Zihi har zarradin husnung huvaydo... Komron Zihi har zarradin husnung huvaydo, Jamoling oftobi olamaro. Agar zohir, agar botinda sensen, Ko‘zu ko‘nglum aro pinhonu paydo. Agar yumsam ko‘z, ar har sori ochsam, Sening husnungni aylarmen tamosho. Gahi oshiq, gahi ma’shuq etarsen, Bo‘lub har suvrat ichra oshkoro. Erur Laylo bila Shirin bahona, Jahonda sen solibsen sho‘ru g‘avg‘o. Qilurmen navhalar Majnun g‘amidin, Qachonkim xotirimg‘a kelsa Laylo, Etishti Komron ul turki sarmast, Xirad mulkin qilur yag‘mo hamono. — Source: https://wikisource.org/wiki/Zihi_har_zarradin_husnung_huvaydo.... Downloaded from uzbekai.com.