Kamol Komil Xorazmiy Emas kishiga bu dunyoga mulk-u mol kamol, Husuli ilm-u hunar keldi bezavol kamol. Ulumdin sharafi oxirat emasdur yolg‘uz, Ki munda ham sababi izzat-u jalol kamol. Murod ma’rifatullohdur taallumdin, Emas mubohasa-u jang ila jidol kamol. Kamol ma’nisi tahsili ilmi holdurur, Na hosil aylagusi mahzi qiyl-u qol kamol. Zamiring ayla musaffo kadardin oyinadek, Desangki jilvagar etsun anga jamol kamol. Bo‘lurmu sho‘ra zamin ob-u donadin xurram, Xabis tab‘g‘a topmak base mahol kamol. Kamol bergusidir so‘zga shuhrat-u ta’sir, Bu qushg‘a qilg‘ali parvoz parubol kamol. Niholi bebari sarkashdurur avomunnos, Ne sud topmasa ma’nig‘a ittisol kamol. Ko‘rub g‘azalda Bayoniy musaddasin Komil, Dediki: «Bergay anga hayyi loyazol kamol». — Source: https://wikisource.org/wiki/Kamol. Downloaded from uzbekai.com.