Mahmudxoʻja Behbudiy Mahmudxoʻja Behbudiy A’molimiz yoinki murodimiz Ma’lumdurki, dunyoda har kim umid va a’mol ila yashaydur. Kecha-kunduz mehnat va mashaqqat tortmoq oyanda uchundur. Har kim o‘z oyandasini yaxshilikka harakat etar va kelar zamonda o‘z orzusi va havasig‘a yetmoq uchun hech dam olmasdan hol qadarincha harakatdadur. Tiriklik kulfati va mehnati asnosinda har kim o‘z oyandasi va istiqbolig‘a bir nav yaxshi umid ila qarab va o‘zig‘a bir muddao qaror berib va o‘shal muddao va yoinki murodin hosil qilmoq uchun qo‘shish etib, har kun chekaturgan kulfatini o‘shal muddaosini hosil qildirmoq uchun o‘ziga olmay yana ziyodaroq intiladur. Va ba’zan o‘shal murodu muddaosini, go‘yo hosil bo‘ldi, deb rohatlanib o‘zig‘a tasalli beradur. Va hech ahadi ushbu muddaou murodni orqasidan yugurmoqdan xoli emas. Ana shul muddao va murodlarni ilmi isloh ila a’mol derlar. Endi a’molimizg‘a diqqat qilmoq kerak. Aksar xalqimizni a’moli shulki, ishlasa va foyda qilsa. Shoyadki, o‘g‘il va qizini to‘y qilsa va ham qanday! O‘z qatorindagi odamlarni qilgan to‘yidan ziyodaroq! Bechora kosibni a’moli to‘ydur. O‘zi rohat yuzi ko‘rmaydur. Kecha-kunduzki 18, balki 20 soatni mehnatg‘a o‘tkaraturg‘on kosiblarimiz bordur. Haqqincha yemaydur, kiymaydur. O‘n va yigirma sanalar mehnat va mashaqqat etar va xudodan o‘g‘il tilar, to‘y qilmoq uchun. Ana, bechorani a’moli. Yigirma sanalik mehnati uch kun to‘yda tamom. Yana Ahmad porina havli va xona girad. To‘y musrifi uchun qarz egalaridan qochadur. Katta to‘y qilib xotun olg‘on bir qism bechoralarni holig‘a yig‘lamoq kerak. Uch kunlik to‘yni azosi ba’zi oilalarda o‘n yil, hatto, bir umr surar, balki bevatan va xonavayronlikg‘a sabab bo‘lur. Bir kosibni aqdu nikohig‘a, to‘yu obro‘sig‘a ming so‘m. Bir o‘rtahol uchun 2000 yo 3000 so‘m. Nimboy uchun to‘rt-besh ming so‘m kerak. Bu so‘mlarni yuzdan yetmish beshi yeyilib-ichilib… ketar. Bu so‘mlar aslinda kimniki edi? Bonka, firma, foydaxo‘rniki. Tabiiy, bularg‘a pullarini bermoq lozim, na berilur? Bog‘u xona va uyi ichindagi asbobni sotib bermoq kerak. Bechora kelin va kuyovni ko‘rpa va libosig‘acha sotilur, qarzxohg‘a berilur. Nimboylar sinar. Tirikliginda bo‘lmasa, o‘lganda sinar. Ahlu ayoli darbadar bo‘lur. Oy, bu nima? To‘g‘risi, bir nav devonalik emasmi? Subhonolloh, qarz olib xalqg‘a osh bermoq aqlsizlik emasmi? Hamda illati bedavosidur. Har kishi bir uylansa va so‘ngra oilasidan bir o‘luk ko‘msa, ollohi akbar. U xona ahli kosib bo‘lsa, bu dunyog‘a o‘zig‘a kelmasdan ketar. Holo, ba’zi bechora o‘lsa, ani boy qarindoshlari, obro‘ qilurmiz, deb sag‘ir molini xalqg‘a ellar ila yirtish, palov qilib berar. Bechora sag‘irlar nonini boy kishilar qo‘ltug‘iga olib ketar. «Lo takulu’ amvolil yatima. Kulu’ va ishrabu va lo tasrafu», qanda qoldi?.. Ey musulmonlar, bu oyatu mas’alai shar’ig‘a kim amal qilur? Va muni xaloyiqg‘a kim bildurar? Har kun bir musulmonni nimarsalari bozorg‘a dini uchun… sotilur. Va har kun sudda naqadar hovli, xona, bog‘ sotilur. Har kun naqadar veksellar «protest», naqadar do‘kon, korxona hajz (pechat) bo‘lur. Bu nimaning jazosi? To‘y, ma’raka, Taziya, ko‘pkari, bazm. Bir mahallada ahli savod yigirmadan bir yo‘q. Imoni islomni dalillari ila bilaturg‘onlarni nari qo‘yduk. Erta qozilar barham bo‘lsa, zamoncha qozi bo‘laturg‘on birgina kishi butun o‘n milyo‘n Turkistonda yo‘q… Yo‘q, yana yo‘q. Hoy, hoy, xaloyiq! Bizlar devonami sog‘? Albatta… Biz to‘y va ma’raka xayolidan lazzat olarduk. To‘yu ma’rakamiz ila faxr qilar eduk. To‘yu ma’rakaga sarf qilinaturg‘on oqchani jamlamoq ia yo qo‘lg‘a kirguzmoq uchun harakat etarduk. Agarda to‘y va ma’rakag‘a qadimgidek oqcha to‘kmasak, ul oqchani na qilmoq kerak? Munga javob berilurki, to‘y va ma’raka qilinsun. Ammo hozirgidek isrof etmasdan qilinsun. Va mumkin qadarincha kichik qilinsun. Va ortuqcha pul ila bolalarni musulmon va rusi yaxshi o‘qitulsun. To‘yu ma’rakag‘a sarf qilinaturg‘on oqchani eski madrasa va mozoru masjid hamda maktablarni shikast-rextlarig‘a sarf qilinsun. To‘y va ma’raka oqchasidan bolalarni hukumat maktablariga berilsun va bu oqchadan talabalarni Makka, Madina, Misr, Istanbulg‘a va Rusiya dorilfunun va dorulsanoatlarig‘a yuborilib diniy va dunyoviy va zamoniy odamlar yetishdurmoqg‘a sa’y qilinsun. Bizni Turkistonda muallim ozdurki, to‘yu ma’rakag‘a sarf qilinaturg‘on oqcha ila Kafkaz, Qirim, Urunburg va Qozong‘a usuli ta’lim o‘rganmoq uchun bola yubormoq kerakdur. Hukumat maktablarig‘a kirmoq uchun ruscha bilmoq va imtihon bermoq lozim. Va bu imtihonni bermoq uchun har bolani ikki sana ruscha o‘qutub, tarbiyat etmoq kerak. Va bul ikki sana uchun har bir bolag‘a 600 so‘m aqcha kerakdur. Aqchalik otalar, albatta, to‘y va ma’rakaga qizg‘onmaganlaridek, bolani o‘qutishg‘a ham qizg‘onmasalar kerakdur. Bolalar uchun tarbiyatxona (pansiyon) ochmoq kerak. Va bu tarbiyatxonalar zamoncha va ham milliy va diniy ruhda bo‘lishi kerakdur. Bu tarbiyatxonalarni ochmoq uchun va hukumat maktablarig‘a bola tayyor qilmoq uchun nashri maorif yoinki jamiyati xayriya va yoinki tarbiyati atfol jamiyati va yo o‘zga ism ila, xulosa, jamiyatlar kerakdur. Toki bul jamiyat(lar) xalqdan oqcha jamlab millat bolalarini o‘qutish va millatni oyandasi uchun kerak bo‘laturg‘on qozi, ya’ni sudya, zakunchi, ya’ni huquqshunos, injiner, ya’ni muhandis, muallim, ya’ni zamona maktabdori, millatni homiysi va xodimi, ya’ni Davlat Dumasig‘a deputat, milliy sanoatxonalarimizni isloh va ihyo etguvchi, ya’ni texnik, tijoratxona va bonkalarda bizg‘a yordam berguvchi, ya’ni tijorat ilmini o‘qug‘on kommirsant, shahar dumaxonalarig‘a va minba’d Turkistonda ochilaturg‘on zemstva idoralarinda bizni tarafdan kirib va saylanib, biz uchun, vatani Rus uchun, din, mubayyini islom uchun, zaufo uchun, fuqaro uchun ishlaydurg‘on odamlarni yetushdurmoq kerakdur. Hozirgi mo‘ysafidlarimiz tursun, o‘rta yoshlar yaqinda o‘lib ketar, zamona har kuni yangilashur. Yangi ilm va yangi fikrlik va fununi zamoniyani darbar qilgan odamlarni talab qilur. Bukundan boshlab, har shahardan har sana o‘n-yigirmalab hukumat maktablarinda bola berilsa, o‘nbesh sana so‘ngra har shaharda 4—5 zamona odami tayyor bo‘lur va hukumat mansablarig‘a, zamona doiralarig‘a, tijorat va sanoatxonalarinda kirib, bizlarg‘a manfaat yetkurar. Kelar zamon boshqadur. Hatto, hozirda ikkimiz urushsak, yahudiy va ajnabiy zakunchilarig‘a borurmiz. Boshimiz og‘risa, ajnabiy do‘qturig‘a borurmiz. Sabab nadurki, o‘zimiz o‘qub zamoniy odam bo‘lmaymiz? Ana endi biz uchun to‘y va ma’raka va ko‘pkari o‘rninda shul yuqoridagi aytulg‘on ishlar a’mol — ideal — murod — tilak — muddao bo‘lsun. Valo, mun(i)siz biz kundan kun yo‘q va zabun bo‘larmiz. Bayoni hol «Samarqand» gaziti sarmoyasiz, faqat va’da va umnd ilan chiqarilib edi. Umidlar tasavvurdan fe’lg‘a kelmadi. Zarar va oqchasizlik sababli choru nochor besh on davom etib, 1913 yil 13 sentyabr 44 adadi-la vaqtincha yotib edi. So‘ngra Xo‘qanddan 500 so‘m iona taklif qilindi. Ammo bu 500 so‘m ila «Samarqand» jaridasining adad-davomi ma’lumligi uchun ionani qabul qilolmay, shirkat ta’sis etilib, jaridani davom etdirmoq uchun idora tarafidan millatg‘a 17 sentyabr oyi 45-adad «Samarqand» ila murojaat qilinib, bir oy muhlat qo‘yulub edi. Ammo maataassuf, bu bir oy muddatda (17 o‘ktabrg‘acha) «Samarqand»ni chiqaraturg‘on shirkat paydo bo‘lmadi. Digar tarafdan, «Samarqand» mushtariylarining ba’zilari va boshqa turkistonli hamvatanlarimiz tashviqnomalar ila «Samarqand»ni chiqarmoqni taklif qildilar. Inchunin, Rusiyadagi matbuoti islomiya «Samarqand» ta’tilini(ng) taassuflar ila marrat ba’d oxiri yozib, yana chiqishini tamannoda bo‘lindi. Alalxusus, Rusiya musulmonlari jaroidining anosi va piri muhtarami o‘lan «Tarjimon» va «Vaqt» va boshqalari yanadan chiqishig‘a duochi bo‘lub va «Samarqand» jaridasining maslakig‘a, mundarijotig‘a husni zanlarini izhor etdilarki, «Samarqand» muharriri mas’uli barcha hamvatanlariga va Kafkoz, Qrim ham Totoriston matbuoti islomiyasig‘a bul bobda tashakkuroti qalbiyasini ojizona taqdim va minnatdorligini izhor va oyandag‘a ma’nan va moddatan iona va hidoyat etmoqlarini tamanno etar. Bir vajhi bolo taklif va tashviqlar, va’da va duolar bizga yana quvvat va umid berib, ishg‘a savq etdi. Avvalan, «Samarqand»ni chiqarmoqg‘a qasd etildi. Ammo oxiri yana avvali kabi sarmoyasiz edi. Va zararini tahammulig‘a quvvatimiz yetmasligi zohir bo‘ldi. Digar tarafdan, asab(iy), ya’ni singir xastaligi va ham ko‘z kasalig‘a giriftorligimiz uchun haftada ikki yo uch daf’a gazitni tahrir ham idorasi bizg‘a mumkin emas edi. Tahriri uchun vazifa ila rajo va talab qilingan daroyatli muhtaram muharrir janoblarida bayoni muazzot etdilar. Xulosa: aqcha qahati, rijol qahati bizni mushkul holda qo‘ydi, Va oxiri, haftalik «Oyna» majallasini chiqarib turmoqni tarjih qilindi. Gazitni idorasig‘a kofiy mushtariy mavjud bo‘lguncha va yo oqcha topulguncha «Oyna» davom etar. «Oyna» zarar etsa-da, zarari nafsimizg‘a oid va mushtariylarg‘a aslo zarar yuklanmaydur. Majalla bahosini-da arzon qilindi. «Oyna»g‘a muqtadir muharrir va har tarafdan muxbirlar da’vat qilindi. Tili avvalgidek turkiy va forsiy nazm va nasr bo‘lub, mundarijoti ilmiy, adabiy, siyosiy, faniy va tarixiy maqolalardan, vuquot va axbori haftadan, kinoya va mudohakadan iborat va tasvirlik bo‘lur, Tadriji mukammaliyat, nafosat va intizomig‘a diqqat qilinur. Ba’zan ruscha maqolalarida darj qilinur. Arbobi qalam va xabardan rijo etarmizkim, bizg‘a qalam va donishlari ila tanbehotda, ionatda bo‘linsalar, majalla bizniki emas, millatnikidur. So‘ylanaturgan so‘zlar shaxsiy emas, umumiydur, g‘ururiy emas, diniydur. Qorilarg‘a salom va ehtirom. Bir a’mo bolaning hasrati Eshitarmanki, kun (oftob) ko‘b go‘zal… Nahr bo‘yinda, suvning ustida uzayib osilgan gullarning ko‘runishi ko‘b latif emish… Nozik-nozik sayragan qushlarning …havoyi qo‘sh qanotlarining uchushinda ko‘rulaturgon nimarsalardan emish!.. Eshitarmanki, kechalari ko‘k yuzinda yoshurungon yoruqlar ko‘runar emish… Mavj va girdoblaridek hazin bo‘lgan dengiz ichinda oq chotirlik kemalar oqub ketarlar emish!