Isʼhoqxon Ibrat Isʼhoqxon Ibrat Eski maktablar xususida Muallim bechora aziz farzandlarimizni kaltak, qamchi yo‘q bahonasi-la besh-o‘n sanalar (5—10 yil) osmonga qaratub, «alif, babazer, bebazer», deb shovqin qildirib-qildirib, bir harf ham o‘quv-yozuv bildirmayincha umrlarini barbod qilib yotmoqg‘a taqviyatgina bo‘ladur. Bolalarni eski maktablar ila jamoalarg‘a taqsim qilib, kelish-ketish, kaltak va qamchi mas’alalarin isloh qilmoqda albatta lozimdur. Lekin o‘qulajak kitoblar — mazkur eski kitoblar, o‘qulajak domlalarida — eski domlalari, maktablarida — eski hasharot uyalari bo‘lduqinda bu mas’alalar ming marotabalar isloh etilsa-da, bekor, behudadur. Agar vijdon, insof ila muhokama qilsak, tavaqqufsiz va taraddudsiz eski maktablarimizni asoslaridan yiqib, joylariga tartib va intizom bilgan yangi usul domlalarning himoyasida bo‘lgan maktablar vazh etmaki lozimdur. Eski maktabdorlarimiznida dehqonchilik hunarlariga sahv etmak muvofiqi haqiqatdur. Bu so‘zum janobi muallimlarga — eski va yangi domlalarimizga oxirgi so‘zum. Men o‘zum ham o‘zumg‘a qarashlik o‘nta-o‘n beshta bolalarni eski maktabda hech bahra topmay, behuda yurduqlarina jonim achib, Qozon tarafinda bir muallim jalb edub, maktab qilib verdim. Maktabning kushodig‘a uch oy bo‘lgani yo‘q. Yigirmadan ziyoda kichik bolalar «alif nima?» degan savolina «kaltak» deb javob beruvchilar tamom savodi chiqib, har narsani yozadurg‘on bo‘ldilar. To‘rt-besh va yetti-sakkiz sanalar Qo‘qong‘a yurub, hech narsa bilmagan mullabachalar bitamomihi arabiy mukolamag‘a qodir bo‘lib, har bir kitoblarni mutolaa etadurgon bo‘ldilar. Shul sababdin biz ko‘zumiz ila tajriba qilib, bul o‘qutishga tamom ixlos qildik. Agar Rusiya ilmlarini bilmak darkor bo‘lgan holda, o‘shal maktablarda Rusiya muallimlaridin saqlab, biror dars Rusiya ilm va zabonidan ta’lim berilgan holda ancha naf’ olur edilar. Istoriya drevnego goroda Axsi v Ferganskoy oblasti Farg‘ona oblastida qadimgi zamonlarda poytaxt bo‘lub turgan Axsi yoki Axsikent degan katta shahar bo‘lgan ekan. Bul kunlarda mazkur shaharning o‘rni va asorati yaxshi ma’lumdur. Chunonchi, Namangan uyezdig‘a tobe’ xuddi Namangan shahridin o‘n besh chaqirim masofada Axsi bo‘lustida daryo labida bir necha qishloqdin iboratdur. Bul xususda tavorix kitoblardin mazkur Axsiket xususida xabar olib, tavorix uchun biror risola tasnif qilmoq lozimdur, ya’ni ul shahar qaysi vaqtda ul martaba bino bo‘lgan, qaysi xon va beklar ul shaharda hukumat qilgan va fuqarolarni(ng) maishati qayu tariqada bo‘lgan va ham qayu vaqtda nima sabablar ila ul shahar vayron va xarob bo‘lgan va nima uchun ul joyda hech kim turolmagan. Yiqilgan devor va imorat asorati yer ostig‘a ko‘mulub qolgandurmu, deb. Bul muddao birla gazet o‘qug‘uvchi zotlardin iltimos qilamizki, har kimning qo‘lida har xil tarix kitob bo‘lub, ul kitoblarda Axsi shahri xususida xoh qisqa, xoh mufassal xabar bo‘lsa, biz gazet muallifig‘a yozib yuborib, bizni xursand qilsa, va lekin mazkur xabar bu tariqa yozilsa, chunonchi: «Axsiket Movarounnahrda Sayhunning sohil sharqisida bir qasaba erdi. Axsiket Movarounnahrda Farg‘ona doxilida bir qasaba o‘lub, Sayhun daryosining shimol tarafidag‘i qasabalarning biri Axsidur. Kitoblarda bitadurlar, chunkim Asiriddin shoirni Asiriddin Axsikatiy derlar. Farg‘onada Andijondin so‘ngra mundin ulug‘roq qasaba yo‘qdur. Andijondin g‘arb tarafida to‘qquz tosh yo‘ldur. Umar Shayx Mirzo muni poytaxt qildi. Bir-ikki martaba tashqariroqdin yana jarlar soldi. Farg‘onada muncha berk qo‘rg‘on yo‘qtur. Axsi qo‘rg‘oni baland, jar ustida voqe’ bo‘lubdur. Imoratlari ham jar yoqasida edi. Ushbu tarixda, ya’ni 899 hijriyda, dushanba kuni va ramazon oyini(ng) to‘rtida Umar Shayx Mirzo jardin kabutar misllik uchub vafot qildi. O‘ttuz to‘qqiz yashar erdi, valodati 860 da Samarqandda edi, Sulton Abu Said Mirzoning 4-o‘g‘li edi. Sulton Abu Said Sulton Mahmud Mirzo o‘g‘li, ul Mirzo Mironshoh o‘g‘li, Mirzo Mironshoh Amir Temur o‘g‘li. Umar Shayxni qabri alhol Axsidadur. Umar Shayx Mirzodin uch o‘g‘il, besh qiz qolib edi. O‘g‘lonlarining ulug‘i men Zahiriddin Bobur edim. Mening onam Qutlug‘ Nigorxonim Yunusxon qizi edi», deb. Bu iboralar «Boburnoma»da xud Boburxon so‘zlaridur. Yana «Boburnoma»ning 40 va 29-sahifalarida yoziladurkim «Bir-ikki kundan keyin Kandarlik dovoni ila Axsi va Andijong‘a azimat qildim. Axsig‘a yetib, otamning mozorini tavof qildim. Axsidin namozi jum’ani vaqtida chiqib, Bandsolur yo‘li ila Andijong‘a kirdim», deb. «Ta’rixi Rashidiy»da yozilganiga qaraganda, Axsi shahrining avval binosi mo‘g‘ul xonlari tarafidin bo‘lub, 890-900-hijriy ta’rixida Amir Temur avlodlaridin Umar Shayx Mirzo va Shayboniyxon avlodlaridin Jonibekxonga Axsi shahri bir necha vaqt poytaxt bo‘lub, bu shaharda hukmronlik qilgan ekanlar. O‘shal asrlarda Axsi shahri g‘oyatda obodonlikda ekan. Ko‘b zamonlar Koshg‘ar viloyatida hukmronlik qilib, Abdullaxon Samarqand va Buxoro va Farg‘onaga istilo qilgandin keyin Sulton Abu Saidxon ko‘b askar ila Koshg‘arg‘a borib, tamom tavobioti Koshg‘arni olib, 939 yilg‘acha hukmronlik qiladur. Ta’rix eski Axsi manoqibi risolai Hazrat Langar Bobo Azizdin shul tariqa yozilibdur: «Axsikentni avvali binosini Eron podshohi No‘shiravoni odil bino qilgan ekan. 521-tarix milodiyda No‘shiravon o‘g‘li Xurmuz podshoh Axsini necha vaqt poytaxt qilib, anda hukumat surub, so‘ngra 1233 milodiyda Sirdaryo katta toshgan vaktda bir zilzila bo‘lub, daryoni(ng) suvi Axsini(ng) biyoboniga chiqib ketgan ekan. Anda buzulub, xarob bo‘lg‘an ekan. Ammoki avvalgi obodligida imoratlari ikki-uch qabat xishtdin binolari bo‘lub, shahar nihoyasi Kosong‘acha borub, Koson ila Axsi o‘rtasi qirq chaqirimlik yo‘l hammasi imorat, bozor bo‘lgan ekan. Hattoki bir echki Axsi tomida yurmak bo‘lsa, to Kosong‘acha borur ekan. Tom ustidan yurub hammomlar, madrasalar, saroylar, yer tagidan yuradurgon savqi yerlari, ko‘b taajjublik nimarsalari hozir ham ko‘runub turadur. Hozirda Axsi ikki yerda bo‘lub, birini Eski Axsi, birini Yangi Axsi derlar. Ya’ni Yangi Axsi Eski