«Tayoq»ning nasihati Hoji Muin «Jarchi» bolam, erka qo‘zim, har ishingni bilib qil, Erkalikni menga qilg‘in- matbuotga qilmag‘il! Sen yosh hali, tajribang oz, yozg‘oningni tuzatdur, Nuqsoningni aytganlarga haqsiz o‘pka etmagil! «Jarchi» o‘g‘lim, «cho‘g‘ul» bo‘lib haq yo‘lidan ayrilma, Garchi oting «Jo‘g‘ul» bo‘lsa, o‘zing to‘g‘rilag‘ul bo‘l! To‘siqliklar ko‘rarsang-da, o‘z yo‘lingdan burilma, Otang o‘lur haq yo‘lida, sen ham uning kabi o‘l! Gapning tubin bilmay nega dodu faryod qilasan? Aslin bilsang, otang saning boshg‘inangni silaydir. Achchig‘lanib chol otangning o‘lmagini so‘raysan, Qaysi bola otasining o‘limini tilaydir! — Source: https://wikisource.org/wiki/%C2%ABTayoq%C2%BBning_nasihati. Downloaded from uzbekai.com.