… Eshitarmanki, gullarning ranglari islarindan, suluvlikda yana ziyoda emish. Daralar… Tog‘lar… Maydonlar… Suvlar, beshalar, xususan, tong zamonlari u qadar latif… u qadar totli emishlarki, bu qadar buyuklik va ehtishomg‘a qarshi inson hayratindan sajdag‘a ketarmish. Lekin, man ana ul gulduragani eshitilaturgon dengizni… na u ranglik gullarni… na ko‘k yuzini… na kunni… na beshalarni… na u yaxshi mevalarni… na qushlarni… na oydinlikni… ko‘rolmasligimdan taassuf etmayman. Xayr, Ollohim! Xayr! Shu foniy olamning yaxshiligindan hech birini orzu etmayman, magar… Hayhot!… Onajonimni ko‘rsaydim! Bizni hollar va ishlar 12-adad «Oyna»da Samarqandning Mirzo Ulug‘bek hazratlari jome’inda muazzin tarafidan usuli jadid maktabinda va ham ruscha o‘qumoqni yamonligi haqinda juma’dagi musulmonlarg‘a nutq qilingoni va har kim usuli jadida maktabig‘a bala bersa, o‘zi kofir, xotuni taloq degani va bir necha samarqandiyni ot tutub, «alar kofir va o‘rus» degani yozilib edi. Ushbu nutq hukumatg‘a ma’lum bo‘lub, hukumat tarafidan Madrasai Tillakori va Madrasai Mirzo Ulug‘bek mudarrislari janob Mullo Imomnazar va janob Mullo Salim va ham nutq qilgon muazzindan so‘ralibdur. Janob mudarrislar ushbu nutqdan xabarimiz yo‘q debdurlar. Muazzin aytibdurki, «Man usuli jadid va yo ruscha o‘qumoq va yo usuli jadidchilar haqinda hech bir nimarsa aytganim yo‘q. Faqat «Anjumani arvoh» ismlidagi yangi chiqg‘on risolag‘a e’tiqod qilmanglar, dedim» deb boshqa aytganlarig‘a munkir bo‘lubdur. Hukumat tarafidan bildurulubdurki, ba’zinda munday yamon harakatlar voqe’ bo‘lsa, sababchini besh yillik badarg‘a qilinur. Kitob to‘g‘risinda zakun bo‘yincha harakat lozim. Bechora muazzin masjidi jome’da va bir necha ming kishi huzurinda aytg‘on so‘zig‘a munkir bo‘lgani, ani qaysi darajadagi odamligini ko‘rsatur. “Oyna” muharriri imonig‘a ham o‘shal muazzin chang solibdur degan so‘zlar ham eshitiladur. Bul so‘z sobit bo‘lganda, «Oyna» muharriri, albatta, anga da’vo (qazaf) qilur. A’lon muazzin so‘zig‘a umumiy tarafdan qarab bir oz muhokama qilarmiz. Usuli jadid va ruscha o‘qumoq raddig‘a so‘ylagani sobitdur. Biz, avvalan, shuni yozarmizki, na usuli jadida maktabig‘a o‘qug‘on sababli va na ruscha o‘qug‘on vajhidan kishi kofir bo‘lmaydur. Muazzin munga hech dalili shar’iy va aqliy ko‘rsatolmaydur. Mundan qat’i nazar muazzinni ustozi muhtaram Hoji Mullo To‘raxo‘ja mudarris janoblari usuli jadid maktabining boniysi hisoblanurlar. Usuli jadidchilarni va ruscha o‘qugonlarni «ma’lum majlis»da kufr qudug‘i bo‘yig‘acha sudragan samarqandiy muhtaram Mullo Saidahmad Vasliy shoir janoblari va Hojiahmad mudarris janoblarining ustodlari muhtaram Hoji Mullo To‘raxo‘ja janoblariga: «Istanbul shayxulislomi Turkiston va Buxoroda usuli jadid maktablarini rivoj bermoqg‘a va Rusiya maktablarig‘a bola bermoqg‘a ulamoning sa’yi va harakati lozimdur», — deb aytganlarini mazkur muhtaram Hoji Mullo Ahmad mudarris janoblari naql qilib edilar hamda Hoji Mullo Ahmad afandi aytib edilarki: «Istanbul shayxulislomini ustodim Eshon To‘ra ilan ziyorat qildim. Shayxul-islom janoblari dedilarki, biz eshitarmizki, Buxoro va Turkiston ulamosi usuli jadidni yamon der emishlar, ajabo! Dalillari nadur? deb mavohaza qilmoqchi bo‘lganda, man, Mullo Hojiahmad, dedimki, — afandim, bizni shayximiz (Eshon To‘raxo‘ja domlani murod etar) usuli jadidni mudofe’i va homiysidurlar»,—deb qutuldik. Ajabo, Hoji Mullo Ahmad mudarris janoblari Istanbuldan shul qadar so‘zlab, yana qanday nomi kiromiylari ilan bir-ikki jadidchini «ma’lum majlis»da alar g‘oyibonasig‘a janob ustodi muhtaram Hoji Mullo Abdujalil maxdum mudarris va Hoji Mullo To‘raxo‘ja mudarris huzurlarinda kufrg‘a nisbat berib, badnom etarlar. Holbuki kufrg‘a nisbat bergan odamlaridanki, biri rusi o‘qugon, rasmiy omuri hukumat, digari ruscha bilmaydurgon oddiy bir kishidur. Alar haqinda hurmat va rioyat, balki ionatdan boshqa bir nimarsa sodir bo‘lgon yo‘qdur. O‘tayluk. Hanuz olti oy bo‘lgan yo‘q usuli jadid maktabinda voliyi viloyat huzurinda Samarqand qozisi va Samarqandni akbari ulamo va sodotidan janob Qozi Mullo Muhammad Isoxo‘ja mudarris va qozi Abdulhayxo‘ja va qozi Mullo Abulqosim va qozi Mullo Baqoxo‘ja janoblari usuli jadid maktabini ayni shariat va usuli qadimdan ko‘ra nofe’ligini bayon qilib edilarki, «Samarqand» jaridasi yozib edi. Ajabo, olti oy o‘tmasdan, qanday bo‘ldiki, usuli jadid maktabi va usuli jadidchilar majlislarda, hatto, jome’i sharifda takfir qilinadur? «Anjumani arvoh» risolasi haqinda ham janob Qozi Mullo Muhammad Isoxo‘jani «so‘zlari hamma(si) to‘g‘ri va durust» degonlari rivoyat qilinur. Hammadan ajoyibi bulki, muazzin minglar ila kishi huzurinda aytgon so‘zig‘a hukumat huzurinda hamda o‘zini ustodi huzurinda munkir bo‘lur. Biz bu so‘zni yozmas eduk va ammo butun xalq orasinda shuhrat tobgani va jome’i sharifda so‘ylangani uchun va Turkistondagi yuz ming otalarga bolalari usuli jadid maktabig‘a o‘quydur. Alarg‘a daf’i ishtiboh qilmoq uchun va xaloyiqni har nimarsadan aziz imonig‘a chang urulgon uchun yozib fursatimizni favt qilarmiz. Valloh aytib turub, munkir bo‘lguchi kishi so‘zini bir pullik e’tibori yo‘qdur. Oh! Biz qanday keyin qolganmiz. Xalqi olam usuli jadid va ilmi zamoniy ila osmonlarg‘a uchar, biz hanuz bir-birimizni takfir va tal’in ila vaqt o‘tkararmiz. Bizni kemirguvchi illatlar Bizni kemirguvchi illatlar deganda, zaxmu maraznimi gumon etarsiz? Yoinki, sil, sil-ar-iya va maxavliknimi dersiz? Yo‘q, andan ham yamonroq va andan ham jonxarosh, bevoya, xonavayron va g‘arib etguvchi bir dard, biz — turkistoniylarni shahri va qishloqi yoyinki yarim madaniy, yarim vahshiy sinflarimizg‘acha istilo etib, butun tirikligimizg‘a sorilgon va bizni inqirozg‘a va tahlikag‘a va jahannamg‘a yumalataturgon to‘y, azo ismindagi ikki qattol dushmanni derman. Atomizdan mehribon Tangrimiz jalla va a’lo Qur’oni karimda «Lo talaqqu bi yadikum ala tahlikkatihi», ya’ni o‘z qo‘llaringiz ila o‘zingizni tahlikaga otmangiz, der. Biz bo‘lsa, badbaxtona va Xudoning amrig‘a bo‘yun qo‘ymasdan kofirona bir suratda to‘y va azo degan, yo‘q bo‘lushimizg‘a sabab bo‘lgan odatlarga boru yo‘qimizni sarf va isrof etarmiz. Yilda ikki oy navruzi kofiri uchun sayr etarmiz. Bir oy muqaddam Samarqandni Panjakent qasabasidagi navro‘z sayrig‘a mushak-fishang otishdan uchgina kishi o‘lub, o‘ndan ziyoda kishi majruh bo‘ldi. Ko‘pkari va uloq chopmoqlik odati mal’unonasig‘a har viloyatdan har sana yuzlar ila kishi oxiratg‘a ko‘char, na qadar kishi majruh va ma’yub bo‘lar. Ko‘p kishilar sayr va ko‘pkari shumligi ila ishdan va ziroat vaqtidan qolur. Uyig‘a ozuqasi yo‘q, ho‘kuzi va sog‘ar siyiri yo‘q ekan, bir necha yuz so‘mg‘a ot olib va har kuni anga hindidek parastish etibu har kun bir so‘m sarf etar, na uchun? To‘y va sayrg‘a ko‘pkari chopmoq uchun. O‘n-yigirma chaqirimg‘a to‘y bo‘ldimi, har kim ishini, dehqonchiligini qo‘yub, otlanib ko‘pkariga ketar. Dehqon uchun oltundan aziz vaqt favt bo‘ldi-ketdi. Ekin birgina kun keyin sepilgan uchun pishmay qolar. Birgina kun so‘ngra yig‘ilgan uchun yog‘inga qolib, ba’zi xirmanlar chirib ketar. Ma’lum bir shaharda yahudiylar ba’zan o‘luklarini oqshom eltib ko‘marlar. Na uchun? Kunduzi ishdan qolarlar. Biz bo‘lsa, o‘luk va to‘y uchun haftalar, hatto, oylar ila ishdan qolurmiz. Holbuki, shore’i a’zam, payg‘ambari akram sallollohi alayhi vasallam hazratlari o‘lganni tez ko‘mub va ko‘mgandan so‘ngra tez tarqalib, ishg‘a ketmoqg‘a va o‘lukxona xalqini uch kundan ziyoda ta’ziya tutmasg‘a, qaro kiymasg‘a, kir, falokat bo‘lmasg‘a amr etarlar. Ey xalq! Ey musulmonlar! Biz na uchun Xudo va rasulni so‘zig‘a va o‘zimizni naf’imizg‘a amal qilmaymiz? Biz devonami? Biz taklifdan tashqarimi, Xudo uchun so‘ylangiz. Biz nima?! Shariat kitoblaridan «Faroiz, ya’ni Xudoni buyrug‘i degan kitoblarg‘a: «O‘lukni molidan avvalan o‘lukg‘a kerakli muvofiq sunnat va isrofsiz kafan -qilib, dafn qilmoqg‘a sarf qilinsun, so‘ngra qarzini berilur. So‘ngra ortgan mollarni varasasig‘a muvofiqi shariat taqsim qilinib berilur», — deyilgan ekan, biz bil’aks kafandan so‘ngra qarzg‘a bermay va hatto, sag‘ir va benavo xotunlarni merosini yirtish, azoyi, sadaqa, xayrot, bilmayman, nimalar ujrasi deb, qarzdan vorisidan ilgari taqsim qilib olarmiz. Besh-olti ma’raka va xudoyi, 8—10 jum’a oqshomi deb butun mahalla va qishloq xalqig‘a palov berarmiz. Ba’zi bir bechora sag‘ir va mushtipar ayollar merosdan va haqlaridan noqis olurlar. Ba’zi qarzxohlarni haqqi xudoyi va xayrot, noxudoyi va sharrot sababi ila kuyub ketar. Bechora o‘lukni zimmasi qarzdan qutulolmay qolur. Xudo uchun aytingiz, bu xayrotmi, bu