Axsi buzilgandan so‘ng qolgan odamlar daryodin qochib, Koson tarafida balandlik biyobong‘a imoratlar qilib, ko‘b qishloq bo‘lganlar. Hozir Yangi Axsida o‘n ikki qishloq, Shohand degan bozorlik, bir qishloqi oila bir bo‘lushib bo‘lgan. Ammo Eski Axsi odamlari og‘zidagi so‘zlari ko‘b ajib va g‘arib so‘z so‘zlaydurlar. Alarni olmay, manoqibdan yozildi. Eski Axsini buzulgan tarixi 1030 milodiyda bo‘lgan ekan. Andin buyon mazkur Axsini hech podshohlardin yoki fuqarolardin obod qilgani yo‘q. Dehqonlar va o‘tunchilar har xil nimarsa topub olurlar, chunonchi, mis asboblar va shishalar, har xil toshlar chiqadur, ko‘b yerlari daryoga ketgandur. Alholda ham imoratlarga aksar xishtlarni andin olurlar». Millatni kim isloh etar? Biz Turkiston musulmonlari orasinda xilofi shariat odatlarini ko‘pligi har kimg‘a ma’lumdir. Muning daf’i va islohini kim etar? Bizni fikrimizcha, muning daf’u islohig‘a ulamo hazaroti kamari himmat bog‘lab, muqaddas mehrobu minbardan va’z so‘ylab, aholig‘a ahkomi shariatni bildurub, baytulloh hukmindagi masjid va jome’larida erta-yu kech amri ba ma’ruf va nahy az munkar etib, xaloyiq anglayturgon bir til ilan pandu nasihat etsalar ham muning hech qo‘ymasdan har kun ba’d az namozi fajr va ba’d az xufton doim muxtalif mavzu’lardan bahs etsalar, albatta, ta’sirsiz qolmas. Xususan, muqaddas masjidg‘a so‘ylagan va’z har bir mo‘min qalbina du bolo ta’sir etar. Qur’oni karim amri ma’ruf va nahyi munkar etmoq uchun mav’izan pandu nasihat uchun ko‘p oyatlar borligi ulamo hazarotlarig‘a ma’lumdir. Olami islomni har tarafidagi masjidlarda xalq tili ilan va’zu pand etmoq joriydir. Yolg‘iz Turkiston va Buxorog‘a, bilmayman, na sababdan joriy emas. Oningchun xalqni axloqu odobi islomiyasi kundan-kun buzilmoqda. Ori, bizni masjidda «saloti Mas’udiy»ni bechora avom anglamaydur. Zotan, oti imomlarni o‘zlari o‘qimoqlari lozim. Loaqal, mazmunini avomg‘a tushundurmoq kerak. Holbuki, xaloyiqg‘a zarurroq, kerakdur. Bugun ko‘paygan buzuklik va fasodlarni islohi uchun va’z qilmoq kerak. Zaruriyoti diniya va axloqi islomiyani alarg‘a ta’lim va tanbeh qilmoq kerakdur. Ba’zan namozi fajrdan so‘ngra masjidg‘a omi gadoylar g‘azal o‘qib, xurofot so‘ylab, va’z aytgan bo‘lub sadaqa jamlar. Besavod bir gadoy og‘zig‘a kelganini imom afandi huzurinda bemuhobo so‘ylar. Hech kim anga bir nima demas. Holbuki, masjid ichinda gadoylik va sadaqa durust yo‘q edi. Imom afandilar masjidda va’z aytsalar, xaloyiqni bilmaganini bildursalar, albatta, izzatu hurmatlarida ziyoda bo‘lur. Xaloyiqda isloh topilur, dunyovu oxiratda ajrlari ham ziyoda bo‘lur. Zotan, ulamo hazrotiki, varasat ul-anbiyodurlar, vazifalari ta’limu hidoyati xalqullohdur. Kuntum xayra ummatin uxrijat lin-nasi ta’muruna bil-ma’rufi va tanhavna anil-munkar, ’ulamau ummatiy kaanbiyai bani Isroil oyat va hadislarining sha’ni shudur. Sobiq «Samarqand» jaridasi va «Oyna»da ham bir necha daf’a mundan bahs bo‘lub edi. Alhamdulillahki, idorag‘a yaqinda xabar olindiki, Samarqandni Xojajon Xoja mahallasining