Dimog‘im illatin, bag‘rimni dog‘in may iloj etmaz... Hoziq Dimog‘im illatin, bag‘rimni dog‘in may iloj etmaz, Kavokib gardishidindur bu g‘am vaz’in mizoj etmaz. Dema toji erur shahning g‘am o‘di boshina chixmish, Bu ma’ni joniga kim ravshan o‘lsa taxtu toj etmaz. Namozu ro‘zadin bag‘rin o‘lan oshiqlari so‘rma, Nechukkim podshoh vayron o‘lan yerni xiroj etmaz. Fano ahlig‘a xavfi vormu shayton birla tangridin, Ki o‘g‘ri muflisi toroj qilmas, shoh boj etmaz. Kel, ey Hoziq, bu dunyoni taloq et, kimsa er o‘lsa Er o‘lub bu taliqa-la bisoti izdivoj etmaz. — Source: https://wikisource.org/wiki/Dimog%E2%80%98im_illatin%2C_bag%E2%80%98rimni_dog%E2%80%98in_may_iloj_etmaz.... Downloaded from uzbekai.com.