xudoyimi? Besh-olti kun so‘ngra bu xudoyi va xayrotlar uchun varasani haqqi bo‘lgan mol va yerlar sotulur. Berilgan dangga adras, azoyi va g‘anilarni olgan yirtish va sadaqalari uchun berilur. Endi bechora varisa darbadar, ham otadan, ham vatandan ayrildi-ketdi. Bir o‘rtahol, bir bechora faqir o‘lar. Oning g‘ani yaqini o‘lukni egasi bo‘lub, varisa molini «obro‘y» etarman, deb isrof va barbod etar. Natijada bechora varisa darbadar. Ey, uying obod, obro‘y qilg‘uvchi! O‘lgan ul, sanga nima? San, g‘ani, o‘z o‘lukingg‘a obro‘ qilgoning bas emasmi? Astag‘furillo, subhonollo. Bizni qilaturgon aqlsizligimizni qaysi millat qilur? Nikoh, xatna, bu ikki balo shundog‘ qattiq bir illatki, o‘lmaguncha qutulub bo‘lmaydur. Shaharlarda o‘rtahol, ya’ni o‘turarg‘a xona va bog‘i bor bir kishi nikoh uchun ikki ming so‘m sarf etar va o‘g‘ul xatnasi uchun hech bo‘lmaganda ming so‘m. Har bir benavo kishi bu mavridlarga 200 so‘mdan 1000 so‘mgacha sarf etar. Boy va zo‘raki boylar esa besh ming, o‘n minglab sarf etar. Oxiri nima bo‘lur? Nima bo‘lur deysiz? Ota-bobosidan qolgan mulk va vatanini o‘z ixtiyori ilan zo‘raki boyni o‘zi o‘lgandan so‘ngra bir yahudiy yo bir armani ajnabiyg‘a sotib, to‘y va ta’ziya qarzini berar. O‘zi sotmaganda sudg‘a sotilur. Mana, yuqoridagi sarlavhada «Bizni kemir-guvchi illatlar» degan odatlarimiz, shu to‘y va ta’ziya ismindagi devonaligimizdan iboratdur. Bir do‘konchi, bir gulkor, bir faqirhol, bir kosib uchun bu to‘y va ta’ziyalar o‘lumdan qatig‘durki, muning uchun bechora har kun o‘lur. Har kun o‘lgon ila-da qutulmas. O‘zidan so‘ngra ahlu ayolig‘a bu yo‘qsullik va bu musibatni meros qo‘yar. Xo‘b, yaxshi, o‘z molini to‘y va ta’ziyag‘a isrof etsun, barbod etsun, ko‘zi chiqsun. Hay, bonka oqchasini, birov pulini na uchun barbod etar. Bu devonalikni u tarafi emasmi? Bu hol ila 20—30 sana o‘tsa, yer va havlilar ajnabiylarg‘a o‘tub, aksar xalqimiz gadoylik darajasiga inur. Ellik sana muqaddam yer sotilsa, bir musulmon olardi, endi boshqalar olur. Mana, endi biz shu hol ilan yana yigirma — o‘ttuz yil o‘tkarsak, xalqimizni yarmidan ziyodasi vatansiz, yersiz, darbadar bo‘laturgoni ma’lum va oshkordur. Bir havlida, bir ro‘zg‘orda, masalan, ikki o‘g‘ul, ikki qiz bor. Ato o‘lsa, ani moli to‘rt bo‘lunur. Alarni har birig‘a nikoh va xatna va o‘lum mavridlari muqarrardur. O‘zlarini zamoncha ilmi va hunari yo‘qki, konturg‘a, mahkamag‘a, bonkag‘a kirib vazifa olsa. Endi noiloj attorlik va yo baqqollik va u bo‘lmasa, muzdurlik va mardikorlik qilishi lozim kelib, bu ishlardan faqat alarni qorni to‘yadur. Ortdurmoqqa yo‘q. Muning ustig‘a to‘y va ta’ziya degan dahshatlik balolar kelgandan so‘ngra bu aziz oila va ro‘zg‘org‘a yonib kul bo‘lmoqdan boshqa iloj yo‘qdur. Ellik sana muqaddam bir qarish yer bir pul ekan, endi bir oltun va kelarg‘a yer oltung‘a ham topilmaydur. Qirim va Qafkoz musulmonlari-da bizlardek yer qadrini bilmaslar ekan. Endi Qirimda bir tanob (600 sajin) yer o‘n ming so‘mdan o‘ttuz ming so‘mg‘achadur. Biz bir tanob yerimizni 200 so‘m sotib to‘y qilmoqchi bo‘lsak, «erni xo‘b pulg‘a urdum» deb majnunona shodlanurmiz. Insonni bu qadar ahmoqligi ajibdur. Bizg‘a lozimki, to‘y va ta’ziyalarni kichik qilib va holimizcha harakatda bo‘lub, kelar zamonamizni o‘ylayluk. Valloh, xoru zoru munqariz bo‘lmoq ertag‘a oftobni chiqishidek muqarrardur. Samarqandda bir mahalla borki, aksar xalqi faqru zaruratdan, to‘g‘risi, aql noqisligidan havlilarini pulg‘a qiziqib yahudiylarg‘a sotgan uchun mahallag‘a oz musulmon qoldi. Mahalla maktabi yo‘q bo‘ldi. Masjidi-da yaqinda yo‘qolur. Mana, bizni aqlsizligimizni oxiri va isroflarimizni xotimasi dinimizg‘a futur kelmoqig‘a sabab bo‘lur. Din uchun, masjid va maktab uchun aqcha, sarvat, davlat, somon kerakdur. To‘y va ta’ziyag‘a sarf qilinaturgon oqchalarimizni biz, turoniylar, ilm va-din yo‘lig‘a sarf etsak, anqarib ovrupoyilardek taraqqiy etarmiz va o‘zimiz-da, dinimiz-da obro‘y va rivoj topar. Yo‘q, hozirgi holimizg‘a davom etsak, din va dunyog‘a zillat va miskinatdan boshqa nasibamiz bo‘lmaydur. Qo e’tabaru yo avval ul-absar! Ehtiyoji millat «Boshqa millatlarga qaralsa ko‘rilurki, muntazam maktablari bor va avval maktabda diniy ilm ustida dunyoviy ilm va fanlar ham o‘qilur. Chunki dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur. Zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqa millatlarga poymol bo‘lur. 50 sana muqaddamgi zamonda, biz turkistonlilar yakka va tanho yashab, boshqalar ila muomala va munosabatimiz yo‘q edi. Endi zamon o‘zgarib, boshqa millatlar ila maxlut bo‘lduk, shari’at va o‘z urfimiz ustiga qonun va Ovrupo odatiga itoat qilmoqqa majburmiz. Ammo qonun va Ovrupo odatlarini bilmaganimiz uchun boyimiz bo‘lsun, qozi va milliy hukamomiz va aholimiz bo‘lsun ko‘b tashvish va zarar ko‘rar. Zamoni sobiqda faqat shari’at bilmoq kifoya etardi. Endi qonun va zakunni bilmoq ham lozimdur. Shari’at ilmi madrasalarga, qonun ilmi Rusiya dorilfununlariga o‘qilur. Dorilfununga kirmoq uchun, avvalo, o‘n sana gimnaziyaga o‘qumoq kerak. So‘ngra to‘rt sana dorilfunun o‘qub andan huquqshunos, yurist, ta’bir joiz bo‘lsa, zamona faqihi bo‘lib chiqar. Sud mahkamalarinda, davlat doiralarinda, kirib, har huquqshunos o‘z muvakkili va o‘z millati va o‘z toyifasi va o‘z Vatani va o‘z davlatining naf’iga so‘ylashur, mudofaa qilur. Masalan, davlat dumasinda biz Turkiston musulmonlaridan shunday huquqshunos vakil bo‘lsa, bizni din va millatimiz naf’iga harakat qilur. Ammo shunday odam bizda yo‘q. Davlat dumasi nari tursin, sudga va rasmiy mahkamalarga kirib, bizni mudofaa qiladurgon kishimiz yo‘q. Boshimiz og‘risa do‘qturga boramiz, ammo dardimizni aytmoqga til yo‘q. O‘zimizdan do‘qtur yo‘q. Ikkimiz bir-birimiz ila nizo qilamiz. Ketamiz zakunchiga, so‘ylamoqg‘a til yo‘q. Oradagi odamlar yana bizg‘a firib berar, pul berarmiz, yugurarmiz, yana ishlar barbod, oxiri yo‘q. Imorat qilmoqchi bo‘lsak, plon-loyihasi lozimki, injinerga muhtoj bo‘larmiz. Ammo biz hanuz «muhandis» ismini bilmaymiz. Kontur va rasmiy daftar tutib, kassa qurib tijorat etmoq lozim. Ilm tijorat bila turgan buxgalterik hisobi yuritadurgon boylarimizga kerak, ul ham o‘zimizdan bir nafar topilmaydur. Hammollikdan bu ishlar yaxshi bo‘lsa kerak. Bir necha boyvachchani bilarmanki, eng qattiq xizmatlarga giriftor. Sababi nadur — ilmsizlik. Holbuki alarni «to‘yi»ga atosi 5 ming so‘m sarf etib edi. Turkiston mevasi, donasi, toshi, tufrog‘i, eski nimarsalari Ovrupo bozoriga ketar. Muni Ovrupo dallollari kelib oz bahoga olib ketar, mehnatni biz qilurmiz, foydani ular ko‘rar. O‘z nimarsamizni Ovrupo bozoriga eltib, yaxshi bahoga sotaturgon bizda bir odam yo‘q. Azbaski, Ovrupo ila savdo qilaturgon kishini (o‘zi) avval o‘n sana zamona ilmi o‘qumog‘i lozim. Bizda shohi, adras, beqasam, alocha… bofliklar bor. Agarda bir nafar texnik va muhandisimiz bo‘lsa bu dastgohlarni isloh etar, aholi obod bo‘lur. Valloh, yaqin vaqtda «doka» bofillarimizdek zoye’ bo‘lib ketar. Chunki Ovrupo yangi asbob ila mundin yaxshi qilib chiqorur. 30 sana muqaddam Samarqandni Yomini mahaldasinda 300 alochabof ishchi bor edi. Al-on 30 nafar yo‘q. 10 sana so‘ngra tamoman mahv bo‘lur. Xulosa, maktabimiz, do‘konimiz, korxonamiz, madrasamiz va har nimarsamizni zamoncha islohi lozimdur. Valloh, har nimarsa qo‘ldan ketar, bizda muzdurlikdan boshqa hech ish qolmas. Bir uskuna, do‘kon va saroyni ishlatmoqga ham ilmi zamoniy va zamona shumligini bilmoq lozim. Valloh, bizdan dunyo ilmini yaxshi bilaturgonlarga mulk va asbobimiz o‘tar va o‘tub turubdur. Qisqa qilaylik, boshqa millatlarni boylari faqir va yetimlar uchun maktab va dorilfununlar soladurlar, faqir va yetimlarni o‘qumog‘i uchun vaqf «istipendiya»lar ta’yin qilur. Boshqa millat milio‘nerlari maktabi ila istipendiyasi-la, idora qilaturgon gazet va majallasi-la, bino qilgan dorulojizin (ayollar universiteti — N. O.), barpo qilgan jam’iyati xayriyasi-la faxr qiladur. Biznikilar juft oti-la, arobasi-la, to‘yi ila va… la faxr etar. Hatto, o‘z o‘g‘illarini o‘qutmaydurgon boylar bordur. Bu ketishni oxiri yamondur, o‘qumoq, o‘qutmoq kerakdur. Bolalarga otalardan ilm diniy va ilmi zamoniy meros qolsun. Butun Turkistondan o‘n boy yilinda ming so‘mdan bersa, 25 bola uchun Toshkanda «diniy va zamoniy» bir «pansiun» layli va nahori 5 mukammal maktab bino bo‘lub, har yil hukumat maktabinda 50 bola tayyorlaydur. O‘n yilda bulardin… 200 muhandis, duqtur, huquqshunos, muallim, texnik, zamona tojiri, valloh… chiqar va bizni zamon odamlari qatorida qo‘yarlar va davlat ishiga kirarlar. Ruslar ila bizni hasan imtizojlarimizga xizmat qiladurlar. Al-on millatimiz boylardan shuni ko‘z tutar, xaloyiqni barbod etaturgon to‘ylarni emas. Oh, bu so‘zlarni tushunaturgon boylar bizda yetushganmi? Favqulodda takfir 3 yanvar ba’daz jum’a Samarqandning munajjim Mirzo Ulug‘bek madrasasi ichindagi jome’da besh-olti ming musulmon huzurinda muazzin tarafidan usuli jadidachilarni va ruscha o‘qutmoqg‘a tashviq qilaturg‘onlarni kofirligi va har kim bolasini usuli jadida maktabig‘a bersa, «o‘zi kofir, xotuni taloq» bo‘lushini forsiy til ila uzun va hayajonlik bir nutq ila xaloyiqg‘a bildurub, hamda ………. larni «kofir va o‘rus» hamda «kofir va o‘rus qilg‘uchi» deb e’lon qilindi. Xalq hech bir nima demasdan tarqaldi. Bir necha haftadan beri janob qozi va mudarrislardan ba’zilari ma’lum yerlarg‘a majlislar qilib ekanlarki, bu favqulodda va umumiy takfir shuning natijasidur. Chunonchi, muazzin derki, «Bu so‘zlarni o‘zumdan aytmayman, ulamo qavli va buyrug‘i ila berman. Maqzuf va makduhlar ushbu to‘g‘ridan shariat va qonun mahkamalarig‘a va yer yuzindagi musulmonlarni vijdonig‘a ruju’ etarlar. Shuni-da favran yozayinki, kofir degan odamlari azaliy va abadiy musulmondur. Unlar kufrni abadan qabul etmaydurlar. Turkistonda yuz ming otalar borki, balalari usuli jadid maktabig‘a o‘quydur. (Kelar adad oyandada batafsil yozarmiz.) G‘alla, askarlik, yer va tazminoti harbiya Toshkandda bo‘laturg‘on maorif qurultoyig‘a qo‘shulmoq uchun Samarqand anjumani maorif jamiyati tarafidan bormoqchi edim. 15 inchi iyulda Samarqand musulmon sho‘rosig‘a borib, Toshkandg‘a bormog‘imni bildurib, agarda g‘alla to‘g‘risinda menga biror ish tobshurilsa, bir joy(i) kegurishimni ifoda etdim. Musulmon sho‘rosi ham g‘allalarning zabti va qo‘lg‘a olinishig‘a muqobil ekan. Shuning uchun avvalo manim fikrimni eshitib, foydali bilib, so‘ngra man bilan Toshkanddaki Niyozuf otig‘a mandat (vakolatnoma) berdilar. 