imomi muhtaram domla Hoji Abdug‘affor janoblari bir necha kundan beri xalq tili ilan ba’d az namoz va’zi pandu nasihatg‘a boshlabdurlar. Namozguzorlar nihoyat rozi emishlar va adadlari ham ko‘payibdur. Va’zlarida ta’sirini oz bir muddatda ko‘rsatibdur. Alloh taolo bu imom amsolini ko‘paytirsun. Domla Abdulg‘affor janoblari bir necha sanalar Harami muhtarami Nabaviy hazratlarining Samarqandda bu amri lozimni boshlaganlari uchun tabrik etarmiz. Ori, ulamo qavmidindurlar. Ulamo g‘ayrat etkanda millat, albatta, isloh topur. Otkritiye Kokand-Namanganskoy jeleznoy dorogi Ushbu 7-iyulda Namangan otash aroba yo‘li bitib, oni ochilganligig‘a shukrona bayrami bo‘lubdur. Shul kuni soat birg‘a Xo‘qand istansiyasig‘a boyonlardin yig‘ilib, Namanganga boradurgon poyezni ko‘b ziynatlar berib, ul joyda duo va fotihalar qilib, ul yo‘lni(ng) binosig‘a sabab bo‘lgan odamlarni ham haqlarig‘a duo qilib bo‘lub, mazkur yasatulganni olib kelib siyr tortib qo‘ygan lentani kesib, aning ustig‘a «Namangang‘a salom!» deb yozgan yozuvni vokzolg‘a ro‘baro‘ qilib, ul poyezg‘a Namangang‘a shukrona bayramg‘a boradurgon odamlar tushub, alohida chiroylik qilgan, ustig‘a «Yaxshi soatda!» deb yozgan darvozadin poyez o‘tib, Namangong‘a qarab jo‘nab, o‘shal asnoda fotograflar va ham alohida chiqarilgan sinimotograf o‘shal yerda hozir bo‘lub, tasvirlarini olib turibdur. Ul poyez Chust istansiyag‘a rasmi yurishda yurub borib, andin keyin Sirdaryog‘a ko‘b xarajatlar bilan bino qilgan yog‘och ko‘frikdin o‘tub, ul yo‘llarda ko‘b joylarda ko‘b chuqur joylarg‘a qo‘frik solib, xususan, ikki chuqurlik joyg‘a biri sakkiz sarjin, biri o‘n ikki sarjin joyg‘a ko‘frik solib, bul ikki ko‘frik ul yo‘lni tezlik bilan bitmaslikg‘a sabab bo‘lubdur. Mazkur poyez Chust va To‘raqo‘rg‘on istansiyalarig‘a kelganda, qishloq fuqarolari taraflarindin mutasaddilar qarshi chiqib, non-tuz ushlab, Chust mutasaddilari Farg‘ona oblasti janob voyennыy gubernatorini noiblarindin hukumatdorlardin to‘suqqa ham otash arobani tezlik birlan kelmog‘ig‘a ionat ko‘rsatmoqlikni iltimos qilibdurlar va ham o‘z taraflaridin beoqcha ul otash aroba keraklik yerlarni bermoqlikg‘a va’da qilibdurlar. Poyez Namangang‘a kelgandin keyin istansag‘a nihoyatda ko‘b sartiyalar yig‘ilib, atrofdin, qishloqlardin umrida otash arobani ko‘rmagan odamlar kelib, ul otash arobani birinchi marotaba ko‘rub hayron qolib, poyez kelayotgan vaqtda oq sallalik odamlar adadi nihoyatda ko‘b 25000—30000 g‘a yetibdur. Namangang‘a yetib duo va fotiha qila boshlaganda, ul ko‘b hujum bo‘lgan sartiyalarni politsiyalar mashaqqatlar birlan tarqatib, chekkalarg‘a chiqoribdurlar. Poyez to‘xtagan joyda Namangan tarafdin ko‘b ziynatlik darboza qilinub, ul darvozani gilam va bayroqlar birlan ziynat qilinub «Xush keldilar!» degan so‘zni yozib qo‘yilgan ekan. Kelgan mehmonlarni namanganlik mutasaddilar ko‘b yaxshi qarshi olib, hozirda bitmagan vakzal yaqinida besh adad odamg‘a dasturxon tayyor qilib, ziyofat qilib, ko‘b ajoyib mushaklar ham tayyor kilingan