlaridan bo‘lg‘vn qozi Isaxonning so‘ziga ko‘ra, qozi Shalning qoziliq muddati qirq yilga yetmaydir. Chunki amir Shohmurod (1216nchi yilda) o‘lgandan keyin uning o‘g‘li amir Haydar o‘zining podshohliq vaqtida qozi kaloni Shalni bekor kilib, Buxorog‘a chaqirtirib oladir. Buning o‘rniga o‘zining xotuni tomonidan qarindoshlig‘i bo‘lg‘on Mirakoniy xo‘jalardan Abdulbarakot degan bir kishini qozi kalon qilib Samarqandg‘a yuboradir. (Amir Haydar 1244nchi yilda vafot etgan.) Bunga qarag‘anda, qozi Shal necha yil Buxoroda qolgon. Buning qoziliq zamoni ham qirq yilga yetmagan bo‘ladir. Qozi Shal to‘g‘risida xalq ichida, ayniqsa, mullalar orasida turli hikoyat va rivoyatlar juda ko‘bdir. Ulardan ba’zilarini bu yerda naql qilib o‘tamiz. Qozi Shal katta davlatlik bo‘lg‘on. Uning bog‘-er va uskunalari juda ko‘b ekan. Ul qozi Isoxonning bolalaridan bo‘lg‘on Nosirxo‘janing ko‘b yer va bog‘larini ozgina haq berib olg‘on emish. Hatto, vaqfnomalari yo‘qolg‘on ba’zi vaqf yerlarini (yasama vasiqalar chiqarib) egalik qilg‘on emish. Buning uchun Ahroriy xo‘jalar bilan uning orasida anchagina janjal va anglashmovchilik chiqqan emish…Mana, qozi Shal haqida shunday «emish-mimish»lar juda ko‘b eshitiladir. Bu so‘zlarning qanchasi to‘g‘ri va qanchasi noto‘g‘ri ekanligi bizga ma’lum emasdir. Harhodda, bu mojarolardan qozining bir muncha dunyog‘a haris ekanligi anglashiladir. Lekin shuni ham aytib o‘tish kerakkim, qozi Shal mol topishqa qancha tirishqan bo‘lsa, o‘shancha marhamat va shafqatli, xayru ehson egasi va olihimmat bo‘lg‘on. Beva-bechoralarg‘a, ayniqsa, kambag‘al mullabachchalarg‘a hamma vaqt moddiy ko‘magini ayamag‘on. Hatto qozining «xotiningiz o‘g‘ul tug‘di», deb yaxshi xabar keltirgan bir kishiga «sevinchlik» uchun bog‘ini vasiqalab berganligi rivoyat etiladir. BOLALARI Qozi Shaldan olti o‘g‘ul va bir necha qiz qolg‘on. O‘g‘ullari: 1.Abusaidxo‘ja. 2. Ma’sumxo‘ja. 3. Eshonxo‘ja. 4. Buzrukxo‘ja. 5. Shirinxo‘ja. 6. Mirsulaymon maxdum esa qorachadandir. Bulardan Shirinxo‘ja bilan Buzrukxo‘jasi ilmsiz qolib, boshqalari olim bo‘lg‘onlar. Qozi Shalning eng fozil o‘g‘li bo‘lg‘on Abusaidxo‘ja (Marjoniyning ustozi) Mirakoniy xo‘jalardan bo‘lib, Buzrukxo‘ja Ahroriylardandir. Mirsulaymon maxdum esa qorachadandir. VAFOTI, QABRI Umrining oxirlarida o‘n uch yil shal bo‘lg‘on qozi kaloni Shal bu kasalidan qutulmoq uchun ko‘b doru davolar iste’mol qilgon bo‘lsa ham, shifo topmag‘an. Hamma vaqt ikki oyog‘i surunigacha og‘rib, kuyar darajada qizir ekan. Faqat oyoqlarini sut ichiga solib tutish bilan dardi bir muncha taskin topar ekan. Shunday bo‘lsa ham, qozi Shal bekor turmagan. Din va millatga xizmat etish ishki uni o‘lganigacha ishlab turishg‘a majbur etgan. Ul ko‘prak asarlarini shallik chog‘larida yozgan. O‘lganidan bir necha yil ilgari qozini zoiqa bitib, ul taom-mevaning achchiq-chuchukligini sezmay turg‘on holda qolg‘on bo‘lsa ham, ilmiga va aqlig‘a futur kelmaganligini rivoyat etadirlar. Qozi Shal 1243nchi yilda 74 yoshida vafot etgan. O‘ligi Xo‘ja Ahror qabristonining yonida, o‘zi tomonidan sotib oling‘on bir maydonda dafn qiling‘on. O‘g‘ullari, xotin-qizlari va bir qism avlodining qabrlari ham o‘zining tevaragidadir. Qozi Shalning qabri atrofida sakkizta g‘ishtlik sag‘ana va qirqtacha oddiy qabr borkim, hammasi ham xarob holidadir. Qozining so‘l tomonidag‘i bir qabrning ustidagi uzun toshda arabcha: «Bu qabr Hidoyat poshsha qozi Abdulhayxo‘ja qizining qabridir. 1277», deb yozilg‘ondir. Yana so‘l tomondag‘i buzulg‘on bir sag‘ananing bosh tarafida ganch ustiga siyoh bilan arabcha: «To‘ra poshsha Buzrukxo‘ja qizining qabri», degan mazmunda bir satr xat zo‘rg‘a o‘qiladir. Bu xatning boshqa o‘runlarini o‘qub bo‘lmadi. Tarixi ham bilinmadi. Qozi Shalning qabridag‘i toshtaxtalar buzilib, sinib, ko‘bisi yerga tushgan. Qabrning bosh tomonidag‘i yozuvli tosh ham sinib pastga tushgan. Bu toshdan faqat ikki parchasini topib qabrning yonig‘a qo‘ydim. Bu tosh parchalaridagi xatda qozi bilan otasining ismlari ko‘rinadir. II O‘tgan maqolamda qozi kaloni Shal (Mirabdulhayxo‘ja)ning yordamig‘a muhtoj bo‘lg‘on yo‘qsul talabalarga hamma vaqt moddiy ko‘mak etib turg‘onlig‘ini yozg‘on edim. Bunga misol uchun shu voqeani ko‘rsatish mumkindirkim, qozi Shal zamonida Muhammadzamon degan kambag‘al bir mullabachcha «Sharhi Mullo»xonliq chog‘ida ehtiyojning majburiyati bilan ba’zan mardikorlik qilib kun ko‘rmakda ekan. Bir kun shu mullabachcha qozi Shalning uyig‘a mardikorlik sifati bilan kelib loy ishlarida mashg‘ul bo‘lg‘on. Shul choqtsa qozi Shalning oldig‘a bir jamoa talaba kelib dars o‘qushg‘a kirishgan. Boyag‘i Muhammadzamon bu talabalarning dars ustidagi mubohasasiga bir oz muddat quloq solib turg‘on. Oxiri, qiziqib loy ichidan chiqib qozining oldig‘a kelgan va darsga oid bir masala to‘g‘risida o‘zining fikrini so‘zlagan. Qozi mardikorning zehnlik bir mullabachcha bo‘lib, faqat muhtojliqdan mardikorlik etishga majbur bo‘lg‘onlig‘ini sezib darhol uni ishdan ozod etgan. Muhammadzamonga yangi bosh-oyoq kiyim berib, uni hammomga yuborturg‘on. Shu kundan boshlab uni o‘z huzuriga olib o‘qutib tarbiya qilg‘on va xatmi kutub qilg‘onig‘acha uning maishatini ta’min etib turg‘on. Mana shu Muhammadzamon o‘z zamonining eng fozil ulamolaridan bo‘lib umrining oxirig‘acha Samarqandning shahar va tumanlarida mufti, mudarris, rais va qozi bo‘lib turg‘on. O‘zi shoir ham ta’lifot egasi bo‘lg‘on (Muhammadzamonning tug‘ilishi 1203da bo‘lib, vafoti 1266nchi yildadir). Muhammadzamonning hamma bolalari olim va shoir bo‘lib kelganlar. Uning o‘g‘li Muhammadziyo mashhur shoirlardan bo‘lib, o‘z zamonida qoziliq etgan. Muhammadziyoning o‘g‘li Muhammadsolihdirkim, bu ham shoir va devon egasidur. Buning devoni ash’ori yo‘qolg‘on bo‘lsa-da, hozir bir muncha she’rlari bor. Samarqandning bu kungi muqtadir shoirlaridan bo‘lg‘on Qori Masih (Tamhid) shu Muhammadsolihning o‘g‘lidir. Qozi kaloni Shalning asrdoshi bo‘lg‘on urgutlik shoir qozi Jumaquli (Xumuliy) o‘zining «Tarixi Xumuliy» otli forsiycha qo‘lyozma asarida qozi Shalning Muhammad Lutfullaxo‘ja (laqabi Boboxo‘ja) degan bir yaznasi (singlisining eri) to‘g‘risida anchagina ma’lumot beradir. Qozi Jumaquli Lutfullaxo‘janing shogirdi bo‘lib, undan ko‘p istifodalar qilg‘onlig‘i uchun tarixchasida uning haqida va bolalari to‘g‘risida xeyli gaplar yozadir. Bu ma’lumotni qozi Shalning zamoniga ham tarjimai holig‘a munosabatli bo‘lg‘oni uchun qisqa suratda yozib o‘tamiz: Lutfullaxo‘ja turli ilmu fanlardan xabardor, xatmkarda bir mulla bo‘lg‘onlig‘i uchun uni amir Shohmurod 1204nchi yillarda Buxorodan Samarqandning Tillakori madrasasiga mudarris etib yuborgan. Samarkand muftiligi bilan Dahbed kentining raisligini ham shunga topshirgon. Lutfullaxo‘ja darsgo‘ylikga havasli va talabalarga marhamatli, parhezkor va axlokdi bir zot bo‘lg‘oni uchun oz bir zamonda uning shogirdlari ko‘paygan, xalq orasida shuhrat va e’tibori ortqon. Shu yilda qozi Shal bilan uning ora-sida bir turli muxolifat va anglashilmovchiliq chiqqan. Natijada, Lutfullaxo‘ja haqida hukumatg‘a qarshi bir muncha noloyiq gaplar ovoza bo‘lg‘on. Samarqand hokimi muhokamasiz, dag‘al muomalali, zolim bir odam bo‘lg‘oni uchun Lutfullaxo‘ja uning siqishidan qo‘rqub, oilasi bilan Shahrisabz tomong‘a qochib ketgan. U vaqtdag‘i Shahrisabz hokimi Niyozali devonbegi (kenagas) bu kishini g‘oyat ehtirom bilan qarshi olib, Kitob shahrida o‘rnashtirgan. Uning maishatini ham ta’min etgan. Lutfullaxo‘ja shu yerda bir necha yil darsgo‘ylik bilan mashg‘ul bo‘lg‘on. Qozi Jumaquli yozadir: Men bu ustozning ilmidan ko‘p foydalandim. O‘zga talabalar peshqadam bo‘lg‘on vaqtlarida o‘quytirg‘on ba’zi ilmu fanlarni ustozim menga pastqa-damlik holimda o‘rgatdi. Men «Kofiya»xonliq chog‘imda bu kishidan aruz, qofiya, she’r, masohat va faroiz kabi ilmlarni o‘rgandim. Bir kuni ustozim menga bir maktub berib, «shuni Samarqandg‘a eltib, qaynonamg‘a (ya’ni, qozi Mirabdulhayxo‘janing onasig‘a) topshir ham javobini keltir», deb xizmat buyurdilar. Xatda ustozim avvalgi mansabini olib berish uchun qayin onasining vositachiliq qilishini o‘tingan edi. Men Samarqandg‘a borib, ustozimning maktubini qozi Mirabdulhayxo‘janing onasig‘a topshirdim. Ikki-uch kundan keyin bu xotindan maktubning javobini olib Shahrisabzga qaytib keldim. Shundan bir necha vaqt o‘tgach, 1210nchi yilda qozi Shalning ikkinchi yaznasi (ustozining bojasi) bo‘lg‘on Shayx ul-islom Xonxo‘ja bilan onasining harakati natijasida ish bitdi. Shundaykim, Buxoro hokimining maktub orqali xabar berishi bilan ustozim Lutfullaxo‘ja Samarqandg‘a ko‘chib borib yana avvalgi mansablarini qo‘lg‘a oldi va amir Shohmurodning vafotigacha, 1216 yilgacha shu xizmatlarini bajarib turdi. Qozi Jumaquli shu munosabat bilan Lutfullaxo‘ja ila qozi Shal orasida bo‘lib o‘tgan qiziq bir voqeani hikoya etadir. Ustozim amir va hokimlarga xushomad qilmayturg‘on haqgo‘y va jasoratlik edi. Bir kuni Sherdor madrasasida tuzilgan ulug‘ bir majlisda Samarqandning xeyli akobir va ulamolari, umaro va fuzalolari bor edilar. Shunda Samarqand hokimi bilan qozi Shal bir-biriga yaqin o‘lturg‘on edi. Ikkalasi bir-birining qulog‘ig‘a yoshirin suratda anchagina gapirishdi. Ustozim Lutfullaxo‘ja ularning bu nomunosib harakatiga qarshi «musulmonlar majlisida ikki kishining bir-biriga maxfiy gapirishi shar’an tuzuk emas, ajabo sizlar islom qozisi va hokimi bo‘la turib shunday yaramas ishni irtikob qilasizmi», deb tanbeh aytdi. Hokim gapirmasdan jim turdi. Qozi Shal «Istasangiz, siz ham cho‘zilib, so‘zimizga quloq soling», deb javob qaytardi. «Bu kishi juda qiziq odam ekan. O‘zi irtikob etgan mazmum ishga o‘zgalarni ham qo‘shmoqchi bo‘ladir», deb qattiq muqobala qildi. Shuning bilan qoziyu hokim yoshirin gapirishdan to‘qtaldilar. Qozi Jumaqulining yozg‘oniga ko‘ra, amir Shohmurod o‘lganidan keyin uning o‘g‘li amir Haydar Lutfullaxo‘jani oilasi bilan Buxorog‘a ko‘chirib, katta bir madrasada mudarris qilg‘on. Buxoro tumanlarida ham qozi etib qo‘yg‘on. Bir necha yildan keyin Hisor hokimi va amir Haydarning qaynotasi bo‘lg‘on Sayidotaliq (yuz) amirning ruxsati bilan Lutfullaxo‘jani Hisorga ko‘chirub olib borg‘on va shunda qozi-mudarris belgulagan. Lutfullaxo‘ja Hisorda bir necha yil turib, 1238 yidda o‘lgan. Lutfullaxo‘janing xotuni (qozi Shalning singlisi)dan Shirinxo‘ja, Ofoqxo‘ja va Qozixo‘ja degan uch o‘g‘ul qolg‘on. Qozi Jumaquli bulardan Shirinxo‘jani qo‘brak maqtaydir. «Bu kishi aqliy va naqliy ilmlarni tahsil etgan; ash’or, aruz, handasa, musikiy va inshoni biladir», deb yozadir. IZOH VA TASHIH Avvalgi maqolamda qozi kaloni Shal Nosirxo‘janing ko‘p bog‘-erlarini arzon baho bilan sotib olg‘on, deb yozg‘on edim. Unda Nosirxo‘janing ismi xato ketgan, to‘g‘risi Mirabunasrxo‘ja bo‘lib, qozi Mirmuazzamxo‘janing o‘g‘lidir (bular hozirgi qozi Isoxonning katta bobolaridirlar). Voqea mana shunday: Amir Shohmurod taxtga o‘lturg‘onidan keyin Samarqand qozi kaloni bo‘lgon Mirmuazzamxo‘jani barcha aqrabo va oilalari bilan Buxorog‘a ko‘chirib, Vag‘onziyning g‘arb tomonida bo‘lyun Xo‘ja Soktare degan mavzeda o‘rinlashdirg‘on. Qozi Muazzamxo‘janing fakat Mirabunasr degan o‘g‘li Samarqandda qolgon. Bu kishi juda soddalavh va no‘noq bo‘lg‘oni uchun amir unga tegmagan. Mana shu Abunasrxo‘ja o‘z ovqatini topishdan ojiz bo‘lg‘oni sababli ota-bobolaridan qolgon ko‘p yer va bog‘larini sekin-sekin qozi Shalga sotib yegan. Amir Haydar zamonida Mirmuazzamxo‘janing oilalari yana Samarqandg‘a ko‘chirilib yuborilgan. Shuning uchun qozi Shalni «mirakoniy xo‘jalaridan uylandi», deyish to‘g‘ri bo‘lib chiqmaydir, balki uning o‘g‘li qozi Abusayidxo‘ja mirakoniylardan uylangandir. Yana o‘tgan maqolamda «qozi Shal Injil va Tavrotni ham forschaga tarjima qilg‘on», deb yozilg‘on edi. So‘ngg‘i tekshirish natijasida bu ham to‘g‘ri chiqmadi. Qozi Shal yolg‘iz Zaburni arabchadan forschaga tarjima qilg‘on. Tavrotni esa uning o‘g‘li qozi Abusayidxo‘ja eroniy tilidan forschaga tarjima qilg‘on. Tarjima ishiga Samarqand ju-hudlaridan bir necha mullalar kelib yordamlashg‘on. Buni esa hozirda sakson yoshlarda bo‘lg‘on qozi Isoxon o‘zining otasidan naql qilib gapiradir, «Samariya» kitobidagi ma’lumot ham shuni taqviya qiladir. QOZI ABUSAYIDXO‘JA Qozi kaloni Shalning eng fozil, mutabahhir va mutafannun o‘g‘li Abusayidxo‘jadir. Amir Haydar zamonida qozi Shal (1243 yidda)ning o‘rnida Abusayidxo‘ja Samarqandda qozi kalon tayin etilgan. Qozi Abusayidning o‘g‘li Abutohirxo‘ja o‘zining «Samariya» otli forscha tarix kitobida otasi haqida shu mazmunda bir necha satr yozib o‘tadir: «Shayx ul-islom mavlono Abdulhayning vafotidan keyin barcha aqliy va naqliy bilimlarni bilaturg‘on o‘g‘li mavlono Abusayidxo‘ja qozi kalon bo‘ldilar. Aksar avqot amir Haydar bu zotni o‘zi bilan birga Buxorog‘a eltib, Buxoro ulamolari bilan munozara va mubohasa qildirar edi. Aqliy ilmlarga «angushtnamo» bo‘lg‘onliqlari uchun hamma bu kishining ilmu fazliga qoyil edi (47-bet). Bunga qarag‘anda qozi Abusayid amir Haydar zamonida bir yilgina qoziliq qilg‘on bo‘ladir. Chunki amir Haydar 1244 yilda o‘lgandir. Bundan keyin amir Nasrullo zamonida qozi bo‘lib turadir. Amir Nasrulloning qozi Abusayidni qanday xizmat va sharoit bilan o‘z o‘rnida qoddirg‘onlig‘i to‘g‘risida shunday rivoyat bor: Ma’lumdirkim, amir Haydarning o‘lgan vaqtida uning o‘g‘ullaridan Nasrullo Qarshida hokim, Husayn Buxoroda va Umarxon Karminada edilar. Husaynning tarafdorlari uni otasining taxtiga o‘tquzdilar. Ikki yildan keyin amir Husayn o‘lib, uning taxtini birodari Umarxon egalik qildi. Bu orada Nasrullo ham Qarshida jim turmadi. Saltanatni qo‘lg‘a olish uchun turli chora va tadbirlar izladi. O‘z tarafdorlarini ko‘paytirish harakatida bo‘ldi. Qarshi va Miyonkolotni o‘ziga qaratdi. Samarqand xalqini ham o‘ziga iyartish maqsadi bilan qozi Abusayidga yoshirin xat yuborib, agar Samarqand xalqini o‘ziga itoat qildirish xizmatini bajarsa, qozig‘a umrlik Samarqand qozi kalonligini berishga va’da etdi. Qozi Abusayid shu xizmatni bajarish uchun tirishdi. Samarqandning shahar va tumanlaridagi barcha el-urug‘ boshliqlarini va oqsoqollarini oldig‘a chaqirtirub, ularga maqsadni tushuntirdi, mansablar va’da qildi. Ularning so‘zini olg‘ondan keyin taxminan ikki yuz kishining ro‘yxatini Nasrulloga yubordi. Nasrullo tomonidan shularning nomlariga yuborilgan ikki yuzta yorliqni egalariga topshirdi. Shuning bilan Samarqand xalqi Nasrulloni amir bilib, unga bay’at qilg‘on bo‘ldi. Tezdan uni Qarshidan Samarqandg‘a keltirib, tantana bilan Ko‘ktoshga o‘tquziddi. Shundan keyin Nasrullo Qarshi, Samarqand va Miyonkolotdan askar to‘plab Buxorog‘a hujum qildi. Buxoroni yetmish kun muhosara qilgandan so‘ngra shaharga kirib, saltanat taxtini qo‘lg‘a kirgizishga muvaffaq bo‘ldi. Mana, amir Nasrullo o‘zining va’dasiga muvofiq Abusayidni (xizmatining mukofoti uchun) Samarqandda umrlik qozi kalon qilib qo‘ydi, lekin qozi Abusayid o‘lgandan keyin qoziliqni mirakoniy xo‘jalarg‘a berdi. Shuning bilan barobar qozi Abusayidning o‘g‘illarini ham Buxorog‘a ko‘chirib yubordi (bu qozi Esonning rivoyatidir). QOZI ABUSAID VA MARJONIY Qozi Abusaid bir yoqdan qoziliq, ikkinchi yoqdan Sherdor madrasasida darsgo‘ylik etib turgon. Undan ko‘b shogird-lar yetishgan. O‘zining o‘g‘li va nabiralarini ham o‘qutg‘on va boshqa olim kishilarga o‘qutdurgon. O‘g‘ullaridan Abutohirxo‘ja tib va tarix ilmlariga, Umarxo‘ja hay’at ilmiga mutaxassis bo‘lgonlar. Totorlarning mashhur mujaddidi bo‘lgon Shihobiddin Marjoniy 1259nchi yilda Buxorodan Samarqandg‘a kelib, qozi Abusaidning halqai tadrisida ikki yil chamasi mulozamat kilgon. Qozining ilmidan va boy kutubxonasidan cheksiz foydalang‘on. 1333nchi yidda Qozonda bosilgon «Marjoniy tarjimai holi» ismli ulug‘ bir asarda Marjoniyning Samarqand safariga 15 betlik o‘run berilgan. Shu kitobda yozilg‘onig‘a ko‘ra, Marjoniyning «Marjoniy» bo‘lishig‘a, uning e’tiqodi iztirob va shubhalardan qutulib aniq bir ideya (mafkura) egasi bo‘lmoqig‘a qozi Abusaidning tarbiyasi va kutubxonasi sabab bo‘lg‘on. Qozi Abusaidning haqiqiy tarjimai holini bilmak uchun Mar-joniyning «Vofiyat ul-aslaf» ismli asaridagi shu so‘zlarini aynan naql qilamiz: Qozi Abusaid binni Abdulhay binni Abulhayri Samarqandiy hazratlari vaqtidag‘i Movarounnahr ulamosining eng buyuklaridan bo‘lib, hamma ishlarda basiratli, diqqatli muhaqqiqlarning va salaflarning juda ko‘b kitoblarini mutolaa etib, juda ko‘b to‘g‘ri ma’lumot hosil etgan muhibbi haqiqat bir alloma edi. Tarixni, xalqning ruhini, ahvoli olamini hamda hisob, xabar, muqobala, handasa, hay’at, jug‘rofiya va bulardan boshqa aqliy va naqliy fanlarni bilar, faqat faroiz ilmidagina ma’lumoti noqis edi. Tavoze’li, javonmard, xushxulq, xushmajlis, insofli, har kimni darajasiga ko‘ra ehtirom va taqdir etar, Movarounnahr ulamosi kabi xudbin, boshqalarning qadr-qimmatini bilmayturg‘onlardan emas edi. Men Samarqandda uning huzurida turg‘onimda, namoz o‘qushda hamma vaqt meni imom etar, ba’zi vaqt yo‘lda yoki bog‘chada namoz o‘qumoq to‘g‘ri kelib qolsa, o‘ziga «joynamoz» yoki kiyim bersalar, «bunga imom mustahiqroq» deb menga berar, o‘zi yerda namoz o‘qur edi. Bir vaqt Samarqand hokimi oldida meni ortiq maqtab «bu yigit ilm to‘g‘risida katta kitoblar yozgon burung‘i musanniflardan ham yuqori» deb gapirdi. Qozi Abusaid kitob to‘plashga juda haris bo‘lib, o‘zida bo‘lmag‘on bir kitob ko‘rsa, ikki bahosini to‘lash bilan bo‘lsa-da, sotib olar, har fanda juda ko‘b aziz va qimmatli kitoblari bor edi. Ahli tariqat va mashoyixni ehgirom etar, chet mamlakat odamlariga uchrag‘onda, sunniy-shia bo‘lishig‘a qaramasdan, yordam va hurmat etar, viloyatlaridagi olimlaridan, adiblaridan, mamlakatlarining ahvolidan so‘rashar edi. Shuning uchun turli mamlakatlarga va ulamolarga oid ko‘b ma’lumot hosil etgan edi. O‘zi juda boy bo‘lib, joylarda yerlari, boqchalari, havlilari bor edi. Otasi vafot etganda, merosidan hech narsa olmadi. Boshqa vorislariga taqsim etdi. Qozilig‘i ustiga Samarqandning bir necha madrasalarida mudarris edi. Men ham Samarqandda turg‘onimda kitoblarini oriyatga olib, ko‘b istifoda etdim. Boshqa yerlarda topilmayturg‘on nodir va nafis kitoblaridan ko‘rib, ko‘b narsalar ko‘chirib ham oldim. Menim tarix bilan mashg‘ul bo‘lishimga, tarix kitoblari mutolaa eta boshlag‘onimg‘a bosh sabab shu qori Abusaid hazratlari bo‘ldi. Xulosa, Movarounnahrda ushbu zot kabi ma’lumotli, insofli, to‘g‘ri fikrli odam ko‘rmadim. Bu zot ilm xonasidan bo‘lib, ota-bobolari ham ulug‘ va mashhur ulamodandir. Qozi Abusaidning «usuli fiqh», «kalom» fanlarida ba’zi asarlari ham bor. Yoshi yetmishlardadir. 1265nchi yil 1bnchi shavvolda (1849 yil 23 avgustda) vafot etdi. «Ustozi zamona» so‘zining harflari jam’ qiling‘onda vafot ta’rixi chiqadir (Marjoniy, bet: 48-50). Marjoniy tarjimai holida yoziladir: «Chin ilm va taraqqiy yo‘liga kirgan kishilar, qo‘b vaqt o‘zlariga birar kishini yo‘lboshchi etib, ko‘b ishlarida shuning yo‘li bilan harakat etadirlar». Marjoniyning tarjimai holini tadqiq etganda ko‘b o‘runlarda ushbu qozi Abusaid yo‘li bilan harakat etganligi, qozining kamolotiga maftun bo‘lib, ko‘b jihatlardan ushbu qozig‘a o‘xsharg‘a tirishqonlig‘i qo‘rinadir. Marjoniy «Vofiyat ul-aslaf» va birinchi qism «Mustafod ul-axbor» kitoblarida qozi Abusaiddan Movarounnahr ulamosi va amirlari haqida ko‘b ma’lumot va uzun muhokamalar rivoyat etadir. Marjoniyning rivoyat etgan so‘zlarig‘a qarag‘anda, qozi Abusaidning keng ma’lumotli, to‘g‘ri muhokamali, atrofli tushunguvchi, ulug‘ muarrix ekanligi ko‘rinib turadir (Marjoniy, 51-bet). Qozi Abusaid Marjoniyni o‘zidan foydalandurg‘onidek, o‘zining o‘g‘ul va nabiralarini Marjoniyg‘a o‘qutdirib undan ham foydalang‘on. Samarqanddan ketish vaqtida Marjoniyg‘a (ilmiy kuchi haqida) rasmiy shahodatnoma bergan. Marjoniyning Samarqandg‘a kelgan yilida Orifjonboy degan bir xayrot egasining masorifi bilan Samarqandda yangi bir madrasa bino etilmakda ekan. Bu madrasaning ko‘brak ishlari qozi Abusaid ixtiyorida bo‘lg‘onidan qozi Marjoniyg‘a: «Bu yil ham Samarqandda qolingiz. Madrasaning binosi tamom bo‘lg‘onda, hujralariga talaba o‘runlashdirish menim ixtiyorimda bo‘ladir. Shu madrasadan sizga ham bir hujra beraman. Shunda o‘rinlasharsiz. So‘ngra istagan vaqtingizda hujrani sotib ketib, pulig‘a Buxorodan o‘zingiz uchun yaxshi bir hujra olarsiz», deb gapirgan. Marjoniy qabul etib, madrasaning binosi bitgandan keyin bir hujrasiga o‘runlashib tura boshlagon. Lekin bir necha vaqtdan so‘ngra Marjoniy bilan madrasaning bir mudarrisi orasida nizo chiqib, hujrani sotib Buxorog‘a ketishga majbur bo‘lg‘on. Ushbu voqeadan keyin Marjoniy «Shu badbaxt mudarris bilan nizoimiz bo‘lmag‘onda, men Samarqandda qolib Buxorog‘a qaytmas edim. Menim uchun Samarqand foydali edi», deb gapirar ekan (Marjoniy, 60-bet). Qozi Abusaid Samarqandda taxminan yigirma ikki yil qoziliq va mudarrislik etgan. Uning Tavrotning forscha tarjimasidan boshqa usuli fiqhga oid «G‘oyat ut-tahqiq» ismli arabcha bir asari bor ekankim, qozi Isoxon «Men bu kitobni o‘qub juda xushlagan edim. Bu asar buxoroli Abdulaziz maxdumning «Kashf ul-asror» otli kitobidan foydalanib yozilg‘on», deb so‘zlaydir. MUHRI Qozi Abusaidning bir muhrida shu forscha bir bayt yozilg‘on: Qoziyi shahri Samarqand ast v-az aqron farid, Al-Toho, nasli Yosin, bin Abdulhay Abusaid. 