Senga ne Lutfiy «Dudog’ing ma’dani jondur»,— dedim, aytur:«Senga ne?!» «Qomating sarvi ravondur»,— dedim, aytur:«Senga ne?!» «Qamar otlig’ yuzung ollidadur oy bir habashiy, Dag’i yuzungda nishondur,»—dedim, aytur: «Senga ne?! «Tal’ating husni jahoniyu oning ustidagi Soching oshubi jahondur»,— dedim, aytur: «Senga ne?!» «Yoyu o’q qop-qora bo’lmas, magar ul qoshu ko’zung Ne ajab tiyru kamondur»,— dedim, aytur: «Senga ne?!» Xizrdin so’rmisham: «Irningmu durur obi hayot, Iso anfosi hamondur»,— dedim, aytur: «Senga ne?» Xurdabinlar ul og’izniki: «Adamdur»,— dedilar, «Onda bir zarra gumondur»,—dedim, aytur: «Senga ne?» «Zulfu yuzu ko’zu qoshu, mengu g’amzang — barcha Fitnayi ahli zamondur»,— dedim, aytur: «Senga ne?!» «Oy yuzung kun kibi zarroti jahon mazharida Barcha olamg’a ayondur»,— dedim, aytur: «Senga ne?!» Bo’ldi ko’p fikri daqiq ichra xayoli Lutfiy, «Bu ne mo’yu ne miyondur?»—dedim, aytur: «Senga ne?!» — Source: https://wikisource.org/wiki/Senga_ne. Downloaded from uzbekai.com.