Ko’zung qorasi fitna, vale oqi balodur... Lutfiy Ko’zung qorasi fitna, vale oqi balodur, Jonlar oladur, vah, ne balo ko’zi qarodur? Ko’z ustida jon olg’uvchidur xoliyu qoshi, Bir-birga bari fitna qotilg’an ne balodur? Hamdardtur aytay anga holimkim, inong’ay, Gulshandin o’shul bulbuli miskin, ki judodur. “Bosh o’ynayinu jon berayin vasl uchun” – ayttim, Xush-xush kulub aytur mangakim: ”Yaxshi bahodur!” Ko’p qilma aning javridin, ey Lutfiy, shikoyat, Kim, husn elining shevasi payvasta jafodur. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ko%E2%80%99zung_qorasi_fitna%2C_vale_oqi_balodur.... Downloaded from uzbekai.com.