Bir boqdimu boz tashnayi diydor bo‘ldim... Humoyun Bir boqdimu boz tashnayi diydor bo‘ldim, Ey sho‘x, yana senga giriftor bo‘ldim. Osuda edim, tun-kecha uyqumda ko‘rib, Faryod chekib, lahzada bedor bo‘ldim. Ko‘nglimga dedimki, bas, hamon sabr ayla, Sabr etmadi ul, xastayu bemor bo‘ldim. Yo‘q erdi hushim, o‘ylaki, yodimga tushib Ul nozli nigohing, yana xushyor bo‘ldim. Gul berdi Humoyunga uforing xabarin, Gulzor demagil, gulga sazovor bo‘ldim. — Source: https://wikisource.org/wiki/Bir_boqdimu_boz_tashnayi_diydor_bo%E2%80%98ldim.... Downloaded from uzbekai.com.