Muhabbat mehnatin bilgan knshi rohat pisand etmas... Hoziq Muhabbat mehnatin bilgan knshi rohat pisand etmas, Achiq may istagan maxmur tab’i mayli qand etmas. Bu shaydo ko‘nglimi chun bog‘ladi zunnori zulfi-la, Kishi devonani zanjir ila bu nav’ band etmas. Asoye notavon ko‘nglumg‘a berdi qomating shavqi Bu yanglig‘ nola jurat yo‘qsa mandek dardmand etmas. Senu kavsar ziloliyu, menu oning labin zavqi Netay, ey zohid, andin o‘zga yeuv ko‘nglum pisand etmas. Kel, e, noseh eshnt pandim o‘zing, devona bo‘lmishmen, Nechunkim bilmading devonalarga sud pand etmas. Tabassum gar labidin ko‘z tutarsen, yig‘lag‘il, Hoziq, Bulut oquzmaguncha yoshini gul no‘shxand etmas. — Source: https://wikisource.org/wiki/Muhabbat_mehnatin_bilgan_knshi_rohat_pisand_etmas.... Downloaded from uzbekai.com.