Chekib qatlimg‘a saf ul xayli mujgoningga sallamno... Ma’dan Chekib qatlimg‘a saf ul xayli mujgoningga sallamno, Ko‘ngul sham’in yorutg‘ay, zaxmi paykoningga sallamno. Vafo rasmin tuzub, nooshnolig‘ shevasin buzg‘an, Jatrodin yuz o‘gurgan ahdu paymoningga sallamno. Jahon chun kulbai attor yanglig‘ atrbez o‘ldi, Abiromiz zulfi anbarafshoningga sallamno. Mening Majnun kibi nokoma in’oming nisor etkim, Falaq shohi degay rashk ila ehsoningga sallamno. Samodin to samakka partavi husning bo‘lub lomi’, Bu ko‘zgu uzra aksi mehri ruxsoringga sallamno. Amiriy gulshani nazmida afg‘on aylakim Ma’dan, Degay bulbul navou savty ilhoningga sallamno. — Source: https://wikisource.org/wiki/Chekib_qatlimg%E2%80%98a_saf_ul_xayli_mujgoningga_sallamno.... Downloaded from uzbekai.com.