Tun oqshom orazingdin to‘lun oy ko‘rdim xayol ichra... Joniy Tun oqshom orazingdin to‘lun oy ko‘rdim xayol ichra, O‘zimdan bordim ul g‘oyatda bo‘ldim o‘zga hol ichra. Na ra’no sarvqad davring guli ruxsori zebidin Chaman ahlini mahvi rang aylabdur kamol ichra. Xusho, gulzor aro gulgun uzori nargis oltuni, Iki zarrin g‘azola gurfaroqdir husni ol ichra. Malohat bog‘idur husning, nazokat sendadur yori, Pari paykar sanamlar xodim o‘lmishlar jamol ichra. Mening komi dilimg‘a zahri hajrng shahdi rohatdur, Bu lazzatni kishi topmas yurib yuz yil visol ichra. Ne davlatdur menga dildor yodi birla jon bermak, Ne mushkul ish erur ohsiz malolidur malol ichra. Fano bo‘lmay yetishmas belu og‘zing sayriga Joniy Saropo umr bori sarf o‘lmish qiylu qol ichra. — Source: https://wikisource.org/wiki/Tun_oqshom_orazingdin_to%E2%80%98lun_oy_ko%E2%80%98rdim_xayol_ichra.... Downloaded from uzbekai.com.