Ey ko’ngul, ul dilraboning o’zga yori bor emish... Husayn Boyqaro Ey ko’ngul, ul dilraboning o’zga yori bor emish, Vah,sanga dushman bo’lub, ul o’zgalarga yor emish. Har zamon yuz bor dil ozoridin ko’nglumdadur, Bahkim,ozori buzuq ko’nglumda muncha bor emish. Dardi ishqing sharhini ko’zumga degach to’kti yosh, Vahki,oni yor sog’indim, ul vale ag’yor emish. Zor o’lub ishqida ozori kelurni bilmadim, Zorlarg’a ishqdin kelgan nasib ozor emish. Yuz ochib o’rtar meni, vah,ishq o’tidin ne gila – Kim, manga o’t solg’uchi ul otashin ruxsor emish. Hajrida bechoralig’din oh-vovaylo ne sud — Kim,balolig’ ishq ila bechoralig’ nochor emish. Ey Husayniy, der eding ul dilraboni bevafo, Men ham ani mubham etibmenkim, oncha bor emish. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ey_ko%E2%80%99ngul%2C_ul_dilraboning_o%E2%80%99zga_yori_bor_emish.... Downloaded from uzbekai.com.