Ko‘rdum bu dahr ichra ulus podsholig‘in... Jaloliy Ko‘rdum bu dahr ichra ulus podsholig‘in, Oldim o‘zumga ahli muhabbat gadolig‘in. Saf olg‘on anjuman ahli dil ko‘rub Tark ayladim zamona elin peshvolig‘in. Pomoli g‘am edim necha yil javridin, kun-tun Bildim muhabbat bodasini g‘amzadolig‘in. Harvaqt izzu joh ahlig‘a begonalik etib Tutdim g‘aribu xasta elin oshnolig‘in. Zohid qilur tanaki, zuhd aylamading Mandin gunoh tegur aning porsolig‘in. Ey aql, man’i ishq etib ko‘ndirolmading Bildingmu endi bu ko‘ngil mubtalolig‘in. O‘tdi tamomi umr Jaloliy, murodiga yetmadi Bidurdi bu jahon o‘zini benavolig‘in. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ko%E2%80%98rdum_bu_dahr_ichra_ulus_podsholig%E2%80%98in.... Downloaded from uzbekai.com.