Ey sabo bergil xabar, sarvi ravonim keldimu... Husayn Boyqaro Ey sabo bergil xabar, sarvi ravonim keldimu, Jon isi sendin kelur, ruhi ravonim keldimu? Hajr dashtida mungrab qolmish erdi xasta jon, Vah dengizkim, ul g’aribi notavonim keldimu? Kelgan ermish xo’blar ishq ahli qonin to’kkali, Ey ko’ngul, ko’rkim mening qatlimga jonim keldimu? Zulfida sen bandu men ko’yida bemor, ey ko’ngul, Za’fdin dekim, sanga munglug’ zabonim keldimu? Yor mehmon bo’lsa jism uyiga, jon aylay nisor, Aytingiz, ey do’stlarkim, mehmonim keldimu? Rahm etib bir kun Husayniyni itingdin so’rg’asen, Ul malomat ko’yida itgan yamonim keldimu? — Source: https://wikisource.org/wiki/Ey_sabo_bergil_xabar%2C_sarvi_ravonim_keldimu.... Downloaded from uzbekai.com.