Humoyun Humoyun Bir boqdimu boz tashnayi diydor bo‘ldim... Bir boqdimu boz tashnayi diydor bo‘ldim, Ey sho‘x, yana senga giriftor bo‘ldim. Osuda edim, tun-kecha uyqumda ko‘rib, Faryod chekib, lahzada bedor bo‘ldim. Ko‘nglimga dedimki, bas, hamon sabr ayla, Sabr etmadi ul, xastayu bemor bo‘ldim. Yo‘q erdi hushim, o‘ylaki, yodimga tushib Ul nozli nigohing, yana xushyor bo‘ldim. Gul berdi Humoyunga uforing xabarin, Gulzor demagil, gulga sazovor bo‘ldim. Bir lahza firoqing menga ozoru malol... Bir lahza firoqing menga ozoru malol, Hajringda kunim mashaqqatu zahmu zavol. G‘urbatda kechar bo‘ylaki holim, so‘rma, Subhonolloh, ne kelur boshima hol! Bir pari ruxsoraga tushdi ishim... Bir pari ruxsoraga tushdi ishim, Ul sabab ko‘nglimda bordir otashim. Chehrasi xonamni ravshan ayladi, Partavi birlan yoritdi mahvashim. Talpinur ko‘nglim hamisha ul tomon, Tortadir ko‘nglimni zebo, dilkashim. Menga bo‘lgaymu muyassar ey pari, Kokiling bo‘ynimga bir dam chirmashim. Ishqdin mastdir Humoyun, ko‘p qiyin, Ey sanamlar, o‘zni hushyor aylashim. Ey dil, huzuri yori feruz ayla... Ey dil, huzuri yori feruz ayla, Yor xizmatida o‘zingni dilso‘z ayla. Do‘st yodi-la har tuningda xurram o‘ltir, Yor vasli-la har kuningni navro‘z ayla. Ey sarvari koinot, ey asli vujud... Ey sarvari koinot, ey asli vujud, Haqqoki, o‘zing habibu hayyu ma’bud. Turgil-da, jamoli olamoro ko‘rsat, Olam eliga baski o‘zingsen maqsud. Men hechmanu yo‘q menda magar rutbayu nom... Men hechmanu yo‘q menda magar rutbayu nom, Fazlingni tilarmen kunu tunlarda davom. Baxsh ayla O‘zing hurmating haqqi uchun Bandang bu Humoyunga karam, fayzi tamom. Sultoni sariru anbiyo ham sen O‘zing... Sultoni sariru anbiyo ham sen O‘zing, Xurshidi sipehri avliyo ham sen O‘zing. Mardum hama payravi tariyqing, ne ajab, Xalq sharriga gohi rahnamo ham sen O‘zing. Yo Rab, menga darvesh dilidin ehson ber... Yo Rab, menga darvesh dilidin ehson ber, Ko‘nglimki shikastadir, anga darmon ber. Yo‘q-yo‘qki, demasmen, uni bergil, buni ber, Har neki rizoyingda, uni arzon ber. — Source: https://wikisource.org (works of Humoyun). Downloaded from uzbekai.com.