16nchi iyulda Toshkandga kirdim. Yo‘lda vago‘nda odam ko‘bligi uchun o‘turib bordik. Onda borib Niyozuf bilan birga hozirgi Turkiston «hukumatining raisi Tobulin afandi huzurig‘a kirdik. Va ushbu tubandagi mas’alalar to‘g‘risinda so‘ylashduk: 1) g‘alla; 2) askar olish; 3) tazminoti harbiya; 4) yer va suv mas’alasi. Hozirgi hukumat va ham Turkiston musulmonlarining naf’i nuqtai nazaridan yuqoridagi mas’alalar xususinda e’tidol va oson yo‘llarni ko‘rsatib, taklif etdim va o‘zimni yigirma yillik muharrirlik va jurnalistlik, 25 yil xalq ishiga aralashib va bir necha daf’a sayohat etib, dunyo va musulmon, xususan, Turkiston musulmonlarining tirikchiligig‘a hosil etgan tajribam yuzasindan xulosa va salohiyati vatan va Turkistonning tinchlig‘i nomig‘a bir xeyli taklifotda bo‘ldum. Turkistonning hozirgi doxiliy va xorijiy dushmanlari ahvolini va xaloyiqning ahvoli ruhiya va e’tiqodiya va maishiyasig‘a bir oz bo‘lsa ham ahamiyat bermak va rioya qilmoq kerakligini bildirdim. Tobulin afandi bu so‘zlarg‘a ahamiyat bergandek ko‘rundi. Niyozuf bilan Jo‘raboyuf afandilar ham hozir edilar va manim so‘zlarimni tahiyya etdilar. Yuqoridagi mas’alalar to‘g‘risinda takliflarimnnng xulosasi shu edi: Birinchi, g‘allani tamoman va o‘zig‘a zaruridan boshqasini hukumat butun o‘z qo‘lig‘a olib, g‘alla olish va sotishni, g‘alla bozorini, hatto, xususiy nonvoyxonalarni man’ qilmoq va bu haqda loyiha tuzmak uchun mamlakat ozuqa komitetlari tarafindin siyezd chaqirilg‘on ekan. Bul to‘g‘rinda manim taklifim shu bo‘ldiki. Bozor ochiq bo‘lsun, ammo viloyat va uyezddan g‘alla chiqorilmasun va ombordorlarning g‘alla olishi man’ qilinsun. Taksa (qat’iy baho) aslo bo‘lmasun. Faqat g‘alla ekkan dehqonlar bir botmon ekilgan yerdan to‘rt pud g‘alla taksa yuzasindan bersunlarkim, bu ham, avvalo, daftar bo‘lub, so‘ngra berilsun. Ikkinchi, askar mas’alasidirki, bu har narsadin muhim va muning umumiy bo‘lushi lozim. Ammo musulmonlar hanuz shunga o‘rganmagan va ham doxili fitnachilar qora xalqning fikridan foydalanib, ehtimolki, ba’zi bir fitnalarg‘a sabab bo‘lsalar. Va ham noma’lum va siyosatan fikri bilkulli noto‘g‘ri kishilar qo‘lig‘a yaroq o‘tub, ehtimolki, kutulmagan yomon hodisalar paydo bo‘lsa. Shuning uchun taklif qilamanki, to xalq o‘rganib, biroz ahvol o‘zgarguncha umumiy askar olinmay, ko‘ngilli tariqinda targ‘ib va tashviq bilan ham xalqning ahvolig‘a qarab olinsa edi. Chunki… Uchinchi, tazminoti harbiya mas’alasidirki, bu Turkistonning har yerindin ziyoda Samarqandda hukm surdi va Samarqandning boylari boshqa joylardan oz bo‘lsa ham rus, yahudiy, musulmonlar yolg‘iz Samarqandda sakkiz milliyun qadar tazminot va uch-milliyun qadar ochliq solig‘i berdilar va bu qatorda ba’zi kambag‘al va past holli kishilar ham jabr ko‘rdilar. Muning taqsimi ustinda ba’zi bir odilsiz va insofsiz kishilar turub rishvatxo‘rliklar ham bo‘lib o‘tdi. Xulosa: har holda Samarqanddin yangidin tazminoti olinmasa edi. Chunki hozirda ma’ishat va siyosat osoyishtalikni talab etadur. Xalq ham ochliq va qimmatchiliq va shunga o‘xshash og‘irliqlardan horigan va asabiylashgandur. Oqcha kerak bo‘lsa, boshqa yo‘llar bilan solig‘ tariqinda to‘planmog‘i mumkindur. To‘rtinchi, yerning taqsimi mas’alasidurki, ba’zi bir agarchi kichik dehqonlarniki bo‘lsa-da, taqsim qilinmoqchi va balki taqsim boshlanibdur. Ba’zi bir kichik dehqonlarning g‘allasini ham tamoman zabt qilmoqg‘a qaror qilg‘on joylar ham bor ekan. Holbuki bul bobda hanuz Markaziy Turkiston hukumatidan bir amr yo‘q ekan. Shuning uchun bu ishlarni Markaziy hukumatning chiqarg‘on qonunidan so‘ngra qilinsa edi. Mana ushbu ishlar ham hozirgi hukumatning siyosatig‘a zararlikdur. To ta’qiqlanib Turkistonning umum xalqi va yeri istatistiq hisobi-la ro‘yxat bo‘lib, qonuniy bir qaror chiqarilg‘uncha, kichik dehqonlarning va kichik tegirmon va kichik korxona va ustaxonalarning «notsiyolizatsiya» si (yoinki taqsimi) mavquf (to‘xtatib) qoldurilsa edi. Holbuki, Turkistonda, boxusus bizning Samarqandda yeri ko‘b kishi nihoyatda oz bo‘lub, yerlar aksariyati ila dehqon va mayda mulkdorlar qo‘lindadur. Hozirgi hukumatning raisi Tobulin afandi bilan muzokaramiz ikki daf’a bo‘lub, bir soatdin ziyoda cho‘zildi. Tobulin afandi yuqoridagi mas’alalarning muhimlarini yozib olib, yaxshi va’dalar berdi. G‘alla ishi siyezdida bo‘lur, dedi. Samarqandda askarning ko‘ngilli ravishda olinishig‘a va yangidin tazminot olinmasligiga va ham yer taqsimini mavquf qolishig‘a fikri birligini so‘yladi. Va bu to‘g‘rida tadbirlar ko‘rarg‘a va’da etdi. Va hozirg‘i taqsimning noto‘g‘riligini so‘yladi. Samarqanddagi doiralarg‘a bul tarzida qog‘oz yubormakni ham va’da etdi. Xulosa: so‘zimni yaxshi tingladi va yaxshi qaradi. Man shunday bildimki, ma’qul so‘zni bolshavik hukumati eshitar ekan, ayb o‘zimizdaki qo‘shulmaymiz va uzuluq yo‘riymiz. G‘alla to‘g‘risindaki ishni tamom etmak uchun Niyozuf bilan «Turkiston o‘rtoq qurultoyi»g‘a bordik. Ko‘b muzokara va so‘zlardin ma’lum bo‘ldiki, bir qism a’zolarining fikri shulki: Turkiston butun g‘allalarni egasining va dehqonlarning o‘ziga kifoya qilaturg‘on ovqatindan boshqasini bir yerda jamlab, so‘ngra har kimga muqarraridek bir qadoqdin yakun va oz bermakchi va butun g‘alla bozorini, hatto, xususiy nonvoyxonalarni berkitmakchi ekanlarki, bu ishlarni avvaldan «palizatsiya» nomini eshitgandin ma’lum bo‘lub edi. Muning Turkiston ahlining ma’ishatiga to‘g‘ri kelmasligi va g‘allalarning yer ostig‘a kirib ketishi, Buxoro va boshqa tarafdin kelmasligi, xulosa: narx nihoyatda ko‘tarilib, kambag‘allarg‘a va balki butun xaloyiqg‘a zarar va mashaqqat bo‘lurg‘a muny bir necha daf’a taksa tayinlanganda natijasi ko‘ruldi. Agarda g‘alla olinmoqchi bo‘lunsa, uylar va hovlilar axtarilib ma’murlar bilan xalq orasinda ba’zi kutilmagan hodisalar chiqib qolsa ajab emasdur. Xulosa: ko‘b so‘ylanganum so‘ngra bizning taklifimiz biroz o‘zgartirilib ikki kungi majlisdan so‘ngra shul ravishda qabul qilindi. Chunonchi, bir disatin (ya’ni- to‘rt tanob) g‘acha ekin ekkan kishi hech nima bermaydur. Bir disatindin o‘n disating‘acha har disatinasidan to‘rt puddin beradur. O‘n disatindin 50 disating‘acha ekkanlar har disatinasidan sakkiz puddin, yuz disatindin ortuq ekkanlar har bir disatindan 10 puddin berarlar. Va bu oling‘on g‘allalar muft—tegin olinmaydur, balki taksa tayinlanib pul to‘lab olinur. Ushbu taklifim unga maqbul 37 kishining tovush va ikki kishining betarafligi ila qaror berilur. Narxiga kelguncha ixtilof bo‘ldi. Boshqalar 30 so‘mdin 15 so‘mg‘acha taklif etibdurlar va ehtimolki har viloyatning taksasi boshqa bo‘lsa va mahalliy sho‘rolarg‘a taksa ishi havola qilinsa. Mana birodarlar, Toshkandg‘a borib qilg‘on ishimiz shudir. Bu mayda-chuyda g‘allalarni rozilik bilan bersak kerak. O‘shandoq onbordorlarning g‘alla olmoqidin o‘zlarini saqlamoqlari kerakdur. Chunki onbordorlarning g‘allasini, ehtimolki, tamoman zabt qilinsa. Manim yuqoridagi taklifim butun Turkiston uchun qabul qilindi va o‘z fikrimcha, Turkistonli vatandoshlarimning buni jon va dildin qabul etib, tezlik bilan berishlari lozimdur. Agarda umumdan g‘allani olmoqg‘a qaror bo‘linsa edi, man xalqning ustig‘a bo‘laturg‘on kulfat va og‘irliqdin nihoyatda qo‘rqar edim. Har kimning uyi oxtarilur edi va balki yomon hodisalarg‘a sabab bo‘lub, moli va joni ko‘b zarar bo‘lishini o‘ylardim. Lekin, alhamdulilloh bu taklif qabul qilindi va Turkiston uchun milliardlarcha zarar va balki bizning andoza fikriyamiz ham tashqari zarar va kulfatlarning yo‘lini bu taklif va qaror bog‘ladi. Agarda umum tarafindan bu taklif va qaror yaxshiliq bilan qabul etilib, kam va ziyodasiz ijro qilinsa, o‘zimni xushbaxt sanar edim. Muhtaram ulamo, hazrati va ahli fikr bu taklifni ahli xalqg‘a tushunturub tezdan o‘rung‘a keltirmaklikning naf’ini xaloyiqg‘a onglatsalar edi. Shuni ham bilmak kerakkim, bir desatin, ya’ni to‘rt tanobg‘acha ekilgan g‘alladan hech bir narsa olinmaydur. Meva va bedazor, yer olmasi (kartoshka), sabzi va boshqa shularg‘a o‘xshash narsadin olinmay, faqat g‘alla, ya’ni doni ekilgan yerlardin olinadur. Turkistonning ba’zi yerlarinda bir desatin 4 tanob va ba’zi yerlarda 6 tanob hisoblanadur. Ammo hozirg‘i qoidag‘a desatin hisobi ila ya’ni bir tanobni 300 sorjin hisoblab olinur. Bir