ekan. Ikki nafar askariya muzikanlar nag‘ma cholib turubdurlar. Ul nag‘magarlarni biri Xo‘qanddin poyez birlan yo‘llarda mashq qilib kelibdur. Ziyofat taom vaqtida o‘lturgan odamlar ko‘b qulluqlar etib, ul baland darajalik Turkiston general gubernatori otliq askarlarni ginirali Samso‘nuf janoblaridin muborakbod qilib yuborgan telegromni o‘qubdurdilar va ul temir yo‘lni binosig‘a va taraddud qilgan odamlarni salomatliklarini va Turkiston viloyatini obodonchiligini tilabdurlar va yana ko‘b adad muborakbod qilib yuborgan telegromlar o‘qulibdur. Shul tariqa qilib, Namangan shahri ul birinchi poyezni qarshi olmoqlikg‘a xarajatni ayamabdurlar va soat 4 da erta birlan Namangandin ul poyez Xo‘qandg‘a qarab borgan mehmonlarni olib jo‘nab, soat 8 da Xo‘qandg‘a kelibdur. Pismo iz Tyurya-kurgana Ey, bizni musulmon firqalar, sizlarni bu yillardagi ahvoli a’mollaringiz ichkari shaharlardagi madaniyat topgan xalqg‘a kulki bo‘ladurg‘on hollardurki, buni oldini hech qaysilarimiz olmaduk. Emdi olib ham bo‘lmadi. Bul qarzdorliklar mulklarimizni va obro‘larimizni to‘kmakka sabab bo‘lgan beilm, behisob, befikr va madaniyatsizliklarimiz, beparvoligimiz va erinchoqligimizdur. Xususan, hukumat bizni shaharlarimizni zabt qilgandin buyon qaysi bir sartiyadin madrasalarda xatm qilib, zamonaga muvofiq ilmlar hosil qildi? Qancha sart bolalari o‘quydur, bilurmusiz? Yo‘q, yo‘q! Holo ham biz qadimgi, eski andishada mozorlarga sig‘inib, o‘z dinimizga harakat qilmay, oqcha topsak, xohish uloq, to‘ylarga o‘n ming sarfi behuda, isrof degan ulamo yo‘q. O‘lganga besh ming sarf-isrof uchun qaysi ulamo bularga fatvo bergan, halol deb. Halol desa, bundan zarur halollar bor. Ular qolubdur. Hech kimda xalqg‘a nasihat yo‘q, bo‘lsa ham quloqg‘a olmaylar. Yoshlar bo‘lsa, kukli ila yuradurlar. Qarilar ahli ayolini betartibda, axloqsiz qilib o‘sturgan. Uylangandin so‘ng rosxud otasidin yeydur. Otasi biror kun kamroq rosxud bersa, oni o‘ldurmakda. «O‘zidin chiqqan balog‘a qayg‘a borsun davog‘a». Bu mubtalolik, jaholat tartibsiz bo‘lub, so‘kub, katta qilib, yoshlikda ko‘chada yong‘oq, oshuq, ondin kattaroq bo‘lganda gapxonada safsata, azkiya degan behuda so‘z, urushmoq, so‘kushmoqni ta’lim oladur. Bu af’oli badlarni, bu maraz dardni dorusi ilmdur. Yoshlarni maktabda tartib qilib o‘sturmaganlikdindur. Holo ham sizlarga vaqtdur. Ilmsiz kishi asossiz devor degan. Asossiz devor g‘oyatda bee’tibor bo‘lur. Ilm o‘qung, o‘qutung, axloqi funun zamonaga darkorlik ilmlar zarur, agar siz shul zamonda turmak bo‘lsangiz. Lekin, yo‘q, sizni zamonlaringiz, bu zamona, bul asr ermas, bul asrda turmaklik sizga dushvor bo‘lur. Agarda yangi ilm, yangi yo‘l, yangi olam, yangi asrdin bid’atni oroda qilib, so‘filik qilurman desalaringiz, xotiri jam’ bo‘ling. Eski nimarsa qolgan? Yo‘q, har asr, har qarn ahvoli o‘z vaqtiga muvofiq bo‘ladur. Sizlar bul asr xalqni o‘z yo‘llaringizga solmoq ilojini qilsangiz, mana zamon qilib bo‘lmaydurki, Mashrab devonani so‘ziga to‘g‘ridur: «Bayozidni vaqti o‘tti, shayxi so‘fiyon