Po'stin Komil Xorazmiy Chu bo‘ldi tanimga makon po‘stin, O‘luk jismima berdi jon po‘stin. Qilib daf i day shiddati ofatin, Manga bo‘ldi dorulamon po‘stin. Vujudim riyozig‘a bahman yeli Esar chog‘da berdi amon po‘stin. Agar jon qushig‘a qafas tandurur, Valek erur oshiyon po‘stin. Ichi xazz-u debo-yu qoqim durur, Toshi atlas-u parniyon po‘stin. Sovuq qahridin g‘am emaskim esa Ango lutfi shahi jahon po‘stin. Esang oqil, egningdin ayirmog‘il, Hamisha bahor-u xazon po‘stin. Birov qoqma chakmonga zor-u falak Birovga berib ming do‘kon po‘stin. Berib ashk-u durrin, sarig‘ yuz zarrin, Olibman emas roygon po‘stin. — Source: https://wikisource.org/wiki/Po%27stin. Downloaded from uzbekai.com.