Turdi bo‘ston sayrig‘a sarvi xiromon silkinib... Joniy Turdi bo‘ston sayrig‘a sarvi xiromon silkinib, Qildi poyandoz gul bargin guliston silkinib. Kulgusidin gul sochib, qizlar bilan nozin ko‘rub, Panjasida zarlarin gul qildi ehson silkinib. Zulf birlan o‘ynabon atridin anbar to‘kkanin, Sunbul oni ko‘rdi-yu, bo‘ldi parishon silkinib. G‘uncha guftorin ko‘rub chirmandi xazro pardag‘a, Sarv raftorin eshitib, qoldi hayron silkinib. Har kim o‘z gulro‘yig‘a mahv erdi, Joniy, bil oni Gul yuzin ko‘rdi-yu, bulbul qildi afg‘on silkinib. — Source: https://wikisource.org/wiki/Turdi_bo%E2%80%98ston_sayrig%E2%80%98a_sarvi_xiromon_silkinib.... Downloaded from uzbekai.com.