izlama» deydur. Ibratlik so‘zdur. Har asr, har qarn bir atvor ilan kechar. Agar umrni xohlab yoki qaytarib olmoq mumkin bo‘lsa edi, Va laysash-shaboba bi’avdi quvvatin, demas edilar. Umrni qaytarib olur edilar. Lekin bo‘lmaydur, zamona turmaydur, asr va tor vaqt ketar, ilmsiz, axloqsiz qolur. Sizlar vaqt, asr laylatulqadrdek o‘tub ketar, ilmsiz, axloqsiz qolursiz, harakat darkor, ijtihod darkor. Hayotni sizga boylab bergani yo‘q. Mamot hozirdur, voqif bo‘ling, amal qiling, ish qiling, yo‘l toping, ilm o‘qung. Olloh yor etur. Quruq yurma, quruq dasti ajalda Solur toki kamon etmas mahalda. Pismo v redaktsiyu Ushbu 1911 nchi yilda avgustda To‘raqo‘rg‘on qasabasidin chiqib, azbaroyi yor-birodar janoblarini ziyoratla-ri uchun o‘z kalaska arobamiz ila Chustga kelib, andan oshnoyi qadimamiz bo‘lgan hurmatlu Mullo Azizxon mirobboshi hovlilariga tushub, ikki kun istirohatdin so‘ng jo‘nab, Fof kelib, anda turmay, bir ot ilan to‘g‘ri Arslonbek kemaga kelib, darhol o‘tub qiyom vaqtida Yangibozor mavze’ida bo‘lgan Urganji qishloqg‘a kelduk. Ul kun bozor nihoyatda chang ekan. Bir yerda andek istirohat qilib, joylanub, so‘ngra jo‘nab ketib turgan eduk, qo‘rg‘ondin tashqari bir baland yo‘l ko‘zga ko‘rundi. Ajoyib bul xil baland yer yo‘q edi deb, taajjubda eduk. Banogohi ikki mardikor zanbar ko‘targan yo‘lda ekan. Ani aravadin ko‘rub, tushub savol qildimki: — Bul nima yo‘l? — deb. Javob berdiki: — Namangan temir yo‘lidur. So‘rado‘m: — Ushbu kun qancha yerga bordi? — deb. Ul javob berdiki: — Ushbu kun bul yerdan o‘n olti chaqirim bordur, — deb. 14-avgust edi. Ya’ni vokzoldin, Xo‘qand vokzolidin 28 chaqirim rels temirlarni boshlab bosgan ekan. Kamoli xursandligimdin arobadin tushub, har ikki mujiklarga bir-ikki tanga berib, alhamdulillah, bizlarga ham rohat bo‘ladurg‘on vaqti keldi. Bizga kelguchilarga yo‘llarimizni betartibligi katta nuqson edi va faqir bechoralarga g‘alatlarni arzon bo‘lishi, sayyoh ahliga bormoq-kelmoklari osonlikka mubaddal bo‘ldi. Yuz shukur deb o‘tub Xo‘qandda bo‘lgan oshnoyi qadimamiz janob Hazrat Miyon Sodiq Hazratni hovlilariga nuzul qilib, anda ikki kun turub, kechki po‘chtovoy poyezd ilan iftoroy klasda joy olub, kechasi bir kecha, ya’ni ikki soat turub, yana jo‘nab, tamom kun chiqg‘anda Toshkandg‘a, Rusiya ichida Obuxov ko‘chada hurmatlu kollejiski sekretar Ibn Yaminbek Xudoyorxon o‘g‘lilarini(ng) hovlisiga qo‘nduk. Birinchi ramazon anda bo‘lindi. Mazkur bekni(ng) hovlilari xususida bir-ikki band manzuma yozilgan edi, darj qilindi. Chunonchi manzuma: Begimni hovlilari bir riyozi jannatdur, Sakonat etsa kishi koni bir masarratdur. Kishiki umrini yaxshi qilur, xasis o‘lmay, Muzayyan tab’ini xush aylaganga rahmatdur. Xasis, mardumi mumsik bo‘lib, yemay-ichmay, Jahonda umr kechurgan kishiga la’natdur. Ne bu yerga qo‘yib ketma, sarf qil, illo keyin Qorong‘u go‘r ichida ushbu sango ofatdur. Ichida sarvi gulu lola-yu rayohinlar, Mufarrah dili mafhuma katta hikmatdur. Xudoyim berdi bu dunyoni umri rohatga, Kimiki umriga sarf