1222-1225nchi yillarda yozilg‘on forsiycha vasiqalardagi davra muhrining atrofida shu so‘zlar bor: «Al-muta-vakkil ’alalloh muhibb ul-ulamo, xodim ul-fuqaro, muxlis ul-urafo». Muhrning o‘rtasida: «Qozi ul-quzzot Mirabusaidxo‘ja qozi kalon ibn Mavlaviy Mirabdulhayxo‘ja Shayx ul-islom», deb yozilg‘on. Shulardan ham bilinadurkim, qozi Abusaid umrining oxirig‘acha Samarqandda qozikalon bo‘lib turg‘on. Shunga ko‘ra, «Tarixi amironi Mang‘itiyai Buxoro» ismli kitobdagi: «Amir Nasrullo qozi Abusayidni Buxoroga ko‘churub, xonanishin qildi», degan so‘z to‘g‘ri bo‘lsa kerak. MUNOZARA VOQEASI Mang‘it amirlaridan ko‘bisi, ayniqsa, amir Haydar bilan amir Nasrullo hamma vaqt mashhur mullalarni bir-biri bilan munozara qiddirishib yurar, munozarada g‘olib bo‘lgon mullalarg‘a holig‘a qarab mansab berar edi. O‘z zamonlarida qozi kaloni Shal bilan uning o‘g‘li qozi Abusaid ham shunday munozaralarda hamma vaqt g‘alaba qilib turg‘onlar. Amir Nasrullo bir daf’a Buxorodan mashhur munozarachi olimlardan xo‘jandlik mullo Hojiboyni o‘zi bilan birga Samarqandg‘a keltirib, Tillakori madrasasida qozi Abusaid bilan munozara qiddurg‘on. Shunda qozi jim turib, o‘zini «mulzam» vaziyatida ko‘rsatgan. Qozidan: «Nega sukut qildingiz?» deb so‘ralg‘onda, u «uch sababdan sukut etishni maslahat bildim: 1) mulla Hojiboy shahrimizda musofirdir, musofir kishini xafa qilishni munosib ko‘rmadim; 2) bu pastqadam bir mulladir, bunday odam bilan munozara qilishqa tanazzul etmadim; 3) Amir uni o‘zi bilan birga keltirgan. Amirga malol kelmasin deb, uni mulzam qilmadim», deb javob bergan. Bu voqeadan qozi Abusaidning amir Nasrulloga qarshi qanday murosa yo‘lini tutqonlig‘ini anglamak mumkindur. Qozi Abusaidning qabri o‘z otasining qabri yonida bo‘lsa kerak, faqat ustida yozuvli toshi bo‘lmag‘oni uchun qabrini ajratib bo‘lmaydir. (Bitmadi). Raddiya «Turkiston viloyatining gazeti»ning uchinchi no‘mrasida «sart» so‘zi haqida o‘shlik Mirzo Qodirjonning g‘ofilona va mutaassibona yozg‘on bir maqolasini o‘qub, taajjub etduk. Bir-ikki oy ichida «sart» so‘zi va ma’nosina mutaalluq «Vaqt» ham «Sho‘ro»da ba’zi shaylar yozilmish edi. Endi Qodirjon afandi «sart» so‘zi haqinda qiling‘on e’tirozlara rozi bo‘lmay deyurki, «sart» so‘zi kishi nafrat qilg‘udek bo‘lmay, balki necha ma’nidor mukarram so‘zi sarg‘a itloq qilinurki, alardin biri podshohzoda — toza naslli — filo‘suf demak o‘lur». Bechora Qodirjon afandining tarixdan va milliyat hissidin zarracha hissasi yo‘q emishki, ota-bobosidan meros qolg‘on turklik va o‘zbeklik nomini qabul qilmay, zohiran tumtaroqli ma’nosig‘a aldanub «sart» ismini qabul etmishdur. Qodirjon afandi ham boshqa odamlar bilsunlarki, biz turkistonlilar turk eduk. Hozirda ham turkmiz. Minba’d ham turk ismi ila qolamiz. Agarda turklig‘imizg‘a shubha etuvchilar bo‘lsa, ochsunlar tariximizni. Burung‘i qahramon turk-o‘zbek bobolarimiz hozirda barhayot bo‘lmasalar-da, alarning nomlari ila dunyoda qilg‘on ishlari tarix sahifalarida tayin va musammatdur. Durust, bir necha kitoblarda «sart» so‘zi zikr bo‘lmishdur. Anglashildikina ko‘ra, bu nom noma’lum xalq tarafidin Turkistondagi bir jamoa qabilaning bo‘yinlarig‘a taqilg‘on bir laqabdur. Ul laqab ila biz umumturkistonlilar turkliqdin chiqub, sart bo‘lmasmiz. Shuning uchun agar chindiki (sart) so‘zining ma’nosi avliyozoda bo‘lsun, payg‘ambarzoda bo‘lsun, bizlar sartliqni bo‘ynimizg‘a taqmasmiz. Shul sababli Xo‘qand yoshlarining «sart» haqida qilg‘on «prutest» — e’tirozlari haqlidur. Bizlar ham shul xususda alarg‘a qo‘shilamiz. Samarqand matbuotining tarixi Matbuot bir millatni uyg‘otish uchun birinchi omil bo‘lg‘onidek, uning tarixi ham «uyg‘onish davri» tarixining muhim bir bo‘lagi sanaladur. Biz bu maqolada Samarqand matbuotining tarixidan burun Samarqandg‘a qay vaqtdan matbuot kira boshlag‘onini qisqagina yozib o‘tish foydadan xoli emas deb bilamiz. Samarqandg‘a boshlab kirgan gazeta chor hukumati tomonidan birinchi qatla o‘zbek tilida Toshkandda Ostroumovning nazorati ostida chiqarilg‘on «Turkiston viloyatining gazeti» bo‘lsa kerak. Bu gazeta boshda xalq orasida tarqalg‘on bo‘lmasa ham, faqat volostnoyxona va qozixonalar kabi idoralarg‘a majburiy suratda oldurilg‘oni uchun bundagi qozi va mirzolar tomonidan xoh-noxoh o‘qilur edi. Bu gazetning xalq orasida bir oz tarqalishi rus-yopun urushi vaqtida bo‘ldi. «TARJUMON» GAZETASI Bog‘chasaroyda Ismoilbek G‘asprinskiy tomonidan 1883nchi yidda chiqarila boshlag‘on. «Tarjumon» gazetasi 1889nchi yillarda Samarqandg‘a kira boshladi. Bu gazetani birinchi daf’a yerlik xalkdan (89nchi yilda) Hoji Abduqodir (me’mor) oldurub o‘qug‘on. «Tarjumon» gazetasi ham rus-yopun urushi asnolarida taraqqiyparvarlar o‘rtasida ko‘brak tarqala bopglab shuhrat va e’tibor topdi. ERON GAZETALARI Eron gazetalarining Samarqandg‘a qaysi vaqtda kira boshlag‘onlig‘i ochiq bilgulik bo‘lmasa ham, harholda, «Tarjumon»dan ilgari emasdur. Tehronda chiqqan «Tarbiyat» bilan Kalkuttada chiqqan «Hablul-matin»ni biz faqat rus-yopun urushi vaqtlaridag‘ina ko‘rdik. Bu ro‘znomalar yolg‘iz bundagi ba’zi eron savdogarlari orqali olinar va tarqatilar edi. 1905nchi YILDAN SO‘NG 5nchi yil 17nchi o‘ktabr manifestidan keyin kerak Turkistonda va kerak Rusiyada turluk milliy gazeta va majmualar chiqa boshladi. Bularning har qayusi Samarqandda ham bir muncha tarqalar edi. Samarqandg‘a doimiy suratda kelib turgan va xalq tomonidan suyilub o‘qulmoqda bo‘lg‘on matbuotdan birinchilari «Tarjumon», «Vaqt» gazetalari bilan «Sho‘ro» majmuasidir. «SAMARQAND» GAZETASI Samarqandda birinchi martaba chiqqan gazeta «Samarqand» gazetasidur. Bu gazeta Samarqand maorifparvarlarining moddiy yordami bilan 1913nchi yilda (aprelda) marhum Mahmudxo‘ja Behbudiyning mas’ul muharrirligi ostida chiqa boshladi. Haftada ikki qatla chiqqan bu gazeta boshda yolg‘iz ikki betlik bo‘lub chiqa boshlasa-da, 7 -8nchi sonidan keyin to‘rt betlik bo‘lub chiqdi. Gazeta 4-6 yuz orasida bosilar edi. Oxiri, mustabid hukumatning siqishi va moddiy jihatdan torliqda qolg‘onlig‘i sabab ortiq davom etolmay 44nchi sonida to‘qtalmoqqa majbur bo‘ldi. Xalqqa yangi fikrlar berib rahbarlik eta boshlag‘on «Samarqand» gazetasining to‘qtalib qolishi yoshlarga yomon ta’sir etdi. Hatto Xo‘qand yoshlaridan Akobir Shoxmansur o‘g‘li bilan Mirzohid Oqiliy o‘rtoqlar jamiyatga kelib, gazetani qaytadan davom etdirmak uchun unga 500 so‘m iona bilan 200 obuna yuborishga hozir ekanliklarini telegrof orqali bildirdilar. Behbudiy afandi bundan so‘ng gazetani 45nchi sonini yolg‘iz bir betlik qilib chiqardi va shul sonda hamiyat egalariga tashakkur etish bilan barobar bu iona va yordam gazetani asoslik suratda uzoq muddat davom etdira olmaslig‘ini bildirdi. Bu to‘g‘rida o‘z fikrini yozib o‘tdi. Mazqur ionani ham qabul etmadi. «OYNA» MAJMUASI Behbudiy afandi «Samarqand»dan qolg‘on ozgina sarmoya bilan barcha og‘irliqlarni o‘z bo‘ynig‘a olib haftalik «Oyna» majmuasini chiqara boshladi. Bu majmuaning birinchi soni 1913nchi yil avgustda chiqdi. Bosilish soni 4-5 yuzdan oshmas edi. Yolg‘iz Behbudiyning sabot va matonati orqasida chiqqan bu majmua taqriban 20 oy davom etgandan so‘ng turluk tazyiqot va moddiy torliq sababidan 1915nchi yilda to‘qtaldi. Bu majmua tamoman 68 no‘mer chiqdi. «Oyna» xalqni uyg‘otish va oqartish uchun yaxshig‘ina xidmat etdi. Ul Turkistondan boshqa Totoriston, Kofkoz, Afg‘oniston, Eron, Turkiya va Misrgacha tarqalar va har yerda suyilib o‘qulur edi. TELEGROF XABARLARI 1915nchi yilda Samarqandda bosmaxona egasi Gazarufning masorifi bilan bir muddat «Telegrof xabarlari» nomida maxsus kundalik varaqa chiqa boshladi. Bu varaqa o‘zbekcha tidda Husayn Ibrohimuv qalami bilan yozilar edi. Varaqa 20-30 no‘mer chiqib to‘qtaddi. 1916nchi yilda Saidrizo Alizodaning xarji va qalami bilan «Agenta telegroflari» otliq varaqa chiqarila boshladi. Bu varaqa ham o‘zbekcha bo‘lub 500-1000 dona bosilib chiqar edi. Bu ham ko‘b davom etolmay 14-15nchi sonlarda to‘qtaldi. 17nchi yil fevral o‘zgarishidan keyin yana Saidrizo tomonidan forsiy tilda «Varaqai telegrofot» ismida telegrof xabarlari chiqarildi. Besh yuz dona miqdorida bosilib chiqqan bu varaqa ham 20nchi sonlarida to‘qtaldi. Mazkur yilda bir necha vaqt «Zarafshon» kitobxonasining mudiri Akobir afandining mas’ul mudir va noshirligida o‘zbek tilida «Telegrof xabarlari» varaqasi chiqarilib bu ham ko‘b davom etmay 50nchi sonida to‘qtaldi. «HURRIYaT» GAZETASI 17nchi yil fevral inqilobidan keyin Samarqandda maorifparvarlar tomonidan haftada ikki qatla «Hurriyat» gazetasi chiqarila boshladi. (Birinchi soni 16nchi aprelda chiqdi.) Boshda buning mas’ul muharrirligiga Mardonquli Shomuhammadzoda tayin etildi. Bir muddatga Akobir afandi mas’ul mudir bo‘lub turdi. 27nchi sonidan e’tiboran uning bosh muharrirligiga o‘rtoq Abdurauf Fitrat tayin qilindi. Gazeta 500-1000 dona orasida bosilar edi. «Hurriyat» gazetasi Kerinskiy zamonida ham «Ulamo» va «Sho‘roi islom»g‘a muqobil, ammo «Ittifoq» jamiyati kambag‘al mehnatkashlarg‘a tarafdor, go‘yo shularning noshiri; afkori edi. Bu gazeta o‘ktabr inqilobidan keyin ochiqdan-ochiq ishchi va faqir xalq foydasig‘a xidmat etdi. Maorifparvarlar tomonidan ta’sis etilgan «Zarafshon» shirkati butun sarmoyasining kulli bir qismini shul gazetaning nashrig‘a sarf qildi. Oxiri, gazetaning moddiy yoqdan siqilg‘onini ko‘rub himmatlik yoshlardan marhum Muhammadqul O‘runboy uning nashrini o‘zining zimmasiga oldi. Har narsaning bahosi kundan-kun osha berdi. Ortiq gazetani davom etdirish mumkin bo‘lmadi. Oxiri gazeta, (1918nchi yilda) 87nchi sonida to‘qtalmoqqa majbur bo‘ldi. «MEHNATKAShLAR TOVUShI» 1918nchi yilda (11 iyunda) sho‘ro hukumati tomonidan «Mehnatkashlar o‘qi» otliq gazeta chiqarildi. Buning mas’ul muharrirligiga Hoji Muin, tahrir hay’atiga Iffat xonim (Zohida Burnasheva) bilan marhum Shokir Muxtoriy tayin etildilar. Bu gazetning 5nchi sonida oti o‘zgartirilib «Mehnatkashlar tovushi» qo‘yildi. Gazeta 500-2000 nusxa orasida bosilib tarqalar edi. Bu gazetaning tarjima va tahrir ishlarida bir muddat Saidrizo Alizoda, Muhammadjon Yusufiy, qori Muhammadrahim Toji, Sadriddin Ayniy afandilar xidmat etdilar. Bularning ichida birinchi darajada uzun muddat ishlagan kishi shubhasiz Ayniy afandi edi. «Mehnatkashlar tovushi» gazetasi 20nchi yildan e’tiboran viloyat firqa qo‘mitasi bilan viloyat ijroqo‘mining noshiri afkori bo‘lib davom etdi. Bu gazeta, bir yoqdan, xalqni hukumatga yaqinlashdirish uchun xidmat qilg‘onidek, ikkinchi yoqdan, buzuq niyat bilan hukumat idoralarig‘a kirib olib xalqni talayturg‘on unsurlar bilan muboriza etar, ular haqida doim rahmsiz suratda tanqid va kulgulik maqolalar yozar edi. 21nchi yilda bu gazetaning oti o‘zgartilib «Kambag‘allar tovushi» qo‘yildi. Va gazetaning mas’ul muharrirligi so‘ngg‘i yillarda turluk kishilar qo‘lig‘a o‘tsa ham, lekin ul ma’naviy jihatdan yuksala olmadi. Oxiri, 22nchi yil o‘rtalarida 304nchi sonida to‘qtaldi. Turkistonda sho‘ro hukumati tomonidan boshlab chiqarilg‘on va uzun muddat yashag‘on gazeta shudir. «TAYoQ» MAJMUASI «Mehnatkashlar tovushi»da bir necha vaqt bosilib turg‘on «Shapaloq» va «Tayoq» ismlaridagi bandlar xalqning rag‘bat va diqqatini o‘ziga jalb etgani uchun hukumat «Tayoq» otliq hajviy bir majmua chiqarishg‘a ijozat berdi. Bu majmua 1920nchi yil yanvarida o‘n besh kunda bir karra chiqa boshladi. «Tayoq» jurnali «Mehnatkashlar tovushi»ning tahrir hay’ati tomonidan yozilar edi. Huruf va kog‘oz ozlig‘i uchun bu majmua 8nchi sonida to‘qgaldi. «BOLALAR YO‘LDOShI» 1919nchi yilda Samarqandda totorlar maktabining mudir va muallimi o‘rtoq Xabir Abdullayevning tashabbusi bilan maorif idorasi tomonidan «Bolalar yo‘ldoshi» ismida bolalarg‘a maxsus bir jurnal (toshbosmada) chiqarilib, Znchi sonida to‘qtaldi. Bu majmuaning muharriri Xabir, mas’ul mudiri Abdurashid Abdujabbor o‘g‘li edilar. Buning taxrir hay’atida Ayniy afandi ham bor edi. Samarqandda birinchi marotaba bolalarg‘a ta’sis etilib, chiqarilg‘on majmua shu edi. «ShU’LAI INQILOB» MAJMUASI 1919nchi yidda viloyat firqa qo‘mitasi tomonidan haftalik forscha «Shu’lai inqilob» majmuasi chiqarilib uning muharrirligiga o‘rtoq Saidrizo Alizoda tayin etildi. Bu majmua taqriban ming dona bosilib Buxoro, Eron va Afg‘onistongacha tarqalar edi. Majmuaning doimiy yozg‘uvchilari faqat Saidrizo bilan Ayniy afandi edilar. So‘ngg‘i vaqtlarda kog‘oz va toshbosma asbobi ozayg‘ondan bu majmua ham 1921nchi yil oxirlarida 92nchi sonida to‘qtalib qoldi. DEVORIY «ShARQ» GAZETASI 1919nchi yil noyabr oyida hukumat tomonidan «Sharq» ismida kundalik devoriy gazeta chiqarila boshladi. Bu gazeta boshda Saidrizo Alizodaning qalami bilan yozilib chiqsa-da, so‘nfa (1920 yili 3 iyun) 64-sonidan e’tiboran Muhammadjon Yusufiyning qo‘lig‘a o‘tdi. Bu gazeta 2 — 3 yuz dona bosilib, 20nchi yilning oxirig‘acha 189 no‘mer chiqdi. «Sharq» gazetasi 1921nchi yilda ham davom etib 13nchi avgustgacha 132 no‘mer chiqib to‘qtaldi. «YoSh KUCh» Ushbu ot bilan 21nchi yil may oyida Samarqand viloyatining yosh kommunistlari tomonidan devoriy gazeta chikarilg‘on bo‘lsa ham, ko‘b davom etmay Znchi sonida to‘qgaldi. «ZARAFShON» GAZETASI 1922nchi yil o‘rtalarida «Qizil bayroq« gazetasida «Kambag‘allar tovushi» gazetasining og‘ir holda qolg‘onidan, 2-3 daf’a maqolalar yozildi. Bularni nazari e’tiborga olib Turkiston jumhuriyatining markaziy firqa qo‘mitasi Samarqandda «Zarafshon» otliq muntazam bir gazeta chiqarish uchun o‘rtoq G‘ozi Yunusni tayinladi. G‘ozi o‘rtoq Toshkanddan bir necha pud yangi harf, 150 pudcha yaxshi oq kog‘oz va ikkita hurufchin keltirib bunda (22nchi yil o‘ktabrida) «Zarafshon» gazetasini chiqara boshladi. G‘ozi o‘rtoq bu gazetani har jihatdan yaxshig‘ina yo‘lg‘a qo‘yg‘ondan so‘ng o‘zi (1923nchi yil boshlarida) Toshkandga ketdi. Uning o‘rnig‘a markaz firqa qo‘mitasi tomonidan gazetaning mas’ul muharrirligiga o‘rtoq Ali Ismoilzoda tayin etilib yuborildi. Bu zotning g‘ayrat va faoliyati soyasida gazeta tartiblik suratda haftada ikki qatla chiqib turadir. «Zarafshon» gazetasining bu kunda kerak xalq va kerak hukumatning diqqatini o‘zig‘a tortg‘onlig‘i bilgulikdirkim, buni sharh va bayon etishga hojat yo‘q. Samarqandda matbuot ahvoli I 1920nchi yilning oxirlaridan boshlab Samarqand matbuotig‘a hukumat tomonidan senzur (nozir) qo‘yildi. Va o‘shal kundan e’tiboran «Mehnatkashlar tovushi» gazetasi qisinqiliq ostida qoldi. Bir tomondan, senzur: «Millatchilikdan, diyonatdan gapirma! Hukumat tepasidagilarga tegma!» kabi amr va ta’limotlar berib, gazetani ma’naviy jihatdan qisaverdi. Ikkinchi tomondan, oqcha yo‘qlig‘i, kog‘oz qahatlig‘i va hurufchinlarning maishati torlig‘idan qocharg‘a majbur bo‘lishlari gazetaning kundan-kun tanazzuliga sabab bo‘la boshladi. Buning ustiga, (1921nchi yil aprel — may oylarida) gazetada «So‘z, qaror va ish» sarlavhalik bir maqola bosilib, hukumatning ba’zi sahv va xatolari tanqid etildi. Shu choqlarda obko‘m partiyada rus va musulmon gazetalarini yo‘lga qo‘yish xususida muzokara majlisi bo‘lib, unda Mursalimov bizning gazetamizning kamchiliklarini sanab, o‘shal tanqidiy maqolaning mazmunini ham ruschaga tarjima qilib berdi. Natijada o‘zi «Mehnatkashlar tovushi»ga siyosiy nozir tayin etildi. Obko‘mning qarori bilan gazetaning oti o‘zgarib, «Kambag‘allar tovushi» qo‘yildi. Go‘yo mehnatkash so‘zi mensheviklarning shiori emish. Bolsheviklarga bunday ismlarni taqash munosib emas emish… Holbuki, o‘shal chog‘larda Maskovda «Mehnat» ma’nosida bo‘lg‘on «Trud» otliq ruscha gazeta chiqib tura yana har yerda chiqib turg‘on gazeta, jurnal va risolalarning bosh tomonida «Birlashingiz, butun dunyo mehnatkashlari» shiori yozilib kelar edi. O‘rtoq Mursalimov gazetaga o‘tgandan keyin, bir yoqdan, yerlik muharrirlarni qisa boshladi. Boshqa yoqdan, o‘zi istagancha maqolalar yozib, mas’ul muharrirga ko‘rsatmasdan gazetaga o‘tkaza berdi. Bu haqda 215-sonlik «Qizil bayroq»da uzunroq yozg‘onlig‘im uchun bu yerda takrorini lozim ko‘rmayman. Shuning bilan «Kambag‘allar tovushi» kundan-kun har jihatdan qisilib, faqirlana berdi. 