Lutfiy Lutfiy Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu... Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu, Masaldurkim: «Charog‘ tubi qorong‘u». Tuturmen ko‘zki, ko‘rsam orazingni, — Ki derlar: «Oqqan ariqqa oqar su(v)». Yuzungni tuttum ortuq oy-u kundin, «Kishining ko‘zidur, ore, tarozu». Ko‘zing qonimdin iymanmas, ajabtur, — Ki: «Qo‘rqar, qaydakim qon ko‘rsa hindu». Tilar vaslingni Lutfiy, qil ijobat, — Ki ayturlar: «Tiloganni — tilogu”. Bog’i husnungdin gule gar tergamen... Bog’i husnungdin gule gar tergamen. Bosh agar borsa bu yo’lda, tergamen. Oy yuzungni kunga o’xshatqon uchun G’arqa bo’lmishmen uyottin terga men. Bu ko’ngul Meni shaydo qiladurg’on, bu ko’nguldur, bu ko’ngul, Xor-u rasvo qiladurg’on, bu ko’nguldur, bu ko’ngul. O’qdayin qomatimizni qora qoshlig’lar uchun Muttasil yo qiladurg’on, bu ko’nguldur, bu ko’ngul. Meni yozg’urma «sevar» debki mening haddim emas, Ul tamanno qiladurg’on, bu ko’nguldur, bu ko’ngul. Borma derlar eshiki sori damo-dam, netayin, Ko’p taqozo qiladurg’on, bu ko’nguldur, bu ko’ngul. Tori mo’yin havasi birla qorong’u kechada Jonni savdo qiladurg’on, bu ko’nguldur, bu ko’ngul. Dushman-u do’st orasinda meni g’ofilni (mudom), Besar-u po qiladurg’on, bu ko’nguldur, bu ko’ngul. O’zgadin ko’rmaki ko’zung yoshini, ey Lutfiy, Ayni daryo qiladurg’on, bu ko’nguldur, bu ko’ngul. Bu ne qoshu g’amzayi ayyor erur... Bu ne qoshu g’amzayi ayyor erur? Bu ne shaklu, shevayu raftor erur? Sizga osondur agar men bo’lmasam, Sizsizin lekin menga dushvor erur. Charxi kajraftor elidin yozamen... Charxi kajraftor elidin yozamen, Chiqmadim hijron qishidin yoza men, Bir meni yorliq bila yod etmas ul, Har necha ul shahg‘a qulluq yozamen. Dilbaro, Yusuf jamoli sendadur... Dilbaro, Yusuf jamoli sendadur, Dilraboliqningki xoli sendadur. Umr kechti-yu meni bir so’rmading, Bevafoliqning kamoli sendadur. Ey ko’ngul, bu yo’lda ne g’amdur senga... Ey ko’ngul, bu yo’lda ne g’amdur senga Kim, xayoli yor hamdamdur senga. Sevdung o’z haddingdin ortuq yorni, Gar seni kuydursalar, kamdur senga. Ey ko’ngul, yorsiz sango ne bor, bor... Ey ko’ngul, yorsiz sango ne bor, bor, Qaydakim ul zulfi anbar bor, bor. Chek jafo-yu javr-u nozi borini, Bir kun o’lg’aykim, degaydur: bor-bor Ey, visoling davlati ahli futuh... Ey, visoling davlati ahli futuh, Zulfu yuzung yodidur oromi ruh. Gar ilik tutsang, ravon tutqil, begim, Sabri Ayyub o’lsa, yo’qtur umri Nuh. Furqatingni chekkali jon qaydadur... Furqatingni chekkali jon qaydadur, Sabr etarga sensiz imkon qaydadur! Bizni bir yo’li faromush aylading, Ul burunqi ahdu paymon qaydadur?! Garchi qurutmas ko’zumning yoshini... Garchi qurutmas ko’zumning yoshini, Haq uzun qilsun ul oyning yoshini. Yig’lama ko’p, bu vujuding ishq o’ti, Ne qurug’in qo’yg’usi,ne yoshini. Jonim chiqadur dard ila, jononima ayting... Jonim chiqadur dard ila, jononima ayting, Men xasta gado holini sultonima ayting. O’rtanmagu ko’z yoshiyu o’lmakturur ishim, Bu qissani ul sham’i shabistonima ayting. Qat-qat yuragim bog’ladi qon g’uncha meng’izlik, Bu dardi dilimni guli xandonima ayting. Qon yoshim erur yux uza yulduz kabi sonsiz, Ul ko’zlari cho’lpon, mahi tobonima ayting. Lutfiyi dilafkor tilar hajr eliding dod, Ahvolini ul begimau xonima ayting. Kelmadi sentek jahonda dilbari ayyorae... Kelmadi sentek jahonda dilbari ayyorae, Nasli odam ichra yo’q mundoq pari ruxsorae. Qon to’kar, el bilmasunlar deb o’zin to’g’ri qilur, Qo’rmadi hech kim ko’zidek joduyi makkorae. Tortaram yuz ming jafo ko’nglum elindin, koshki Bergay zrdi haq ko’ngul, berguncha sangi xorae. Yopma yuzkim, haq yaratmish yaxshilarni lutf ila Kim, alarning ko’rkidin osonlagay bechorae. Hajr uzotur erdi ko’p zulm ilgini tan mulkida, Bo’ldilar jonu ko’ngul bir-birisi ovorae. Husn to’nin kiydingu esking uchun bo’ldi talosh, Tortishib gul topti oxir ko’nglagi sadporae. Lutfiyning yo ko’nglin olgil, yoxud o’ltur tiyg’ ila, Har netak ko’nglung tilar, bechorag’a qil chorae. Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor... Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor. Har necha dardimni desam, dog‘i bor. Qilcha tanga bori ishqing yor edi. Bir sori bo‘ldi firoqing, dog‘i bor. Ko’rgamen nogah yangoqing dardini... Ko’rgamen nogah yangoqing dardini, Tortayin ko’zga ayoqing gardini. Topqamen deb vaslidin bir kun davo, Tortaram doim firoqing dardini. Ko’z yoshim tuproq ila gar qotila... Ko’z yoshim tuproq ila gar qotila, Kelmagayman javridin, haqqo, tila. G’amzasi o’ltirdi-yu, ul bexabar, Men agar o’lsam, ne g’am ul qotila. Ko’zung qorasi fitna, vale oqi balodur... Ko’zung qorasi fitna, vale oqi balodur, Jonlar oladur, vah, ne balo ko’zi qarodur? Ko’z ustida jon olg’uvchidur xoliyu qoshi, Bir-birga bari fitna qotilg’an ne balodur? Hamdardtur aytay anga holimkim, inong’ay, Gulshandin o’shul bulbuli miskin, ki judodur. “Bosh o’ynayinu jon berayin vasl uchun” – ayttim, Xush-xush kulub aytur mangakim: ”Yaxshi bahodur!” Ko’p qilma aning javridin, ey Lutfiy, shikoyat, Kim, husn elining shevasi payvasta jafodur. Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen... Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen. Vah, qachon yetkaymen ut dilbanda men Bevafolarga meni qilding asir. Sen menga sultonsen, ey dil, banda men. Nega jonima jafo qilursan... Nega jonima jafo qilursan? Vaqti o’ldi agar vafo qilursan. Jonim chiqadur firoq o’tindin Dardimg’a qachon davo qilursan? Ul zulfni solma yuzung uzra, Kim yuz bila ming balo qilursan. Bo’ynungda qonim, ki bizni,ey ko’z, Xo’blar bilan oshno qilursan. Jondin ilikingni, Lutfiy, yuvg’il, Chun ishq bila marhabo qilursan. Ozg’urur olamni so’zung, ey begim... Ozg’urur olamni so’zung, ey begim, Ne balodur fitna ko’zung, ey begim? Aytayin derman senga ko’nglumdag’in, Ne deyin, bilursan o’zung, ey begim. Qadu og’zingg’a boqsam, oh derman... Qadu og’zingg’a boqsam, oh derman, Seni ko’rgan sayin Olloh derman. Tilar ko’nglim seni olamdau bas, Bu nisbatin seni dilxoh derman. Meni haddim emaski, istasa vasl, “Ko’z uchi birla boq goh-goh” — derman. Qusuri tab’din derman seni sarv, Erur ul noravo bir oh derman. Etagingga kishining ilki etmas, Seni bu vajh ila men moh derman. Sening qadding bila nozik yururda, Erur o’zga nima hamroh derman. Jamoling Lutfi so’zin qildi rangin, Sening husnungga “shay’anlilloh” derman. Qomatimni necha qoshing yo qila... Qomatimni necha qoshing yo qila. Necha hajr o‘ti jonimda yoqila. G‘amza birla to‘kti qonim ul sanam. To hinotek qon elina yoqila. Qon bo’ldi ko’ngul firoqingizdan... Qon bo’ldi ko’ngul firoqingizdan, Jon kuydi ham ishtiyoqingizdan. Dinu dilu aql bo’ldi yag’mo, Jon olg’uvchi ul qaroqingizdan. O’qtek bo’yimiz egildi yodek, Ul fitnalik ikki toqingizdan. Su bo’ldi jonim, vale damo-dam O’tqa yoqilur dudoqingizdan. Oltun kabi chehra bo’ldi sorig’, Ul sim tikin saqoqingizdan. Ko’rsam kerak oyu kun bulutsiz, Sochni ketoring yangoqingizdan. Bu Lutfiyi xastani so’rungkim, Bechora o’lar firoqingizdin. Qoshlaring xush lojuvard-u toq erur... Qoshlaring xush lojuvard-u toq erur, Xush ichinda benazir-u toq erur. Torta olmasman firoqing, netayin, Qilcha tanga bori ishqing toq erur. Sayd qildi bizni jayron ko’zlari... Sayd qildi bizni jayron ko’zlari, Delva bo’ldi jon eshitib so’zlari. Yor agar qilsa inoyat ne ajab, Qulni chun devona qildi o’zlari. Sen latofat paykarining xonisen... Sen