Bo’ldi gul vaqtiyu men dardu g’amida mubtalo... Husayn Boyqaro Bo’ldi gul vaqtiyu men dardu g’amida mubtalo, Ishq o’tidin loladek bag’rimda yuz dog’i balo. Holi zorin, men kibi sultondin ayru tushgali, Yaproq ermas, guldakim yuz til bila aylar ado. Men bilur erdimki, yo’qtur intiho ishqimda hech, To guli vasling bila qildim muhabbat ibtido. Loladek may jomini tutgil g’animat, gul chog’i. Xosaikim, ishrat urdi bulbuli bedil sado. Gar husayniy, topmadi barge jamoling bog’idin, Bu chamanda, ey guli navras,sanga bo’lsun baqo. — Source: https://wikisource.org/wiki/Bo%E2%80%99ldi_gul_vaqtiyu_men_dardu_g%E2%80%99amida_mubtalo.... Downloaded from uzbekai.com.