Firoqingda xasta ko’nglum qatra-qatra qon erur... Husayn Boyqaro Firoqingda xasta ko’nglum qatra-qatra qon erur, Olloh-olloh, bu ne hajri behadu poyon erur? Har sari yuz zahm erur jismimda,vah,nozij bila Hajr o’qidin har jarohat ichra bir paykon erur. Ko’z qilur bu vajhdin tunlar duri ashkin nisor – Kim,xayoling jon uyida bir kecha mehmon erur. Xanjari javring durur o’tlug’ ko’ngul osoyishi, Suv nechukkim, tashna lablar dardig’a darmon erur. Ey Husayniy, hajr aro bexudlug’um ayb etmagay, Har kishikim bir pari ishqida sargardon erur. — Source: https://wikisource.org/wiki/Firoqingda_xasta_ko%E2%80%99nglum_qatra-qatra_qon_erur.... Downloaded from uzbekai.com.