1922nchi yilning boshlarida obko‘m partiyaning sarkotibi o‘rtoq Mavlonbekov gazetaga mas’ul muharrir tayin etildi. Bu kishi gazetaga endi rivoj beraman, deb turgan chog‘ida o‘zi Xo‘jandga kamondirovka bo‘lib ketdi. Uning o‘rniga vaqtincha gazetaga o‘rtoq Yusuf Aliyev o‘tdi. Bu kishining gazeta ishlari bilan oshno emasligi va o‘zining quvvai qalamiyasining na darajada ekanligi ma’lum edi. Shuning uchun bu o‘rtoqning uch-to‘rt kunlik davrida ham gazeta durust yo‘lga kira olmadi. O‘rtoq Yusuf Aliyev Toshkandga ketgach, uning o‘rniga obko‘m partiya tomonidan o‘rtoq 3. Burnasheva qo‘yildi. Bu o‘rtoq ham Mursalimov tutgan yo‘l bilan borib, yerlik muharrirlarni qisib, ularni ish tashlashlarig‘a sabab bo‘ldi. Bu holni ko‘rib obko‘m partiya yerlik ziyolilardan T. Rahmonberdi o‘g‘lini gazetaga mas’ul muharrir qilib qo‘ydi. Bu o‘rtoq o‘zi muharrir bo‘lmasa ham, yerlik muharrirlarni chaqirib gazetani chiqarmoqchi bo‘ldi. Lekin obko‘m partiya yo‘l bermadi. Bosmaxona «Gazetaning qarzi to‘lanmaguncha gazetani bostirmayman» dedi. O‘rtoq Rahmonberdi o‘g‘li harakat qilib, u yoq-bu yoqdan bir oz oqcha topib, zo‘rg‘a ikki-uch nomer gazeta chiqara oddi. Shuni ham yozayinki, bu gazeta ikki yildan ziyoda bir muddatdan beri viloyat firqa qo‘mitasi bilan viloyat ijroiya qo‘mitasining noshiri afkori bo‘lib kelgan bo‘lsa ham, shul ikki katta hukumat muassasasi o‘zining rasmiy gazetasini moddiy yokdan ta’min etolmadi yoki ta’min etarga jiddiyroq harakat qilmadi. Yo‘qsa, birgina gazetani har yoqdan yuqori ko‘tarish, mukammal va muntazam suratda chiqarish hukumat qoshida uncha qiyin bir ish emas edi. Samarqanddagi rasmiy hukumat muassasalari har vaqt gazeta idorasig‘a «unday yozma — bunday yoz, e’lon va buyruqlarimizni tezroq bostur», deb tanbehot va ta’limot berib, senzur ustig‘a senzurliq qilib turardilar. Lekin gazetaning moddiy yoqdan va uning ochliqda qolg‘on muharrirlarini maishat jihatidan ta’min etish ishlarini eslariga ham keltirmas edilar. Hol bunday bo‘lg‘onda gazeta qanday taraqqiy etsun. Uch yil davom etgan forsiycha «Shu’lai inqilob» jurnali ham kog‘oz va oqcha yo‘qliq, ham toshbosma asbobi yetishmaganlik sababli 1921nchi yil oxirlarida to‘xtalmoqqa majbur bo‘ldi. Yo‘qsa, ul ham ma’naviy jihatdan hech vaqt torliqda qolmag‘on edi. Xulosa: Samarqandda bir gazeta va jurnalni ma’naviy jihatdan idora qilurliq kuch bor edi, hozir ham bor. Faqat yuqoridagi mone’lar bundagi matbuotning tangligiga, hatto yerlik muharrirlarning ham bir daraja ishdan sovunmoqlarig‘a sabab bo‘ldi. Markaz (Toshkand)da bo‘lsa ish boshqachadir. Samarqandni hech vaqt Toshkandga qiyos qilib bo‘lmaydi. Chunki Toshkandda moddiy va ma’naviy kuch ko‘p bo‘lg‘onligi uchun andagi matbuot doim muntazam chiqib turadir. Toshkand Turkiston jumhuriyatining markazi bo‘lg‘oni uchun hukumat andagi matbuotni har jihatdan ta’min etadir. Hatto so‘ngg‘i choqlarda Toshkand matbuotida ishlayturg‘on musulmon muharrirlarning vazifalari va qalam haqlari ortdirilg‘onlig‘ini eshitduk. Buning ustiga, Toshkandda bizdagidek senzurning qisishi ham yo‘qdur. Shuning uchun Toshkandda matbuot keyingi chokdarda bir daraja taraqqiy etdi va etmakdadir. II Men bundan burun bir munosabat bilan «Qizil bayroq» gazetasida «Samarqandda matbuot ishlari» unvoni bilan bir maqola yozib, unda Samarqand matbuotining kechirgan hollaridan bir oz ma’lumot bergan edim. Bu daf’a moddiy va ma’naviy jihatdan to‘liq yo‘sinda birinchi qatla shahrimizda chiqa boshlag‘on «Zarafshon» gazetasida yana shu mavzuda bir oz yozmoqchi bo‘ldim. Samarqandda fevral o‘zgarishidan keyin bir marta Samarqand ziyolilari tomonidan «Hurriyat» gazetasi chiqarila boshlag‘on edi. Bu gazeta ma’naviy jihatdan va moddiy jihatdan ta’min etilmagan bo‘lsa-da, xalq tomonidan suyub o‘qilur edi. Chunki ul gazeta xalqning ahvoli ruhiyasiga qarab borar edi. Ul to‘xtalg‘onigacha mingdan oz bosilmag‘on edi. O‘ktabr o‘zgarishidan keyin «Hurriyat» gazetasi, bir yoqdan, hukumatning qisishi bilan o‘zining hurriyatini yo‘qota boshladi. Ikkinchi yoqdan, moddiy jihatdan ham og‘irlikda qoldi. Shuning uchun to‘xtalurga majbur bo‘ldi. Uning o‘rnida hukumat tomonidan «Mehnatkashlar tovushi» gazetasi chiqaruldi. Bu gazeta rasmiy bir gazeta bo‘lg‘oni uchun tabiiy, bir yoqdan, hukumatning buyruqlarini bostira va xalq bilan hukumatni bir-biriga yaqinlashturmoq uchun tirishar edi. Boshqa yoqdan, xalqning uyg‘onishini, inqilobdan foydalanmog‘ini ham ijtimoiy jihatdan tuzalmagini ko‘zda tutib jidtsiy, hajviy va tanqidiy maqolalar yozar edi. Bu jihatdan ba’zi hukumat boshida turg‘on mansabparast kishilar yoki mustamlakachi bolsheviknamolarning saoyati va hujumiga uchrasa ham, ul senzur yo‘qlig‘indan istifoda etib, o‘zining tutgan maslakidan ayrilmay turdi. O‘shal vaqtlarda Toshkandda chiqaturg‘on «Ishtirokiyun» gazetasidan ko‘proq bizning «Mehnatkashlar tovushi» suyulib o‘qilur edi. Chunki kerak til, sheva va kerak maslak jihatidan bu ikki gazeta orasida xeyli ayirma bor edi. Bu gazeta bir necha oy (1918nchi yil oxirlari va 19nchi yil boshlarida) o‘shal vaqtdagi matbuot mudirasi Brodskaya degan mustamlakachi bir xotinning qisishi ostida qolg‘on bo‘lsa ham, lekin «Milliy ishlar idorasi»g‘a o‘tgandan so‘ng aning changalidan qutulg‘on edi. Bu gazetaning bir oz yaxshi davom qilg‘on choqlari 1920nchi yil oxirlarigachadir. Bu muddatda kog‘oz qahatlig‘i uncha sezilmasa ham, lekin kog‘oz uchun ba’zi rus millatchilari mustamlakachilik yo‘lini tutar edilar. Ruscha gazetani doimo kog‘oz va boshka jihatlardan ta’min etib kelganlari holda musulmon gazetasiga lozimicha ahamiyat bermaslar edi. Buning uchun esimda qolg‘on yolg‘iz bir voqeani yozib o‘tay, shoyad o‘quvchilar shunga qarab bu haqda o‘zlaricha bir hukm chiqara olurlar. 1919nchi yilda (oyi esimda qolmag‘on) Poligrafichiskiy otdelning ruscha gazetasiga 250 pud kog‘oz berganligini eshitib, biz ham yozib, musulmon gazetasi uchun kog‘oz so‘radik. Mazkur idora boshlig‘i ma’lum bir rus bizga taxminan 70-80 pudgina kog‘oz bermakchi bo‘ldi. Biz bunga ko‘nmadik. Ul mundan ortiq bermadi. Biz o‘shal vaqtdagi «Musulmon byurosi»ga murojaat qilib voqeani anglatdik. Bu ishga ani vosita qiddiq. Poligraf bo‘lsa, byuromizning murojaatini ham iltifotga olmadi. Biz «Musulmon byurosi»ning zohiran ko‘z bo‘yov uchungina tashkil etilgan nafsiz va e’tiborsiz bir idora ekanligini o‘shal chog‘da bilib oldiq. So‘zning qisqasi, oxiri umidsizlanib 125 pud kog‘ozga rozi bo‘ldiq. Qabul etmadi-da, talosh-tortishimizga qarshi: «Siz musulmonlar ham har vaqt o‘zingiz kog‘oz fabriki ochib, kog‘oz chiqarsangiz, so‘ngra tilaganingizcha kog‘oz ola bilursiz», deb javob berdi. Biz ham bu to‘g‘rida so‘z uzaytirishning foydasizligini bilib 70 pudgina kog‘ozga qanoatlandik. Mana, mustamlakachilarning bizga qarshi qilg‘on muomalalaridan bir misol!.. 1918-19nchi yillarda «Mehnatkashlar tovushi» uch mingdan ziyoda, ikki mingdan oz bosilmadi. Va aksariyat ila haftada ikki da’fadan kam chiqmadi. Gazetada ishlaguvchi muharrir va tarjimonlar ham 19nchi yilning oxirlarigacha oyliqdan boshqa qalam haqi olmadilar. To‘g‘risi, tahrir haqi olmoqqa haqlarini borlig‘ini ham bilmadilar. Olaturg‘on vazifalari loaqal bir haftalik maishatlarini ta’min etmasa ham, lekin kitob va boshqa narsalarini sotib yeb, xidmatlarini davom etturdilar. Bu yo‘lda masohala etmadilar. Gazetaning muntazam chiqmay oqsab qolishiga yana bir necha sabab bor edikim, biri huruf, ikkinchisi hurufchin (naborshik) masalasidir. Bosmaxonada to‘rt betlik gazetaga yetarlik miqdorda musulmoniy huruf yo‘q edi. Bori ham aksar vaqt hukumat siporishlariga ishlatilib, gazetaning tartibli chiqishig‘a mone’ bo‘lur edi. Hurufchinlarg‘a kelsak, bular ham tabiiy, maishat balosig‘a giriftor edilar. Olaturg‘on oyliklari loaqal joy vatanlarini ta’min etmaganligi uchun bu bechoralar ham ishdan qochar edilar. Biz alarni axtarib topib, hukumatning kuchi bilan zo‘rg‘a ishlatar edik. Bu ham albatta gazetaning davomiga sakta berar edi. Huruf uchun bu muddatda necha martaba markaz (Toshkand)gacha murojaat qilg‘on bo‘lsak ham natijasiz qoldi. Quruq va’da va suchuk so‘zlardin boshqa foyda ko‘rmadik. Mana, Samarqandda «Mehnatkashlar tovushi»ning 18- 19- 20-yillarda kechirgan umrlari. Gazetaning 21-22-yillarda o‘tkazgan hollarini kelasi maqolada yozsam kerak. Shuni ham bilmak kerakkim, men bu so‘zlarni «So‘ngg‘i vaqtlarda Samarqandda nima uchun matbuot tanazzul qiddi, ammo Toshkandda taraqqiy qilayotibdur?» degan savolning javobi uchun muqaddima tariqasida yozdim. Bu taraqqiy va tanazzulning tub sabablari gazetaning kelasi sonlarida yozilur. Samarqandda matbuot ishlari 203-son «Qizil bayroq» gazetasida «Burgaga achchig‘ qilib ko‘rpani kuydirish» unvoni bilan Samarqand yoshlari va Samarqand gazetasiga doir «Oziyoliq» imzosi bilan bosilg‘on bir maqola ko‘rildi. Oziyoliq o‘rtoq mening gazeta idorasidan chiqishimni «ko‘ngilsiz voqea» deb atab, umuman, Samarqand yoshlarining Samarqand gazetasiga ishtirok qilmasliqlarining mas’uliyatini yoshlarg‘a va yoshlarning bir-birovlari bilan kelisha olmag‘onlikdarig‘a yuklaydir. Samarqand yoshlari Samarqand gazetasiga qanday muomala qilib keldilar? Keyingi chokdarda nima uchun gazeta idorasidan o‘z munosabatlarini uzdilar? Mana bu so‘rokdarg‘a ochiq javob bermak uchun Samarqand matbuoti va yoshlari to‘g‘risida bir oz izoh berib o‘tmoqchi bo‘ldim. Samarqandda eski hukumat vaqtida ham samarqandlilarning ham o‘z moddiy va ma’naviy kuchlari bilan mahalliy matbuot qimirlab turg‘on edi. O‘zgarishdan keyin, ayniqsa, o‘ktabr o‘zgarishidan so‘ngra Samarqand gazetasi har vaqt Samarqand muharrirlarining o‘z qo‘llarida va mas’uliyatlarida yashab turdi. 1918nchi yil oxirlarida rus gazetasi tevaragida yig‘ilg‘on ovrupoliq o‘rtoqlar bir necha vaqt bizning gazetamizni qisib turg‘on bo‘lsalar ham, lekin Samarqand yoshlarining g‘ayrati va mahalliy hukumatning yordami soyasida mustamlakachilarning qisishidan qutulg‘on edi. So‘zning qisqasi, Samarqand gazetasi yerlik muharrir va yoshlarning qo‘llarida 1921nchi yil yozig‘acha Samarqand muzofotining oynasi ham mahalliy hukumatning noshiri afkori bo‘lib keldi. Ammo 1921 yilning yoz boshlarida Mursalimov degan bir o‘rtoq Samarqandga kelib, muzofot firqa qo‘mitasi tomonidan u vaqtdag‘i «Mehnatkashlar tovushi» gazetasiga siyosiy nozir tayin qilindi. Gazetaning hay’ati tahririyasi ushbu tayinni shodliq bilan qarshi oldi. Oz kuchimiz ko‘b bo‘ldi, deb quvondi. Lekin Mursalimov o‘rtoq bir oz ishlagandan keyin mahalliy muharrirlarni qisa boshladi. Bularning maqolalari uchun ba’zan gazetadan o‘rin bermay turdi. Tatarcha maqolalarni gazeta muharririga ko‘rsatmasdan, o‘zi matbaaga berib bostira berdi, hatto o‘z ixtiyori bilan «Idoradan javoblar» yozib, mening mas’uliyatim ostida bosib chiqara berdi. Samarqandda u kunlarda musofir bo‘lgan bir necha tatar muharriri va muallimlarga o‘zbek gazetasi idorasidan haqoratliq javoblar yozib, o‘zbek-tatar orasida anglashilmovchiliklarg‘a sabab bo‘ldi. Erlik muharrirlar har nima yozsalar, «Siz xabargina yozib keltiring, maqolani biz yozamiz, biz oliy tahsil ko‘rgan odamlarmiz», deb bostirmadi. Xulosa, bir oy, bir yarim oy ichida Samarqand gazetasini «Mursalimov gazetasi» qilib yubordi. Buning bilan qanoatlanmay, «Tekkanga tegaman, tegmaganga kesak otaman» maqolig‘a muvofiq arzimaydirg‘on bir ishni bahona qilib, meni tribunalg‘a, mas’uliyatka tortdi. Bu ishdan ish boshidag‘i mas’ul ishchilar xabardor bo‘lib, (taftishdan so‘ng) uni tavbix etdilar va meni qutqazib oldilar. Mursalimov buning bilan meni yiqitishg‘a muvaffaq bo‘la olmag‘ach, ustimdan obko‘m partiyag‘a shikoyat etib, meni Farg‘onaga nafy (surgun) qilishg‘a qaror berdi. Bu daf’a ham Samarqand ziyolilari meni himoya etib qutqardilar. Shul vaqtlarda Toshkanddan Akmal Ikromov va Usmonxo‘ja o‘rtoqlar kelib, ahvolni angladilar va Mursalimovni gazeta idorasidan ajratdilar. Shuning bilan yana Samarqand gazetasi yerliq muharrirlar qo‘lida qoddi va ushbu vaqtgacha davom etdi. So‘ng zamonlarda obko‘m partiyaning mas’ul sarkotibligiga mahalliy tilni bilmayturg‘on bir o‘rtoq o‘tganidan istifoda qilib, yana gazeta ustida janjal chiqardilar va gazetaning mas’ul muharrirligiga vaqtincha Zohida Burnasheva o‘rtoqni tayin qildirishg‘a muvaffaq bo‘ldilar. Bundan keyin gazeta idorasi aynan bulturg‘i holg‘a aylandi. Mahalliy maqolalarg‘a yo‘l berilmadi. Quruqyo‘l berilmadigina emas, balki «Maqolangizda Behbudiy oti ko‘p zikr qiling‘on. Bu millatchilikdir», deb shifohiy «javob» qaytarildi. Bu yerda shuni esga tushirib o‘tamanki, Cho‘lpon o‘rtoq «Qizil bayroq» gazetasida «Behbudiy otamiz» deb yozdi — millatchi bo‘lmadi. O‘rtoq Olimjon Ibrohimov «Qayum Nosiriy — tatar tilini tirgizgan bir kishi, unga yubiley qilish lozim» deb Tatariston gazetasida yozdi — millatchi bo‘lmadi. Tatariston hukumati ushbu yubiley uchun kamisiya tayin qildi — millatchi bo‘lmadi… Ammo Samarqand muharrirlaridan biri ijtimoiy ahvolimizni tanqid qilish munosabati bilan Mahmudxo‘ja Behbudiyni eska tushirib o‘tsa millatchi bo‘ladirmi? Gazeta idorasida yo‘l topqon o‘rtoqdar bu bilan qolmadilar, idorada saqlang‘on bir yillik gazeta nusxalarini uylariga eltib, ulardan go‘yoki hukumat maslagiga muxolif so‘zlar topib, o‘zbekcha bilmayturg‘on o‘rtoqlar uchun «tarjima» qiddilar… Bular tirik yerliklar haqida qarshi harakatlar bilan qolmayin, o‘liklarimizni ham go‘rda rohat qo‘ymoqchi emaslar. Chunonchi, gazeta muharrirasi bo‘lib o‘tirgon o‘rtoq 3. Burnasheva: «Yaxshi bo‘lg‘on ekankim, Behbudiy o‘ldirilg‘on ekan. Agar Behbudiy bu kunda tirik bo‘lsa edi, Turkistonning ustiga ikkinchi bir Anvar poshoni keltirib, o‘zi biror mansabga ega bo‘lur edi», deb, marhum ustodimizg‘a tuhmat qilmoqdan keyin turmadi… Mana, endi mahalliy gazeta shunday odamlar qo‘lida bo‘lg‘oni holda yerlik yoshlar qanday ish qila oladilar! Mursalimov bilan oramizda bo‘lg‘an so‘ngg‘i munozara ham ahamiyatsiz, kichkina voqea emasdir. Mursalimov «Kambag‘allar tovushi» gazetasida (287-sonida) maqola yozib, «Anvar posho butun Turkiston ziyolilarining payg‘ambari» dedi. Buni o‘qib Samarqand ziyolilari g‘alayonga keldilar. Men Samarqand ziyolilari tomonidan javob yozdim. Mursalimov menga javob bermakchi bo‘lib necha ustunliq falsafa sotdi-da, meni burjuazniy ziyolilar qatorig‘a kirgizmakchi bo‘ldi. Tabiiy, haqimda qiling‘on ixtironi rad qilmoqchi bo‘ldim. Gazeta mudiri meni haqliq, Mursalimovni haqsiz deb iqror qila turib, mening raddiyamga o‘rin bermadi. Men ham bunday bir zot bilan ish qilmoq mumkin emasligini bilib, idoradan chiqishg‘a majbur bo‘ldim. Mudir iste’fomni shodliq bilan qabul etdi. Ammo yerlik yoshlarning o‘z oralarida gazeta to‘g‘risida hech bir ixtilof va anglashilmovchiliq yo‘qdir. Gazeta idorasi yerlik muharrirlarning mas’uliyati ostig‘a o‘tgan taqdirda yerlik yoshlarning burung‘i ishlarida davom qilishlari aniqdir. Bu ish bo‘lib ham qoldi, bu kunlarda «Kambag‘allar tovushi» gazetasining mas’ul muharrirligiga obko‘m partiya tomonidan o‘rtoq T. Rahmonberdi o‘g‘li tayin etiddi. Mana bu zot qachon bizlarni ishga chaqirsa, ishlamak vazifamizdir. «Oziyoliq» o‘rtoqning «Samarqand yoshlari kichkina hazil bilan ish tashlaylar, ahamiyatsiz bir masala ustida janjal chiqaralar…va o‘zlarining xususiy tashabbuslari yo‘lig‘a kirib ketar ekanlar» degan so‘zlarining bilmasdan yozilg‘an «so‘z»lar ekanligi yuqoridag‘i izohotimdan bir daraja sobit o‘lg‘on bo‘lsa kerak. Men gazeta idorasidan chiqib o‘zimning xususiy ishimga kirib ketmadim, bir necha yildan beri kishisizlikdan yopilib yotqon «Zarafshon» kitobxonasini tirgizdim va uni bir oz tartibga soldim. Bu xususiy ish emas, bu ham maorifga va tanviri afkorga xizmat bo‘lsa kerak. So‘zning oxirida shuni ham esga tushirib o‘tamanki, yerlik muharrirlar har vakt tatar qarindoshlar bilan birga ishlab keldilar. Chunonchi, «Mehnatkashlar tovushi» nashr qilina boshlag‘ondan buyon bir-ikki tatar o‘rtokdar doimiy muharrirlikni qilib turdilar, orada hech bir ixtilof chiqmadi. Ammo keyingi bir-ikki o‘rtoklar gazetani o‘z mas’uliyatlariga olib, yerliklarni qisdilar, quvdilar. Bu ishda yerlik yoshlar gunohkor bo‘lmasalar kerak. Sho‘roi islomiya va saylov 7nchi sentyabrda Samarqandda shahar dumasining saylovi bo‘lub o‘tdi. Ammo ne tariqada bo‘ldi? Ushbu savolg‘a loyiqincha javob yozmoq uchun mazkur kunda voqe’ bo‘lgon ko‘b vahshiyona harakatlar, qiynovlar, talon va takfirlarni aynan zikr etub o‘tmoq lozim bo‘ladurki, bu asnoda ko‘nglida zarra insoniyat hissi bor odamning ko‘zlaridan rahm va shafqat yoshlari oqmasligi mumkin emasdur. G‘azetamizning o‘tgan raqamlarida Samarqand shahar dumasining saylovi xususida musulmonlar ikki firqaga ayrilub, birinchisi «Sho‘roi islom»dan boy, ulamolar bo‘lub, birinchi numer, ikkinchisi «Zahmatkashlar ittifoqi» bo‘lub, bular ikkinchi numer ro‘yxat hozirlag‘onlari sababi va tafsiyuti ila yozilg‘on ediki, ushbu to‘g‘ruda so‘z uzayturmoqni ortuq ko‘rmaymiz va tafriqa (ayriluv)g‘a sabab Samarqand «Sho‘roi islomiya»si bo‘lg‘onligi ma’lumdur. Mana o‘shal kundan e’tiboran «Sho‘roi islom» tarafidan ko‘b boylar va mullolar, bechora nodon xalq orasida fitna solub «Zahmatkashlar» haqida qancha tuhmatlar qildilar… Oralarida bir necha yoshlar borlig‘ini bilub hammalarini jadidchi va kofir dedilar… Hatto sho‘roning bir necha mo‘tabar va muhtaram a’zolari mahallalarg‘a borub (va’z o‘rnida) zahmatkashlar va yoshlarni yomonladilarki, bu voqeaning shohidlari bordur. Ana shul sababli bechora «Zahmatkashlar ittifoki»ning barcha a’zosi va tarafdorlari xalq orasida jadid va kofirlikg‘a ot chiqorgon edi. Shunday bo‘lsa ham, «Zahmatkashlar jamiyati» ma’yus bo‘lmadi, tek turmadi, kecha-kunduz harakat qiddi. O‘zini mudofaa etdi. Bir necha bayonnoma va xitobnomalar tarqatib xalqning ko‘zini ochdi, sekin-sekin xeyli odamlarni o‘z tarafig‘a oldiki, oxirgi kunlarda bularning adadi bir necha mingga yetgan edi. Lekin saylov kuni birdan ish o‘zgarib ketdi. Kutilmagan voqealar oldimizg‘a chiqdi, «Sho‘roi islom»ning xalq orasida solg‘on fitna-fasodi saylov kuni natija berdi. Bechora zahmatkashlar va ularning tarafdorlaridan bir necha kishilar saylov uchastka(qit’a)larida sho‘rochilar tarafidan uruddilar, so‘kuldilar, takfir qilindilarki, hozirda alardan bir nechasi o‘lum to‘shakida yotibdur. Munday yirtqichlik va vahshiylikni ko‘rub, bechora xalq birdan qo‘rqushib qoldi. Tabiiy, jon shirin, har kim qo‘rqar. Shunday hurriyat zamonida zulm va istibdod asari bo‘lg‘on munday qaro kunni ko‘rgan xalq qo‘rqushidan ikkinchi numerni tashlab, birinchi numerg‘a tovush bera boshladi. Shuning uchun saylovning ertasi hisoblanganda, ikkinchi numerg‘a sado berganlarning soni 1700 miqdoridan ziyoda chiqmadi. 2nchi numer oz sado olg‘oni uchun «Zahmatkashlar jamiyati» xafa bo‘lub o‘zining istiqbolidan umidini uzmaydur. Balki jamiyatning taassuf etub qayg‘urmog‘i shunday hur-riyatlik saylov kunida bir necha gunohsiz kishilarning bir jamoa vahshiylar tarafidan haqsiz qiynalub tashlanmog‘idadur. Ushbu taassuflik voqeada hukumatning ham bir oz tadbirsizligi sabab bo‘ldi. Chunonchi, hukumat saylov to‘g‘risida shuncha muxolifat va nizo borlig‘ini bilib turub saylov kunida biror tadbir qilmadi. Ya’ni har uchastkada aqalli 20 nafar askar qo‘ymadi. Agarda hukumat tarafidan shunday tadbir qilinsa edi, munday voqeaga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lur edi. Har nima bo‘ldi, endi o‘tdi. Bu voqeaning bosh sababi «Sho‘roi islom»dur. Boshdan «Sho‘roi islom» zahmatkashlar tarafidan ko‘rsatilg‘on 10 nafar nomzod kishilarni qabul qilub, o‘z siyohasig‘a kirguzganida va yo qabul qilmagon taqdirda, zahmatkashlar zararig‘a harakat qilmagonida munday qayg‘ulik voqealar yuz bermagan bo‘lur edi. Mana shul sababli demoqg‘a haqlidurmizki, ushbu ixtilof va fitnag‘a «Sho‘roi islom» sabab bo‘ldi. So‘z, qaror va ish Maorif va madaniyatga nihoyat darajada suvsag‘on Turkistonda uch yarim yilliq inqilob davrinda ezilgan xalqning taraqqiy va taoliysi uchun nima ishlar qilindi, qanday muassasalar vujudga keturiddi? Bu ulug‘ savolg‘a achchig‘ bo‘lsa-da, tubandagi so‘zlardan boshqa to‘g‘riroq javob topolmaymiz: Bu uch yarim yillik inqilobiy davrda ko‘p so‘zlar so‘ylandi. Mitinglar qilindi, tashviqotlar etildi. Va g‘oyat yaxshi qarorlar chiqarildi. Lekin yo‘q darajasinda oz ish qilindi. Maqtanurlik va iftixor eturlik ishlar hanuz ishlanmadi. Xalqning oldin borishi, yurtning tinchlanmog‘i va kuchli bo‘lmog‘i maorif, askarlik, iqtisod va dehqonchiliq ishlarining tuzuk bir-biriga qo‘yilishi bilan bo‘ladurkim, maaltaassuf, bu to‘g‘rilarda hanuz xalq uchun foydali va ko‘zga ko‘rinurlik ishlar qiling‘on emas. Maorif ishlari g‘oyat parishon bir holdadir. Maktab bor, durust muallim yo‘q. Talaba bor, lekin unga keraklik kitob yo‘q yoki maktabda kifoya etaturg‘on asbob (misol, parta, pechka, o‘tun) yo‘q. Bu holda biz maorif ishlari tevishli yo‘lg‘a qo‘yilg‘on deya olmaymiz. Askarlik jihatidan holimiz undan ham yomondir. Holbuki, yurtni saqlamoq va xalqning tinchligini tayin etmak uchun askar kerakdir. Turkistonning yerli aholisindan askar olmoq uchun markazda yaxshi qarorlar chiqarilg‘on va bultur askar olina boshlag‘on bo‘lsa-da, bu ishdan hanuz yaxshi bir natija ko‘ra olg‘onimiz yo‘q. Agar bizning boshqa qaror va ishlarimiz ham shuningdek e’tiborsiz va natijasiz o‘tub keta bersa, biz bu hol bilan dunyoda hech bir ish qila olmaymiz. Ziroat ishlari avvalgi holidan ham necha daraja keyinda qoldi. Biz inqilob davrida ziroat ishlarini bir yo‘lg‘a solmoq o‘rnida dehqonlarni taladiq. Ot va ho‘kizlarini oldiq, otryadlar yuborib dehqonlarni tayoq osti qildiq, xotun, bola-chaqalarining or va nomusig‘a tajovuz etdurdik. Muning bilan ularning ko‘nglini ishdan sovutdik. Oxiri, bu ishlarimizning xato ekanligini bilib endi alar bilan to‘g‘ri muomala etarga boshladiq va alarga yordam bermaklik lozimligini angladik. So‘z manosabati kelgach, «Til masalasi»dan bir oz yozayluk. Turkistonda aksar aholi musulmon bo‘ldig‘i e’tiborg‘a olinib, mundan uch yil burun turkcha til — rasmiy davlat tili deb e’lon etilsa-da, buni amalg‘a kirgizmak uchun hanuz jiddiy tadbir ko‘rolmadik. Balki bu «eski hammom-eski tos» mazmunicha ko‘p mahkama va idoralarda hanuz rus tili hukm farmoyishdadir. Hukumatning idora va mahkamalarida turkiy tilni ishlatmak uchun boshlab tarjimonlar, mirzolar va buxg‘altirlar yetishdurmak kerak edi va muning uchun kerakli ishlar hozirlamak lozim ediki, maaltaassuf, bu ishlar bu kungacha ishlanmadi. Shuning uchun bu qaror va buyruq-dan ham yaxshiroq natija chiqmadi. Yuqoridagi bayonotdan ma’lum bo‘ladikim, biz hanuz «so‘z» va «qaror» davrida bo‘lib, bu