Xabar topmish bu mahfilda jamolingdan magar koʻzgu... Komil Xorazmiy Xabar topmish bu mahfilda jamolingdan magar koʻzgu Kamoli hayrat ila oʻzdin oʻlmish bexabar koʻzgu. Uzori otashining shu’lasi bskgʻach, yoqar jonim, Koʻrubmu hech nozir zohir etkanni sharar koʻzgu. Yuzung xurshidi zulf ostida jabhangdin namoyondur, Quyosh ruxsorigʻa boʻlgʻon kabi shomu sahar koʻzgu. Ruhing mir’otini tut zohidi xudbin koʻzidin dur, Ne bahra topgʻusi koʻrgan bila ul bebasar koʻzgu. Tamoshoyi jamolingdin, ne tong, shirinkalom oʻlsam, Ki toʻtilarni doim soʻzlatur shirin-shakar, koʻzgu. Jamoling ishtiyoqidin mudom ermas esa giryon, Nedin boshdin ayoq boʻlmishdurur bir chashmi tar koʻzgu. Yuzung mir’oti hijronida boʻldim necha kundur lol, Suxansanj oʻlmakigʻa keldi toʻtining hunar koʻzgu(?) Ruxing nazzorasi fikridin oʻzga yoʻq menga maqsud, Koʻzumgʻa jilvagar boʻlgʻonda gar xurshid, gar koʻzgu. Bu vajh ila alar nazzorasi bordur manga matlub, Jamoli bezavolinggʻa erur shamsu qamar koʻzgu. Jamoli jilvasin Komil zamiridin tamosho qil, Ki mazharliqgʻa loyiq boʻlmagʻay ul yuzga har koʻzgu. — Source: https://wikisource.org/wiki/Xabar_topmish_bu_mahfilda_jamolingdan_magar_ko%CA%BBzgu.... Downloaded from uzbekai.com.