tanob 400 sorjinlik joylar bir yarim tanobg‘a bir pud g‘alla termarlar. Bir desatin 3400 murabba’ (kvadrat) sorjundur. Fikrimcha, lozimki har daha va qishloq uchun maxsus komissiya saylanub, har kimning necha tanob yerda nima ekkani, avvalo, ro‘yxati va o‘lpon soliq daftaridek ro‘yxat bo‘lub, uyezd komissoriyaning va bu to‘g‘ridaki alohida bosh komissiyaning mustahkam etishidan so‘ngra, g‘allani yig‘ishturub, har bir dehqong‘a maxsus daftarda bosma sanad (hujjat) berilsa edi. Toki, xiyonat bo‘lmasun. Albatta, bu ish to‘g‘risinda har uyezd va viloyat uchun alohida bosh komissiya tayinlansa lozim. Har vo‘lustning g‘allasi o‘zinda to‘planib kerakincha boshqa joylarg‘a olinur. Biz hozir bo‘lg‘on Toshkanddagi Turkiston o‘lkasi o‘rtoq qurultoyig‘a har uyezd sho‘rolaridin uch nafardin kishi chaqirilg‘on ekan. Sirdaryo va Farg‘onadin bir necha nafar musulmon bor edi. Ammo bizning Kattaqo‘rg‘on, Xo‘jand, Jizzax va Samarqand uyezdindin birgina nafar ham musulmon yo‘q edi. Demakki, hanuz xalqimiz uyquda bo‘lub, o‘z naf’i va zaruri uchun qayg‘urmay, bolta kelguncha kundadek yotadur. Ustig‘a bir yuqni qo‘yg‘ondan keyin dod deyurga ul vaqtda ish o‘tgan bo‘lur. Bu yomon odatni tashlamoq kerak. Zamon boshqa zamondur. Toshkandning barcha rasmiy komissoriyati va hukumat doiralari hozirda qaynaydur. Har birinda Turkiston uchun zokun (qonun) loyihalari tuzilmoqdadur. Bir necha majlisg‘a kaminani taklif etdilar. Ba’zisig‘a boroldim. Musulmon tilini rusiy hukumat tili etmak majlisig‘a va ham Turkiston uchun milliy komissoriyatlar qonunining muzokarasi majlisig‘a bir necha daf’a bordim va loyihalari bob-bob o‘qulub, bizning taklif va tashihlarimizdin ba’znsi qabul qilindi. Agarda odam bo‘lsa, millat naf’ig‘a ishlanaturg‘on ishlar ko‘b ekan. Turkiston maktab va madrasalari, vaqf va qozixonalar uchun loyihalari tuzilmakdadurki, bizning ahli fikr va donishlarimizning ishtirok etmaklari lozimdur. Musulmon sho‘rolarimizg‘a vojibdurki, shunday ishlar uchun odam — delegat talab qiling‘onda salohiyatlik va munosib kishilarni saylab yuborsalar. Hozirgi hukumatga odam kerakdurki, muni ish ustundagilar ham sezibdurlar. Chunonchi, hukumat a’zolarining bir majlisinda Eron va Afg‘oniston davlatlarig‘a ko‘nsul yubormak mas’alasi qo‘zg‘olib, ba’zi rus va musulmonlar bu xizmat uchun mani munosib ko‘rub yubormakchi bo‘lg‘onlar ekanki, man buni eshitib, noxushligim uchun safar mashaqqatini ko‘tara olmasligimni bayon etdim. Zotan men maktab va madrasalar uchun bo‘laturg‘on qurultoyg‘a borgan edim. Yo‘llarning bog‘lang‘oni uchun qurultoy mavquf qoldi. Bovujud shul bulturg‘idagi komissiyaga bordim. Madrasalar pro‘g‘rommasini ko‘rub bir oz zichlashtirmoqg‘a taklif etdim. Chunki mutasarruf pro‘g‘romdaki darslarni madrasalarg‘a kirguzmak bilan unday darslarni aytaturg‘on mudarrislar yo‘qdur… Fanning ibtidoiy ta’limini ko‘rmagan kishiga kirguzub ta’lim bermakdin foyda chiqmaydur. Oxirinda shuni mo’al-taassuf iqror etamanki: siyosiy, ilmiy, maishiy va askariy yo‘llarda zamon bizdin ko‘b ishlar talab etadur va bu ishlar chun zamonimiz musoiddur. Ammo bizda ishlayturg‘on odam nihoyatda oz va bori ham ishlamaydur va yoinki egri ketadur. Bu fursatlar o‘tganlaridek o‘tub ketar. So‘ngra pushaymonlikdin boshqa qo‘lda bir narsa qolmas, masalan, hozirda askariy va ilmiy ishlardan qochamizkim, bu, bir bolaning maktabdin qochg‘onining o‘zginasidur. Ikki emas, to‘rt til lozim Biz turkistoniylarg‘a turkiy, forsiy, arabiy va rusiy bilmoq lozimdur. Turkiy, ya’ni o‘zbekini sababi shulki, Turkiston xalqining aksari o‘zbakiy so‘ylashur. Forsiy bo‘lsa, madrasa va udabo tilidur. Bukung‘acha Turkistonni har tarafindagi eski va yangi maktablarinda forsiy nazm va nasr kitoblari ta’lim berilib kelgandur. Barcha madrasalarda shar’iy va diniy kitoblar arabiy ta’lim berilsa ham, mudarrislarni taqriru tarjimalari forschadur. Bu qoida, ya’ni dars kitobi —arabiy, muallim — turkiy, taqriru tarjimani forsiyligi xila ajibdur. Turkistonda qadimdan beri bu uch til joriydur. Chunonchi, eski yorliqlardan ma’lum bo‘lurki, Turkistonda eski amir va xonlarni amri farmoyish va muborak nomalari doimo turkiy, yana ayni zamonda dorulqazou adabiyot tahrirlari forsiy yozilar ekan. Bu qoidalar zotan yaxshidur. Ammo bora-bora yoinki kela-kela usuli ta’lim va kitobatg‘a ehmol paydo bo‘lub, hozir bir darajag‘a kelibdurki, ahli savod yoinki ahli ilmni yuzdan to‘qson to‘qquzi bu uch tilda mukammal tahriri adabiyg‘a molik yo‘qdur. Ya’ni usuli ta’lim va tadrisni isloh etmak kerak. O‘tayluk. Turkistonning Samarqand va Farg‘ona viloyatlarinda forscha so‘ylayturgan bir necha shahar va qishloqlar bordur. Buxoro hukumatining tili forsiydur. Fors shoiru udabosi asarlari qiyomatg‘acha lazzati ketmayturgan xazinai ma’naviydurki, mundan foydalanmoq uchun ovrupoyilar milyardlar sarf etarlar. Bizg‘a saodatdurki, turkiy va forsiyni tahsilsiz bilurmiz. Har turkni forsiy va har forsni turkin bilmog‘i lozimdur. Forsiy bilgan kishi Firdavsiy, Bedil, Sa’diy, «Masnaviy»dan qanday lazzat olsa, turkiy bilganlar Fuzuliy, Navoiy, Boqiy, Somiy, Abdulhaq Homid, Akrambek, Sanoyi, Nobiy, Nojiylardan, yana Tolsto‘y, Jul Vern va ulamoi zamoniy asarini turkiy tarjimasidan lazzat shunday oladur. Farang va rus donishmandlarining asarlaridan foydalanmoq turkiy yo rusiy va farangiy bilmak ila mumkin bo‘lur, na uchunki bugun usmonli, Kafkaz va Qazon turklari zamona ulamosi asarini turkiyg‘a tarjima qilib, ko‘paytirgandurlar, ya’ni turkiy bilgan kishi zamonni bilur. Turk tilig‘a har bir yangi va naf’lik kitoblar barcha tilda tarjima bo‘lgandur. Arab madaniyati yunoniy Suqrot, Buqrot, Falotunlardan foydalanganidek, zamoni hozira madaniyati Tolsto‘y, Jul Vern, Kepler, Kopernik, Nyutonlardan foydalanur. Maqsaddan uzoq tushdik. Bizg‘a lozimki o‘z naf’imiz uchun ruscha bilayluk, hukumat maktablarinda o‘quylik. Davlat mansablarig‘a kirayluk. Vatanimizg‘a va o‘z dinimizg‘a xidmat etayluk. Musulmon bo‘lub turib taraqqiy qilayluk. Bu zamon tijorat ishi, sanoat va mamlakat ishlari, hatto, dini islom va millatga xidmat ilmsiz bo‘lmaydur. Masalan, bugungi «podsholik duma»g‘a o‘z din va millatimiz naf’ig‘a so‘zlamoq bizlar uchun mumkin bo‘lur. Ammo anda borib so‘ylaguvchi kishi bizg‘a yo‘q. Anda borib naf’i bir o‘n-sana o‘qumoq kerak, zamondan, qonundan xabardor bo‘lmoq kerakdur. Xulosa, bugun bizlarga to‘rt tilga tahrir va taqrir etguvchilar kerak, ya’ni arabiy, rusiy, turkiy va forsiy. Arabiy til din uchun na daraja lozim bo‘lsa, rusiy ham tiriklik va dunyo uchun lozimdur. Hadisi sharifdan ma’lum bo‘ladurki, janobi payg‘ambar o‘z sahobalaridan Zayd bin Sobit(g‘a) yahudiy xatini o‘qub-o‘rganmoqg‘a buyurgan ekanlar. Va ul janob Umar hazrat nubuvvat panohi ila yahudiy xatini o‘rganib hazrat payg‘ambarg‘a yahudiylardan kelaturgon xatlarni o‘qub berar ekanlar (Sahihi Buxoriy, juz 4, sahifa 156). Holbuki, ul zoti bobarokot payg‘ambarimiz quvvati hokima egasi edilar. Yahudiylar mahkum va tobe’ edi. Al-on Rusiya hokim, bizlar anga tobe’ va o‘z tirikligimiz uchun alar xatini bilmoq zarur va hadisi sharif dalolatincha durustligig‘a joyi inkor bo‘lmasa kerakdur. Ismoilbek hazratlari Marhum xodimul millat Ismoilbek hazratlari 1268 hijriy, mutobiq 1851 milodiya sanasinda Qirimning G‘aspra qariyasinda dunyog‘a kelib, Maskav e’dodiy askariy maktabinda o‘qugan. Andan so‘ngra Istanbul va Parijga amaliy va nazariy ikmoli tahsil etib, Rusiyag‘a qaytib, «Rusiyada musulmonlar» nom ruscha bir kitob yozib, Rusiya musulmonlarining ilmiy, ijtimoiy va siyosiy hyullaridan bahs va Rusiya musulmonlarini himoya etgan. Hijriy 1297, milodiy 1880 sanasinda Qirimning musulmon madrasasinda ruscha muallim tayinlangandurlar. 1883 milodiya 10 apreldan boshlab mo‘tabar «Tarjumon» g‘arro jaridasini millati islom va turklik xizmati uchun chiqargan, Va musulmonlarni nodon qismi tarafidan izo va jafolar chekkan. Qashshoqligi sababli o‘zi va xotini ila «Tarjumon» ni yozmoq, tartib etmoq, harf termoq va pochtag‘a topshirmoq to‘g‘risindagi og‘ir ishlarni ishlagan va hatto, ba’zan bosmaxonaning moshina charxini o‘zlari kuch va qo‘l ila aylanturg‘an. Va har nav mehnat va kulfatlarni o‘zig‘a ravo ko‘rub millatni uyg‘otmoqg‘a, dunyodan, siyosati olamdan, madaniy millatlarni holidan xabardor bo‘lmoqlari uchun jisman va ruhan hech tinmasdan 35 sana ishlagandurlar. Musulmonlarni dunyodan xabardor qilmoq uchun butun Rusiyada, Turkiya, Misr, Tunis, Jazoirda, Hind va Afriqoda, Turkiston va Buxoroda daf’alar ila sayohat etib, har yerda musulmonlarni madaniyati zamoniyag‘a, ulum va fununi asriyag‘a, sanoat va tijorati qarinag‘a va rus madaniyatig‘a da’vat va tashviq etgandurlar. Usuli savtiya maktablarini Rusiyada boniyi muassisi Ismoilbek hazratlaridur. Birinchi yangi usul alifboni murattib va noshiri yana Ismoilbek hazratlaridur. Taraqqiyoti zamoniyag‘a yalg‘uz da’vat emas, fa’lan harakatda bo‘lub, jamiyati xayriya, qiroatxona, taraqqiyuni islom, taovun jamiyatlari va bularg‘a o‘xshash asoslarg‘a taalluq nizomnomalar tuzatib, xalq arosinda nashr etib, bu kun adadi yuzlar ila Rusiyada mavjud ilmiy va madaniy jamiyatlarni barpo etdurgandurlar. Al-on Rusiyadagi minglar ila nizomlik maktablar va sobiq nashr bo‘lgan va hozir fa’lan nashr bo‘lub turgan yuzlar ila islomiy majalla va jaridalarning barcha muharrir va mudirlari ul zoti studa sifotni shogirdidurlar. Shundayki, bu