Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu... Lutfiy Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu, Masaldurkim: «Charog‘ tubi qorong‘u». Tuturmen ko‘zki, ko‘rsam orazingni, — Ki derlar: «Oqqan ariqqa oqar su(v)». Yuzungni tuttum ortuq oy-u kundin, «Kishining ko‘zidur, ore, tarozu». Ko‘zing qonimdin iymanmas, ajabtur, — Ki: «Qo‘rqar, qaydakim qon ko‘rsa hindu». Tilar vaslingni Lutfiy, qil ijobat, — Ki ayturlar: «Tiloganni — tilogu”. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ayoqingg%E2%80%98a_tushar_har_lahza_gisu.... Downloaded from uzbekai.com.