Naylayin jon bo‘lsayu jon ichra jonon bo‘lmasa... Jaloliy Naylayin jon bo‘lsayu jon ichra jonon bo‘lmasa Vasl kim bo‘lsa muyassar dog‘i hijron bo‘lmasa. Ko‘rdi gulni bulbulu sho‘rida qildi ko‘p fig‘on Vah na bilsun gulni qadrin dog‘i pinhon bo‘lmasa. Kimki, lazzat vaslidin istar, kirar hijron aro Jon topolmas ul kishikim toki bejon bo‘lmasa. Tori zulfing ko‘rgali baxtim qorong‘uk bo‘ldikim Gul ochilmas bog‘ aro ul lal xandon bo‘lmasa. Zohido qilma riyo jondin kechib, kir ishq aro Vosil o‘lmas ul kishikim yoki uryon bo‘lmasa. Dardi zo‘rimni ko‘rub kelma boshimga, ey tabib Dard dorudin tuzalmas vasli darmon bo‘lmasa. Ey Jaloliy zulf tobidin gar o‘lding buncha zor Naylasin oshiqqa hajrida anga jon bo‘lmasa. — Source: https://wikisource.org/wiki/Naylayin_jon_bo%E2%80%98lsayu_jon_ichra_jonon_bo%E2%80%98lmasa.... Downloaded from uzbekai.com.