uch yarim yilliq inqilob zamonida buyruq, qarordan boshqa jiddiy va foydali biror ish qila olmag‘on va boshlag‘on ishlarimizni tinchlik bir yo‘lg‘a qo‘ya olmag‘on ekanmiz. Endi quruq so‘z va qarorlardan to‘ydiq. Endi bizning ishlamakimiz kerak. Va ish bilaturg‘on ishchilar yetishdirmog‘imiz kerak! Taassuflik holatdamiz Zamonning oinai jahonnamosi bo‘lgan jarida, majalla va tarix sahifalarini diqqat ila mutolaa etsak ko‘raramizkim, o‘zga qavm va millatlar ilm va hunar xosiyati ila oz bir zamonda butun jahonni tasxir etdilar. Musulmon hukmdorlari (o‘zlarining zamon iqtizosincha harakat qilmagonlari uchun) asir va nobud bo‘ldilar. Ovrupoiylar hozirda bilgan ilmlarig‘a qanoat qilmay g‘ayrat va himmatlari soyasida kundan-kun yana taraqqiy etmoqtsadirlar. O‘zlarining rohat va osoyishlari uchun na qadar olot va asbob ixtiro qilganlaridek, o‘z nafslarini dushmandin muhofaza qilmoq uchun turli oloti harbiya ijod etmakdadurlarkim, alarning orasida oyandag‘a eng muhimi — ayruplan — tayyora degan baloi osmoniy bo‘lsa kerak. Agarda yana 5-10 yil o‘lmasak ko‘rarmizkim: ovrupoiylar dushman ila havoda urusha boshlarlar. Emdi o‘zimizning ahvolimizga bir yo‘la ko‘z solib qarasak: Qur’oni hikmat bayonimizning alfozini a’molarning ko‘nglida mahfuz ko‘rarmiz. Maorif nuqtai nazaridan qarasak, Zayd ila Amrning urushi va eski yunoniydardin qolma xilofi islomiyat safsatalardek nimarsalarni ko‘rib kamoli huzn va ya’s ila aytarmizkim: «Oh!.. Taassuflik holatdamiz». Tabiiy ishlar Bizning yurtimiz, elimiz va hatto rasmiy idoralarimizda g‘ayri tabiiy qiliqlar, ishlar qancha ko‘b bo‘lsa, tabiiy ishlar ham o‘shancha ko‘bdir. Bulardan g‘ayritabiiylarini yozmay o‘tsaq, albatta, «Mashrab» qo‘rqdi, yoki mudohana yo‘lini tutdi deb haqqimizda «husni zan» qilg‘uvchilar chiqib qolishi tabiiy bo‘lg‘onidek, yozg‘onimiz taqdirda boshimizning qalamdek kesilishi ham tabiiydir. Shuning uchun bu daf’a yolg‘iz tabiiy ishlardan bir nechtasini ko‘rsatib o‘tish maslahat ko‘ruladir. Biz hamma vaqt har yerda hukumat idoralarini yerlilashdirish — tubjoylashdirish uchun kuchimiz boricha hayqiramiz, qichqiramiz. Bu yo‘dda bor dovshimizni bitirib o‘zimiz charchab qolg‘onda, chala xat-savodliq bir mo‘ltoqni olamiz-da, zo‘r bilan uni bir idoraga tiqib yuboramiz. Quloch-quloch qarorlar yozib bo‘lg‘ondan so‘ng «qani pul!» deganda jonimiz chiqadir… Mana, tubjoylashdirish to‘g‘risidag‘i ishimiz shu hodda ekan, inshoolloh qiyomat yaqinlashqonda, to‘rtinchi osmondan hazrati Iso tushib, bu muhim vazifamizni bajarib berishi tabiiydir. Ulug‘ vazifalarimizdan biri xurofot bilan kurashish edi. Xudoga shukrki, bu ishimiz ham o‘zining tabiiy yo‘lig‘a tushib borayotibdir. Chunonchi, biz eshonlardan qancha uzoqlashsak va ularni qabih alfoz bilan so‘ksak, ular bizga shuncha yaqinlashadirlar va hatto go‘sht-po‘stimizga kirib boradir. Biz ularni qancha ezsak, ular ishchi-dehqonlarimizni shuncha ezadirlar. Biz bu hollarni ko‘rib, «ko‘zim ko‘rmasin, go‘shtimni bo‘ri yesin», deymizda o‘zimizni bilmaslikka sola beramiz. Bu ishimiz ham shu tusda ekan, yoqamizni hali beri xurofot changalidan qutqara olmaslig‘imiz tabiiydur. Bizning hayot-mamot masalalarimizdan birtasi, shubhasiz, oliq-soliq ishidir. Bu ish ham «mo favqa at-tabiiy» yo‘lig‘a tushib ketayotibdir. Rasta-bozorlardagi soliqlarimiz juda tartiblikdir. Bu yerda pashshaning ham «g‘ing» ztishini ko‘ra olmaysiz. Ya’ni hamma rozi, ishlar o‘z joyida. Eng ichidagi olish-berish bozori juda chaq-chaq. Birov bir daqiqada boy, boshqasi bir soatda gadoy bo‘lmoqdadir. Soliq ishlari ham shu yo‘l bilan keta bersa, do‘konlarning og‘zi ochilib qolishi va shuning bilan hamma boychalarimizning ishchi-dehqon sinfiga kirib ketishi tabiiydur. So‘zimizning adog‘ida shahrimizdagi qiziq bir manzarani ham ko‘rsatib o‘taylik: Samarqandda Zarafshon degan bir daryo bor. Buning ustiga bir emas, ikkita ko‘prigi ham bor. Ishning qizig‘i shundakim, bizning nodon xalqimiz shaharga borish-kelishi uchun shunday ko‘priklardan o‘tmay, suvda bir sho‘ng‘ib ertasi Buxorodan chiqadirlar… Bu qatnashlar ham shunday davom etabersa, qishg‘acha barcha ishchi-dehqonlarimizning Buxorog‘a o‘tib ketishlari tabiiydir. Tibb va hifzus-sihhatda rioyatsizligimiz Dini mubini islom, ko‘b amrlarda (tahorat, namoz, g‘usl…) kabi jumla musulmonlarni nazofat va pokizalik ila yurmoklarig‘a buyurub va shuning uchun «Buniyal-islamu alan-nazafati» — (Islom poklikka qurilgan — N. N. ), «An-nazafatu shatr ul-imon» — (Poklik imonning bir bo‘lagidir-N. N.) demishdur. Mundan boshqa necha oyat va hadislar mazmunidan hifzi sihhat qoidalarig‘a rioyat etub libos, taom, uy, hatto ko‘chalarni pokiza tutmog‘imizning lozimligi anglashilg‘on holda bizlar bul xususda hech birisig‘a ahamiyat bermay, kiru ifloslik ila maishat etib, o‘zimizni turli dardu balolarg‘a giriftor va nobud etmakdamiz. Kunda o‘n martaba bo‘lsa ham taom yeyarmiz. Uning mijozimizg‘a foydalik yoki zararligini hargiz o‘ylamaymiz. Holbuki, aksar xastalik bemavrud va yo zararlik taom yemoqdan paydo bo‘lur. Suv icharmiz va aning mikrub (mayda qurt)lari va nopokligig‘a diqqat etmaymiz. Holbuki, aksar havuzlardagi suvning yarmi qurt bo‘lub, rang, bo‘y va mazasi ham tag‘yir tobgandur. Munday suvning qo‘b dardlarg‘a sabab bo‘lishi ma’lumdur. Buxoro aholisining aksariyat ila (dardchil va rishta) xastaligig‘a mubtaloliklari iflos suvlarni ichmoqdan bo‘lsa kerak. Yana bizlarning jaholatimizdin nash’at etgan bir odatimiz borki, mabodo kasal bo‘lub qolsak, muolaja uchun folbin, qabriston va azayimxonlardan maslahat va shifo istab behuda yerda necha so‘mlardan ajraymizki, agar bu oqchalarni hoziq, tabib — duqtur va kerakli dorularg‘a sarf kilinsa, darddin shifo topmak umidliroqdir. Holbuki, folbinlar so‘ziga ishonmoq shar’an durust emas. Bas, alarning so‘zi ila amal qilmoq qayda qoldi? Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning xastalar uchun tabiblarg‘a murojaat etmoqg‘a buyurganlari, hatto o‘zlari ham tabiblardan doru so‘ragan-lari marviydur. Burungi asrlarda ulamoi islom tib va hifzi sihhat xususida necha kitob yozib, bul muborak fanning tavsi’ va takmilig‘a xeyli xizmat etmishlar. Ammo bu zamonda bizlar tib va tabiblardan qochib, folbin, rammol, qabriston va duoxonlarg‘a sig‘inamizki, bu ish tarix va ulumi lozimadan xabarsizligimizning alomatidur. Durust, hozirgi musulmon tabiblardan qochmoqqa ham haqqimiz bor. Chunki bularning ko‘bisi ilmi tibdan bexabardurlarki, dardning zo‘raymog‘iga va xastaning tezroq oxiratga safar qildurmoqg‘a sabab bo‘lmoqdan boshqa hunarlari yo‘qdur. Bularning maqsadi esa pulg‘a doru sotmoq va shuning ila tirikchilik etmoqdur. Lekin hakiqiy tabib va do‘qturg‘a ruju’ qilmoq keraqdur. Til masalasi I Hozirda bizlar uchun eng muhim masalalardan biri, shubhasiz, til masalasidir. Biz Turkiston turklari ona tilimiz bo‘lg‘on turkiy til bilan birga yasharg‘a va turkiy tilimizni o‘z hayotimiz va o‘z huquqimiz bilan barobar muhofaza etarga tevishmiz. Eski huqumat zamoninda biz turkistonlilar hukumatning rasmiy idora va maktablari nari tursin, o‘z maktablarimizda ham ona tilimizda ilm va fan o‘qumoqqa komili ixtiyorli emas edik. Chunki ul mustabid hukumatning chin muddaosi bizlarni va ham g‘ayri ruslarni ruslashturmoq bo‘lg‘onlig‘i sababli bizlarni har jihatdan qisarg‘a, ezarga tirishib tura edi. Endi Xudog‘a shukrlar bo‘lsinkim, onday siqintiliq va shikanjalardan qutildiq. Hozirda har yerda ona tilimizg‘a so‘ylarga, ibtidoiydan o‘rta va oliy darajadagi maktablarimizda ona tilimizda tahsili ilm etmakka ixtiyorli bo‘ldiq, o‘shandoq rasmiy idoralarimizda qarornoma, tazkira va buyruqdek rasmiy kog‘ozlarimizni turkcha tilda yozarg‘a va tarqaturg‘a erklimiz. Shuning uchun endilikda shunday musoidli zamin va zamondan istifoda etib, turkiy tilimiz va adabiyotimizning takomilig‘a tirishmagimiz va turkiy tilimizning Turkistonda rasmiy hukumat tili qilurg‘a harakat etmagimiz lozimdir. Chunki muxtoriyatli Turkiston o‘lkasining 95 prusentini tashkil etgan biz, turk musulmonlarmiz. Shul sababli hozirgi zamonda turkiy tilimizni rus tili bilan huquqda barobar etarga va rasmiy hukumat tili yasarg‘a haqqimiz bordir. G‘azetalarda o‘qug‘onimizga ko‘ra yaqinda Toshkandda bo‘lib o‘tgan bolshevik kommunistlar s’ezdida Tobulin afandi tarafindan musulmon tilini rus tili bilan huquqda barobar etmak masalasi qo‘zg‘atilg‘on. Tobulin afandi o‘z nutqinda aytgankim: «Hozirgacha rus tili rasmiy hukumat tili hisob etilib keddi. Biz muxtoriyatli Turkistonning asl egalari musulmonlar bo‘lg‘onlig‘ini xotirimizdan chiqarmasg‘a, shuning uchun alarg‘a o‘z tillarinda marom va maqsadlarini anglaturg‘a yo‘l ocharg‘a kerak, ya’ni mahalliy turkiy tilni rasmiy hukumat tili hisob etib rus tili bilan bir huquqtsa yuriturga, iste’mol etarga kerak». Mana, ushbu muhim masalani boshlab qo‘zg‘atmoq vazifasi til egasi bo‘lg‘on biz musulmonlarg‘a lozim ekan. Bil’aks, ani qo‘zg‘atib, o‘rtag‘a otmoq sharafi boshqalarg‘a nasib bo‘ldi. Endi bizlarg‘a, xususan ish boshinda turg‘on ulug‘larimizg‘a, yoshlarimizg‘a va matbuotimizg‘a lozimdirki, fursatni o‘tkarmasdan tezdan ushbu masalaning hallig‘a tirishgaylar. Ushbu munosabat bilan biz shuni aytib o‘tmakni tevish ko‘ramizkim, Turkistondagi musulmon sho‘rolari bilan musulmon rasmiy tashkilotlari idorasindagi barcha daftarlar bilan musulmon idoralarig‘a yuborilaturg‘on rasmiy kog‘ozlar turkiy tilinda yozilg‘ay. Ammo musulmon idoralarindan rus idoralarig‘a yuborilaturg‘on rasmiy kog‘ozlar yoninda ruscha nusxasi bilan birlikda turkcha yozilib yuborilgay. O‘shandoq rus idoralarindan musulmon idoralarig‘a yuborilaturg‘on rasmiy kog‘ozlar turkcha nusxasi ila birlikda ruscha yozilg‘ay. Ilova suratinda ham aytamizkim, hozirda Samarqand musulmon shahar dumaxonasi bilan musulmon sho‘rosi o‘z taraflarindan musulmon idoralarig‘a yuborilaturg‘on rasmiy kog‘ozlarini faqat ruscha yozib yubormakdadirlarki, bu ish o‘z tilimiz haqinda bir jinoyatdir. Shuning uchun muhtaram sho‘ro va baladiya idorasindan o‘tinamizkim, bu masalag‘a ahamiyat berib, bu to‘g‘rida tezroq tadbir ko‘rarg‘a kirishgaylar. II Mundan bir necha kunlar ilgari Toshkandda bo‘lib o‘tgan bolshevik kommunistlar qurultoyinda Turkiston jumhuriyatinda turkiy tilni rasmiy davlat tili etarga qaror berilganligi xabari ila barobar shul xususda g‘azetamizda bir maqola yozib va o‘shandan beri bu to‘g‘rida markaziy hukumatning buyrug‘ini kutib tura edik. So‘ng kunlarda ushbu haqda muqaddima o‘laroq Turkiston markaziy qo‘mitasinda yuqoridagi buyruq chiqariddi. «Ulug‘ Turkiston» rafiqimizning yozg‘onig‘a ko‘ra, 8nchi avg‘ustda Markaziy Turkiston komitetining binosinda Turkiston musulmonlari uchun davlat tili tayin etguvchi komissiyasining Znchi yig‘ilishi bo‘lg‘on. Sulkin taxti rayosatinda rus va musulmon jamoat xodimlarining ishtiroki ila yasalg‘on bu majlisda «Turkiston musulmonlari uchun davlat lisoni turkiy tili bo‘lur» deb qat’iy qaror chiqarilg‘on. Shuning ila barobar o‘rnig‘a qarab bu tilda o‘zbek, qozoq ham turkman shevalarindan birisi oldin tutilur degan bir talab ham kirguzilgan. Turkiy tilning hukumat mahkamalarinda, po‘chta, teleg‘rof, bank, xazinaxona va boshqa shunday davlat muassasalarining qayusinda voqe ravishda imloga qo‘yilmog‘i haqinda loyiha tuzmak ishi Ko‘charboyev bilan S. Liqushin afandilarg‘a tobshurulg‘on. Bu loyihaning hozirlanib tamom bo‘lishi bilan turkiy tili Turkiston uchun davlat lisoni etilib farmon chiqarilur va butun mahkamalarda bu tilda ariza, kog‘oz va teleg‘romlar qabul etarga amr berilur ekan. Ushbu yaxshi xabar biz Turkiston musulmonlarini bir yoqtsan qancha shodlantirsa ham, ikkinchi yoqdan ko‘b qiyinliqlar oldinda shoshtirib qo‘yur. Chunki turkiy tilimiz davlat tili bo‘lib, Turkiston jumhuriyatindagi barcha hukumat musulmonlarig‘a kirguzilganda bu o‘rinlarda yetisharliq mirzo va tarjimonlar til bilmaydirki, muning uchun zo‘r mushkulot oldinda shoshib qolurmiz. Hozirgi mirzolarimiz bo‘lsalar, o‘zlari turk o‘g‘li turk bo‘lib turkiy tilning qoidalarini va yoki imloni bilmaydirlarkim, bularning yozg‘on va yozaturg‘on narsalari umum va ko‘cha tilindan ozgina tafovutlidir. Munga ilova, bu so‘ng yillarda (boxusus Rusiya inkilobidan keyin) bizning mirzolar orasinda yomon bir odat joriy bo‘la boshladiki, bular turkiy tilimizga ruscha so‘zlar qo‘shib yozaturg‘on bo‘ldilar. Ruscha o‘qug‘on ziyoli va tarjimonlarimizga kelganda, bular (aksariyat ila) ruscha va turkchani yaxshi bilmaganliklari sababli tarjimalari ochiq va durust chiqmaydi. Bulardan ruschani yaxshi bilaturg‘onlari turkchani durust bilmaydirlar. Biz turkcha qoidalarni bilmaganlari uchun hozirgi mirzo va tarjimon birodarlarimizni ayblay olmaymiz, alar bu to‘g‘rida ma’zurdirlar. Chunki alar va bizlarning hech qaysimiz muntazam maktablarda o‘qub chiqmag‘on. Til qoidalarining ta’limi muntazam maktablarda bo‘ladir-ki, munday maktablar hanuz Turkistonimizda ochilg‘on emas. Hozirgacha davom etib kelgan yangi maktablarimizda bo‘lsa turkiy tilimizning sarf va nahvi o‘qutila boshlag‘oni yo‘q. Bizning turkiy tilimiz ishlanmag‘on bir til bo‘lib, muning sarf va nahvig‘a oid hanuz biror turli risola bosilib chiqg‘on emas. Bizning muallim afandilarimiz til qoidalarini yaxshi bilmaydirlarki, ushbu kungacha ba’zilari tarafindan yozilg‘on maktab kitoblarindan ma’lumdir. Xulosa, bir tarafdan tilimizning hanuz ishlangan bir holg‘a kelmaganligi, ikkinchi tarafdan bu kungi ishlarimizg‘a yetisharlik miqdorda til bilaturg‘on mirzo va tarjimonlarning topilmaslig‘i masalasi biz Turkiston xalqini og‘ir va qiyin bir vaziyatda qoldiradirki, muning taxfifi uchun biror turli tadbir va chora ko‘rmakimiz lozimdir. Bizning fikrimizcha, bu mushkilotning bir daraja oldini olmoq va o‘z oramizdan yaxshi mirzo va tarjimonlar yetishtirmoq uchun hozirdan boshlab Turkiston o‘lkasidagi har bir shaharda hukumat hisobindan til kurslari ochilsun. Bu kurslar ikki sho‘badan iborat bo‘lub, birinchi sho‘basinda hozirgi mirzolarimiz bilan mirzolikka havaskor kishilarg‘a turkiy til qoidalari va daftardorliq usullari o‘rgatilsun. Ikkinchi sho‘basinda hozirgi tarjimonlarimiz bilan tarjimonlikka havaskor odamlarg‘a turkcha va ruscha tillari va tarjima etmak usullari o‘rgatilsun. Mundan so‘ng shunday kurslardan mirzolikka yoki tarjimonlikka shahodatnoma olib chiqg‘on kishilargina xidmatga olinsunlar. Mana ushbu tadbirni ixtiyor etgan taqtsirdagina biz yuqorida aytilgan qiyinliqlardan bir daraja qutulg‘on bo‘lurmiz. To‘y va aza marosimi haqinda Har yerning avom xalqi o‘zi haqiqat va mohiyatini anglamag‘on holda dinga naqadar ehtirom ko‘zi ila qarasa, eskidan qolg‘on rusum va odatlarg‘a ham shul nisbatda ehtirom va e’tibor ila qaraydir. Hatto avom xalqining ko‘bisi dinning amr va nahyilarindan yuzdan biriga amal qilmag‘on holda, ota-bobolaridan qolg‘on urf va odatlardan chetga chiqmasliq uchun bor kuchi ila tirishadir. Banogoh, biror ishini urfg‘a muvofiq suratda qilolmasa, «yoru do‘stlarim orasinda beobro‘y bo‘ldim», deb qayg‘uradir va o‘zini najotsiz sanaydir. Mana, biz Turkiston xalqi ham ilmsizligimiz sababli turli marosim va odatlar yuki ostinda ezilib, muning uchun axloqiy va moliy jihatdan g‘oyat qo‘b zararlar ko‘rmak-da bo‘lg‘on bir millatmiz. Bizlarni o‘zig‘a asir etib olg‘on urflardan eng ko‘b zararli va yomonrog‘i xatna, nikohto‘ylari bilan aza marosimidir. Bizning xalq «mol va jon ketsa ketsun, obro‘i ketmasun», deb xatna yoki nikoh va yo aza marosimini o‘rung‘a keturmak uchun qo‘llarinda bor narsalarini 1-2 kunda barbod etadilar, qarzdor bo‘lalar. Qarzlarini ado eta olmag‘ach, oxiri, «molni odam topar, odamni mol topmas», deb o‘z bog‘ va hovlilarini sotib, qarzla-rig‘a beralar. Shul yo‘l bilan bir yoqdan mol va mulklarindan ayrilib darbadar va xoru zor bo‘lalar. Ikkinchi yoqdan haqiqiy obro‘ylarindan ajralib oxiratga safar etalar. Biz Turkiston faqir xalqi necha yillar Rusiyaning zolim va mustabid chorlarining qo‘li ostinda asir bo‘lub, hech bir jihatdan o‘z ahvolimizni isloh eta olmadiq. Eski hukumatning birinchi maqsadi ham, o‘z qo‘l ostindagi g‘ayri rus millatini jaholat va odati mazarrat ostinda ezdurub oxiri ruslashdirmoq edi. Emdi anday hukumat bizning boshimizda yo‘q. Hozirda hokimiyat faqir xalqning o‘z qo‘lindadir. Ushbu vaqtda Turkiston faqir xalqi o‘zining ilmiy va ijtimoiy hollarini na tariqa isloh va taraqqiy etdirmakchi bo‘lsa, ixtiyori o‘zindadir. Bu to‘g‘rida hech kim anga mone’ bo‘lolmaydir. Balki har kim yordam beradir. Mana, ushbu yaxshi fursatni g‘animat bilib ilmiy, ijtimoiy hollarimizni isloh etmak, ya’ni chin ilm va maorifdan bahra olmoq va o‘z oramizdagi yomon odatlarni barham bermak barchamizga lozimdir. Biz yuqorida ham aytdikkim, hozirda bizning ustimizda dahshatli suratda hukmfarmo bo‘lg‘on urf va odatlarning eng ko‘b zararlirog‘i xatna, nikoh to‘ylari bilan aza marosimidir. Bu marosimning ba’zi yomonrog‘ini barham bermak va ba’zisini isloh etmak kerakdir. Ushbu kunlarda Toshkandda, musulmon sho‘rosi ham shul urf va odatlarni isloh etib bir qarornoma nashr etdikim, mahalliy g‘azetalarda o‘quldi. Bizning fikrimizcha, xatna, nikoh to‘ylari bilan aza marosimini ushbu ravishda isloh etmak tevishdir. XATNA TO‘YI Bizning turkistonlilar xatna to‘yig‘a ko‘b ahamiyat berib, bir kundan 5-6 kungacha to‘y qilalar. «Bazm», «ko‘bkari»lar beralar va bu yo‘lda minglarcha so‘mni isrof va barbod etalar. Holbuki, bu odat bizning Turkistondan boshqa o‘lkalardagi musulmonlarda yo‘qdir. Arabiston, Misr, Istanbul, Kafkaz, Tatariston va Eron musulmonlari bolalarining xatnasi uchun to‘y bermaylar, loaqal bir necha kishini chaqirib ziyofat ham qilmaylar. Faqat payg‘ambar sunnatini bajo keturmak ila iktifo etalar. Bizlarning ham bu to‘g‘rida alarning yo‘llari ila borishimiz kerakdir. Xatna uchun qancha aqchalar isrof etib, to‘y va ko‘bkari bermak hojat emasdir. Hatto xatna munosabati ila bola uchun yangi ko‘rpa-yostuklar yoki turli rangda necha qabat yangi kiyimlar hozirlamak ortiqchadir. Mundan boshqa mumkin qadar bolalarni kichiklik vaqtinda yangi usul ila xatna qilmoq keraqdir. NIKOH TO‘YI Nikoh to‘yinda ikki turli yomon odatimiz borkim, alardan bir qismining axloqiy jihatdan, ikkinchi qismining moliy jihatdan ko‘b zarari bordir. Mana shul urfu rusumlarning ba’zisini butun barham bermak va ba’zisini isloh etmak lozimdir. Nikoh to‘yi zohiran bizning ko‘zimizga bir to‘y kabi ko‘runsa ham, lekin haqiqatda o‘zi besh to‘ydir. Chunki, «Non shikanon» (sindirish-N.N.), «Fotiha», «Nikoh», «Ro‘yi binon» (yuz ochdi-N.N.) va «Domod talabon» (kuyov chaqirdi-N.N.)ning har qayusi bir to‘ydirkim, bularg‘a minglarcha so‘m isrof bo‘ladir. Bu to‘ylardan «nikoh» va «ro‘y binon»dan boshqalari ortuqdir. «Non shikanon»ga 3-4 kishidan ziyoda odam yubormak hojat emas. O‘shandoq «nikoh» va «ro‘yi binon» to‘ylarig‘a yoru do‘st va qarindoshlardan 30-20 dan ortuq kishilarni chaqirmasliq kerakdir. Ba’zi kishilarg‘a to‘n kiygizmak, to‘ydan non va shiravor olib ketmak barham bo‘lsun. Xotunlarg‘a ham olib ketmaklari uchun tuzu non va kishi boshig‘a bir tabaqdan osh berilmasun. Nikoh to‘yinda kuyovdan «shohi ulog‘», yog‘ puli va shunga o‘xshash narsalar olinmasun. Padar vakil va shohidlarg‘a to‘n bermak, qizni «vakilligingni ber», deb qiynamoq va yig‘latmoq, imom xutba o‘qug‘on chog‘da kuyovning kiyimindan igna o‘tkazmoq, nikohdan keyin kuyovga kiyimlar kiyguzmak, «poyandoz» tutmoq, qizni o‘tg‘a aylandirub, aning oldinda bir necha hayosiz kishilarg‘a qabih alfozli ashulalar o‘qutdirub kuyovning uyig‘a eltmak kabi yomon urf va rusumlar man’ etilsun. Kuyov o‘z kiyimini o‘z uyig‘a kiyib kelsun. Kelinni aroba bilan uzatmak muvofiqdir. Kuyovning uyinda kelinni olov atrofindan aylandirmak majusiylardan qolg‘on bir odatdirkim, muni barham bermak kerak. Nikoh kechasi 15-20 xotun-qizlar yotg‘on bir uyda kuyovning kelin bilan birga yotmog‘i katta ayb va axloqsizliqdurkim, bu odatdan qo‘l tortmoq lozimdir. «Ro‘yi binon» kuni kuyovning aqrabosi bo‘lg‘on xotun-qizlarning kelinni hadya «dastovez»lar bilan ko‘rmaklari va kelinning alarg‘a «kiyiti» nomi ila qalpoq, belbog‘ yoki ko‘ylak-ishton berishi ortiqcha taklif bo‘lg‘oni uchun barham bo‘lsun. «Domod talabon»ga kuyovning o‘zi 3-4 kishi bilan birga borsa kifoya etadur. Nikoh to‘yidan ilgari har bir iydda qiz tarafindan kuyovga «tagi joga» ismila kiyim va dasturxon takdim etishi yoki kuyov tarafidan qizg‘a shunga o‘xshash narsalar yuborishi hojat emasdir. Nikoh to‘yindan ilgari qiz ham kuyov tarafindan hozirlanaturg‘on kiyim va uy asboblarig‘a kelganda: bu to‘g‘rida bizda ortikcha masorif ko‘bdirkim, bularni isloh etmak kerakdir. Misol, kuyovning aqchasi ila qiz tarafidan tayyorlanaturg‘on «kashida»larining ko‘bisi bo‘g‘cha va sandiqlarda churub yotaturg‘on keraksiz narsalardirkim, bulardan yolg‘uz bir donadan «belbog‘», «joynamoz», «so‘zana», «ro‘yjo» va «bolishpo‘sh» hozirlab, boshqalarini barham bermak lozimdir. Qizg‘a har bir kiyimdan 7-8 xil tayyorlamoq kerak emas. Bu to‘g‘rida kuyov o‘z holig‘a qarab ishlasun. Ya’ni kuchi yetsa ko‘broq, bo‘lmasa ozroq kiyim olib bersun. Anday keraksiz narsalar o‘rnida uy va tirikchilikka kerakli asboblar hozirlansun (misol, ko‘rpa, yostuq, gilam, taom asboblari va shunga o‘xshash zarur narsalar). Bu to‘ylar-da «bazm» qilib juvonlar o‘ynatmoqg‘a yo‘l berilmay, ammo dutor, tanbur va doira chalmoq, ashula o‘qumoq mumkin bo‘lsun. To‘y har vakt bekorlik chog‘da, ya’ni xalq xizmatdan bo‘shagon vaqtda bo‘lsun. Bulardan boshqa yana bir nozuk nuqta borkim, to‘ydan ilgari mana shunga diqqat etmak tevishdir. Ul nuqga esa qizning rizolig‘ini olmoqtsir. Hozirda bizning musulmonlar yolg‘uz o‘z ixtiyorlarincha qizlarini kuyovga beralar. Hatto ba’zi vijdonsizlar o‘z qizlarini boylarg‘a sotib yuboralar. Mana shu zulm va xiyonatlarg‘a yo‘l bermaslik kerakdir. Qizni kuyovga berilur ekan, eng avval bu to‘g‘rida kizning rizolig‘ini bilmak kerakdir. Qizni rizolig‘indan boshqa kuyovga bermak shar’an va qonunan man’dir. Bu haqda g‘oyat diqqat va e’tibor ila harakat etmak kerakdir. O‘LUK VA TA’ZIYa MAROSIMI O‘luk va ta’ziya to‘g‘risinda ham yomon urf va rusumlarimiz ko‘bdir. Chunonchi, qabr ustinda xalqg‘a «yirtish» bermak, qo‘lg‘a tayoq olib baland tovush ila yig‘lamoq, o‘lukning aqrabosi bo‘lg‘on xotunlarg‘a aza tutmoq uchun ko‘k va qora kiyimliklar bermak, xotun-qizlarning «go‘yanda» va «sadr» ila baland yig‘lamoqlari, «uch», «etti», «yigirma», «qirq», «yil» kunlarinda xalqg‘a osh bermak. Mana ushbu behuda odatlarning barchasini barham bermak kerakdir. Ammo mazkur kunlarda o‘lukning ruhiga xatmi Kur’on, duo va fotiha qilmoqdan zarar yo‘q. Shunga ham 3-4 kishidan ziyod odamlarni chakirmasliq keraqdir. O‘lukning eng yaqin xotun-qiz aqrabosi 40 kundan ziyod aza tutmay, 40 qundan so‘ng azaliq kiyimini tashlasa lozim. To‘y va aza xususinda bizning fikrimizga kelgan narsalar shulardan iboratdir. Bu urf va odatlar shahar xalqig‘a maxsus bo‘lib, ammo uyezd va sahro xalqining bu to‘g‘ridagi odatlari boshqachadirkim, biz andan butun xabardor emasmiz. Endi uyezd va shahar sho‘rolari ila musulmon ishtirokiyun firqasindan o‘tinamizkim, ushbu marosim va odatning islohi xususinda kengashlashib yaxshi qarorlar chiqarsunlar. Va o‘shal qarornomalarindan bir necha ming bosturub, xalq orasinda tarqatsunlar edi. Shunday qarornomaga amal kilmag‘on to‘y va aza egalari bilan guzar komitetlarini mas’uliyatg‘a tortib, alarni qattiq jazolarg‘a mahkum etsunlar edi. To‘y-ta’ziya isroflari Inqilob davrida eng ko‘p mavzui bahs bo‘lg‘on masalalardan biri, shubhasiz, to‘y va ta’ziya isroflaridir. 6-7 yil ichida o‘zbek matbuoti, ayniqsa, Samarqandda chiqqan gazetalar to‘y, ta’ziya isrofotining islohi uchun ko‘p narsa yozdilar va bu to‘g‘ridagi fikr-mulohazalarini hukumatga takdim etdilar. Bir necha marotaba hukumat ham bularning faryodini eshitib, xalq orasidag‘i bunday isrofliqlarg‘a qarshi chora ko‘rdi. Yaxshi qarorlar chiqardi. Lekin Samarqandda bu haqda ko‘rilgan tadbirlar ko‘p vaqt o‘tmay mas’ul ishchilarimizning parvosizligi bilan natijasiz qoldi. Yana to‘y va aza isroflari burung‘usidek davom eta boshladi. So‘ngg‘i bir-ikki yilda yurtimizning iqgisodiy ishlari bir muncha yo‘lg‘a qo‘yilishi bilan boynamolarimiz yana jonlana boshladilar. Shuning bilan barobar avvalg‘i urf-odatlar, isrofchiliqlar yana joriy bo‘la boshladi. Ayniqsa, so‘ng chog‘larda to‘ylarda odamlarg‘a to‘n kiygizish, qand va choy in’om etish, katta-katta nonlar, turlik shi-ravorlar ulashtirish odati yana ishga oshiriddi. Nikoh to‘ylaridag‘i «tutuz» ro‘molcha, kashidalar, ta’ziya kunlarida qabr ustida xalqqa pul va yirtish berish, uch, yetti, yigirma, qirq qilishlar yana burung‘i holig‘a qaytdi. Kambag‘al xalqimiz u rasmu rusum va urfu odatlarning ijrosi bilan yana ezila boshladi. Bunday isrofchiliqlar orasida yana bog‘ sotish, hovli garov qo‘yish va kekirdakkacha qarzga botishlar ko‘rina boshladi. Buning uchun xalqni ayblab bo‘lmaydi. Chunki hali xalq nodon. Bilamiz, xalqning ota-bobosidan qolg‘on urfu odatlar asiri bo‘lishi tabiiydir. Bizda taqlid, obro‘y, nomus va g‘azzoti nafs degan narsalar ham bor. Mana shu sifatlar avom xalqni har balog‘a uchratadur. «Faloncha to‘yda unday qilibdi, men bundan kammi» yoki «urfu rasmni rioya qil-masam, meni do‘stu dushmanlarim uyat qiladurlar», deb xalqimiz yana avvalg‘i isrofchiliqlarni joriy etishga o‘zini majbur biladur. Shuning bilan o‘zini har qanday tahlikaga soladur va ikki kunda o‘zining boru yo‘g‘idan ajrachadur. Xalqni o‘z holida qo‘ya bersangiz, u o‘zining nafu zararini o‘ylamay, har bir to‘g‘ri kelgan ishni qila beradir. O‘lgunigacha foydasiz urfu odatlarning asoratidan chiqa olmaydur, lekin xalkni o‘z holig‘a qo‘yish tuzuk emas. Mas’ul ishchilarimiz va yoshlarimizning har bir to‘g‘rida xalqqa yo‘lboshchi va ta’minotchi bo‘lib turishlari kerakdir. Xalqni to‘g‘ri yo‘lg‘a olib borish va uni har qanday zararlik harakatlardan saqlash ana shularning vazifasidir. Lekin esizkim, bizning mas’ul ishchilarimiz, maorifchilarimiz va yoshlarimiz bu muhim vazifalarini ham bajara olg‘onlari yo‘q. Hatto, ulardan ba’zilarining shunday eski rasmu odatlarga rioya qilg‘onliqlari ham ko‘riladir. Mana bu ish ularning sha’niga yarashmayturg‘on bir sifatdir. Biz shuning bilan xalqimizning yo‘lboshchisi bo‘lg‘on mas’ul ishchilarga yana bir martaba yuzimizni o‘girib aytamizkim, o‘rtoqlar, ishchi-dehqon ommasi sizga ishongan va sizni qancha umidlar bilan ish boshig‘a qo‘yg‘ondir. Shuning uchun siz ham o‘z bo‘yningizdagi vazifalaringizni o‘tangiz. Faqir xalqni zararlik urf-odatlar va isrofchiliqlar changalidan qutqazish uchun bor kuchingizni sarf etib, bu to‘g‘rida jidtsiy choralar ko‘ringiz. Tugallanish yo‘lida Jiddiy g‘ayrat, samimiy harakat bo‘lg‘onda, har narsani yuqori ko‘tarish — tugallatish mumkin. Buning teskarisicha, parvosizlik va dangasalik orqasidan tuzukkina bir narsaning buzilib ketishi va ko‘tarilayozg‘on bir binoning qaytadan yiqilib qolishi belgilikdir. «Zarafshon» gazetasi o‘zining ikki yillik davomi chog‘ida cheksiz g‘ayrat va mehnatlar orqasida tugallanib, bugungi holig‘a keldi. «Zarafshon»ning 1-soni bilan bu kungi 200-sonini bir-biriga solishtirib qarasangiz, mundarija va texnika jihatidan yerdan ko‘kkacha ayirma ko‘rasiz. Bu nimadan bo‘ldi? Ochiq suratda ma’lumdirki, bu zamon va turmushning talabiga muvofiq takomul (tugallanish) tomonig‘a intilishdan bo‘ldi. Lekin hozirgi zamonimizning taqozosig‘a va ishchi-dehqon ommasining turlig‘ ehtiyojlarig‘a qarag‘anda, «Zarafshon»ning bu kungi holi ham qanoatlanarliq darajada emas. Chunki biz ilgari «So‘z va qaror» davrida bo‘lsaq, hozirgi vaqtda har bir maqsadni amalga qo‘yish davridamiz. Shuning uchun bunday muhim havoyi so‘zlar va aslsiz, juz’iy xabarlar bilan o‘zbek matbuotini to‘ldirish yaramaydi. Xalqimizning hozirgi cheksiz ehtiyoji bizdan qatiy so‘z va faoliyat so‘raydi. Biz o‘zimiz hamma vaqt aytib turamiz va iqror etamizkim, matbuot elning tili, xalqning yo‘lboshchisi va turmushning oynasidir. Darvoqe shundaydir. Lekin biz bu gapni bilib turib o‘zimiz shunga keragicha amal qilmaymiz. Shuning uchun bizning ko‘p so‘zimizdan va ko‘p ishimizdan ozgina natija hosil bo‘ladi. Matbuot, bir yoqdan, xalqning yo‘lboshchisi bo‘lsa, ikkinchi yoqdan, hukumatning fikr tarqatuvchisidir. Shunday ekan, hukumatning so‘zlariga bizning ahamiyat berishimizdek, bizning dod-faryodlarimizg‘a hukumat idoralarining quloq solishi ham kerakdir. Holbuki, bu maqsadning ko‘pincha amalga chiqmay qolishini ko‘ramiz. Chunonchi, hukumatning maqsadiga muvofiq gazetalarimiz bir masala xususida tashviq yo‘li bilan xabar va maqolalar yozadir. Va uni ishga oshirish uchun tirishadir. Lekin oxirida shu ishni vujudga chiqarish yo‘lida ba’zi rasmiy idoralar va yoki ma’murlar tomonidan parvosizlik voqe’ bo‘ladir. Yoki ba’zi vaqt gazeta o‘zi bir ishga ahamiyat berib yozg‘on narsasini hukumat ta’qib etmay turadur. Shuning bilan u ish o‘zining tartibsiz holida davom etaberadir. Mana shunday ko‘ngilsiz shaylar doim ko‘rinib turadirkim, bundan keyin shunga ham diqqat etish va nihoyat berish lozimdir. «Zarafshon» gazetasi bu ikki yil ichida o‘zini har jihatdan tugallatish uchun qo‘lidan kelganicha fidokorlik etdi. Lekin bu kungacha til va sheva masalasiga keragincha ahamiyat bermadi. Holbuki, bu birinchi navbatda turg‘on muhim masalalardan biri edi. «Zarafshon» boshqarmasi o‘zining ikki yillik davrida boshqa narsalar qatorida tilni soddalashtirish yo‘lida ham bir muncha ahamiyat bersa edi, bu kungacha bu to‘g‘rida ham zo‘r muvaffaqiyatlarga yetishgan bo‘lur edi. Biz gazetani xalq uchun chiqaramiz. Va har bir so‘zimizni xalqqa tushuntirmoqchi bo‘lamiz. Gazetamizning tilini xalq anglaydir deb ham o‘ylaymiz. Holbuki, xalqimiz gazeta so‘zlarining loaqal 15 foizini tushunmaydir. Gazetamizni o‘qib butun anglaydurg‘onlar esa juda ozdir. Mana shuning uchun ham chora ko‘rish kerakdir. «Zarafshon» idorasiga lozimdirkim, bu muhim ish uchun ham kerakli tadbirlarni ko‘rgay. Hali «Zarafshon» boshqarmasida barcha materiallarni ko‘zdan o‘tkazib, ularni tuzatadurg‘on muayyan bir kishi yo‘qdur. Shuning uchun barcha maqola va xabarlar durustroq tuzatilmay, bosmaxonaga yuboriladir. Ba’zan hech bir ko‘rilmay to‘g‘ridan-to‘g‘ri gazetaga o‘tkazilgan narsalar ham uchraydir. Endi bundan so‘ngra «Zarafshon» boshqarmasi shu kamchilikni ham to‘ldirsa kerakdir. Yana bir masala bordir. Bunga ham «Zarafshon» idorasi lozimincha ahamiyat bermay keldi. Bu esa xurofotchi mulla va eshonlar bilan qattiq suratda kurashish ishidir. Hali bizning ishchi-dehqon xalqimizning 95 foizi deyarlik o‘shal eskiparast unsurning ta’siri ostida yashaydi. Shul sababdan xalqimizning ko‘pchilik qismi yangi turmushg‘a, maorif va madaniyatga yaxshi ko‘z bilan qaramaydir. Mana shuning uchun eski turmush tarafdori bo‘lg‘on mulla va eshonlar bilan kurashish kerakdir. Bular bilan kurashish yolg‘iz hajviy jurnallarimizning kulgilik maqola va karikaturalari bilan bo‘lmas. Buning uchun gazetalarning hamma vaqt jiddiy tanqidlar yozib turishlari lozimdir. Hajviy jurnallarimiz bu to‘g‘rida o‘z vazifalarini bajarib turmoqda bo‘lsalar ham, lekin gazetalarimiz uchun ahamiyat bermay turadurlar. Shunga ishonish kerakki, xalqimiz unday zararlik unsurlarning changalidan qutulmag‘uncha yangi turmush sari bora olmas. Umid etamizki, «Zarafshon» gazetasi har jihatdan yuksala boshlag‘ani bois bu kamchiliklarni to‘ldirishg‘a ham tirishar. Vaqtsiz mubohasa (Til birlashtirish to‘g‘risida) Bir-ikki oydan beri «Zarafshon» gazetasida til birlashtirish to‘g‘risida mubohasa bo‘lib turadur. Bu eski masalani yangidan qo‘zg‘atuvchi o‘rtoq Nosirali bo‘ldi. Bu zot barcha turklar uchun umumiy adabiy tilning tarafdori bo‘lsa-da, o‘zi bu haqda tublik bir chora va yo‘l ko‘rsata olmaydur. Bu masalaga qarshi bo‘lg‘on o‘rtoq Bektosh esa, ko‘b shevalarga bo‘linib ketgan turk tilini birlashtirish mumkin emasligini isbot etmakchi bo‘lib, bir oz dalillar ham keltiradur. Menimcha, bu masala qancha muhim bo‘lsa, o‘shancha qiyindir. Quruq tilak yoki bir necha maqola bilan bu og‘ir va mushqul masalani hal etib bo‘lmaydur. Bu ish mumkin bo‘lgon taqdirda ham, buni vujudga chiqarish uchun ko‘b kuch va qo‘b zamonlar kerakdur. Holbuki, uncha kuch va u qadar fursat hali bizda yo‘qdur. Hozirda bizning oldimizda til bir-lashtirish masalasidan necha qatla muhimrak masalalar ko‘bdirkim, uning birinchisi maorif va xalqni oqartish masalasidur. Mana, boshlab shu muhim masalani hal etish va bor kuchimizni shu yo‘lda sarf qilish kerak edi. Albatta, bu ishga ham til masalasi zo‘r ro‘llar o‘ynaydur. Modomiki, bir xalq ichida maorif tarqatish xalqning o‘z ona tili bilan bo‘ladur, biz ham xalqimizni oqartish uchun o‘zbek tiliga ahamiyat bersak lozimdur. Ya’ni o‘zbekcha tilni o‘zbeklar anglarliq bir holg‘a qo‘yishimiz kerakdir. Bu ish esa tabiiy til birlashdirishga xilof bir hol bo‘lib qoladir. Shuning uchun umumturklar uchun mushtarak adabiy bir til vujudga chiqarmoq masalasini qo‘zg‘atish biz uchun hanuz vaqtsiz, ham foydasiz bir ishdur. Chunki dunyodagi 70 milliyun turk uchun mushtarak adabiy bir tilni vujudga chiqarish, menimcha, turk shevalaridan birini asos tutub o‘rta bir holg‘a qo‘yish bilan mumkin bo‘ladurkim, bu esa avom tili bo‘lmay, yolg‘uz xavos tili bo‘lib qolur. Chunki o‘rta turkcha shevasida yozg‘on bir kitobni bir oz ilmlik ziyoli sinf o‘qub anglay olsa-da, lekin xat-savodlik avom sinfi tegishlik darajada o‘quya olmaydur. Shuning uchun til birlashdirish maqsadi yana hosil bo‘lmay qoladur. Marhum Ismoilbek o‘zining «Tarjumon» gazetasi bilan til birlashdirish to‘g‘risida 25 yil fikr tarqatdi. Bu muddatda Rusiya musulmonlari orasida o‘ziga tarafdorlar ham topdi. Lekin tajriba natijasida bu ishning mumkin bo‘lmasliq darajada qiyinlig‘i ko‘runa boshladi. Totoristondagi ba’zi «tavhidi lison»chilar o‘zlari ma’qul ko‘rgan o‘rta turkcha shevasini qo‘yub sodda totorcha yozishg‘a majbur bo‘ldilar. To‘g‘risi, ularni muhitning o‘zi xalqtiliga yozishg‘a majbur etdi. Turkistonda «tavhidi lison»chilarning birinchisi, manim bilganimcha, marhum Behbudiy edi. Behbudiy afandi maktab uchun bir necha risolasini (til birlashdirishga xidmat qilsun deb) o‘rtaroq shevada yozishg‘a tirishdi. Bu maqsadni asarlarining muqaddimasida ham yozib o‘tdi. «Samarqand» gazetasida ham shu maqsadni ta’qib etdi. Hatto «Oyna» majmuasining birinchi yilida ham boyog‘i fikridan qaytmadi. Bu to‘g‘rida Behbudiy afandi bilan bazai mubohasa qilishar edik. Mumkin qadar xalq tushunarlik darajada sodda o‘zbekcha yozishning kerakligini aytar edik. Lekin ul hech qabul qilmas edi. Behbudiy afandi aytar edi: «Har narsaning taraqqiy qilishidek tilning ham yuksalishi lozimdur. O‘zbek tilining yuksalishi turkcha (usmonlicha)ga yaqinlashishi bilan bo‘ladur. Biz o‘zbekchani shu yo‘l bilan yuqori ko‘tarsak, turklar ham o‘z tillaridan mumkin qadar forscha va arabcha so‘zlarni chiqarsalar, shuning bilan o‘rta bir sheva maydong‘a chiqib til birlashish vujudga chiqar». Behbudiy afandi umrining oxirig‘acha shu fikridan qaytmagandek ko‘rungan bo‘lsa ham, lekin o‘zi bora-bora soddaroq o‘zbekcha yoza boshladi. Bu esa «Oyna» majallasining ikkinchi jildida yozg‘on maqolalaridan bilinadur. Men bu so‘zlar bilan til birlashdirishga qarshi ekanligimni bildirmakchi emasman. Men ham shu ishning vujudga chiqishini istayman. Lekin bo‘lishi g‘oyat ko‘b sharoitg‘a muvofiq bo‘lg‘on bunday bir ishning orqasindan ovora bo‘lib yurishni hozircha vaqtsiz deb bilaman. Menga qolsa til birlashdirishdan ko‘ra hozirda o‘z tilimiz bo‘lg‘on o‘zbekchani xalqimizga qulayroq tushuntira olurliq darajada soddalashdirish lozimdir. O‘zbekcha sarf-nahv va nazariyoti adabiyalar tuzish, tugal lug‘at kitoblari yozib, bosdirish zarurdur. Totorlarning til va adabiyot mutaxassislaridan o‘rtoq Zaki Validiy «Bizning yo‘l» jurnalida til haqida yaxshig‘ina bir maqola yozg‘on. Validiy o‘rtoq maqolasining bir o‘rnida til birlashdirish to‘g‘risida bir necha satr yozib o‘tgan. Mavzuimizg‘a muvofiq bo‘lg‘oni uchun uning so‘zlarini bunda ko‘chirishni foydaliq bildik: «Hozirgi kunda turk-totor xalqlaridek madaniyatda yayov bo‘lg‘on xalqtarning oldida, tillarini birlashtirishdan ko‘brak tilni xalqqa yaqinlashdirish, uni keng o‘lchovda maorif quroli etib tutish turadur. Xalq o‘qumishlik, ham madaniyatlik bo‘lsa, unga o‘ziga maxsus adabiy til vujudga ketirish uchun sonning uncha ko‘b bo‘lishi kerak emas. 5-6 milliyunlik gollandiyolilar tillarining nemischaga juda yaqin bo‘lishig‘a qaramasdan, uni o‘zlariga maxsus adabiy til holida saqlab keladilar. O‘shandoq lotish, gruzin, arman kabi xalqlarning ham o‘zlariga maxsus boyg‘ina adabiyotlari bor. Xalqlarning yengil anglashishlari, ham madaniyatda keng olish-berish qilishda, albatta, tillarning yaqinlig‘i juda muhim omil bo‘lur. Lekin buning uchun tillarning butunlay birlashishlari lozim emas. Yaqinliqlari kifoya etadur. Hozirgi Yovrupo tillarining, ayniqsa ularning bir oiladan bo‘lg‘onlarining (masalan germon, rumon ham isloviyon tillarining) birini bilgach, ikkinchisini bilish juda yengildir. Ehtimol, bir vaqt bir-biriga yaqin turg‘on tillar butunlay birlasharlar. Ehtimol, butun dunyodag‘i tillarning birlashishi uchun boshlab shunday yaqin bo‘lg‘on tillarning birlashishlari keraqdir. Lekin hali bu bukunning masalasi emas, buni biz texnikaning yurish, aralashish asbobining xayollarg‘a kelmagan ravishda taraqqiy etishi va shuning orqasida hozirgi ijtimoiy munosabatlarning tor-mor bo‘lishi natijasida ko‘ramiz». Validiy o‘rtoqning «Turk-totor tillarining yozilishi» sarlavhalik bu muhim maqolasining boshlari jurnalning o‘tgan sonlarida bosilg‘on ekankim, maaltaassuf, ularni ko‘rolmadim. Til va adabiyot bilan mashg‘ul bo‘lg‘on zotlarg‘a o‘shal maqolalarni topib o‘qishlarini tavsiya etaman. Vasliy (tarjimai hol) Islohparvar olim va shoirlarimizdan samarqandlik mulla Sayidahmad Vasliy 29nchi o‘ktabrda vafot etdi. Vasliy XX asr boshlarida maydonga otilib, usuli jadid maktablariga yordam va tarafdorlik eta boshlag‘on haqqoniy olimlarimizdan biridir. Samarqandda 1903nchi yidda ochila boshlag‘on yangi maktablar uchun boshlab kitob yozib bostirg‘onlardan biri Vasliydir. Hatto Samarqandda ko‘p vaqt davom qilg‘on 1-2 maktabning ochilishig‘a Vasliy sabab bo‘lg‘ondir. Shuning uchun biz bu yerda uning qisqacha tarjimai holini, maktab va maorif yo‘lida qilg‘on xizmatlarini yozib o‘tmakni lozim bilamiz. Vasliy Samarqandda «Ko‘k masjid» guzarida 1287nchi xijriy (1869 m.) yidda dunyog‘a kelgan. Otasi usta Azim degan bir kordgar (pichoq yasag‘uvchi) ekan. Vasliyning yetti yoshliq vaqtida otasi o‘lgan. Vasliyning ibtidoiy tahsili Samarqandda mirzo Abdulhamid oddida bo‘lg‘on. Vasliy o‘zining 14 yoshlik chog‘ida onasi bilan Toshkantga Abulqosim degan tog‘asining uyig‘a borib turg‘on. Shundagi Ko‘kaldosh madrasasida mulla Ya’qub huzurida aqoidg‘acha o‘qug‘on. So‘ngra onasi bilan birga (1892nchi) yana Samarqandg‘a ko‘chib kelgan. Bir yildan keyin o‘qush uchun har yil tahsil chog‘ida Buxorog‘a borib kelib yurgan. 1902nchi yilda Buxoroda xatmi kutub qilg‘on. Vasliy Buxoroda rasmiy darslarini qozi kalon Badriddin oldida o‘qug‘on bo‘lsa ham, eng katta ustozi mullo Abduroziqcha bo‘lg‘on. Vasliy 1905nchi yildan e’tiboran Buxoroda rasmiy mudarris tayin etilib, besh yil chamasi darsgo‘ylik qilg‘on. So‘ngra Buxoro mudarrisligidan voz kechib, Samarqandda tura boshlag‘on. Bunda boshlab Shohizinda madrasasida va so‘ngra Orifjonboy madrasasida mudarris bo‘lub, bu kungacha darsgo‘ylik qilib kelmakda edi. Vasliy afandi eski madrasalardagi tahsil va tadris usulining kamchiliklarini boshlab onglag‘onlardan, ham shuning islohiga doir o‘zbek matbuotida eng avval o‘z fikrini yozg‘on kishilardandir. 