Ketib ul sho‘x, ketmish jismdin jonim so‘rog‘ uzra... Ma’dan Ketib ul sho‘x, ketmish jismdin jonim so‘rog‘ uzra, Magar mushkin xatingdin nafhaye yetmish dumog‘ uzra. Mashomimg‘a sabo gar nakhate keltursa, tong ermas, Parizodim tararmish sunbuli zulfin tarog‘ uzra. Mening qatl aylag‘ach chug‘zi adular qatl komidin, Taloshur itlari qonimni ko‘rgach ityalog‘ uzra. Dedim, o‘ldur, mening qonlig‘-boshim yo‘lungda pomol et Yaroshuqdur mening qonimg‘a gul la’ling dudog‘ uzra. Dema hech kimga zulm etmodi Ma’dan dahri zulmoniy, Nag‘u Farhodning ta’zir etib o‘ldurdi tog‘ uzra? — Source: https://wikisource.org/wiki/Ketib_ul_sho%E2%80%98x%2C_ketmish_jismdin_jonim_so%E2%80%98rog%E2%80%98_uzra.... Downloaded from uzbekai.com.