Yordin keldi xatu ta’vizi jon bo‘ldi manga... Komron Yordin keldi xatu ta’vizi jon bo‘ldi manga, Qotili hajr ilgidin xatti amon bo‘ldi manga. Vah, bu ne maktubdurkim, nomai a’moldek Etgach ilgimga saodatqa nishon bo‘ldi manga. Mehribon sog‘ing‘anim javru jafo rasmin tutub, Mehr tarkin qildiyu nomehribon bo‘ldi manga. Doimo yodimdasen bordur bu ma’nog‘a guvoh Ulki doim voqifi sirri nihon bo‘ldi manga. Gul’uzoro, zikru fikringdin dame xoli eman, To vatan bulbul kibi bu guliston bo‘ldi manga. Eshiginda yuz ketursam Komrondek ayb emas, Ka’bayi maqsud chun ul oston bo‘ldi manga. — Source: https://wikisource.org/wiki/Yordin_keldi_xatu_ta%E2%80%99vizi_jon_bo%E2%80%98ldi_manga.... Downloaded from uzbekai.com.