kunda Rusiya musulmonla-ri ichinda har bir jaridaxon va har bir muallim va har usuli savtiya maktablarining shogirdi va har bir jarida muharriri marhumning bilvosita shogirdonidandurlar. Ya’ni ustozi muazzamning bukun Rusiya musulmonlari arosinda milyo‘nlar ila ulamodan muharririn va muallimindan va o‘quvchilardan shogirdi bordur. Ham qanday shogird! O‘ttuz sanadan beri doimo onga dars o‘qiydurgon shogirdlardur. Yana bu shogirdlar o‘z oxir umrlarincha ustodning anfosi qudsiyasi sababi ila ilalabad joriy afkori oliyasidan dars va fayz olmoqda bo‘lurlar. Xulosa, Ismoilbek hazratlari suls asrdan ziyoda ayyom tadrisinda milyo‘nlar ila musulmonlarg‘a doimo dars berdi. Endi ilalabad aning afkori va ruhi adadsiz va nihoyasiz musulmonlarg‘a darsi urfon berar… Xulosa, Rusiya musulmonlari ichinda munday bir zot kelgan yo‘qdur. Ana ushbu zoti noyob ushbu sana beshinchi zulqa’da — 12 sentyabrda bu olami foniydan rixlat etib, butun dunyo musulmon u’rafolarini asiri yos va alam etdi. Rahmatullohi alayhi rahmatan va as’atan. Jaholat dardlaridan Ismimizni bilmaymiz! Nima uchun? Bizg‘a o‘rgatmabdurlar. Masalan, ismimiz Abdulsamad ekan, «Absamat», hatto, qishloqlarda «Apsat» derlar. (Afu buyurulsun, adabdan xorij bo‘lsa-da, adabg‘a da’vat etar.) Oti Yodgor ekan — «Jodigor», Lutfullo ekan — «Nutfullo» ataladur. (Astag‘furullo!) G‘alat atamoq sababi ila avom kotiblar tarafidan qozixona, valasnoyxona hujjatlarinda va hukumat mahkamalarinda ham shul tariqa g‘alat va masxaralik holatinda yozilur. Hatto, shaharlarda, do‘kon va korxonalarni tepasinda ruscha va musulmoniy xat ilan «Obdukodir», «Patxulla», «Sanatullo» («San’atullo»), «Obduraxmon» va mundan ham g‘alatroq yozilib osilgan lavhalar bordur. Bu g‘alatlar bonka va xazina va notario‘s-maqovolot muharrirligi doiralarig‘acha borar. Bir zamon bu g‘alat ismlarni to‘g‘ri yozib mahkamag‘a berilsa, mahkamadan to‘g‘rini g‘alat deb qaytararlarki, alarni qaytarishi to‘g‘ridur. Bu g‘alatlarni tuzatmog‘i va yo durustlarni g‘alat qilmog‘i uchun ish egasig‘a, ya’ni ismni sohibig‘a haftalar va oylar ila yugurmoq lozim kelur. Muni-da qo‘yduk. Shunday g‘alat keta bersa, yigirma-o‘ttuz sana so‘ngra xalq yanadan avomroq bo‘lub, musulmon ismlari yana ziyodaroq buzilur. Do‘kon va korxonalar tepasindagi unvonlar mundan ziyodaroq g‘alat ismlarni shomil bo‘lur. Endi munga iloj, ism qo‘yganda, ismni ma’nosini bayon qilinmoq va kayfiyati talaffuzni ota-onag‘a bildurmoq kerak. Va alar bolani o‘zig‘a ham bildursunlar va ismlarni yozganda va chaqirganda durust atamoq kerak. Va ham «Jo‘raqul», «Norqul», «Toshmurod», «Boltaqul»dek ma’nosiz ismlar ila bolani atalmasun. Balki arabiy, turkiy, forsiy ma’nolik ismlar ila atalsun… Ajabi shulki, idorada g‘alat yozilib kelgan ismlarni to‘g‘ri yozib yuborilsa, egalari rozi bo‘lmaydur. Ismlari arabiy ekan, arab qoidasi bo‘yincha «alif» — «lom» ila yozsang, shikoyat etarlar. Ore, ul bechoralarg‘a ayb yo‘q. Ayb jaholatg‘a va maktabsizlikg‘a va ruhoniylarni(ng) musohalalarinda, diniy va milliy ishlarg‘a diqqat etmaganlarindadur. Ism to‘g‘risinda totor birodarlarimizni ham ba’zi hollari ajoyibdur. Masalan, «Aynullo», «Nabiyullo», «Ruhullo» degan ismlarg‘a uchraladurki, bu ham bir nav’ diqqatsizlikdur. Millatlar qanday taraqqiy etarlar? Millatlar taraqqiyig‘a bir necha sabablar bo‘lub, tub sababi ulamo ila ag‘niyoning hamiyyat va g‘ayratlaridur. Taraqqiy qilg‘on va yo endi taraqqiy qilguvchi millatlar ahvolig‘a diqqat qilinsa, mazkur ikki sinf muhtaramni o‘z millatlarig‘a so‘z va oqcha ila xidmat etganlari favran zohir bo‘lur. Har millatning ulamosi, ahli qalami, mutafakkiri o‘z millatining oyandasi uchun yo‘l ko‘rsatur, mashvarat berur, millat axloqining islohi uchun masjidlarda pand va nasihat berur, maktab va madrasalarda dunyo va oxiratda kerak ilm va fan, ta’lim berarlar, kitob va gazet ila ummatni muslihi uchun bahs va mukolamalar qilurlar. Taraqqiy qilguvchi millatlarning ulamosi zamondin boxabar bo‘lib, o‘z millatining «masoliha zamoniyya»si uchun sa’y etar, millatni peshraftig‘a oqcha ila, hayrat ila iona qilmoqni millat boylarig‘a taklif etar, tashviq va tahris etar. Xulosa, har millatni ulamosi, ahli qalami millat uchun so‘ylar, yozar va havoiji milliya va zamoniyani o‘z millat mansubasig‘a bildirarlar. Zamona ag‘niyolari o‘z millatlarini zamoniycha kerakligi yo‘linda oqcha sarf etarlar, masalan, yangi usulda zamonaviy maktablar bino etib, zamoniycha odam tayyorlamoq uchun harakat etarlar. Hukumatni o‘rta va oliy maktablariga o‘qiydurg‘on o‘z millat bolalarig‘a ionat etarlar. Va bechora hamjinslarini diniy va dunyoviy maktablarig‘a berub, o‘z xarajatlari ila o‘qutadurlar. Rus, armani, yahudiy va boshqa Rusiyadagi vatandoshlarimizni boylari doimo o‘z millatlari uchun katta xayr va ehsonlar qiladurlar, inchunin, Qafkoz, Qirim, Qozondaki musulmon birodarlarimizni boylari, ulamosi va ahli qalami, sohibi fikri o‘z birodarlarig‘a mol, oqcha, qalam va ilm ila ko‘b iona qiladurlar. Ammo bizni Turkistonda bu ishlardin so‘ylamoqqa hanuz navbat kelgan yo‘q. Har kim o‘z naf’i va o‘z shaxsiy ishi ila sargardon, umumiy yoinki diniy va milliy ishlarni oyandasi uchun, millatni zamona odamlaridek taraqqiy etmog‘i uchun, xaloyiqni isloh axloqi uchun g‘am tortuvchi va harakat etguvchi yo‘qdir. Bir karra diqqat qilib, mahalla-ko‘y va qishloq xalqlariga qaralsun. Avomlik, beilmlik naqadar ko‘paygan. Biz musulmonmiz. Musulmonlikg‘a ilm lozim, amal lozim. O‘qumoq kerak, nima uchun boshqa millatlarda yuza bir nafar besavod yo‘q ekan, biza yuza bir nafar savodlik yo‘q? Boshqa millatning yosh bolalari maktabda, lekin bizniki hammollikda va gadoylikda. Boshqa millat ulamosiga tobe’ ekan, bizni ulamo bil’aks avomg‘a tobe’dur? Buning oxiri xarobdur. Yigirma, o‘ttuz sana so‘ngra yana yomonroq bo‘lur, musulmonlik, ilm va odob ila qoim millat axloq, fazl va hunar ila boqiy qolur. Bugun islohi maktab-madrasa, ya’ni islohi millatg‘a ko‘shish qilinmasa rabi asr so‘ngra diyonat barbod bo‘lur va aning javobi mas’uliyati bugungilarg‘a qolur, bu mas’uliyatdin qutulmoq uchun millatni diniy ilm va dunyoviy ilm-fanlar o‘qumoq uchun targ‘ib qilmoq kerakdur. Diniy ilm va fanlarning o‘rni maktab va madrasadur. Dunyoviy fanlarni o‘rni hukumat maktablaridur, ikkisig‘a o‘qumoq uchun oqcha lozimki, ul oqcha boylarni kissayi hamiyatidan chiqsa kerak. Har zamon uchun asbobi isloh va taraqqiyi ionat boshqarur. Millatg‘a ionat etmoq uchun, islohi maktab va mudarris uchun, rusiy maktablarig‘a bola tayyorlamoq uchun, dehqon va san’atkorlarni rivoj bermoq uchun «hamiyyati xayriya», «nashri maorif», qiroatxonalar, fo‘ndlar, kurujuklar, jaridalar, majallalar, nashriyotlar… kerakdur. Millatlar taraqqiysi shul ila bo‘lur va bu ishlarg‘a oqcha kerakdur, oqcha boylarda va afrodda! Maro ba tajriba ma’lum shud daro har kor, Ki qadri mard ba ilm ast qadri ilm ba mol. (Ma’nosi: menga tajribadan ma’lum bo‘ldiki, odamda qanchalik ilm bo‘lsa ham ilmning qadri moldadur). Muhtaram samarqandiylarg‘a xolisona arz Ahli xabaraning ma’lumidurkim, eski hukumat zamonida har nimarsa amr va buyruq ila bo‘lur edi. Xaloyiqning diniy va milliy ishlarini islohi va rivoji to‘g‘risinda qilaturg‘on harakatlarg‘a yo‘l berilmas edi. Hech nimarsa hukumatdin bejavob va iznsiz qilina olmas edi, hozirda bo‘lsa, Xudoyi taolo bizga hurriyat berdi. Diniy va milliy islohot va taraqqiyimiz uchun harakat va say’ etmoqg‘a yo‘l ochuqdir. Hurriyatning uchinchi oyindamiz. Lekin biz samarqandiylar diniy va milliy ishimizni rivoj bermoq uchun hanuz bir ish qila olmagandurmiz. Ahli jamoat va g‘ayrat bir necha yoshlar, ahli muruvvat bir necha mo‘ysafid va kattalarimiz bir necha kun bir bo‘lib, ba’zi yaxshi ishlarni bajarmoqchi bo‘ldilar. Hatto, ulamoyi kiromdan aksari qo‘shulmoqchi bo‘ldilar, bilkulli qo‘shuldilar. Yoshlarning ochgan «islomiy qulubi» har kun ulamo, savdogar va ahli kasabadan bir necha daf’a to‘lub bo‘sholub edi, ishlar yaxshi ketar edi, umidlar qaviy edi. Oyandamizning yaxshi bo‘lushini istidolar qilur eduk. Ammo ishlar va ittifoqlar uzoqg‘a surilmadi. Bir necha tajribasiz va tez harakat yoshlar, bir-ikki nafar nafsoniyatg‘a botgan va o‘lguncha tuzolmayturg‘on qishilar qadima ig‘vo va fasodni o‘rtag‘a soldilar, natijada Samarqand xalqi ikkig‘a bo‘lundi. Balki ikki emas, yuzg‘a bo‘lunub, xalqning ko‘ngli sovub, ba’zilarining so‘z va harakatlaridan nafratlanib, tarqalib ketdilar. Bukun ma’noyi haqiqiysi ila Samarqandda bir jamiyat yo‘q, millat va din oyandasi uchun natijalik bir say’ va harakatni boshqaraturg‘on bir jamiyat yo‘qdur, hozirg‘acha aytur edukkim, bizning milliy harakatimizg‘a hukumat mone’dur, ammo endi o‘zimiz mone’miz. Ey hazrati ulamo! Ey tujjor, ahli kasaba va ag‘niyo! Ey, g‘ayratlik yoshlar! Nifoq va bir-biriga dushmanlikni tashlangiz. Xudo haqi, arvohi anbiyo hurmati va bu kunlarda qornini to‘yg‘azolmayturgon yetim va bevalar haqi biri-biringiz ila ittifoq etub, jamiyatlar barpo qilub, xoliq Xudoning naf’ig‘a, din va millat yo‘lig‘a xizmat etingiz. Millat va xalq sizdan xizmat va yaxshilik talab etadur, nafsoniyat va g‘urur emas. Ey yoshlar! Siz ham bir oz og‘ir va xushso‘z bo‘lingiz. Hurriyatning avvalida xaloyiq sizga inondi, sizg‘a o‘zini tashladi, ammo sizlar tajribasizlik etib va o‘z orangizda ixtilof ko‘rsatib, xalqning o‘z borangizdagi xushgumonligini, afsuskim, yo‘qotdingiz. Mana