latofat paykarining xonisen, Husn avjining mahi tobonisen. Gar pari desam seni, ma’zur tut, Chin ko’zum insonidin pinhonisen. Senga ne «Dudog’ing ma’dani jondur»,— dedim, aytur:«Senga ne?!» «Qomating sarvi ravondur»,— dedim, aytur:«Senga ne?!» «Qamar otlig’ yuzung ollidadur oy bir habashiy, Dag’i yuzungda nishondur,»—dedim, aytur: «Senga ne?! «Tal’ating husni jahoniyu oning ustidagi Soching oshubi jahondur»,— dedim, aytur: «Senga ne?!» «Yoyu o’q qop-qora bo’lmas, magar ul qoshu ko’zung Ne ajab tiyru kamondur»,— dedim, aytur: «Senga ne?!» Xizrdin so’rmisham: «Irningmu durur obi hayot, Iso anfosi hamondur»,— dedim, aytur: «Senga ne?» Xurdabinlar ul og’izniki: «Adamdur»,— dedilar, «Onda bir zarra gumondur»,—dedim, aytur: «Senga ne?» «Zulfu yuzu ko’zu qoshu, mengu g’amzang — barcha Fitnayi ahli zamondur»,— dedim, aytur: «Senga ne?!» «Oy yuzung kun kibi zarroti jahon mazharida Barcha olamg’a ayondur»,— dedim, aytur: «Senga ne?!» Bo’ldi ko’p fikri daqiq ichra xayoli Lutfiy, «Bu ne mo’yu ne miyondur?»—dedim, aytur: «Senga ne?!» Sensizin ayshu sururim qolmadi... Sensizin ayshu sururim qolmadi, Yig’lamoqtin ko’zda nurim qolmadi. Ul quyosh yuzungdin ayrulg’on uchun, Qayg’udin zarra huzurim qolmadi. Tortadur Ko’rgali la’ling aqiqin ko’nglum ul yon tortadur, Bu yamon andishaliqni go’iyo qon tortadur. Dod ko’zungdinki, dinga necha yuz ursam, meni Kufr sori sehr ila ul nomusulmon tortadur. Olida jon tortadurman, to magar tushg’ay qabul, Bir nazar qilmas bu miskin sorikim, jon tortadur. Xoki poyekim anga zulfi tegar ko’p istaram, Yo meni tuproq, yo rizqi parishon tortadur. Mayl etar o’z jinsig’a har jins o’zini lojaram, Beli sori ul kamandi anbarafshon tortadur. Qoshlari yosin quloqqa yetkura tortar ko’zi, Ikki yoni masti lo’yaqil ne oson tortadur? Yo’q turur yolg’uz bu Lutfiy jonig’a javri raqib, Qayda bir dono durur, ul javri nodon tortadur. To’nga sig’masmen... To’nga sig’masmen farahdin gul kabi, Kelsa ul sarvi ravon bir-bir mang’a. Muncha yil ketgan bu baxt-u davlatim Shukrlillahkim, kelur bir-bir mang’a. Tuz, begim, bu damda suhbat ko’kini... Tuz, begim, bu damda suhbat ko’kini, Tut ayog’, kes dardu g’amning ko’kini. Ilikingdin chiqsa boshqa bir ayoq, Ko’zga ilmon dunyoning yer-ko’kini. Ul mening jonu jahonimg’a salom... Ul mening jonu jahonimg’a salom, Jondin ortuq mehribonimga salom. Bir zamon xoli emasmen yodidin, Munisi jonu ravonimga salom. Ul sanamg’a bormag’in Necha dedim: ”Ul sanamg’a bormag’in!” Qilmadi ul tark oxir bormag’in. Munchakim, xudraylig’ ko’rguzdi ul, Aql hayrat qildi tishlab barmog’in. Ulki, xalq oni malohat koni der... Ulki, xalq oni malohat koni der, Ruh oni husn ichra xo’blar xoni der. O’rtadi, kul qildi bizni ishq o’ti, Ul jihatdin bizni otashdoni der. Umrimiz kechti g’amu mehnat bila... Umrimiz kechti g’amu mehnat bila, Xizmatingda yuz tuman hasrat bila. Yorlig’ingdin bizga naf’e tegmadi, Emdi ozod aylagil minnat bila. Xoh inon, xoh inonma Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma, Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma. Hijron kechasi charxi falakka yetar, ey moh, Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma. Haqqoki qilich kelsa boshimga, eshikingdin Yo‘qtur guzarim, xoh inon, xoh inonma. Usruk ko‘zing ashkolina har gah nazar etsam, Qolmas xabarim, xoh inon, xoh inonma. Ya’qub bikin ko‘p yig‘idin qolmadi sensiz Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma. Oy yuzung‘a ko‘z solg‘ali o‘zga kishi birla, Yo‘qtir nazarim, xoh inon, xoh inonma. Ishq o‘tida Lutfiy yuzi oltunni yoshurdi, Ey siymbarim, xoh inon, xoh inonma. — Source: https://wikisource.org (works of Lutfiy). Downloaded from uzbekai.com.