Yuzung ko‘rgach ko‘rolmam, toqate ashkim hujuminda... Hoziq Yuzung ko‘rgach ko‘rolmam, toqate ashkim hujuminda, Nechukkim tob qilmas mehrdin gardun nujuminda. Xayoling birla sensiz do‘sh shirinkom bo‘lmishdim, Magarkim vasl taryoki edi hijron samuminda. Sening husning kibi zulfing ila nazzora ko‘rgan yo‘q, Na kokil shom zanginda, na oraz subh ruminda. Nechukkim subhidam rangi quyoshning panjasin o‘pmish, Sarafroz et, sabo, tufrog‘ini yorim quduminda. Achiq-suchuk so‘zi bila yorimdin emin bo‘lmog‘im dushvor, Erur no‘shig‘a nish andoqki bo‘lmish shahd mo‘minda. Labi la’ling tishing ila so‘zungning obu rangidin Sochar javhar tanurinda, terar gavhar nuzuminda. Erur ko‘rgach zamon bermoq oshiqlarg‘a ham vojib, Qon ichmak gar halol o‘lmish parivashlar rusuminda. Muhabbat shu’lasidin bo‘lmag‘ay yuz dog‘i dunyoning Qani bir sham’ rux munda, qani bir lolabo‘ munda. Netong ermish agar Hoziqni kilkidin shakar tomsa, Chu yo‘q vasfi xatingdin o‘zga mazmune ruquminda. — Source: https://wikisource.org/wiki/Yuzung_ko%E2%80%98rgach_ko%E2%80%98rolmam%2C_toqate_ashkim_hujuminda.... Downloaded from uzbekai.com.