shul yo‘qotganingizni qaytarib topmoqqa harakat, sa’y etingiz. Xalq sizlarg‘a mayl qilg‘on edi, sizlar, to‘g‘risi, bajarolmadingiz. Mana shu tajribasizligingizni xotiringizg‘a keltirungiz va bul yoshlarg‘a darsi ibrat bo‘lsun. Muhtaram yoshlar! Zamon siznikidur, qarilar zamoni o‘tkan. Siz kiromga bobasirat bo‘lub, o‘n daf’a o‘lchab, bir daf’a kesingiz. Otashinlik va tezlik ila ish bo‘lmas. Al-ajla minash-shayton! (Shoshilgan shaytondandir!) Bu fikrni boshingizdan chiqaringizkim, sizning o‘z boshingizg‘a taraqqiy qilmog‘ingiz mushkuldur. Balki, butun shahringiz va millatingiz ila taraqqiy qilursiz. Man ham yigirma yildan beri harakat etamankim, taraqqiy paydo bo‘lsun, shuni sizlar ham bilursizki, o‘n va yigirma nafar ila taraqqiy bo‘lmaydi va bo‘lmas ekan. Binobarin, o‘rta va bir qadar imkoni ko‘proq kishi mayl qilaturgon yo‘l ila taraqqiy etmoq kerak va unsiz boshqa chora yo‘qdir. Muni men bir necha daf’a sizlarg‘a yuz ba yuz aytganman. Muhtaram hamshaharlarimdan aksari shunday biladurlarki, mening har so‘zumni sizlar qabul qilasiz va sizning har bir ishingiz mening mashvaratim ila bo‘lur. Xayr unday emas. Yoshlarning ba’zi bir mashvarat va ishlarig‘a sherik bo‘lsalar ham ba’zisidan bexabardurman. Alarning barcha ishlarig‘a men mas’ul emasmai. Zotan hech kim hech bir kimning harakatidan mas’ul emasdur. Aziz hamshaharlarimg‘a, mo‘tabar ahli vatanim, hammangiz bir bo‘lub, xalq va dinning rivoji uchun birlashub, oradagi nafratlarni tashlab, Xudoning bergan hurriyat ne’matidan naf’ilanmoq harakatida bo‘lmoq kerak va al-on (toki) bizning harakatsizligimiz bizdan hurriyatni ketkurib, yana boshqalarga bizni asirlik darajasiga tushurur va yuz yillar ila keyin ketarmiz. Bizning avlodimiz hamda xalqi olam bizga rahmat o‘rnig‘a la’nat o‘qurlar. Bu so‘zlar to‘g‘ri so‘zlardur. Yosh va qarilardan, albatta, mandan ushbu so‘zlarim uchun ranjiydurg‘onlar bo‘lur. Ammo nachora, to‘g‘rini aymaguncha, ishlar to‘g‘rilanmas. Oldimizda shahar dumasi saylo‘vi, majlisi ma’buson(?) (uchreditulnaya sobraniya) saylo‘vi, mamlakat dumasi saylo‘vi turubdur. Agarda Samarqand yosh va qarilari shu holatda tursalar, voy bizning holimizg‘a! Xalqi olam bizg‘a kular. Biz yanadin boshqalarning asiri bo‘lurmizkim, bunga tajribasiz yoshlarimiz, taraqqiyni xohlamayturgon kattalarimiz sabab bo‘lurlar va ham bizning ishsizligimiz uchun boshqalardan keyin qolishimiz muqarrardur. «Qolu al haq valu kon maran» — «To‘g‘rini so‘yla achchiq bo‘lsa-da!» Muhtaram yoshlarg‘a murojaat Har bir mamlakatda islohot va madaniyat asbobig‘a tavassul va tashabbus etmoqlik harakati u mamlakatning yoshlari tarafidan zuhur eta boshlagani kabi, bizning Turkistonda ham madaniyat eshigi manzalasida bo‘lgan makotibi ibtidoiyya ila intiboh va islohot jarchisi bo‘lgan milliy matbuot g‘ayratlu yoshlarning harakoti maorifparvaronalari soyasida vujudga keldi. Shuning uchun har bir milliy havoyijimizdan bo‘lgan mushkul ishlarda yolg‘iz yoshlarimizni marja’ va umidgoh tutib, alardan yordam so‘raymiz (mollari yoki so‘zlari ila millat foidasig‘a yordamlari tekgan ba’zi ulamou ag‘niyomiz ham yoshlar qatoridadurlar). Muhtaram birodarlar! Barchamizga oftob kabi ravshan va ayondurki, makotib— taraqqiyning boshlang‘ichi, madaniyat va saodatning darvozasidur. Har millat eng avval, makotibi ibtidoiysini zamoncha isloh etib ko‘payturmaguncha taraqqiy yo‘lig‘a kirub madaniyatdan foydalanmas. Madaniyati hoziradan mahrum qolub, sanoye’ va maorif salohi ila qurollanmagan millat esa, dunyoda rohat va saodat yuzini ko‘rolmas. «Muborizai hayot» maydonida mutlaqo mag‘lub bo‘lur, oyoqlar ostida ezilur, diniy, iqtisodiy ishlarda o‘zgalarning asiri bo‘lub, bora-bora milliyat va diyonatini ham ho‘ldan berur. Ana ushbu yo‘llar ila oxiri mahv va nobud bo‘lub ketar. Binoan alayh, yer yuzidagi barcha millatlar o‘z bolalarini ibtidoiy tarbiyasig‘a va maktablarning har jihatdan intizom va akmolig‘a ahamiyat berub bolalarini milliy va diniy ruhda mukammal suratda yetushdurarlar. Aning uchundurki, o‘zga millatlar diniy va milliy hissiyotg‘a molik bo‘lub, har ishda diyonat va milliyatni muqaddam tutarlar. Va luzumi kelganda bu yo‘lda molu jonlarini fido etmoqg‘a hozir turarlar. Mana, hozirgi urushlar va iqtisodiy tortishlar diyonat va milliyat hissiyoti natijasidur. Eidi, bizni Turkistonda munday hissiyotlar qayda? Modomiki, biz turkistoniylar nlmu maorifdan haqqincha istifoda etmaymiz. Fazoyili insoniyadan sanalgan shaylar qanday hosil bo‘lur? Chin insoniyat nimadan iborat ekanligini qaydan bilurmiz? Bizlarda bir fazilat bor bo‘lsa, ul ham faqat taassuboti johilonadan iboratdur. Demak, bizlar hozirgi nimokla diyonatimizni yolg‘uz taassub soyasida saqlab turubmiz. Lekin ushbu tamaddun asrida ilmsiz quruq taassub ila ham yashab bo‘lmas. Chunki zamonamiz shunday zo‘rki, ozgina fursatda churuk taassubotimizni asosidan qo‘parub tashlaydur. Shuning uchun zamonaning muhlik asbobig‘a qarshu muqovamat etadurgon bir narsa bor bo‘lsa, ul-da maorifdur. Tahsili maorifni ibtidoiy qismi muntazam maktablar bo‘lgan uchun endi biz Turkiston musulmonlarig‘a ibtidoiy maktablarni ko‘payturmoq lozimdur. Tabiiy, maktab muallimsiz ko‘paymas. Hozirda esa Turkistonda muallim oz bo‘lub, muallimlarga ehtiyojimiz shadiddur. Chunki bu kunlarda yangi maktab havaskoroni kundan-kun ziyodalashmoqdadurki, muallimlar mavjud bo‘lgan taqdirda har yil Turkistoida yuzlarcha maktab ochmoq mumkindur. Endi ushbu mushkul hollarni nazari e’tiborga olub, Turkiston yoshlari muallim yetushdurmoqning chorasini topmoqlari lozimdur. Agar bukungi yoshlarimiz ushbu muhim vazifa va xizmatni ifo etmakga qasd eta boshlasalar, muallim yetushdurmoqni chorasi ham topilsa kerak. Chunonchi, Turkistonda muallim chiqormak uchun dorilmuallimin bo‘lmasa ham, har shaharda usuli ta’limdan xabardor bir-ikki nafar muallim, albatta, bordur. Ana, muallimlikka tolib kishilarni alarning huzurig‘a yuborub, 3-4 oy zarfida usuli ta’limdan xabardor qildurmoq mumkindur. Agar boyafarz, ushbu xidmatni muallimlarimiz iltizom qilmasalar, ul holda muallimlikka havaskor yoshlarni biroz zahmatlik bo‘lsa ham, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Toshkandda Munavvar-qori janoblarining maktabig‘a yubormoq kerakdurki, mushorun alayhning munday toliblarni maalmamnuniyat qabul etmoqlarig‘a amindurmiz. Ishta, muhtaram qarindoshlar, millatimizning tilagi va eng zo‘r ehtiyoji ushbu shaylar ediki, nazari oliylaringiza arzu taqdim etduk. Endi g‘ayrat sizlardan, tavfiq Oldodandur. Oh, bonkalar bizni barbod etdi — Shundaymi? — Albatta yo‘q. — Bas, nima bizni barbod etdi? — Nozoalla, hisobsizlik. To‘g‘ri, aql va tarbiyasizlik bizni barbod etdi. Ayb bonkada yo‘q, bizda. Chunki boshqa millatlar bonkalar sababi ila obod bo‘lur. Davlati va mulki ortur. Ammo biz, zohiran bonkalar sababi ila barbod va faqir bo‘larmiz. Avvalgi bor mulkimiz qo‘ldan ketarki, muning asl sababi bonka emas, o‘zimizni tarbiyasizligimiz va donishsizligimiz va behisobligimiz hamda naf’ va zararimizni bilmaganimiz, tijorat ishi va ahli zamonadan bexabarligimizdan, xulosa, jaholat va nodonligimizdandur. Bonka sababi ila yahudiy, armani va boshqalar davlatlik bo‘lur. Biz bo‘lsa, bolaks davlatimizdan, mulk va obro‘yimizdan ayrilarmiz. Chunonchi, qo‘ldagi bor nimarsamizni to‘y va azog‘a, behuda odatlarg‘a sarf etarmiz. Ko‘rpamizga qarab oyoq uzatmaymiz. Qarz ila imorat, to‘y, fisq va boylik qilarmiz. Isrof qilarmiz. Oxiri «Xasr ad-dunyo va-l oxira» bo‘lurmiz. Bu sabab ila faqirlik darajasinda tushub, so‘ngra bonkadan Dodxohlik qilarmiz. Bir karra diqqat qilinsun, bir yahudiy, bir o‘rus, bir armani hech vaqt to‘y degan balog‘a besh ming so‘m, hatto, bir-ikki ming so‘m sarf qilgani eshitilmaydur. Biz bo‘lsa, yigirma ming so‘mlab sarf etarmiz. Qoshki bu pul o‘zimizniki bo‘lsa ediki, yalg‘uz isrof gunohi ila qutularduk. Yo‘q, balki biz haq-ul-abddan qo‘rqaturgon musulmonlar boshqalar oqchasini barbod etib, oxiratg‘a qarzi dunyog‘a kulfat ortdurarmiz. Mundan noma’qul harakot, albatta, shar’an va aqlan gunohi azimdur, devonalikdur. Ho‘qanddan janob M. D. R. M. afandi yozadurlarki, bonkadan foydalik oqcha olmoq durustmi? Va biz, musulmonlar nima uchun bonkadan pul olib sinarmiz? Avvalgi savol uchun javob berarmizki, shar’an bonkadan pul qarz olmoq to‘g‘risinda mo‘tabar «Sho‘ro» majallasinda tafsili ilan ko‘b yozildi. Xohlasangiz «Sho‘ro»dan o‘qub ogoh bo‘larsiz va ul siz uchun hozirjavobdur. 