Sarig‘ tuproq emas gulshanda bu rangi nazorimdur... Jaloliy Sarig‘ tuproq emas gulshanda bu rangi nazorimdur, Qizarg‘an gul emas har yoni chashmi xunfashonimdur. Emasdur gardi bu har lahza bu vodiyda charx urgan Takopo‘yi junundin el aro qolg‘on g‘uborimdur. Qarorg‘on shom emas, baxtim savodi urdi dayr ichra, Oqorg‘on subh emas yo‘lungda chashmi intizorimdur. Emas sunbul, erur jon rishtasi sarvingga chirmashgan Gur ermas furqatingdin o‘t tutashgan jismi zorimdur. Emas hol yuz uzra tig‘ing damidin sachragan qonim Emas yel, titragan zulfingga joni beqarorimdur. Emas gulshanda har su otashin gul xo‘blar ichra O‘turg‘on bu chaman sayrinda sarvi gul uzorimdur. Gadolig‘idur Jalolidding‘a sansiz davlati shohiy Kamina itlaring zaylida bo‘lmoq iftixorimdur. — Source: https://wikisource.org/wiki/Sarig%E2%80%98_tuproq_emas_gulshanda_bu_rangi_nazorimdur.... Downloaded from uzbekai.com.