1907nchi yidda totor olim va muharrirlaridan Abdurashid Ibrohimuf Turkiston sayohatiga kelib Buxorog‘a tushganida, Vasliy unga Buxoro madrasalarining usulsizligi va hukumat idoralarining buzuqlig‘i to‘g‘risida ma’lumot bergan edi. Sayyoh Abdurashid Ibrohimuf Vasliydan olg‘on ma’lumotini o‘zining muhokama va tanqidlari bilan birga o‘sha vaqtda Qozonda chiqaturg‘on «Axbor» gazetasida nashr qilg‘onida, bu voqea butun Buxoro ulamolarini g‘alayong‘a kelturgon edi. Shuning natijasida Buxoro qozi kaloni Vasliyni o‘z huzuriga chaqirib olib qattiq urushqonini eshitgan edik. 1906nchi yildan boshlab Turkistonda chiqqan har bir o‘zbekcha gazetaga Vasliyning islohparvarona she’r va maqolalari bosilg‘ondir. 14-15nchi yillarda Vasliy afandi «Oyna» jurnali bilan «Sadoyi Farg‘ona» gazetasida ba’zi masalalarga qarshi chiqib maqolalar yozg‘on bo‘lsa ham, so‘ngra mubohasa natijasida sukut etishga majbur bo‘lg‘on edi. Vasliyning eng yaxshi ko‘raturg‘on ishlaridan biri darsgo‘ylik bo‘lsa, ikkinchisi asar yozib bostirish edi. Vasliy afandi o‘lganigacha shul ikki ishdan qo‘l tortmadi, turli mavzuda o‘zi yozg‘on forscha, o‘zbekcha va arabcha asarlarining ko‘bisini o‘zi bostirib tarqatdi. Vasliy ulumi arabiyaga mohir bo‘lub, ilm va fazli bilan Turkistonda anchagina shuhrat chiqarg‘on edi. Ul qoidasiz «havoshiy»xonliqlarg‘a qarshi bo‘lub, o‘z zamonidag‘i mutaassib mullalardan ham rozi emas edi. Hamma vaqt o‘zining shogird va suhbatdoshlariga «zamonga muvofiq olim bo‘lish kerak», deb gapirar va hatto, ba’zi shogirdlarini «aqoid» o‘qishdan man’ qilar edi. Vasliyning bu kungacha bosilg‘on asarlari: 1) Bayon ul-huruf (forscha alifbo) 2) Asos ul-islom (forscha aqoid) 3) Asl ul-ahkom (forscha ilmi hol) 4) Zijr ul-mag‘rur (forscha axloq) 5) Ibodati islomiya — forscha 6) Bahoristoni Jomiy (o‘zbekcha tarjimasi) 7) Qabul etmali — o‘zbekcha 8) Boqmoq kerak — o‘zbekcha 9) Devoni forsiy 10) Devoni turkiy 11) Nazm us-silsila — forscha manzuma 12) Imomi A’zam — forscha 13) Madaniyati va shariati islomiya — forscha 14) Muqaddimai sarfu nahvi arabiy ham namunai sarfu nahvi forsiy (forscha) 15) Aqoidi g‘ayri manquta (arabcha) 16) Naf’i ut-tolib (Kofiya sharhi — arabcha) 17) Adab ud-din (o‘zbekcha she’rlar). Bosilmag‘on asarlari: 1) Devoni ash’or (200 bet miqdorida forsiycha-o‘zbekcha she’rlar) 2) Hijobi zanon — forscha 3) Xavas ul-af’ol — forscha 4) Ishtiqoq — forscha 5) Madaniyati va shariati islomiya — o‘zbekcha 6) Mavlud — o‘zbekcha 7) Tarojimi ahvol — o‘zbek muosirlaridan bir necha shoirning kisqacha tarjimai holi 8) O‘zining tarjimai holi va xotiralari — forscha. Vasliy afandi «Tanqih» bilan «Shamsiya»ga arabcha sharh yoza boshlag‘on bo‘lsa ham, 5-6 betdan ortmay chala qolg‘on. Ikki yil burun o‘zining tarjimai holini yozishg‘a kirishgan edi. Bu asarini yozib tamom qilg‘on bo‘lsa kerak. Vasliyning bosilgon va bosilmag‘on turli she’rlari ko‘bdir. Bu yerda uning ilmg‘a tashviq etib yozg‘on she’rlaridan namuna uchun 1-2 tasini ko‘rsatamiz. Vasliyning o‘zbekcha she’ridan namuna: Qaddingdek sarvu mavzun yo‘qtur aslo bo‘ston ichra, Alifdek qomatingni kilki qudrat chekti jon ichra. Labingdan kom olon oshiqg‘a yo‘qtur Xizrdek o‘lmak, Yuzingdan kimki o‘pti qoldi ishqi jovidon ichra. Muattar bo‘ldi olam to sabo tebratdi zulfingni, Hamono atr septi ja’di gisuying jahon ichra. Hariming mahrami ikki jahonni ko‘zga ilmaydir, Sani ko‘rgan kishi g‘ilmon sari boqmas jinon ichra. Munavvar qilsa kulbam mohi ruxsoring tong ermaskim, Topilmas orazingdek mohi tobon osmon ichra. Dilim ishqing fayuzidan hayoti jovidon topdi, Bihamdillahki, mehring kildi jo ruhi ravon ichra. Jamoling rashkidan gul yoqa yirtti, lola bo‘ldi dog‘, Yotar bu ikkisi hasrat bilan bir umr qon ichra. Agar guldek yuzingni ko‘rmasam, ey sho‘x, gulandom, Qolurman ya’sdan bulbul kabi ohu fig‘on ichra. Na yanglig‘ bo‘lmasun Vasliy sanga oshiqki to shul dam, Seningdek nozaninni ko‘rmadi necha zamon ichra. Inqilobdan keyin Vasliy bir tomondan, o‘zining darsgo‘yligi bilan mashg‘ul bo‘lg‘onidek, boshqa tomondan, ba’zi yangi maktablarda forscha adabiyot va sarfu nahv o‘qutib yurdi. 1925nchi yilda Samarqand vaqf sho‘basi tomonidan ochilg‘on «dor ul-ilm»da arabcha sarfu nahvdan dars berib turdi. Vasliy 65 yoshda edi. Undan bir xotun, bir o‘g‘ul va bir qiz qoldi. Xalq dorilfununi Eski hukumat zamoninda Rusiyadagi o‘rta va oliy maktablardan foydalanaturg‘on xalqning ko‘bisi, balki hammasi yolg‘uz boy sinfi edi. Ul chog‘da faqir xalqning bolasi «dorilfunun» degan ilm yurtini tushinda ham ko‘rolmay yolg‘iz ibtidoiy maktabnigina biturib chiqsa, o‘zini baxtiyor sanar edi. Boxusus, biz Turkiston musulmonlari bir yoqdan hukumatning tazyiqi, ikkinchi yoqdan o‘zimizning ilm qadrini bilmaganligimiz sababli anday madrasalardan istifoda qilolmag‘animiz kabi o‘z maktablarimizdan ham lozimincha bahra ololmay yura edik. Ikkinchi inqilob natijasinda Rusiyaning faqir xalqi burung‘i baxtsizliklardan, burung‘i falokatlardan qutulib, rohat yuzi bilan ilm nurini ko‘ra boshladi. Ibtidoiydan to o‘rta va oliy darajadagi ilm yurtlarining eshiklari faqir xalq yuzig‘a qarshi ochildi. Ilgari faqirlig‘i sababli o‘z bolasini yolg‘iz ibtidoiy maktabda davom qildirarg‘a muvaffaq bo‘lolmag‘on xalq bu kunda «dorilfunun» kabi ilm va hunar xazinasidan bir pul masorif tutmayincha istifoda etarg‘a haqli bo‘ldi. O‘ktabr inqilobindan keyin Toshkandda Turkiston xalqi uchun «Xalq dorilfununi» ochilib, aning masorifig‘a o‘ttiz milliyun so‘m taxsis etildi. Bu «dorilfunun» Turkistonning umumiy faqir xalqi uchun ta’sis qiling‘on bo‘lsa ham, lekin biz musulmonlarning ilm-ma’rifat to‘g‘risinda g‘oyat tuban darajada ekanligimiz va shuning uchun undan lozimincha istifoda etolmay qolajagimizni ko‘zda tutib, Toshkandning bir necha g‘ayratli yoshlari Toshkandda musulmonlarg‘a maxsus xalq dorilfununining musulmon sho‘basini ocharg‘a harakat qildilar va bu ishlarg‘a muvaffaq ham bo‘ldilar. Hozirda unda «dorilfunun» sho‘basining ibtidoiy qismindan o‘ndan ziyod maktab, o‘rta qismindan ham ikki sanoyi’ maktabi ochilib o‘quvlar davom etmakdadir. Olg‘on ma’lumotimizg‘a ko‘ra, mazkur ibtidoiy maktablarning beshtasi xotin-qizlarg‘a, boshqalari erkak bolalar bilan katta kishilarg‘a maxsus bo‘lib, hozirda alarning majmuasinda 75 nafarcha muallim va muallima bilan 700 dan oshiq talaba va toliboti bor ekan. Iydi fitr munosabati bilan Toshkanddan Muxtor Bakir afandi Samarqandg‘a kelib, yoshlar majlisinda Toshkandda ochilg‘an «Musulmon xalq dorilfunun»i sho‘basi to‘g‘risinda mufassal ma’lumot berdi va munda ham «dorilfunun» sho‘basi ocharg‘a hozirini taklif etdi. Majlis aning taklifini bir og‘izdan qabul etib, o‘z orasindan tashkilot komissiyasi sayladi. Hozirda bu komissiya dorilfunun sho‘basi ochmoq xususinda tirishmakdadir. Inshoolloh, tezda munda ham dorilfunun sho‘basining ibtidoiy qismi nomi ila erkak bolalar va kattalar ham xotun-qizlarg‘a maxsus bir necha maktab bilan bir sanoyi’ maktabi va qisqa muddatlik muallimalar kursi ochsa kerak. Bu maktablarda 15 yoshdan kichik bo‘lmag‘an harkimsa kabul qilinib, o‘quvlar majjoniy-tekin bo‘ladir. O‘quv vaqtlari ham peshindan keyin har kuni uch soatgina bo‘ladir. Bu maktablarning ibtidoiy qisminda talabalarg‘a ona tilindan oson va ravshan o‘quv, yozuv, hisob, jug‘rofiya, tarix, axloq va ham dehqonchiliq, bog‘chachilig‘ kabi xalq uchun foydali ilmlar o‘rgatilur. Xotin-qizlarg‘a maxsus ochilaturg‘on maktablarda esa muslima muallimalar qo‘iilib, alarg‘a o‘quv-yozuvdan boshqa turli qo‘l hunarlari ham o‘rgatilur. Bulardan boshqa panjshanba kunlarida talaba va tolibotlarg‘a leksiya tariqi bilan madaniy va siyosiy ma’lumot berilur. Sanoyi’ maktabida ham me’morliq, najjorliq, muqovasozlik kabi turli san’at va hunarlar o‘rgatilurki, bu bizning kambag‘al xalq uchun goyat foydali bo‘lsa kerak. Ma’lumdirki, bizning musulmon birodarlarimiz aksariyat ila kambag‘al bo‘lub, yolg‘iz kun o‘tkarmak yoki bir hunarni o‘rganmak uchun bir usta (hunarli) kishining uyida besh-o‘n yil xidmat qilib zo‘rg‘a hunarni o‘rganib chiqadirlar. Mana mundan so‘ng shunday hunarg‘a tolib birodarlarimizning anday ustalarg‘a muhtoj bo‘lmay, to‘p-to‘g‘ri shul sanoyi’ maktabiga kirib, ozgina vaktda xat va savod bilan istagan hunarlarini o‘rganib chiqib tirikchilik etmaklari mumkindir. Xulosa: bu «Xalq dorilfununi» bizning faqir musulmon birodarlarimiz uchun bir ilm va hunar xazinasidirki, uning ochilishi ila barobar xalqimizning komili ixlos va rag‘bat ila undan istifoda etmaklari matlubdir. Xidmatga tuhmat Har bir yaxshi xidmatga qarshi unga yarasha mukofot tayinlamak, hech bo‘lmag‘onda quruq tashakkur va rahmat o‘qumoq tabiiy bo‘lsa-da, ba’zan shunday xidmatlarga qarshi tuhmat eshitmak va taqdir o‘rnida takdir ko‘rmak ham mumkindur. Shunday takdir va tavbih, ham haddan oshuq tanqidni «Zarafshon» gazetasi ham ko‘rub turadur. «Zarafshon»ning chiqa boshlag‘onig‘a sakkiz oy bo‘ldi. Bu muddatning avvalgi ikki yarim oyida gazetani o‘rtoq G‘ozi Yunus chiqardi. 5-6 oydan beri o‘rtoq Ismoilzoda ishlab turadur. Gazeta chiqa boshlag‘ondan beri bu kungacha kerak og‘zaki va kerak maktub orqali har yoqdan tahsin va ofarinlar eshitib keldik. Hech kimning tanqidini va yo norozilig‘ini ko‘rmadik. Hatto gazetamizning Kafkaz va Qrimg‘acha suyilub o‘qulg‘onini eshitdik. Faqat bu orada (aprel boshlarida) markaziy firqa qo‘mitasidan bir martaba tanbeh va ta’lim qog‘ozi oldiq. Bu maktubda gazetamizning ba’zi kamchiliklari yozilg‘on va keraklik ta’limot berilgan edi. Biz u maktubga javob o‘rnida xususiy suratda izoh yozdiq va shuning bilan barobar, gazetamizning kamchiliklarini to‘ldirishga qo‘limizdan kelgancha tirishib keldik. Hanuz tirishmakda bo‘lsaq ham, lekin, maaltaassuf, bu ishga muvaffaq bo‘lolmay turamiz. Gazetani ko‘nglimiz qanoatlanurlik darajada chiqara olmay turamiz. Buning sabablarini ham quyida so‘z mavqei kelganda yozib o‘tamiz. Biz o‘z nuqsonlarimizni e’tirof qilib, shuning ikmoliga tirishib kelayotqanimiz bir vaqtda bukun qiziq bir tanqid va hujumga uchradiq. Ul tanqid va hujum esa bu kunlarda markaz (Toshkand)da bosilib chiqqan «Kommunist yo‘ldoshi» majmuasining 2-3 nchi sonida Qosim o‘rtoq tomonidan yozilg‘on bir maqoladur. Maqola egasi «Zarafshon» gazetasining ba’zi kamchiliklarini to‘g‘ri tanqid qiladur. Ammo 1-2 nuqsonidan o‘zicha allaqanday ma’nolar chiqarib gazeta muharrirlarig‘a hujum qiladur. Kichkina bir kamchilikdan kattagina bir «gunoh» topib, shul bahona bilan gazetani ayblamakchi va uning yozishg‘uvchilarini kim qanday «sinf»lar qatorig‘a eltib qo‘ymoqchi bo‘ladur. Gazetamizning burung‘i 1-2 kamchiligini «dastmoya» qilib olib, «Bu firqa gazetasiga o‘xshamaydur. Bu qanday gazeta, kim gazetasi, kimlar uchun chiqariladur?», deb savol beradur-da, yana o‘zi «bu savolg‘a gazetaning boshidag‘ilar ham javob bera olmaslar», deb «da’vo» ham qilib qo‘yadur. Boshlab uning haqsiz tanqid va tavbihlarini ko‘zdan kechiraylik. Maqolada yoziladur: «Gazeta» «oliy siyosat» bilan ovora, Faronsiya bosqunchilig‘i, rus masalasi, Turkiya va boshqalarg‘a gazeta jiddiy ahamiyat beradur. Samarqandliklarni «oliy siyosat» juda qiziqdursa kerak. Gazetaga qarag‘onda shunday fikrga kelasan… Maqolalar ko‘bisincha yaxshi o‘ylanib yozilmag‘on, siyosiy savodga xilof yo‘sinda bo‘lub, sho‘rolar hukumati uchun tashviqot o‘rniga, o‘qug‘uvchini «hukumat shunaqa ekanda» deyishga majbur qiladur. Gazetaning har numerida baynalmilliy masalalar tekshiriladur. Baynalmilliy siyosat o‘ngdan-da, so‘ldan-da «tahlil» qilinadur… Mana katta kamchilik va «gunoh»imizning biri shu ekan! Siyosat bilan ovora bo‘lish durust emas ekan. Biz aytamizki, siyosiy ahvoldan yozish va xabardor bo‘lishning nima zarari bor ekan? Gazetachilikning bir vazifasi dunyoda bo‘lib turg‘on muhim voqealardan o‘z o‘qug‘uvchilarini xabardor qilib turish emasmi? Bu kunlarda jahongir hukumatlar sho‘ro hukumatini yo‘qotish va butun Sharqni yutish uchun qanday plonlar chizib turubdurlar. Mana ularning maqsad va yo‘llaridan Turkiston xalqini ogoxdantirish gunohmi?… «Gazetaning har numerida baynalmilliy masalalar tekshiriladur» demak katta yolg‘on va bo‘htondur. Biz faqat yanvar, fevral va mart oylaridagina siyosiy ahvoldan ko‘brak yozib turar edik. Aprel boshlarida markaziy firqa qo‘mitasidan bu to‘g‘rida tanbeh va ta’limot olg‘ondan so‘ng ozroq yozaturg‘on bo‘ldiq. Siyosiy maqolalarimiz ko‘bisincha siyosiy savodga xilof ekan yoki tashviqotning teskarisi ekan, buni ochiqdan-ochiq isbot va tanqid qilinsa, biz kamchiligimizning qaysi nuqtada ekanligini bilib, qalamimizni isloh qilar edik. Inson xatosiz bo‘lmas. Balki bizning xatolarimiz ham anchagina bordur. Faqat bu yanglish va xatolarimizni to‘g‘ri tanbeh va tanqid vositasi bilan tuzatishga hozirmiz. Lekin bunday tuhmat yog‘durish yo‘li bilan qiling‘on «tanqid»larni biz chin tanqidlardan sanolmaymiz. Yolg‘iz 1-2 gina xatomizni ko‘zda tutub maqolalarimizning ko‘bisini «siyosiy savodga xilof» demak to‘g‘ridan-to‘g‘ri haqsizliq va haqiqatdan ko‘z yumishdan boshqa narsa emasdur. Shuni ham aytib o‘tish lozimdurkim, siyosatdan gapurma demak, Turkiston xalqig‘a siyosiy ahvolni bilib turish kerak emas, yoki bular siyosatni bilmay «hayvon» kabi yursunlar, demak kabi xato bir fikrdur. To‘g‘risi, bunday so‘zlardan mustamlakachilik isi keladur, desak ham mumkindur. Xayr, Turkiston xalqining 90 foizi ilmsiz avom, bular siyosatga hali tushunmaylar, dedik. Qolg‘on 10 foizi ham siyosatdan xabardor bo‘lmasunmi? Yoki bularning kommunizm siyosatidan boshqa baynalmilliy siyosatdan xabar-dor bo‘lishg‘a haqlari yo‘qmi?… Maqola egasi 2nchi katta «gunoh»imizni shul ravishda tasvir va bayon qiladur. Yuqorida «Zarafshon» kimning gazetasi, kimlar uchun chiqariladur, degan savollarni bergan edik. Bu sababsiz emas edi. Hangoma va bir xil «shior»larni olayliq. Hangomalarda «muharrir»lar sho‘rolar hukumatini «chimchilash» va shu mahallarda tuzalishda bo‘lg‘on kamchiliklardan masxara kilib «kulish»ni zarur ko‘radurlar… Bunda samimiy tanqid yo‘q, faqat kulish, xalqqa sho‘rolar hukumatini oyog‘i bilan yuqori qilib tasvir kilish bor…» Bundan so‘ng yozadur: «Endi shiorlardan bir misol: «Olim buzulsa, olam buzulur». Mana bunday shior (haqiqatan, «aqllik» shior)larni kommunistlar gazetasida ko‘rishga musharraf bo‘lasiz. Bu, kommunistlar gazetasida bosilaturg‘on shiormi?…Buning javobini muharrir o‘rtoqning insofig‘a topshuramiz». Mana shul bir necha kamchiligimiz uchun gazetamiz «allakimlar» gazetasi bo‘lg‘on ekan. Gazetamizning bundan bir necha oy burun chiqqan sonlaridan bir-ikkisida (hajv va kulgu bo‘lumida) achchig‘ haqiqatdan bir necha fiqra yozilg‘on va shunda bir oz qatig‘roq iboratlar bilan ba’zi kamchiliklar tanqid qiling‘on edi. Unda Qosim o‘rtoq aytgancha, hukumatni xalq ko‘ziga yomon qilib ko‘rsatish yo‘q edi. Agar biz ul chog‘da kuchlik sho‘ro hukumatining sodiq xodimlari ichida kichkina bir «tayoq»qa chidalmayturg‘on va uning «hubba»sini «qubba» qilib ko‘rsataturg‘on «xayrixoh»larning borlig‘ini bilgan bo‘lsaq edi, tayog‘imizni bir oz ingichka va yumshoq qilib chiqarg‘on bo‘lur edik. Xayr, balki Qosim o‘rtoq istagancha ba’zi bir kamchiligimizni lozimincha «tasvir» qilishg‘a muvaffaq bo‘la olmag‘ondurmiz. Buning uchun ayb bizning qalamimizdadur. Hukumatimiz yangi va yosh bir hukumatdur. Buning tuzulishida kamchilik va xatolar bo‘lishi tabiiydur. Buni Qosim o‘rtoq ham iqror qiladur. Biz ham bilamiz. Lekin shunday kamchiliklarni jiddiy va to‘g‘ri tanqid qilishg‘a «musoada» bormi? Tanqid qilishqon taqdirda, boshqa bir «xayrixoh» afandi maydong‘a chiqib to‘g‘ri bir so‘zi-mizdan egri bir ma’no chiqarmasmi? Siyosiy idoralarda bizning otimiz aksilharakatchilar qatorida yozilmas-mi?…Bu so‘zlarning har yerda to‘g‘ri javob shul: «haqni aytsak urarlar»… Maqola egasi, gazetamizda bir munosabat bilan bir maqolaning oxirida «olim buzulsa, olam buzulur» degan arablarning hikmatlik bir so‘zini kommunizm maslakiga xilof deb yozadur. Shuning bilan barobar kinoyalik so‘zlar bilan bizni istehzo etib o‘tadur. Qosim o‘rtoqning bu jumlalarini o‘qug‘on kishi gumon qiladurkim, bizning gaze-tamizda shunday «ma’nosiz» shiorlar ko‘b yozilg‘on va bu undan birgina namuna misol bo‘lsa. Holbuki, bundan boshqa bunday hikmatlik so‘zlar hech vaqt yozilg‘on emasdur. Bu ham faqat ulamomizning fitna va fasodkorlig‘i xususida yozilg‘on bir maqolaning ostida yozilgondur. Bu shior kommunizm maslakiga muvofiq bo‘lmasa ham, bizning sharq xalqig‘a ta’sir etarlik ma’nidor bir so‘zdur. Mavqei kelganda shunday hikmatlik so‘zlar yozib o‘tishdan kommunistlar ham zarar ko‘rmaslar, deb o‘ylaymiz. Bu yer Turkistondur. Yovrupo emasdur. Bunda kommunizmning har bir qoida va qonunini birdan hayotga tatbiq qilib bo‘lmaydur. Shuning uchun bundagi gazetalarda yozilaturg‘on so‘zlarning har birini kommunizm maslakiga tatbiq qilib yozish ham mumkin emasdur. Buni esa olti yillik tajribamiz ochiq suratda isbot etib turubdur. Hol shunday ekan, birgina so‘z ustida muncha dod-faryod qilib qiyomat qo‘pturish Qosim o‘rtoq kabi kommunistlarning sha’nig‘a yarashmayturg‘on bir sifatdur. Endi Qosim o‘rtoqning to‘g‘ri tanqidlarig‘a ham bir ko‘z solib o‘tayluk. Ul kamchiliklarimiz qatorida gazetamizda mahalliy xabarlardan, bosmachilikdan oz yozilishini, dehqonlar hayotidan va dehqonchilikdan to‘la ma’lumot yo‘qlig‘ini, firqa turmushidan ozroq yozilib turg‘onini yozib, maqolasining oxirida gazetamizning dehqonlar gazetasi bo‘lishini, siyosat bilan uncha bosh qotirmasliqni, mahalliy hayotdan ko‘prak yozishni tilab qoladur. Biz ham shul yo‘l bilan borishni birinchi maqsadimiz deb bilganimiz uchun bu to‘g‘rida qo‘limizdan kelgancha harakat qilib turubmiz. Lekin esizkim, gazetamizni mu-kammallashturish uchun moddiy va ma’naviy kuchimiz yetishmaydur. Gazeta moliya jihatidan g‘oyat torliqda qolg‘on. Shuning uchun ma’naviy kuchimizni ham ortdurolmay turamiz. Hozirgacha gazetamizda birgina vazifalik muxbirimiz yo‘q edi. Shahar va muzofotimizdagi ba’zi xabarlarni o‘zimiz topib yozar edik. Faqat bu kunlardagina bir muxbir olarg‘a muvaffaq bo‘ldiq. Bu kungacha gazetamizda yolg‘iz bir muharrir, bir musahhih va bir tarjimon bor edi. Bir muharrir qaysi bir ishni bajarsun! Gazetaning har sonida maqola yozsunmi, oqcha uchun kunda hukumat idoralarida yugursunmi, xabarlar yozsunmi yoki o‘zi mutaxassis bo‘lmay turib yuz mavzuda maqolalar yozsunmi? Insof qilinsun!.. Yigirma yoshar yosh bir muharrir qaysi bir ishni qilsun? Shuncha og‘ur sharoit ichida ishlagan gazeta hay’ati tahririyasi gazetani har jihatdan qanday mukammal qila olur? Bu ish mumkinmi? Yuqorida turib «gazeta unday bo‘lsun, bunday bo‘lsun!» degan quruq «amr-farmon»lar yoki «tilak»lar bilan ish bitmas. Orgiq so‘z va qaror zamoni o‘tub, ish davri kelgan. Endi ishlash kerak. Ishlamaganlarni ish boshidan haydash kerak, «quruq so‘z quloqqa yoqmas»… Quruq «ta’limot» berish va «to‘rtasi chor yak» falsafalar sotib o‘lturish afv qilinmasliq jinoyatdur. O‘rtoq Qosim aytgancha, hozirda gazetani dehqon gazetasi qilish mumkin emas, qiling‘onda ham foydasizdur. Biz gazetani dehqon gazetasi qilib so‘zimizni qaysi savodlik dehqong‘a eshitduramiz? Bu ishdan burun boshlab dehqonlar ichida maktab ochish, maorif tarqatish lozim va shuning bilan barobar sekin-sekin gazetani ham dehqonlarg‘a foydalik bir yo‘sinda olib borish kerakdur. So‘zning oxirida shuni ham yozib o‘tamizkim, bizning katta aybimiz bo‘lsa, ul ham kosaleslikni, maddohona va xushomadgo‘ylikni bilmasligimizdur. Shuning uchun to‘g‘riliq bilan hech kimdan qo‘rqmasdan yozaturg‘on so‘zlarimiz o‘zgalarga qattig‘ tegadur. Yangi asar «Oyna» jurnali muharriri Mahmudxo‘ja afandi «Padarkush yoki o‘qumag‘on bolaning holi» ismli tiyotruga qo‘ymak uchun maxsus bir risola tahrir va nashr etubdurlarki, o‘qub chiqduk. Turkiston shevasig‘a yozilg‘on ushbu risolada Turkiston maishatidin bir fojeani g‘oyat muassir ravishda tasvir etilmishdur. Bu risolaning xulosa mazmuni ushbudir: Turkistonlik bir boy o‘z o‘g‘illarini o‘qutmagoni uchun suhbat asnosida bir mullo nasihat berar va ilmning har kim uchun lozimi to‘g‘risida so‘ylar. Boy buning so‘zig‘a quloq solmay, bechora mullog‘a qattiq so‘zlar ila muqobala etar. Mullo ham tomog‘i kuyub, boy mehmonxonasidin arazlab chiqub ketar. Mundin keyin bir