Komron Komron Barqdek anvori xusnung ko‘zlarimga chaqilib... Barqdek anvori xusnung ko‘zlarimga chaqilib, Ko‘zdin oqizding ko‘ngulni qatra-qatra qon qilib. Sham’i husnungni ko‘rub bildimki, olamso‘zdur, Soldim o‘zni shu’lag‘a parvonadek ko‘rub bplib. Jon bila ko‘nglumdin ayrildim sanga yetkan zamon, Emdi, ey jonu jahon, sendin bo‘lurmu ayrilib. Jon yetibtur og‘zima, bo‘lg‘aymu, ey isonafas, Bir nafas ollimda o‘ltursang iyodatqa kelib. Ishq aro devona bo‘lsam, ne ajab... Ishq aro devona bo‘lsam, ne ajab, Aqldin begona bo‘lsam, ne ajab, Xoli o‘lmish xilvatim ag‘yordin, Yor ila hamxona bo‘lsam, ne ajab. Yorutur kulbamni ul sham’i jamol, Boshig‘a parvona bo‘lsam, ne ajab. Zohir o‘ldi ko‘yida rasvolig‘im, Shahr aro afsona bo‘lsam, ne ajab. Ul parivashqa bo‘lubmen, oshno, Komron, devona bo‘lsam, ne ajab. Ul quyosh orazidin parda olib... Ul quyosh orazidin parda olib, Shu’lai xoshok vujudumg‘a solib. Barcha suvratda qilib jilvayi husn, Husni yuz vajh ila ko‘nglumni olib. Har libos ichra urar ishq yo‘lin, Goh Shirin, gahe Laylo atalib. Qilichi chok qilib ko‘nglumni, Kirpigidin yana o‘qlar qadalib. Hodisa toshlaridin shisha kibi, Bu qo‘han dayrda ko‘nglum ushalib. Emdi men azmi xarobot etsam, Boruram ko‘yida ko‘nglumni solib, Komron eshigidin borgumdur, Darbadar ko‘nglum eshigida qolib. Ushbu tun ko‘nglumda yoru ko‘zum erdi masti xob... Ushbu tun ko‘nglumda yoru ko‘zum erdi masti xob, Kim yetishti qoyilim yuz noz ila aylab itob. Xasta ko‘nglum muztaribdur zulfi tobig‘a tushub, Shast aro tushkan balig‘ yanglig‘ki aylar iztirob. Xoki rah bo‘ldum, guzar gar qilmasa, ermas ajab, Men gadoyi benavo, ul xusravi oliyjanob. Kimki jonon chehrasida ishq sirrin bilmagay, Ne ajab, andin desa «yo laytani kuntu turob», Komron, jonon tamannosi meni pir ayladi, Ey darig‘o, onsiz o‘tti ahdi ayyomi shabob. Yordin keldi xatu ta’vizi jon bo‘ldi manga... Yordin keldi xatu ta’vizi jon bo‘ldi manga, Qotili hajr ilgidin xatti amon bo‘ldi manga. Vah, bu ne maktubdurkim, nomai a’moldek Etgach ilgimga saodatqa nishon bo‘ldi manga. Mehribon sog‘ing‘anim javru jafo rasmin tutub, Mehr tarkin qildiyu nomehribon bo‘ldi manga. Doimo yodimdasen bordur bu ma’nog‘a guvoh Ulki doim voqifi sirri nihon bo‘ldi manga. Gul’uzoro, zikru fikringdin dame xoli eman, To vatan bulbul kibi bu guliston bo‘ldi manga. Eshiginda yuz ketursam Komrondek ayb emas, Ka’bayi maqsud chun ul oston bo‘ldi manga. Zihi har zarradin husnung huvaydo... Zihi har zarradin husnung huvaydo, Jamoling oftobi olamaro. Agar zohir, agar botinda sensen, Ko‘zu ko‘nglum aro pinhonu paydo. Agar yumsam ko‘z, ar har sori ochsam, Sening husnungni aylarmen tamosho. Gahi oshiq, gahi ma’shuq etarsen, Bo‘lub har suvrat ichra oshkoro. Erur Laylo bila Shirin bahona, Jahonda sen solibsen sho‘ru g‘avg‘o. Qilurmen navhalar Majnun g‘amidin, Qachonkim xotirimg‘a kelsa Laylo, Etishti Komron ul turki sarmast, Xirad mulkin qilur yag‘mo hamono. — Source: https://wikisource.org (works of Komron). Downloaded from uzbekai.com.