aylar, ul himmatdur. Xudo derki: «Kulu vashrabu» bu Kalominda, Tasarruf etguchiga oxiratda behjatdur. Bu yerda xayru saxovatni qil g‘ariblarg‘a, Saxiyga va’dasi bor, oxiratda nusratdur. Nazifu toza jinon muza jahon yanglig‘, Ko‘ngulni sayqal etar, jong‘a bir farog‘atdur. Kishiki oqcha yig‘ib, sarf aylamay o‘tsa, Iki jahonda oning kori bori zahmatdur. Xudo yubordi bu dunyoga imtihon qiladur, Tasarruf ayla oni necha kunga fursatdur. Hama ketar bu dunyodin baxil yoki xasis, Ko‘rub turubsan o‘zung, ushbu sanga Ibratdur. Po povodu viborov doljnostnix tuzemtsev v Namangane Tuzemniy gazet idorasig‘a bir xabari afsus osor 1910-yilgi ahvoloti xalqiyalarimizdin. Nadomat qiladurgon ishlar voqe’ bo‘lib, xalqni hayratga soladur. Alalxusus, ahli ilm va ahli fatvoi shariat ishlariga aloqalik yoki muroflik odamlar go‘yo tabodili olam yoki tabodili mulk bo‘lgan kabi ko‘rinadur. Chunonchi, har yerda bo‘lgan saylovlar xususidagi betartibliklar va befikrliklar millatga oshno kishilarni nihoyatda g‘ussa va andishalarga soladur. Chunonchi, O‘zgand qozi saylovidek Namangan aholisida ham atroflarida ko‘b yerlarda barpo bo‘lgan saylovlarda Namangan atrofida bo‘lustlar muhofazat qilib, o‘z qozilari ilan tortishib, ellikboshi degan xalqlarni o‘z ixtiyoriga qo‘ymaganlarini hamma yerda pristo‘f va hokimlar bilib turub man’ qilmaganlari fikrga soladurki, bo‘lustlar ham qozi saylovig‘a aloqalik ekanligi ma’lum bo‘ladur. Xalqni fahmi shul ediki, bo‘lustnoylar faqat odam hozirlab beruvmakg‘a haddi bor, bo‘lak xususda daxli yo‘q, deb fahm qilurdilar. Emdi ma’lum bo‘ldiki, bo‘lak xususda ham ko‘b daxli bor ekan. Ikkinchi shulki, ellikboshilar saylaganda xalq ellikboshini andisha va fikrlik durbin kishidin qilmaganlari o‘z inqiroziga yuz tutganlarini ko‘rsatadur. Masalan, bir odamni qozilikka sayladilar, xoh yaxshi, xoh yomon. Milliy qozi bo‘lishni polojeniyada 223-bobda zikr qilingandurki, e’tibori bor, yetti kundin ziyoda hibis bo‘lmagan, o‘ttiz so‘mdin ziyoda ishtrof to‘lamagan, yoshi yigirma beshdin past emas odam bo‘lur, degan ekan. Olim yo omi, ahmoq yo dono kishi yo shariat biladurgon va yo nizom biladurgon demagani shulki, faqat inson bo‘lsun, mazkur ayblarga duchor bo‘lmagan bo‘lsun degani bul viloyatlarimizga katta yo‘l bo‘lib, savodi bo‘lmasa ham, milliy sharorati bo‘lsa ham, milliy polojeniyada ilmi kifoya qiladurgon ham deb yozilmagandur. Hibis bo‘lmagan, ishtrof to‘lamagan, yoshi yigirma beshdan ziyoda degan so‘z katta vajh bo‘lib, alholda ko‘rasiz, kimlarni qo‘llariga bul katta shariat hukmini topshiradurlar. 15-nomerlik gazeta bir muhaqqaq Saloh imzosi-la yozgan maqola xo‘b durust, to‘g‘ri maqola ekanki, basharti qozilar mulladin, ulamodin bo‘lsa, qodiri imtihon bo‘lurlar edi. Lekin sad hayf, o‘zimiz aybdor, na uchunkim millatimizni qaviy bo‘lmagani, hech fikr-andisha qiladurgan kishi yo‘q. Andisha qiladurgan odamni odam ham hisob qilmaydurlar. Bul ham o‘zimizni befikrligimizdan bo‘lur. Xo‘b, omi ham bo‘lsun, omi ham faqat o‘z royi ilan bir ish qilmoqg‘a