ziyoli musulmon kelub, bul ham shul o‘g‘illarini o‘qitmagani uchun xeyli nasihatlar berar. Munga-da boy malolat ila quloq solub, oxiri mudrab uxlab qolur. Bechora ziyoli boyning bu holi asaf ishtimolini ko‘rub, kamoli ta’siridin yig‘lab, boyning xonasidin chiqib ketar. Boyning o‘g‘li yomon odamlar ila pivaxona va fohishaxonalarg‘a yurib, andog‘ fisq va fujurni qilur. Bir kecha pivaxonada jo‘ralari ila sharob ichishib, mast bo‘lub turganlari chog‘da bularning ko‘ngli bir fohishag‘a ketar. Oni suhbatlarig‘a chaqirmoqchi bo‘lurlar. Fohisha esa o‘n besh so‘m olmasdin burun bularning majlisig‘a kelolmaslikini bayon etar. Bularning kissalaridin besh so‘mdin ziyoda pul chiqmas. Mastlik ustig‘a pulsizliq xijolati bularning boshlarini ziyoda qizdirar. Oxiri, boyning mehmonxonasida sanduqdagi aqchasini o‘g‘urlamoqqa qaror berub, o‘g‘urlik asboblarini birga olub, boy yotgan mehmonxonag‘a borub kirarlar. Sanduqni ochgan vaqtda boy uyg‘onub bularni kaltak ila urmoqchi bo‘lur, shu chog‘da boybachcha kelub, otasini qo‘ltiqlab ushlar. Jo‘rasi boyni pichoqlab o‘ldurar, so‘ngra pulni olub pivaxonag‘a kelub, fohishani chaqirub olurlar. Shul kayfu safo asnosida pristuf xabardor bo‘lub, polisalar ila kelub bularni bosib olur, hibs etar. Taftishdin so‘ng bular Sibirga hukm etilur. Mana bundin olinadurgon ibratimiz shulki, boy farzandlarini o‘qitmagoni uchun farzandlari o‘z boshig‘a balo bo‘ldi va o‘zlari ham umrlik Sibirga ketub, na dunyodin, na otasi davlatidan baxt va rohat ko‘rmadilar. Bu foydali risolaning mutolaasini turkistonlik yosh birodarlarimizga ham tavsiya etarmiz. Bahosi 12 tiyindir. Yoshlar! Yurtning umidi yolg‘uz sizgadur Birodarlar! So‘ng asrlarda olami islomning umuman, Turkistonning xususan boshindan o‘tkardigi fojealarni bir-bir sanasak, necha jidd kitob bo‘ladir va bu fojealarning boshlicha sababi bilimsizlik, jaholat, muhokamasizlik, bir-birovga sui zan (badgumonlik), bir-birovga ishonmaslik, biron kattaroq yo mo‘ysafid odam har nima desa ani Xudo tarafindan kelgan vahiydek bilmaklikdan iborat edi. Nodonligimiz shu darajadadirki, asrlardan beri islom olami, Sharq dunyosining boshig‘a qanday falokatlar keddi, bu falokatlarning sababi kimlar va nima edikini bilmaymiz. Holo ham bilmaslikimizga davomat qilmoqdamiz. O‘tgan asrlarni bir yoqqa qo‘yayluk, yolg‘uz shu keyingi to‘rt-besh yilda Turkistonda nimalar bo‘ldi, xabarimiz yo‘q. Holbuki, oramizda mundan oltmish yil burungi hollarni ko‘zi bilan ko‘rgan, rus hukumati mustabidasi bilan muloqot voqealarda ishtirok qilg‘on qariyalarimiz ko‘b. Lekin bechora qariyalarimizdan u fojealarning sababini so‘rasak, «Falon odamlar ruslarg‘a til berdi, falon avliyoning ruhi koyidi yoki falon devona aytdiki, xizr Ilyos rus askarlarig‘a peshdorlik qilmoqdadur. Shuning uchun taslimdan boshqa chora yo‘q edi…»dek safsata so‘zlar so‘zlaydilar. Haqiqat hol nima ekanligiga bir misol bo‘lsun deb, qisqagina bir narsa yozaman. Rus askari Turkiston hududini oshib, Avliyootani ishg‘ol qilayotgan vaqtinda mag‘rur amir Muzaffarning yakka maqsadi Xo‘qand xonlikini mahv etmak edi. Aning zimnicha, Xo‘qand xoni xilofi shar’iy ishlar qila emish. Shuning uchun shariatning yagona egasi bo‘lg‘on Buxoro hukumatiya Xo‘qand xonlig‘ini maxv etmak farz emish. Xo‘qand xonlig‘i esa goh Xudoyorxonning tarafini olib, goh Musulmonqulig‘a pabro‘lik qilib, goh bilmam qaysi eshoni miyonning istihorasig‘a imon keltirub, bir-birovini so‘kmak bilan ovora edi. Ish shu darajaga yetdiki, rus qozoqlari Toshkand shahrini ishg‘ol qildig‘i vaqtda, amir Muzaffar shariat ismindin Xo‘qandni talamoq, xotun-qizlarni nomussiz qilmoq bilan mashg‘ul edi. Aning zimnicha, birinchi fursatda Xo‘qand aholisidan o‘ch olmak lozim edi. Ammo ruslar bo‘lsalar, shariat ismindan muhoraba qiladurgon amir Muzaffar askarining qarshusinda tura olmay, Orenburg‘dan nari yoqg‘a qochishi anig‘ edi. Lekin ish amir Muzaffar o‘ylag‘oncha chiqmadi. Toshkanddan keyii Xo‘jand, O‘ratepa, Jizzax, Yangi Qo‘rg‘on, Samarqand biri orqasindan biri keta boshladi. Bu vaqt e’tiqodlar boshqalandi, bu mag‘lubiyatlarning sababi, hikmati izlandi: «Rus askarining oldayinda xizr Ilyos, bilmam yana qaysi dajjol rahbarlik qila emish. Shuning uchun bu mag‘lubiyatlarg‘a biz turkistonlilarniig hsch daxlimiz yo‘q emish». Ba’zilarning zimnicha, buning sababi o‘zimizning a’moli badimiz emish. Darvoqe, bu bir daraja to‘g‘ri fikr. Lekin masala, bundagi qaysi qism amali badimiz bunda bir qism ishlarda gunohkor bo‘lur. Lekin bu gunoh o‘z shaxsiga oid bo‘ldig‘i uchun aning jazosi qiyomatda mavqufdir. Xudo xoxlasa bag‘ishlar, xohlasa jahannamga yuborur (u shariat hukmi). Ammo bir qism gunohlarga banda aning jazosini shu dunyoda ko‘rur. Misol, ilmsizlik, yomon axloqdek gunohlar. Maaltaassuf, bizning muhtaram faxriylarimiz u fojealarimizga avvalgi qism gunoxlarimizni sabab ko‘rsata edilar. Ammo, darhaqiqat, oxirgi qism gunoxlarimiz, ya’ni nodonligimiz sabab edi. Nodonlik bir gunoxdirki, aning jazosini har kimsa shu dunyoda ko‘rmakga majburdir. U falokatlarning haqiqiy sabablarini tushungan, ish qo‘ldan ketmasdan burun iloj va chorasig‘a fikr yuritgan ba’zi bir odamlar bor edi. Lekin u bechoralarning qaysisi tilchilik, qaysisi hukumatga xiyonat, qaysisi Xo‘qand xonlig‘i, balki Shahrisabz bekiga josuslik gunohlari bilan kesildilar, osildilar, zindonlarg‘a solindilar. Ulug‘ Turkiston parcha-parcha bo‘lub, rus qozoqlari oyog‘i ostinda ezilgandan keyin ham, biz burungi ahvolimizga davomat qildiq. Kelasi kunlar uchun hech bir hozirlik ko‘rmaduk. «Bu hol bilan ketabersak, bir kun dunyo yuzindan mahv va munqariz bo‘lurmiz. Shuning uchun fursat o‘tkarmasdan ilm va ma’rifatga yopishmog‘imiz kerak», deb oramizdan chiqib bizga nasihat bergan mutafakkirlarimizni yana Buxoro amirining, Buxoro ulamosining ish va so‘zlarini o‘zimizga dalil qilib, shariat ismindan jonimiz boricha ilm va maorifg‘a qarshu turduq. Agar bizga aql va muhokama bo‘lsa edi, ellik yillik asorat zamonida chor hukumati bizni qancha qissa ham yana Turkistonning har shahrinda yuzlarcha ilmlik odamlar yetishdira olar edik. Bu inqilob zamoninda munchaliq xatolar, (odamsizlik)ga uchrab, falokatlarga giriftor bo‘lmas edik. Emdi kelayluk inqilob zamonig‘a: biz bu narsaga hozir emas ekanmiz, buyuk Rusiya inqilobi boshlandi. Yana o‘shal mo‘isafidlarimiz, qarilarimiz, ulamomiz maydong‘a otildilar. Har narsani o‘zlari bildikicha yuritmoqchi bo‘ldilar. Tabiiy, bularning bildiklari narsalar mundan ellik yil burundagi odamlarning bildiklarindan oshuq emas edi. Yoshlarimizg‘a kelsak, bularning bir qismi qarilarimizning asorati ostinda edilar, bir qismlari durust tarbiyalari, yetarlik ilmlari va tajribalari bo‘lmadig‘i uchun jiddiy ishlar, inqilob toshqunlarini bajara olmas bir holda edilar. Kerinskiy zamoni o‘tdi, ishchilar davroni keldi, lekin yana biz olami hayratda na deyishimizni, nima qilishimizni bilmasdan sarson edik. Qarilarimiz va tajribakorlarimiz «15 kun, bir oyda sho‘rolar hukumati yo‘q bo‘lur», deb hukumatg‘a yaqinlashmadilar va yaqinlashganlarga shariat ismindan, bilmam, qaysi imon karomatindan qo‘rqub yo‘l bermadilar. Inqilob o‘sdi, Rusiyani butun ishg‘ol qildi, ikki yilni to‘ddurub uchinchi yilg‘a qadam bosdi. Moskov yo‘li ochilib, Turkistong‘a insoniyatparvar o‘rtoqlar rahbar bo‘lib keldilar. Turkiston aholisig‘a ota-bobolarining eslariga kelmagan haqlar berildi. Bu haqlarga ega bo‘lmoqqa yaraydigan yigitlar yetishtirmak uchun maktablar ochildi. Milliyunlar bilan oqcha sarf qilindi va sarf qilinmoqdadir. Asoratdan qochib vatanlarig‘a borayotgan usmonli qondoshlarimiz bizning jaholatimizga jonlari kuyib, muvaqqat bo‘lsa-da, bir necha kun bizga rahbarlik qilmoq uchun Turkistonda to‘xtab fidokorona xizmatlarga kirishdilar. Usmonli qardoshlarimiz yolg‘iz ilm jihatdangina emas, hatto, hukumat va firqa ishlarig‘a kirishib siyosiy jihatdan ham bizga rahbarlik qilmoqdalar. Osmondan tushgan shuncha davlat, shuncha taxt, shuncha huquq, shuncha imtiyoz muqobilinda biz nima qilayotirmiz? Biz yana 50 yil burundagi eski jaholatimiz, eski suizanimiz (badgumonlik), eski soddaligimiz (ta’biri ma’zur ko‘rilsun) eski akdsizligimiz bilan har narsaya o‘zimizcha ma’no berib, xalqni tashvishga, yoshlarni jaholat va axloqsizlikga solib shundoq g‘animat va tor bir fursatni bo‘sh o‘tkarib, turkistonlilarning kelasi kunlari uchun go‘r qazmoqdamiz. Xotirlarga bo‘lsa kerak, o‘tgan yil maktab bolalarini fanniy sayohat uchun ro‘yxat qilayotgondagi «bizning bolalarni soldat qila emish», deb 8-10 yashar bolalarni maktabdan qochirub bog‘larg‘a eltib yoshurdik. Tahriri nufus (aholini ro‘yxat) vaqtinda «Xudo urdi! Soldat bo‘lib o‘larmiz?» deb yigitlarimizni Shahrisabzlarg‘a, Qarshilarg‘a, Buxorolarg‘a qochirduk va necha kun oradan o‘tdi, hech kim soldatliqqa olinmadi. Hudud qoravullari qo‘llarig‘a tushib turmada qamalg‘on yigitlar ham ozod qilindilar. Shahrisabzga qochgonlar oyog‘lari shishib, balolarga giriftor bo‘lib «bozordan qaytg‘on inak»dek takror Samarqandga keldilar. Bularg‘a ham «Qayerg‘a ketib eding!», deb hech kim bir narsa so‘ylamadi, bu aldang‘on qochqunlar ko‘b zararlarg‘a, ko‘b falokatlarg‘a uchradilar. Ko‘b aqchalari sarf bo‘ldi, Samarqandtsa xotun-bolalari kishisiz qoldi. Ba’zilari, ustiga ustak, Shahrisabzda 50 tayoq shalloq ham yedilar. Har nima bo‘ldi-o‘tdi. Yana Vatanlarig‘a keldilar. Lekin bularni ig‘vo bilg‘on nodonlar, bularni qochurg‘on qarilar, bularni shuncha falokatlarga uchratgan otalar qilg‘on ishlaridan hech uyolmadilar. Uyolmoq nari tursin, u noloyiq ig‘volarindan ibrat olib, mundan buyon aql bilan ish qilmoq, muhokama qilib so‘z so‘ylamoqni ham o‘rganmadilar. Muncha uzun-uzun so‘z so‘ylab, o‘quvchilarning boshlarini og‘ritdigimga sabab bo‘lg‘on kichkinagina bir hikoyatni arz qilaman. Ma’lumki, 1919 yil yoz faslindan boshlab Samarqand ham ilmga intila boshladi. Maktablar tartibga qo‘yildi. Mutaadtsid qurslar ochildi. Bu ishlarga usmonli qardoshlarimizning, xususan, eski shahar maorif mudiri Sulaymon Somiy afandining fidokorona xidmatlari saboqot qildi. O‘quvchilar o‘zlarini xalq nazarig‘a ko‘rsata boshladilar. Xususan, «Oltoy darnagi» qursining shogirdlari butun Samarqand aholisining diqqatlarini jalb qildi. Bu jamiyatning gimnastiq, musiqa va tiyotru uchun boshqa-boshqa to‘dasi bordir. Shu kunlarda musiqa to‘dasi bir necha sharqiylarni no‘tasig‘a tabiqot cholmoqdadir. Bu musiqani doira va naqoradan iborat bilib yurgan, yovrupolilardek musiqa chalishni, yovrupolilarg‘a maxsus bir horqa gumon qilib kelgan biz samarqandlilarga katta ishdir. Buning uchun qancha quvonsak haqimiz bor. Lekin ishning ijoboti boshqa o‘rinda, «Oltoy darnagi»ning musiqa to‘dasi a’zolarindan birining onasi o‘g‘lining yovrupolikdek musiqa chalishini ko‘rib, o‘z qisqa aqli bilan yo boshqa bir nodonning ig‘vosi bilan «Xudo urdi, endi o‘glim soldat bo‘ldi», deb hukm qilmish. Go‘yoki bularg‘a musiqa o‘rgatib, fruntg‘a yuborur emishlar. Yo‘qsa, yovrupolilardek musiqa chalmoq nimaga kerak emish. Shul e’tiqodg‘a binoan o‘g‘lini shahrimizg‘a qochirmoqchi bo‘lmish… Ay ahmoq bobo! Agar sho‘rolar hukumatining fruntlari saning o‘g‘lingdek uch sharqiyni zo‘rg‘a chaladurg‘on o‘n ikki nafar samarqandlikka muhtoj bo‘lsa edi, qachonlar sho‘rolar dunyoda yo‘qolib, san va man xotun-bolalarimizgacha vahshiy mutaassiblar, ajnabiy askarlar qo‘l ostinda ezilib, mahv bo‘lur edik. Sho‘rolar hukumatining ikki milliyundan oshiq askari va shunga munosib dastalari bor. Saning o‘g‘lingdek «nonxo‘r sarzabodiy» hech kimning gazakiga doru bo‘lmaydur. O‘tgan yildagi ahmoqliklarni esingga ketur. Jondek gunohsiz o‘g‘lingni vahshiy hamsoyalar qo‘lig‘a o‘z qo‘ling bilan topshirma! Yoshlar! Ay yosh yigirmadan oshgan birodarlar, sizlar bundan buyon mundaqa ahmoqlarning so‘zlarig‘a quloq solmang. Bu fursatlarni g‘animat bilib, ilm yo‘lig‘a yuguring. Vataningiz, bu bekas Vataningizning dardiya davo bo‘ladurgon er va olim yigitlar bo‘lmoqqa cholishing! O‘tgan yil shundaqa og‘ularg‘a aldanib vatandan qochg‘an, yo‘lda ushlanib, turmalarga qamalgan bir necha birodarlaringiz bu yil sizning jamiyatingizning ishlikli eng faol yigitlaridandir. Ularning eslariga o‘tgan yildagi voqea tushsa qizarib, uyolalar, u ishlarga sabab bo‘lg‘onlarga nafrat bayon qilalar. So‘zning qisqasi: bizga nodon odamlarning maslahatindan zarardan boshqa narsa tegmaydur. U odamlar mundan so‘ngra aqlg‘a ham kelmaydurlar. Siz o‘z pok vujudingiz, g‘arazsiz ko‘nglingiz bilan ish qiling! Yoshlar! Yurtning umidi yolg‘iz sizgadir! Yoshlarimiz va qizlar tarbiyasi Bizning Turkistonda boshlab tatar muallimlari va so‘ngra turkistonli yoshlarimiz tarafindan yolg‘uz er bolalarg‘a maxsus yangi maktablar ochila boshlag‘onig‘a 15 yildan oshdi. Bu muddatda hozirgacha bugun Turkiston o‘lkasida 50 dan ortuq maktablar ochildi, lekin kamoli sharmandalik ila iqror bo‘lurg‘a majburmizkim, shul muddatda va shuncha maktablar qatorinda bolalarimizning yarmini tashkil etgan qizlarimiz uchun namuna bo‘lurlik bir dona «Qizlar maktabi» ochilmadi, to‘g‘risi, ocharg‘a harakat qilinmadi. Holbuki, bizning Turkiston yoshlari orasida qizlar tarbiyasining ahamiyatini bilaturg‘on zotlar yo‘q emas, oz bo‘lsa ham bor edi. Bas, nima uchun bu yo‘dda ular tarafindan birlar qadam bosilmadi? Bu savolg‘a javob o‘rninda ba’zi kishilar aytaturg‘onlardirkim: qiz bolalarni o‘qitmoq uchun Turkistonda iqgidorli muallimalarimiz yo‘q edi. Tatar qardoshlarimizdan muallimalar ketirarga zamoni musoid yo‘q edi. Ya’ni eski hukumat mone’ bo‘la edi. Shuning uchun bu to‘g‘rida ayb yoshlarimizda emas, zamondadir. Men bo‘lsam munday sathi yuzaki javoblarg‘a hech vaqt ko‘nmayman. Menimcha, bu harakatsizliklarning sabablari boshqa tarafdan kelgan. Mana shul ochiq haqiqatdir: bizning islom dini xotunlarg‘a o‘zga dinlardan ko‘broq huquq bergan va hurmat ko‘rsatgan, ilm o‘rganishning qarzlig‘ini erkaklar bilan barobar xotun-zanlarg‘a farz etgan bo‘lsa ham, lekin biz musulmonlar, boxusus, biz turkistonlilar necha zamonlardan beri bu haqdagi islom hukmlaryndan va islom ta’limotindan ko‘z yumib, xotinlar huquqini poymol etib va alarni o‘zimizg‘a asir hukminda yurutub kelmakdamiz. Qur’oni karim adolat qilmoq shartila to‘rtgacha xotun olmoqni tajviz etgan ekan, bizlar munday shartlarni hech bir rioyat etmay, ko‘p xotun olmoq payg‘ambarimizning sunnati, savob deb o‘zlig‘imizcha uch-to‘rt xotun olamiz va alarg‘a istagimizcha, charchaganimizcha javr va zulm qilib kelamiz. Islom shariati zarurat vaqtindag‘ina taloqg‘a ruxsat bergan ekan. Biz musulmonlar shaxsiy g‘arazlarimiz va fosid muddaolarimiz bilan gunohsiz xotunlarimizni sababsiz taloq qilib yuboramiz va alarni tiriklay qabrg‘a tiqamiz. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom barcha muslim va muslimalarg‘a ilm o‘rganishning farzlig‘ini ochiq suratda bildirgan ekan. Bizlar o‘z qizlarimizni maktabga yubormay, chor devor orasinda hayvon qatorinda qamab qo‘yamiz va alarni ilmu tarbiya sharafindan, dunyo saodatindan mahrum etamiz. Nima uchun bizlar o‘z qizlarimizni o‘qutmaymiz? Chunki alarning vazifalari uy ishlari va bola tarbiyasidangina iborat emish. Ammo er bolalar esa, o‘qib chiqg‘ondan so‘ng qozi, mudarris, imom, loaqal muallim, mirzo va savdogar bo‘lalar emish. Shuning uchun bularni o‘qutmoq kerak emish. Mana, biz musulmonlar necha asrlardan beri shunday yomon odatlar va buzuq e’tiqodlar bilan yashab kelgan va bu odat bilan e’tiqod bizlarning tamoman ruhimizda va qonimizda singishib qolg‘an. Shuning ta’siri iladirki bizning Turkiston yoshlari nufuzimizning yarmini tashkil etgan besh millionliq ma’naviy hamshiralarimiz uchun 15 yil ichinda loaqal bir dona muntazam maktab ochmadilar yoki xotunlar huquqini himoya uchun biror turli harakat qilmadilar. Matbuotimizg‘a kelsak, 15 yil ichinda Turkistonda necha turli g‘azeta va majmualar chiqoriddi. Lekin alarning («Sadoi Turkiston»dan boshqa) hech birisinda bu to‘g‘rida ahamiyatli bir maqola yozilmadi. «Sadoi Turkiston» g‘aze-tasinda xotun-qizlar haqinda bir necha maqolalar yozildi. Chunki ul g‘azetaning muharriri tatar qardoshlarimizdan Abdurauf afandi Muzaffar edi. Agar ul g‘azeta bizning qo‘limizda bo‘lsa edi, unda xotunlar to‘g‘risinda biror maqola ham yozilmag‘on bo‘lur edi. 14-15nchi yillarda mazluma xotunlarni himoya etib, o‘z shevamizda ikki dona tiyotru risolasi nashr etildi. Bu risolalar tatar yoshlari tarafindan taqdir etilib, Samarqandda takror sahnag‘a qo‘yilg‘on bo‘lsa ham, lekin Turkiston yoshlari tarafindan quruq husni tavajjuh ko‘rmak sharafig‘ada noyil bo‘lmadi. Rusiya inqilobi kabirindan so‘ng tatar qardoshlarimiz xotunlar huquqi to‘g‘risinda qo‘llarindan kelgancha tirishdilar. Qurultoylarinda bu xususda muzokara va mubohasalar etdilar. Ammo bizning Turkiston yosh va ziyolilari xotunlarning huquqini talab etarlik shunday mavqe va majlislarda hozir bo‘lg‘onlarida bu haqda xidmat o‘rninda jinoyat qilib keldilar. Chunonchi, Maskovda bo‘lg‘on umummusulmonlar qurultoyig‘a borg‘on turkistonli bir vakilimiz xotunlar huquqinda so‘z ochilg‘och, hech bir uyolmayincha majlisda chiqib aytgan ediki: «Birodarlar! Bizning Turkiston xotunlari tatar xotunlari istagan huquqni istamaslar. Zinhor bu to‘g‘rinda bizning xotunlarni qotishdirmangiz!» Bultur Xo‘qandda Turkiston Muxtoriyati e’lon qiling‘on qurultoyda Samarqanddan borgan muslima bir vakilaga xotinlar huquqindan so‘ylarg‘a majlis to‘rindagi o‘z ziyolilarimiz tarafindan ruxsat berilmagan edi. Ushbu so‘ng kunlarda Turkiston markazi bo‘lg‘on Toshkandda «Xalq dorilfununi»ning ibtidoiy qismi nomi ila o‘nlab maktablar bilan «dorilmuallimin» kursi ochildi. Ammo bular qatorinda ko‘pdan beri to‘rt ko‘z ila kutib turdikimiz bir dona «Qizlar maktabi» ochilmadi. Loaqal, «dorilfunun» sho‘rosining kelar zamonda shunday maktablar ocharg‘a tashabbus etajagi haqinda biror xabar eshitilmadi. Xulosa, hozirgacha bizning Turkiston yoshlari, qizlarni o‘qutmoq va huquqi mashru’isindan mahrum qiling‘on milliyunlarcha mazluma hamshiralarimizni himoya etmak yo‘linda tilg‘a olurlik biror turli harakatda bo‘lolmadilar. Harakatsizliklari sababli kelar zamondaki o‘z bolalari qoshinda tarixiy mas’uliyatda qolajaqlarini bir daraja eslarig‘a ham tushurmadilar… Inshoolloh, biz mundan so‘ng xotun-qizlar haqinda yozilg‘on maqolalarg‘a g‘azetamizda mamnuniyat ila o‘run berarmiz. Xotunlarni himoya va qizlarni tarbiya etmak choralari to‘g‘risindagi xususiy fikrimizni ham g‘azetamizning kelasi raqamlarindan birisinda yozarmiz. Yuqma kasal Musulmonlar orasida ming uch yuz yildan beri ota-bobolaridan meros qolib kelgan juda qo‘rqunchlik yuqma kasal hukm surib kelayotibdirkim, ul ham xotunjallobliqdir. Bu kasal, qulg‘una va qaysari noxunadan ham yomonroq bo‘lib, sanoqsiz xotun-qizlarimizni baxti qaro qildi. Hadsiz singil-opalarimizni tiriklay qora tuproqqa topshirib keldi. Tag-tagini surishtirib kelsangiz, bu yuqma kasal bizga yo‘qsul otalarimizdan emas, balki ko‘zi chiqqur amir va xonlarimizdan, qorni yorilg‘ur mulla va boylarimizdan yuqub kelgandir. Mullalarimiz fatvoi shar’iy berdilar. Podshoh va shahanshohlarimiz o‘zlarining o‘rdalarini joriyalari bilan to‘ldurdilar. Dindor ulamolarimiz «Muhammad ummati ko‘paysun» deb dalolati xayrda bo‘ldilar. Boy va sarvatdorlarimiz xotunni ko‘paytirib, shariat yuzasidan to‘rtdan oshug‘ini so‘fi qilib qo‘ydilar… Mana, bizning haqparast musulmonlarimiz orasida birdan oshiq xotun olish shu yo‘sinda boshlanib, shu ravishda davom etdi. Go‘r-bago‘r ketgur ota-bobolarimizdan shu tariqada bizga meros qolib keldi. Endi opa-singillarimizning huquqini poymol qiladurg‘on va ularning baxtini o‘yunchoq qilg‘on xotunjalloblarimizning ichki-oilaviy turmushlarig‘a bir ko‘z solayliq. Qani, bular o‘z xotunlarig‘a qanday muomala qiladir-lar va nechuk kayf suradirlar? Birdan ortiq xotun olg‘on kishining tirikchiligi, aysh-ishrati juda qiziqdir. Boshlab shuni aytib beraylikkim, bunday uyda ishq-muhabbat, sadoqat va to‘g‘riliq degan narsa sira bo‘lmas. Siz