Mango qilma, ey moho oliyjanob... Komil Xorazmiy Mango qilma, ey moho oliyjanob, Itob-u itob-u itob-u itob. Erur ishqing o‘tig‘a ko‘nglum mudom Kabob-u kabob-u kabob-u kabob. Chu kelding, ketarmen deb qilma ko‘b Shitob-u shitob-u shitob-u shitob. Jamolingg‘a boqg‘onda solma ango Niqob-u niqob-u niqob-u niqob Yuzung mus’hafi sharhi o‘lg‘ay Kitob-u kitob-u kitob-u kitob. Mug‘anniy cholib ayla ko‘nglumni shod Rubob-u rubob-u rubob-u rubob. Binoyi jahon bordur suv uza Hubob-u hubob-u hubob-u hubob. Ango ko‘b ko‘ngul qo‘ymakim, bo‘lg‘ay — o‘q Xarob-u xarob-u xarob-u xarob. Sango bo‘lsa ham oy-u kun qilma faxr Rikob-u rikob-u rikob-u rikob. Erur jiyfa dunyo oning tolibi Gilob-u gilob-u gilob-u gilob. Labing hajrida ichmagay Komiling Sharob-u sharob-u sharob-u sharob. — Source: https://wikisource.org/wiki/Mango_qilma%2C_ey_moho_oliyjanob.... Downloaded from uzbekai.com.