Hech musulmong’a, nigoro, dog’i hijron bo’lmasun... Husayn Boyqaro Hech musulmong’a, nigoro, dog’i hijron bo’lmasun — Kim, visolingdin judo bo’lsa, anga jon bo’lmasun. Ko’z uchidin novaki javrung bila o’ltur mani, Domani poking, begim, nogah yana qon bo’lmasun. Xasta ko’nglum bandi zulfungdin parishondur base, Jam’ qilg’il sunbulingnikim, parishon bo’lmasun. Jong’a yettim dilbari nodon elindin, oh,oh! Hech kishining dunyoda mahbubi nodon bo’lmasun. Jon berurda kelib o’ltur, bir dame ko’ray seni — Kim, Husayniy ko’nglida, ey do’st, armon bo’lmasun. — Source: https://wikisource.org/wiki/Hech_musulmong%E2%80%99a%2C_nigoro%2C_dog%E2%80%99i_hijron_bo%E2%80%99lmasun.... Downloaded from uzbekai.com.