qodir emas. Shariat mas’alalarini mufti va olimlar ko‘rsatub fatvo beradurlar. Anda hukm qilsa kerak. Shunchalik ekanki, falon yerda omidin qozi qilibdur. Rahmat yoki la’nat deganda o‘ttuz ming ahli bo‘lsa, o‘ttuz mingdin rahmat yoki la’nat tegadur. Polojeniyani bobig‘a muvofiq ellikboshi degan xalq xohlaganiga muvofiq kimgaki shar ko‘b tushsa, oni yozar ekan. Na qilsunlar, bul xil qilmasalar, polojeniyaga muvofiq bo‘lmaydur. Polojeniyada shariat biladurgan mulladin degan emas ekan. O‘zimiz xohlaymizmi, nima va kim bo‘lsa oni qilurlar. Ularga kim va nima bo‘lishi ham darkor emas ekan. Binobarin, o‘z xalqimiz biri past, biri baland deb, beittifoq bo‘lurlar. Fard: Befikr o‘lsang, ey do‘st, muhtoji non o‘lursan. Toshkent safarindagi ma’lumotlarim 12-aprelda makoni ma’hudim To‘raqo‘rg‘ondin poyezdga o‘lturub muddati uch soatda Xo‘qandga kelturganda, bu mo‘jizoti olamni ko‘rub va xalqullohlarni sayri sayohati oson bo‘lganini mushohada qilib, hamd va shukrlar aytub, alalxusus, Sirdaryodin avval vaqtlarda o‘tmak to‘rt soat, balki ba’zi kunlarda o‘tolmay qolur eduk. Necha ashyoyi jadidalar, chunonchi, ishlarimizda, tijoratimizda, zindakorchiliklarimizni oson bo‘lgani, bormak, kelmak yoki bo‘lak ish qilmak oson bo‘lgani. Alalxusus, bular ichida ahli ilm va ahli fikrlarga ma’lumotlar va kitoblar ko‘b bo‘lub, har nima bilmak va topmak oson bo‘lgani, hamma qo‘l ishlariga moshina ixtirolar chiqorilib, oz vaktda ko‘b ish qilishi, quruqda va daryoda yurmakka asbobu adavotlar muhayyo bo‘lganining ustiga bu mamlakat ahlini madaniyatga solmak uchun yaxshi maktablar tayyorlanib, tolibi ilm va kasb kishisiga hammalari ochiq bo‘lub turganini ko‘rub xursand bo‘lub, bizni xalq ham shoyad bu ilmlardin bahra olsalar edi deb, Toshkand borguncha fikrimda edi. Toshkand borganda, kunduzlar bog‘ sayohatlarida, kechalar tomoshaxonalarda hikoyat kitoblaridin o‘tkan voqealarning hikoyasini suratda o‘zini kilib, sinimotugraf tomoshasida bo‘ladurgon tomoshalarni mushohada qilib ko‘rub, bormoq-kelmoqda o‘turub bormoq uchun qilingan ko‘nka elektriyalarni va kechalarda yoqmaklik uchun yog‘siz va o‘tsiz yonadurgon elektriya chirog‘larni ko‘rub, ahlimiz bundan manfaat olganlaridin boshqa Yevro‘po ilmiga ham o‘rgansalar edi deb, afsuslar qilib edum. Banogoh, Toshkandni Xadra mavze’ida bo‘ladurgon duvuxklasnoy shko‘lda imtihon vaqti ekan. Rafiqo va kattalarimiz takliflari mo‘jibicha borub, oni ko‘rdumki, imtihonda bizni musulmoniya bolalari ham yaxshi, durust rusiya zabonini raso va yaxshi so‘zlamoqg‘a qodir bo‘lub, ulug‘lar huzurlarida hikoyalarni ikki bola bir-biroviga muqobil savol-javob qilishib, yaxshi imtihon berganlari yana mani shodlandurdi. Na uchunki, bizni islom bolalari hukumat lisonlariga olim bo‘lmoqg‘a ham harakatlari borligi ma’lum o‘ldi. Inshaolloh, yana bir necha yillarda bu yozilmush ilm va kasbi kamolotlaridin ham hissalarini olmoqqa iste’dodlari bo‘lg‘udek ekan. — Source: https://wikisource.org (works of Isʼhoqxon Ibrat). Downloaded from uzbekai.com.