Ijobat bo‘lg‘on duo Hoji Muin Ay Xudoi diyrgiri saxt gir! Teztar gar jonaki nodon amir. On amiri, ki nadorad g‘ayri zulm, Fikru zikri digari andar zamir. Koru borash fisqu ayshu-ishratast, Go‘yo az modar o‘ zoda sharir. Ul amirikim kasofat konshshr, Ezmalik avjidadir deb «alkabir». Odamiyat ko‘chasidan o‘tmagan, Sadqai odam bo‘lsun munday amir. Kambag‘alg‘a rahmi yo‘qdir, zulmi ko‘b, Boylarg‘a lutf ila mehri kasir. Burjuazlarg‘a berar yog‘liq palov, Kambag‘al ishchiga bermaydir xamir. Mullalarni adtsabon «dahyak» bilan, Vaqflarni ushr birlan o‘zi yer. Boyu mullalar anga sotliq chimor, Bevayu bechoradir sog‘liq sigir. Peshkash aylar amirga zulm ila, O‘z bolasin boyu mullayu faqir. Bachchabozliqda anga yo‘qdir misol, Mayparastliqda anga yo‘qdir nazir. Ersiz qiz qolmadi qo‘l ostida, Chunki bo‘ldi barcha qizg‘a o‘zi er. Shul jihatdan haqlidir har kim desa: «Biz Buxoro xalqi avlodi amir». Garchi bo‘lsa oti Olimxon to‘ra, O‘zi ilmu fazldan yo‘qdir xabar. Shul sababdan olimg‘a dushman erur, Chin ilm ahlini zindong‘a solur. «Istaraz»chilarni ho‘kizdek boqur, Hurriyatchilarni qo‘ydek boshin kesur. Hurriyatdan so‘zlasang — joni chiqar, Zulmdan so‘z boshlasang, bo‘lg‘ay daler. Bundayin zolim, ilohi, tezroq Bolsheviklar qo‘lig‘a tushgay asir. Barcha molu mulku taxtu baxtini Bolsheviklar aylagay yibir-esir. Qo‘rqmayin to‘g‘ri yozar botur «Tayoq», Garchi bo‘lsa qatl, yo borsa Sibir. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ijobat_bo%E2%80%98lg%E2%80%98on_duo. Downloaded from uzbekai.com.