Muanbar kokulingni mushk birlan g‘ola yozmishlar... Ma’dan Muanbar kokulingni mushk birlan g‘ola yozmishlar, Labingga uqday kofurdin buthola yozmishlar. Muqaddar munshilar arbobi husning mushafi uzra To‘lun oy jadvalig‘a sun’ birlan hola yozmishlar. Pari gulchehralar tumori tasxiri aloyiqdur, Fusun ahli qiyomat nasridin timsola yozmishlar. Na yanglig‘ qona tabdil rang olibdur kifriking o‘qi, Yuraklar porasidin anga yuz parkola yozmishlar. Emasmu mazhabi ishq ichra joyiz Ko‘hkan shavqi, Ki lavhi Besutun satriga tarhi lola yozmishlar. Ko‘ngul purg‘am, yurak obila hamdam ko‘zda yoshim qon, Sango husnu latofat, manga ohu nola yozmishlar. Shabi ohimdin onjoq Ma’dan o‘ldi tiyra gardunkim, Sirishkimdin taqi kim Shomu Chinni ola yozmishlar. — Source: https://wikisource.org/wiki/Muanbar_kokulingni_mushk_birlan_g%E2%80%98ola_yozmishlar.... Downloaded from uzbekai.com.