Ishq aro devona bo‘lsam, ne ajab... Komron Ishq aro devona bo‘lsam, ne ajab, Aqldin begona bo‘lsam, ne ajab, Xoli o‘lmish xilvatim ag‘yordin, Yor ila hamxona bo‘lsam, ne ajab. Yorutur kulbamni ul sham’i jamol, Boshig‘a parvona bo‘lsam, ne ajab. Zohir o‘ldi ko‘yida rasvolig‘im, Shahr aro afsona bo‘lsam, ne ajab. Ul parivashqa bo‘lubmen, oshno, Komron, devona bo‘lsam, ne ajab. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ishq_aro_devona_bo%E2%80%98lsam%2C_ne_ajab.... Downloaded from uzbekai.com.