Har kimy ilgida sing‘an jom ila sahbosi bor... Ma’dan Har kimy ilgida sing‘an jom ila sahbosi bor: Jomi Jam, mir’oti Iskandardin istig‘nosi bor. Bir muvofiq bo‘lsa yori dahr aro har kimsani, Layliyu Shirinu Uzrodin qachon parvosi bor?! Oftobi orazingdin bahraye, jono, olur, Ushbu olam ichra kimning diydai binosi bor. Soqiyo, ko‘rsat jamoling aksini jom ichrakim, Xasta ko‘nglum ilgida jon naqdidin barnosi bor. Ko‘hkan Shirina, Uzrosiga Vomiq faxr etar, Ishq bozorida har Qaysni bir Laylosi bor. G‘am yemam kofir ko‘zung o‘ldursa ming yo‘l ne uchun, La’li jonbaxshingda bil yuz ming Masih anfosi bor Dahr mahbubig‘a, Ma’dan, bog‘lamas ko‘ngul ne deb, Bir pari-paykar, quyosh yuzluk malak siymosi bor. — Source: https://wikisource.org/wiki/Har_kimy_ilgida_sing%E2%80%98an_jom_ila_sahbosi_bor.... Downloaded from uzbekai.com.