Vah nadindurkim bu yanglig‘ anbarafshon etti yel... Hoziq Vah nadindurkim bu yanglig‘ anbarafshon etti yel, Yo sahar chog‘i esib zulfin parishon etti yel. Dedi bog‘ ichra ul og‘zi g‘unchaning so‘zin magar Kim urub gul o‘tig‘a bu rang domon etti yel. O‘yla zulfi yodidin ohim muattarkim bu nav’, Ko‘rmadim deb sayr etib yuz sunbuliston etti yel. Vaslining payg‘omini kelturdi la’lidin yana, G‘unchadek ko‘nglumg‘a ul so‘zdin berib jon etti yel. Terlag‘an husnin ko‘rub ul sarv qoshidin kelur, Yo‘qsa nechun shabnam ashki birla giryon etti yel. Bog‘ aroki sarvinozimni gulin so‘rdum gahe Sunbulin topdim isin andin chu har yon etti yel. Mavj urur Hoziq yana ashkim ani paygomidin, Go‘iyo bu bahrni qilmoqqa to‘fon etti yel. — Source: https://wikisource.org/wiki/Vah_nadindurkim_bu_yanglig%E2%80%98_anbarafshon_etti_yel.... Downloaded from uzbekai.com.