Mani afgor edanlar, kosh, man yanglig‘ figor o‘lsun... Ma’dan Mani afgor edanlar, kosh, man yanglig‘ figor o‘lsun Ki, furqat bodasin sing‘on tarab jomig‘a zor o‘lsun. Mening mahbusi zindoni malomat aylaganlar ham Mazallat tufrog‘ina yostonib xor o‘lsa xor o‘lsun. Chekib ishratrabosin sukr o‘lub bexud o‘lanlarg‘a Mudaqqiq dard berkim, el ichinda sharmsor o‘lsun. Degil ushshoqakim majzubi ishq o‘lmish budur chora, Chiqib sahroya, Majnun daf’idek benangu or o‘lsun. Turobimg‘a qadam qo‘yg‘ach tahammul pesha qilg‘ilkim Mabodo hil’ati nozing g‘uborimdin g‘ubor o‘lsun. Jahon ma’murasidin o‘zga maqsudi murodim yo‘q, , Boshim farshi harimi dargahi ul shahsuvor o‘lsun. Zalilu mustamandu xor deb, Ma’dang‘a ta’n etma, Anga hijron muborak, sanga davlat poydor o‘lsun. — Source: https://wikisource.org/wiki/Mani_afgor_edanlar%2C_kosh%2C_man_yanglig%E2%80%98_figor_o%E2%80%98lsun.... Downloaded from uzbekai.com.