har kun to‘y-tomoshag‘a boraman desangiz, to‘p-to‘g‘ri ikki xotunlik o‘rtog‘ingizning uyig‘a boring. Tiyotrlarda, sirklarda ko‘rmagan ajoyib tomoshani shunda ko‘rasiz. Xotunlardan biri «foloniy» deb chaqirsa, boshqasi «domona» deb javob beradir. Bunday uyda har vaqt osh deb toshni yediralar. Qosh tuzataman deb ko‘zni chiqaradirlar… Birisi eshikdan qarasa, unisi teshikdan qaraydir. Bularning o‘rtasida kunda necha qatla milla uzush, yoqa yirtish ham voqe’ bo‘lib turadir… Mudohona va munofiqlik ilmini xatm kilg‘on er o‘z xotunlarini, bir tomondan, turlik g‘alati narsalar bilan, boshqa tomondan, «qamchi» siyosati bilan uncha-muncha aldab tursa ham, lekin bu aldashlar ko‘b vaqt davom etmas. Oxiri, yo er xotundan bezor bo‘lib uni haydaydir yoki xotun ajralib o‘zini qutqaradir… Shunday bo‘lmag‘onda ikkovidan biri albatta sil bo‘lib o‘ladir… Shuni ham aytib o‘tish kerakkim, ikki xotunlik oilalarning erlari ko‘pincha dayusmizoj va xunasa aft bo‘lib, xotunlari ham bir muncha satangtabiat va oliftaxo‘y bo‘ladirlar… Biz xotunlarning bu ayb va gunohini hamiyatsiz erlarning bo‘ynig‘a qo‘yamiz. Chunki bu ishlarning bosh sababi ham shulardir. Yurt qayg‘usi (Turkistonning fig‘oni) Man burung‘i zamonda ilm va madaniyat o‘chog‘i bo‘lg‘onim uchun dunyoning ma’mur va mas’ud o‘lkasidan sanalar edim. Shuning uchun ediki, hozirda qo‘ynimdagi (xarobazorlardan iborat bo‘lg‘on) Samarqand — «Samarqand firdavsmonand» atalur edi. Chin o‘g‘lonlarimdan bo‘lg‘on u botur, u jahongir Temur davrida ko‘rgon umroniyat va baxtiyorlig‘im kiyomatg‘acha esimdan chiqmas. Oh! Na bo‘ldikim, so‘ngg‘i bolalarim ilm va maorifdan uzoqlashdilar. Ota-bobolarining yo‘llaridan chiqdilar. Nega otalarindan meros qolg‘on maorifni tashlab jaholatni ixtiyor etdilar? Birlikni qo‘yib, nifoq va nizog‘a nedan kirishdilar? Ilgari yot va dushmanlar qonini to‘kmak bilan iftixor qila ekanlar, so‘ngra jaholat va nafsoni-yat sababli o‘z dindosh va qondoshlarining qonlarini to‘kdilar. Boshqa iborat bilan aytganda, o‘z tomurlariga o‘zlari bolta urdilar. Mana bu ozg‘unliq va axloqsizliqlari sababli bir-birlaridan ayrilishib bo‘lak-bo‘lak bo‘ldilar-da, yotlar tarafindan qulaygina yutildilar, o‘z istiqbollariga xotima chekdilar. Bu orada manim ustimdagi madaniyat osorindan bo‘lg‘on tog‘ kabi madrasalar va rasadxonalar ham xarobazorg‘a aylanib qoldi. Oh! Har na bo‘ldi, endi o‘tdi… Modomiki, manim qo‘limdan chidam, to‘zim va yaxshi duodan boshqa ish kelmas edi, u noxulq bolalarim haqinda Tangridan tavfiq va insof tilab tura edim. Yo‘q, baxtsizlig‘imdan bular tezliqda insof va intibohg‘a kelmadilar. Tevaragimdag‘i yot ellarg‘a qarasam, alarning har birlari kundan-kun madaniylashmoqtsa, olday bormoqda va tinchgina yashamoqdalar. Alarning bu hollarini ko‘rub, yana qot-qot dardim zo‘rayadir, hasratim ko‘payadir, burung‘i shon va shavkatim, imorat va madaniyim esimga kela boshlaydir. Ho‘ngir-ho‘ngir yig‘layman, nola va faryod qilaman… Ammo manim bu holimni ko‘ruvchi ko‘z qayda? Qayg‘uli tovushimni eshitguvchi quloq qani?.. Oh! Qanday baxtiqaro ekanman, nechuk tolesiz ekanmanki, bu kunda manim qo‘shnilarim intiboh azonin eshitib uyg‘ong‘on va o‘z saodatlari sari yugurmoqda bo‘lgon holda, manim baxtsiz avlodim bir-birlari bilan nifoq va adovat kuchi bilan talashib, yoqalashib, oxiri horib, kuchsizlanib jaholat to‘shaginda hanuz uxlamoqda va jonsiz gavdalar kabi hanuz yotmoqdalar… Ay turkistonli turk o‘g‘lonlarim! Endi turingiz! Jaholat uyqusindan uyg‘oningizki, kichik qiyomat qo‘pdi!.. Agar bu chog‘da ham uyg‘onmay o‘zingizni asorat kishaningizdan, yoqangizni jaholat changalindan, yurtingizni dushmanlar tirnog‘indan ajratib qutulmasangiz, so‘nfa buyuk qiyomatda sizlarga tamug‘ yerindan boshqa yurt berilmas, zaqqum oshindan bo‘lak yemak yedirilmaski, rasvoi olam bo‘lursiz. Ay turk bolalarim, uyg‘oningiz! Uyg‘oningiz! Mana, boqingiz, kichik qiyomat bo‘lib qoldi. Har kimsaning nomai a’moli o‘z qo‘lig‘a berildi. «A’moli» tarozusi ham qurildi. Mana qarangiz! «A’moli solih»i ortuq kelgan millatlar shodliq bilan uchmoq, saodat sari chopmoqda. Ammo yomon ilmi ortqon qavmlar «sirot» ko‘prikindan o‘tolmay, tamug‘ sari tushmakda va yiqilmoqdadirlar… Ay suyukli o‘g‘lonlarim, uyg‘oningiz! Uygoningiz! Tong otdi, endi uxlamoq harom!.. Qiyomat qo‘pdi, endi tek turmak mahol! Ana tinglangiz! Hozirgi madaniyatning suri Isrofili, oxir zamonning muazzini na der? Derki, «Hayya ’alal falah!». «Oila» (yoxud) vazoifi xonadoriy Ushbu kunlarda «Oila yoxud vazoifi xonadoriy» nomida forscha yozilg‘on 200 sahifalik ulug‘ bir kitob qo‘limg‘a tushdi. Kitobning muharriri diniy, ijtimoiy, axloqiy ilmlarda keng ma’lumoti bo‘lg‘on muhtaram birodarim Abdurauf Fitrat afandiligini anglab kamoli ixlos va rag‘bat ila boshdan oxirig‘acha mutolaa etdim va ko‘b mustafid bo‘ldim. Men 12 yiddan beri turk-tatar matbuotini ta’qib etub, oila xususida mufassal yozilg‘on munday bir kitobg‘a hanuz tasodif etmagan edim. Fitrat afandi ijtimoiy xastaliklarimizning eng axdliklarini oilalarimizdan topmish va alarning ilojini ham kamoli muvaffaqiyat ila ochiq suratda bayon etmishdir. Kitobda xotun olmoqning shar’iy tariqasi, er va xotunning vazifalari va bolalarning badaniy, axloqiy va fikriy tarbiyasi, yetim va xizmatkorlarning huquqi oyat va hadis ila muffasal suratda bayon etilmishdur. Xususan, xotunlarning islom nazarida huquqi, taaddudi zavjot (ko‘b xotun olmoq)ning mushkilligi va axloqiy zararlari, taaddudi zavjot uchun adolatning shartligi va bu shartning rioyasi nihoyatda mushkul bo‘lub, oning uchun adolat bo‘lmagonda birdan ortuq xotun olmoqning shar’iy durust emasligi, taloqning qaysi vaqtda joizligi dalillari ila muffasal yozilmishdur. Xulosa: bir islom oilasining mas’ud va baxtiyorligi uchun har nimaki lozim bo‘lsa, barchasi ushbu kitobda mubindur. Kitob Bokuda «Maktab» matbaasida bosilmishdur. Kitobning ustida yozilg‘on bahosi 2 so‘m 5 tiyin bo‘lub, noshirining adresi ushbudir: Eski Buxoro, kitobxonai shirkati «Ma’rifat», Mirzo Abdulahad Manzum. Shuni ham yozamizki, mazkur kitobning uch kamchiligi bor: 1) Turkiston sheva turkiysida yozilmaganligi. 2) Fixristsizligi. 3) Oxirida xato-savob jadvali yo‘qligi. Turkistonda yolg‘uz 2-3 yuz minggina forscha biladurgon musulmonlarning xotiri uchun kitob forscha tilda yozilib, ammo bir necha milliyun Turkiston turklari rioya qilinmay kitobning turkcha yozilmasligig‘a sabab na bo‘lsa deb, har kimning xotirig‘a bir savol kelur edi. Mana ushbu savoli mukaddarg‘a muharrir afandi javob bermoqchi bo‘lub, kitobning muqaddimasida bayoni ma’zurat etmishdur. Risolalarg‘a, bilxossa munday ulug‘ va muhim asarlarg‘a bir fixrist ilova etmak va bir xato-savob jadvali qo‘shmoq mutolaa havaskorlarig‘a bir rahnamolik vazifasini ifo etadur. Shuning uchun kitobning muhtaram fidokor noshiridan o‘tinar edikkim, hozirda ham bo‘lsa, bir fixrist va bir xato-savob jadvali tartib etub, kitobning oxirig‘a ilova etsalar edi. «Rishvat» xastalig‘i Asrlardan beri odam bolalarini ezib, qurutib kelgan xastaliq (kasallik)larning eng yomoni va yuqumlisi rishvat xastalig‘idir. Rishvat xastalig‘i hisobsiz odam bolalarini xonavayron, bachagiryon va darbadar qilg‘on. Odam jinsining har bir sinfi orasinda rishvat xastalig‘i hukm surib kelg‘on. Aning panjai istilosindan podshoxdardan boshlab gadoy va go‘lohilarg‘acha hech bir sinf xalq o‘z yoqasini qutqara olmagon. Avval, sonsiz burjuazlarni, hisobsiz mansabdorlarni, nihoyatsiz mulla va kambag‘allarni naqshin o‘rindan, issiqto‘shakindan tortib olib, yillarcha azob va qayg‘u zindonig‘a tiqib qo‘yub, oxiri qabriston tarafig‘a jo‘natib yuborg‘an. Xulosa: rishvat xastalig‘ining odamizodg‘a yetkurgan zarari shuncha ko‘bdirki, agar faqir xalq sinfining ko‘z yoshlari siyohbo‘lsa, bolsheviklar oqchasining barchasi kog‘oz bo‘lsa, jumla besoqol bolalarning kirpiklari qalam bo‘lsa va yer yuzindagi hamma musulmon ishtirokiyunlari kotib bo‘lsa-lar, aning zararindan miliyundan bir hissasini sho‘rolar hukumati tamom bo‘lg‘uncha yozib biturolmaslar. Mundan bir yil ilgari bizning Turkistonda rishvat xastalig‘i uncha ko‘b tarqalmag‘on edi. Ammo 1918nchi yilning boshindan e’tiboran bu xastaliq bizning xalq orasig‘a kundan-kun ko‘payib, xalqimizni temur uylar tarafig‘a jo‘natmoqdadir. Agar bu xastaliqqa qarshi hukumatimizning harakati ila hoziq tabiblar tarafindan muolaja qilinmasa, ozgina bir zamonda butun Turkistonimizning nahang komiga ketishi yoki «Lut qavmi»dek yer yutishi va yo Xudoning g‘azabi ila No‘h to‘fonidek muqaddas Vatanimizni suv yutishi shubhasizdir. Havoyi teleg‘rom vositasila Buxorodan oldig‘imiz bir xabarg‘a ko‘ra, anda amirning «Luqmoni hakim» zamonindan qolg‘an bir hoziq tabibi rishvat xastalig‘ig‘a muolaja etmak tariqasini kashf etib, ushbu xususda «Kayf-safo» isminda yuz jilddan iborat katta bir asar ta’lif etgan. «Malikul-tibbon» laqabi ila shuhrat chiqarg‘on mazkur tabib o‘z kitobining 99nchi jildinda «Aysh-ishrat» faslinda rishvat xastalig‘i to‘g‘risinda ushbu mazmunda ma’lumot beribdur: «Rishvat» xastalig‘i Buxoroda hukm surmoqda bo‘lg‘on «rishta» xastaliqig‘a lafzan o‘xshasa ham, lekin bu ikki turli xastaliq orasinda xeyli ma’naviy tafovut bordir. Chunonchi, rishvat xastaliqig‘a mubtalo bo‘lg‘an kishining qorni kundan-kun shishib, yuzi qizarib, ammo miyasi kundan-kun ozayadur. Rishta xastaliqig‘a yo‘liqqan kishining esa, bil’aks, yuzi ko‘knorilar yuzidek sarg‘ayib, o‘zi kundan kun ariqlanur, kuchsizlanadur. Xo‘rak va ishtahaga kelganda, rishvat xastaliqig‘a giriftor bo‘lg‘on kishining ishtahasi tovuq kabobi bilan konyakni karnaydek tortadir. Ammo rishta chiqarg‘on odam moshoba bilan atalani ham icholmay, zo‘raki ro‘za tutg‘on kishilardek asabiy mijoz va urushqoq bo‘ladir. Rishvat xastaliqig‘a mubtalo bo‘lg‘on kishining muolajasi ushbudir: anday odamni darhol «sobachniy yashik», ya’ni it uyasig‘a tiqib, har kun anga bir parcha qora non bilan bir piyola suvdan boshqa narsa bermaslik kerak. Shul ravishda olti oydan uch yilg‘acha tarbiya qiling‘onda (agar Xudo shifo bersa) tez kunda sog‘ayib ketar». «Tayoq»: mazkur tabibning yuqoridagi bayonatig‘a qarag‘onda, bizning ta’minot komissiyasi ham rishvat xastaliqig‘a mubtalo bo‘lg‘ong‘a o‘xshaydir. «Tayoq» Ko‘b vaqtdan beri millatimni taraqqiy etdirub, boshqa millatlarg‘a o‘xshash osmong‘a uchurmoq niyati oliyasi ko‘nglimda o‘runlashib, muning uchun turli yo‘llar bilan tirishib ko‘rdim. Lekin bu baxtsizlig‘imdan barcha tadbir va hamma xidmatim foyda etmay, bo‘shg‘a ketdi. Ya’ni mil-latimni ko‘klarg‘a uchurmoq nari tursun, loaqal ko‘rlarning asokashidek ani dangasalik vodiysindan uch-to‘rt qadam yetaklab bir chetga chiqarmoqqa ham muvaffaq bo‘lolmadim. Menga o‘xshash boshqa yo‘ldoshlarim ham bu to‘g‘rida biror turli muvaffaqiyat ko‘rolmadilarki, bu shay meni g‘oyat chuqur o‘ylamakga majbur etdi. Bir necha yil ko‘knorilardek o‘ylab yurgandan so‘ng oxiri muvaffaqiyatsizligimning sabablarini topdim. Ya’ni millatni bo‘yni yo‘g‘onliq uyqusindan uyg‘otib ko‘zini ochturmoq yo‘lini bilib oldim. Shunchasini ham aytmasdan, maqsadg‘a kirisha olmaymankim, manim bu zo‘r kashfiyotimg‘a «ilmi ahvoli ruh» fani yaxshig‘ina yordam etdi. Mana, sizga haqiqat! Bizning musulmonlar, boxusus turkistonlilar dangasa, bo‘yniyo‘g‘on, muflis, mutakkabir, g‘alati bir jonvor ekan. Bu jonvorlarni turli buzuqliklardan chiqarib inson qatoryg‘a kirguzmak, ikkinchi bir iborat bilan aytganda, xushyoqmaslik uyqusindan uyg‘otib, qo‘zini ochturmoq uchun «Tayoq»dan boshqa narsa kerak emas ekan. Men bu ishni bir necha martaba tajriba etib yaxshi natijasini ko‘rdimki, xalqni hushyor etmak uchun «Tayoq» afandi zo‘r omil va muassir ekan. Mana shuning uchun «Tayoq» otinda hajviy bir g‘azeta chiqarmoqqa qaror berdim. «Tayoq»ning maqsad va maslagi: To‘g‘riliq va xalqni to‘g‘ri yo‘lg‘a solmoq bo‘lub, ul hech kimga va hech bir quvvatg‘a bo‘yun egmasdir. Ul yolg‘iz chin insoniyat va haqqoniylik qoshinda ehtirom bilan teng turadir. «Tayoq» to‘g‘riliq yo‘linda zo‘raki boylardek sinib mayda-chuyda bo‘lub ketgancha o‘z vazifasini ado etadir, ammo egrilikni hech vaqt qabul etmaydir. So‘zning qisqasi, «Tayoq» to‘g‘rilar uchun asoi huzur, egrilar uchun zulfiqori Alidir. Bukun o‘quvchi afandilarg‘a haqiqat so‘zidan bir-ikki kalima arz etib so‘zni bituraman, mundan so‘ngrada yozib turmoqni rioya etaman. Ay qalam Ay qalam, haq yo‘lida bo‘l to‘g‘ri, Egrilik aylama, bo‘lma o‘g‘ri. Ay qalam, to‘g‘rini egri yozma, Aldanib oqchag‘a yo‘ldan ozma. To‘g‘ri yur, to‘g‘ri gapir, to‘g‘ri yoz, Egrilik qilg‘uvchining qabrin qaz. To‘g‘rilikni o‘zingga maslak tut, To‘g‘ri kelganda bu yo‘lda qon yut. Seni der bunda birov «teskarichi», Birisi der: «Bu kishi millatchi». Biri der «dinchi», biri «ruhiyachi», Biri «nodon», biri «sapsatachi». Kim na der, deyabersin so‘zini, So‘zila ko‘rsatsin yuzini. Iltifot etma alarga, yoza ber, Sen haqiqat chechagin doim ter. Ay qalam, haqni yozarda o‘lg‘il, Maslaking yo‘lida qurbon bo‘lg‘il. Bu zamonda kim erur haqqoniy, Shubhasiz to‘kilur oning qoni. Ijobat bo‘lg‘on duo Ay Xudoi diyrgiri saxt gir! Teztar gar jonaki nodon amir. On amiri, ki nadorad g‘ayri zulm, Fikru zikri digari andar zamir. Koru borash fisqu ayshu-ishratast, Go‘yo az modar o‘ zoda sharir. Ul amirikim kasofat konshshr, Ezmalik avjidadir deb «alkabir». Odamiyat ko‘chasidan o‘tmagan, Sadqai odam bo‘lsun munday amir. Kambag‘alg‘a rahmi yo‘qdir, zulmi ko‘b, Boylarg‘a lutf ila mehri kasir. Burjuazlarg‘a berar yog‘liq palov, Kambag‘al ishchiga bermaydir xamir. Mullalarni adtsabon «dahyak» bilan, Vaqflarni ushr birlan o‘zi yer. Boyu mullalar anga sotliq chimor, Bevayu bechoradir sog‘liq sigir. Peshkash aylar amirga zulm ila, O‘z bolasin boyu mullayu faqir. Bachchabozliqda anga yo‘qdir misol, Mayparastliqda anga yo‘qdir nazir. Ersiz qiz qolmadi qo‘l ostida, Chunki bo‘ldi barcha qizg‘a o‘zi er. Shul jihatdan haqlidir har kim desa: «Biz Buxoro xalqi avlodi amir». Garchi bo‘lsa oti Olimxon to‘ra, O‘zi ilmu fazldan yo‘qdir xabar. Shul sababdan olimg‘a dushman erur, Chin ilm ahlini zindong‘a solur. «Istaraz»chilarni ho‘kizdek boqur, Hurriyatchilarni qo‘ydek boshin kesur. Hurriyatdan so‘zlasang — joni chiqar, Zulmdan so‘z boshlasang, bo‘lg‘ay daler. Bundayin zolim, ilohi, tezroq Bolsheviklar qo‘lig‘a tushgay asir. Barcha molu mulku taxtu baxtini Bolsheviklar aylagay yibir-esir. Qo‘rqmayin to‘g‘ri yozar botur «Tayoq», Garchi bo‘lsa qatl, yo borsa Sibir. Nima edik, nima bo‘ldik, nima qilaylik «Nima edik, nima bo‘ldik?» so‘rog‘i Esimizga keladi har chog‘i. «Nima qilmoq kerak edi?» derlar, Bizdagi kambag‘al ishchi-erlar. Ilgari bizlarga matlab bor edi, Yangi maktab, eski maktab bor edi. Chiqar edi bir-ikki ro‘znoma, O‘qir edi uni xosu omma. Yoshlarda dard ila g‘ayrat bor edi, Xalqda ozgina himmat bor edi. Nima bo‘ldi — ishimiz o‘zgardi, Sog‘lig‘i ketdiyu qoldi dardi. Ya’ni na maktabu paktab qoldi, Eski va yangilari tarqaddi. Yangi maktabda mushuk o‘ynaydir, Eski maktabda quchuk uxlaydir. Bolalar ko‘chada hayron-sarson, Onalar uychada nolon-giryon. Otalarning ishi non topmoqdir, Non uchun salla-chopon sotmoqdir. Elimizda g‘ami maktab yo‘qoldi, Loaqal maktab uchun gap yo‘qoldi. Gazeta bo‘lsa-da bizning elda, Chiqodir bir karra oyda, yilda. Yoshlar bunda tutash ovladilar, Qarilar bunda osh ovladilar. Xalqimizning bor-yo‘g‘i to‘yg‘a, Sarf o‘lur, bir puli qolmas uyg‘a. To‘g‘risi, boylara himmat yo‘qdir, Xayru ehson va hamiyat yo‘qdur. Qolmadi sinfi taraqqiyparvar, Barchasi bo‘ldi giriftoru zar. Ba’zisi soch va soqol fikridadir, Kechasi mohijamol fikridadir. Bu orada faqat ishchi-dehqon Qoldi nodonliq ila sargardon. O‘qumay mulla bo‘lurmi ishchi? O‘qumay haqni bilurmi ishchi? Yovimiz bor oti «mustamlakachi», Yuzi oppoq ko‘rinur, qora ichi. Ushbu yov birla qurash lozimdur, Balki oni kuvlash lozimdur. Yana bir yov bor — oti nodonliq, Qiladir biza hamon xoqonliq. Bunga qarshi urush ochmoq lozim, Tezrak oni yo‘qotmoq lozim. Buni yo‘q etmak uchun ilm kerak, Holbuki, bizda bilimdir siyrak. Ilm uchun maktab ochish lozimdur, Eru xotinga o‘qish lozimdur. Ilmsiz hur yashamoq mumkin emas, O‘qug‘on elga chatoq mumkin emas. So‘zlamoq chog‘i o‘tib ish bitdi, Ish bilan birga sovuq qish bitdi. Endi kim ishlamasa o‘lg‘usidir, Ya’ni armoni guli so‘lg‘usidir. Pora ber Ish bitkazib ketay desang, pora ber! Murodingga yetay desang, pora ber! O‘zim oqman, qoralarni oqlayman, Meni rozi etay desang, pora ber! Pulsiz g‘avg‘o aslo o‘rin tutmaydir, Yog‘liq janjal sira navbat kutmaydir, Bo‘sh da’volar bu dunyoda butmaydur, Maysiz kabob tomog‘imdan o‘tmaydur. O‘g‘riliq qil, odam o‘ldur, pora ber! Elni yig‘lat, meni kuldir, pora ber! Pulsiz bo‘lsang, hech kim senga boqmaydir, Dushmaningni chayon kabi chaqmaydir, «Mulla jiring» hamyoningga oqmaydir, Quruq so‘zlar qulog‘ingga yoqmaydir, Ko‘b gapirma, cho‘ntakni och, pora ber! Olamni buz, kel oqcha soch, pora ber! Oqcha bo‘lsa, pora changalda sho‘rbo, Oqcha bilan kuchsiz bo‘lg‘on tavono, Pullik nodon ko‘zga ko‘ringay dono, Puli borning tili bo‘lg‘usi go‘yo, Kechqurun kel, yeng ichidan pora ber! Yoki kunduz paket bilan pora ber! Qishloklarda maxfiy ishlab pora ber! Eshonlardek murid ovlab, pora ber! Bo‘ri bo‘lib elni talab, pora ber! Katta to‘y qil, juvon asrab pora ber! Rahmatlik uezd — Samarqand rayqo‘mining hurmatlik sadrlari tilidan Tangriga ming karra qulluq bo‘lsin, Qulluq aytmak biza qutlug‘ bo‘lsin. Tangrining marhamatidan biza ham Bo‘ldilar baxt ila davlat mahram. Sadr bo‘ldiq necha kun rayqo‘mga, Nafimiz tegdi havasu ilmga. Necha kun xalqqa xizmat qildiq, Ishchi-dehqon kabi mehnat qildiq. Xalqaro xizmatimiz ko‘b bo‘ldi, Izzat va hurmatimiz ko‘b bo‘ldi. Istifoda qilibon fursatdan, Izzatu obro‘yu hurmatdan. Oldiq eng boylaridan kunda zakot, Tangri berdi pulimizg‘a barakot. Pora olmoqqa biz odat qilmadiq, Ishchi-dehqong‘a xiyonat qilmadiq. Oqchani sarfi sharorat qildiq, Ozgina daf’i qasorat qildiq. Xalqni kecha va kunduz taladiq, G’ayurning kosasini ham yaladiq. Otlanib shahar va uezdni kezdik, Kuchimiz boricha xalqni ezdik. Oh! Behuda safohat qildiq, Yurtimiz ichra shafovat qildiq. Zulmimiz o‘z boshimizga yetdi, Oxiri baxt ila davlat ketdi. Ohkim, vaqti rayosat o‘tdi, Hayfkim, davri siyosat o‘tdi. «Tayoq»: Qilmag‘on bo‘lsang edi elga chatoq, Boshga yetmas edi shuncha tayoq. Xizmatlarim Ey yoronlar, to‘g‘ri yo‘ldan qochdim mano, Egrilikning urug‘larin sochdim mano. Cho‘ntakkinam oqcha bilan to‘lsin debon, Makru firib do‘konini ochdim mano. Xalq ichida bug‘zu nifoq ko‘paysun deb, Qayda yursam chaqimchiliq qildim mano. Bilimsizlar azob tortib o‘quydilar, Man o‘qumay barcha fanni bildim mano. Kimdan foyda ko‘rgan bo‘lsam qo‘lin o‘pdim, Nafi tegmay yurganlarni so‘kdim mano. Boy kishiga puli uchun sajda qildim, Kambag‘alning obro‘yini to‘kdim mano. Nafsginamning buyrug‘idan qilcha chiqmay, Yog‘liq joyg‘a har xil tuzoq qo‘ydim mano. Uzun chopon, katta salla kiymak bilan, Nodonlardan ko‘b hurmatlar ko‘rdim mano. Amaddorga pora berib ish bitirdim, Buning uchun xizmat haqi oldim mano. Hay attangkim, oxir o‘zim qo‘lg‘a tushdim, Yomonliqdan ko‘b balog‘a qoldim mano. Mashrab: «El xizmatin» qilg‘on kishi shunday bo‘lur, Shul ishga ming ofarin dedim mano. Sandek o‘sal kishilardan kim-qanchasin, Urib, so‘kib boshlarini yedim mano. «Tayoq»ning nasihati «Jarchi» bolam, erka qo‘zim, har ishingni bilib qil, Erkalikni menga qilg‘in- matbuotga qilmag‘il! Sen yosh hali, tajribang oz, yozg‘oningni tuzatdur, Nuqsoningni aytganlarga haqsiz o‘pka etmagil! «Jarchi» o‘g‘lim, «cho‘g‘ul» bo‘lib haq yo‘lidan ayrilma, Garchi oting «Jo‘g‘ul» bo‘lsa, o‘zing to‘g‘rilag‘ul bo‘l! To‘siqliklar ko‘rarsang-da, o‘z yo‘lingdan burilma, Otang o‘lur haq yo‘lida, sen ham uning kabi o‘l! Gapning tubin bilmay nega dodu faryod qilasan? Aslin bilsang, otang saning boshg‘inangni silaydir. Achchig‘lanib chol otangning o‘lmagini so‘raysan, Qaysi bola otasining o‘limini tilaydir! — Source: https://wikisource.org (works of Hoji Muin). Downloaded from uzbekai.com.