Koʻzim giryonliqigʻa ul labi xandon erur bois... Komil Xorazmiy Koʻzim giryonliqigʻa ul labi xandon erur bois, Koʻngul mahzunliqigʻa kulfati hijron erur bois. Gʻami ishqim ulusgʻa fosh oʻlurgʻa, ey guli ra’no, Sarigʻ ruxsor uza oqgʻon koʻzimdan qon erur bois. Dili tangim ochilmas juz nasimi iltifotingdan, Dami subh, oʻlmoqigʻa gʻunchaning xandon, erur bois. Ne tong ul oygʻa ta’sir etmas ersa ashksiz ohim, Hadafgʻa yetmakigʻa tiyrning paykon erur bois. Yetursa koʻngliga zaxm el, tili mavzun soʻzingdindur, Sadaf chokiga yoʻq xanjar, duri gʻalton erur bois. Desang ozod oʻlay gʻamdin suxansanj oʻlma, bulbuling Qafasband oʻlmaqigʻa shakarinilhon erur bois. Musoffodur koʻngul koshonasi doim xayolingdin, Bezarga kulbasini mevbon, mehmon erur bois. Malul oʻlma mazallat tiyra chohi ichra qoldim deb, Aziz boʻlmaqgʻa Yusuf, Misr aro, zindon erur bois Ne tong Komil Navoiy yangligʻ oʻlsa soʻz aro sarmast, Bu sarxushliqgʻa jomi suhbati sultsn erur bois. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ko%CA%BBzim_giryonliqig%CA%BBa_ul_labi_xandon_erur_bois.... Downloaded from uzbekai.com.