2-savolg‘a qisqalik ila shuni yozarmiz: masalan, Abdullaboy bazzozni o‘zidan besh ming so‘m sarmoyasi bor. Do‘konidan 500 so‘mlik molni olti oy va’da ila nasya sotdi. Albatta, bu sotilgan molg‘a aqlan 50 so‘m foyda qo‘yub ediki, yuz-da o‘n yuzasidan bo‘lur. Endi do‘kondagi mol oz edi, yana mol olmoq uchun oqcha yo‘q. Qanturdan nasya olsa, avvalda naqdag‘a nisbatan 7—8 hissa qimmat qilib berur, Masalan, 400 so‘mlik molni olti oyg‘a 470 so‘m, balki ziyoda qilib berar hamda yaxshi molg‘a yamonni qo‘shar, agarda Abdullaboy bazzoz bonkag‘a sotgan moli uchun olgan vekselini qo‘ysa, olti oyg‘a bonka 500 so‘m naqd berib, faqat 15 yo 20 so‘mgina foyda saxlaydurki, bizni bazzozimiz ushbu pulg‘a 4—5 kanturdan chekkasig‘a chertib, siylab molni arzon narxga olur. Ana bonka hikmati va kerakligi shundan iboratdur va ham shunday o‘lchav ila muomala qilinsa, har kim bonkadan foyda ko‘rar. Yo‘q, bonka uni uchun emaski, bir pulsiz do‘kon o‘lturub va bonka pulini nasya qilib, to‘y va ziyofat va imorat va sharoratg‘a, ko‘bkari va azog‘a sarf qilib yo bonkadan qarz olib, haj borib, dunyog‘a baobro‘ va oxiratg‘a qarz yuklab ketmoq uchun emasdur. Muhtaram M. D. R. M. afandi! Mundan boshqa yana sinmoqimizg‘a sabab tariyqi tijoratni, molni olish va sotish joyini bilmaganimiz, paxta va boshqa g‘alla to‘g‘risinda Amriqo, Afriqo va Ovrupo bozor va ziroatlarini holidan, bo‘lgan va bo‘lmaganidan bexabarligimizdur. Bizni tojirlar aksariyat ila hech joydan bexabar «tavakkal» deb ish qiladurlarki, tashabbussiz tavakkal ila ish qilmoqni shar’an manhiyligidan bexabarligimiz boisdur. Eng oxirgi sabab sinmoqimizg‘a shulki, tijorat maydoninda nodonligimizdan boshqalar tarafidan aldanarmiz. Xulosa, bizlar kommersant, ya’ni tojiri zamoniy emas, balki bizlarg‘a dehqonlik lozim. Ammo maataassuf unga ham ilmi basirat va hisob lozimki, bizg‘a shu ilmi zamoniy yo‘q, binobarin kelarimiz nihoyat qorong‘udur. Mulklarimiz aksari qo‘ldan ketar va qora mehnatkash bo‘lub qolurmiz. Alloh basirat bersun. Shayx Sa’diy deyur: «… madohili o‘n sakkiz va maxoriji yigirmalik kishi holig‘a yig‘lamoq kerak. Kunduz chirog‘ yoqqan ablahning oqshom qorong‘uda o‘lturganini yaqinda ko‘rarsan». Oq yelpog‘ichli chinli xotun Sung‘iy mamlakati aholisidan Chung‘ichin nom zot bir adib bor edi. Bu olami fanog‘a inonmas va har zamon andin pirovoz va rihlat etmoqqa toliblik qo‘lidan kelmas edi. Oni uchun jonini ovuntirmoq uchun xayolilar fikr va befikrg‘a xotur etkuvchi ishlarg‘a ruju’ etmoqla o‘ziga tasalli berardi. Vafotidan so‘ngra dunyoni nekbaxt va mahsudlaridan hisoblandi. Chung‘ichin Xitoy muzofotlaridan birinda nomi Havo tog‘ining etaklarinda kezar ekan, birdan o‘zini bir mozoristonda ko‘rdi. Oh, mozoriston — ming-ming nomuntazam tepachalar sado va nidodin xoli maxsus zamini ma’volar (boshpana, makon). U tepalar ostinda chor va nochor inson yotarlar edi. Ufqi jadid sari tamoman mushtag‘il (band) qabrlarni ko‘rar-ko‘rmaz sayyoh shu fikrg‘a botdi. Afsus, butun tiriklik hayot yo‘lini oxiri kelib yetgan joyi budur. Bu iqomatga mavt va manzilga xomushona bir karra kirildimi yana qaytmoq mumkin yo‘q. Boq xotimai hayot na o‘ldi? Chin ahli faqat bir tiriklik bilar. U hayotki shu’lai shams ila munavvar, havoi sof ila ihotadur. Chin faylasufi bu fikrlarg‘a sirona qabrg‘a-da yurar ekan, libosi motam kiymish yosh bir xotung‘a rost keldi. Bu xotun yangidan tepalangan bir qabr kanorinda o‘lturub qo‘linda yelpog‘ichi lukurni yelpiyur va ham doimiy yelpiyur. Bu qadar ajib bir harakat sababini anglamoq shavqina tushub, sayyoh yosh bonug‘a odob-la salom berdi. — Xonim, o, bu mozorg‘a yotgan kimdur, na uchun shu tufroqni muttasil yelpimak zahmatig‘a giriftorsiz, so‘ramog‘im mumkinmi? Mani faylasufim har ish sababini bilmoqchi, ammo sizning bu amalingiz aslo ihota tafakkurimg‘a kirmaydur, dedi. Bechora xotun yelpog‘ichni yelinmoqda muttasil lo-yan qat’i davom etardi. Xotun qizardi, bo‘zardi, boshini oldingga engkdi. Faylasuf behuda yerg‘a savolini takror aytdi. Motamkash xotundan javob eshitmadi va aslo quloq bermay jonining bor quvvati-la yelpog‘ichni harakatga kelturub turar edi. Chung‘ichin u mahaldin mutaassufona ayrildi. Xotunning illat va sabab harakatini bilmay orzusidin hamda shiddatlik orzusidin o‘zini saxlab bilmoq edi. Shabparrak qanoti kabi mutavalli harakatlanib turmish yelpog‘ichga har zamon do‘nub eng chuqur va mutahayyirona bir-fikr ila boqib bechora faylasuf aslo bir shay anglamayur edi. Asnoi tahayyurda muqobilinda bir ojiza chiqib faylasufni bir qabr kanorig‘a imlab, shu so‘zlarni so‘yladi: «Eshitdimki, xonumdin savol so‘rdingiz, ammo javob ololmadingiz. Man orzungizni daf’ etarman. Ammo muqobili umid aylarmanki, siz ham manga bir necha pul bersangizki, borib, umrumni uzun bo‘lishi uchun duoxonlardin bir tumori sehrangiz olayin». Chung‘ichin kissasidin oqcha chiqardi va a’juza xotun ham bu mojaroni so‘yladi: «Qabr kanorinda ko‘rganingiz shu xotun Lu ismlik xonimdur. Uzun bir bemorlikdin o‘lmish To’u nominda bir adibni bevasi va u qabr o‘lgan erining qabridur. Er va xotun yaki digarini shiddatlik bir ishq va muhabbat ila sevarlardi. Hatto, oxirgi nafasinda To’u xotunidin ayrilmoq kulfatidin shikoyat etar, go‘zal bu xotinini hanuz bahor hayot va husnini sitoratlik zamonda tashlab ketmoq dardi fikrig‘a so‘zan urardi. Lekin na chora, muqtasi’ qadrga tobe’ bo‘ldi, boshqa iloj yo‘q. Bemorlik holida Lu xonim xasta To’uning boshidin hech ayrilmas, eridin so‘ngra dunyoga tirik qolmaslikni va bolin hayotg‘a ishtirokidek qarorg‘a, mamotg‘a ham sherik bo‘lushini ahd ila bayon ayladi. Lekin To’u munga javoban: «Zinhor xonim buyla ahd va yamin aytmangiz», — der edi. Xotun: «Agarda sizdin so‘ngra sheriklik balosiga giriftor bo‘lib, ko‘zlaringiz yumulganidan so‘ngra shu ziyoi oftobni ko‘rmoqg‘a majbur bo‘lsam, yaxshi bilingki, boshqa birovning xotini bo‘lmoqg‘a aslo ro‘yi rizo ko‘rsatmayman», — deb javobini berdi. To’u: «Xonim bonu, zinhor bu fikrdan voz keching,—derdi. To’u xonim: «Ey To’u, qo‘yingiz asror etmangiz, bori besh sanag‘acha uylanmaslikg‘a ahd etoying». Lekin bu safar deya To’u: «Bonu, bunday ahd etmang, faqat mozorim ustidaki tufroq quriguncha qadar mani unutmaslikka ahd etsangiz kifoya…» Lu xonim muni uchun mahkam ahd etdi. To’u ikkinchi ochmaslik uchun ko‘zini yumdi. Bonu kadaridin devona kabi bo‘ldi. Xumor va xitoyi ko‘zlaridin dumu’ (ko‘z yoshlari) otashin shashqator joriy, xumoi (isitma, kasallik) shadid (shiddatli) mahdumlari kabi o‘zini shash jihata etardi bedard-bedavo. Dunyo odati uzra har shay kechar. Bu sil g‘amum va baroi hujumda kechdi-ketdi. Oh-nolalar kechmas, faqat kelmasun — To’uning vafotidin uch kun so‘ngra Lu xonimning ko‘zi bir ma’qul sifatg‘a kirdi. Shuylaki erini shogirdlaridin bir javon (yosh yigit) ta’ziyatga keldi. Qadrdon shogirdni oh va oh ila qabul etdi. Bu javon nihoyat muzayyan (bezangan) bir chehra sohibi edi. Asnoi mukolamada bir oz To’udin va ko‘broq bonudin bahs etdi. Bekaning latofat andomidin, go‘zalligidin va ziyodasi-la xushlaganidin bayon etdi. Xonim ham andin mamnun va rozi qoldi. Javon shogird yana kelishini va’da ila vido’ etdi. Bir vido’i umidvoriy… Sodiq ul-va’da Lu xonum u va’dalarg‘a intizoran, ko‘rganingiz, qabr ustig‘a keldi. Kunlarni yelpog‘ich shamoli-la eri qabrining tufrog‘ini qurutub ahd etmoqg‘a vaqf etar…» Kampir hikoyani bitirar-bitirmas faylasufingiz shu fikrg‘a botdi. Umr qisqa, yoshlik shirin, yosh xotun va erlarni zavq havolarg‘a uchirar. Har holda Lu xonim soliha bir xotun emishki, ahdini paymol etmak istamaz. Intiho Ey qori, hikoyaning hosili mundin iboratdur. Adabiyot jadidai mustaqbala (kelajak zamon) mizga raqamidin yodkori xayr iltifotig‘a yetsa, xo‘jandi shoir muhtaram Sayriy afandig‘a bir tuhfadur. Mutolaasig‘a tanzil buyursalar, shoyadki, rishtai nazma chekilsa, bizu sizdin bir xotirai mustaqbala qolurdi. Bu dahmi she’r bilmam qalbimdin chiqdi. Muqaddam shoir emas edim: Bu olami hama hayhot behuda, Naqshi zar ob paymuda (omonat)… 1909 yil, dalvi devona, Samarqand, Mahmudxo‘ja ibn Behbudxo‘ja. Padarkush yoxud o‘qimagan bolaning holi (Turkiston maishatidan olingan ibratnoma) QATNAShUVChILAR B o y — 50 yashar. T o sh m u r o d — boyning o‘g‘li, 15—17 yashar. D o m u l l o — yangi fikrlik bir mulla, 30—40 yashar. Z i yo l i — (ovro‘po libosida), o‘ruscha o‘qug‘on, millatchi musulmon. X a y r u l l o — boyning mirza va mahrami, 18—20 yashar. T a n g r i q u l — boyning qotili. D a v l a t ila N o r (bo‘z bolalar) — kissalariga 4 so‘m qadar mayda kerak. L i z a — rus xotini, qabiha shaklinda. A r t u n — armani mayxonachi. P r i s t u f — 2 politseyskiy, 2 qorovul, boyning 3 nafar erkak hamsoyasi. B o y b u ch ch a — boyning xotini, 35—40 yashar. KERAK NIMARSALAR Bir la’li shiravor, non, dasturxon, choynak, piyola, chilim. Mehmonxonaga keraklik gilam, ko‘rpa, yostiq. Boyni(ng) yotoq asbobi va karavot. Bir kaltak. O‘n shisha suv va kivas. Besh-olti istakon. Bir sanduq. Bir hamyon ichida pulg‘a o‘xshag‘an nimarsa. Bir katta pichoq. Bir tapponcha. Sanduqni ochaturg‘on temur asbob. Mukammal pristuf libosi. 2 politseyskiy mukammal libosi. 2 qorovul kaltagi. 1 hushtak. 1 shohsaqa. 1 kanob. 1 qo‘l kishani. BIRINChI PARDA Boy mehmonxonada o‘tirar, Xayrullo ila domulla kirar: — Assalomu alaykum. BOY. Vaalaykum assalom, marhamat qilsinlar (turib muloqot qilub, domullaga joy ko‘rsatib, o‘ltirur). DOMULLA. Boy davlatini Ollohi taolo mundan ham ziyoda qilg‘ay (fotiha qilur). BOY. Nafas(lari)i muborak, inshoolloh, durlari qabuldir. DOMULLA. Balli, jum’a oqshomi duoni qabul vaqtidir. BOY. Xush keldilar, taqsir. DOMULLA. Salomat, salomat (qo‘lini ko‘ksiga qilib). BOY. Xayrullo! Choy va la’li keltur. XAYRULLO. Xo‘sh! (Choy va la’li keltirar, choy suzar, alar tanavvul aylar, Toshmurod kirar, salomsiz, beadabona). TOShMUROD. Ota, tomoshag‘a boraman, pul bering. BOY. O‘g‘lim, kim ila borasan? TOShMUROD. Tursun akam ila. BOY (kissasidan pul berib). Albatta, vaqtli kelinglar va yomon yerlarga bormanglar. TOShMUROD. Xayr, xayr, hov ko‘p gapura(r)siz-da (chiqib ketar. Domulla boy va Toshmurodg‘a badbinona boqib, boshini solar). BOY. So‘zlashib o‘lturing, taqsir. DOMULLA. Xo‘b, xo‘b, boyvachcha katta bo‘lubdur, Xudo umr bersin, usuli jadida maktabigami o‘qiydur, yoinki eski maktabga? BOY. Ikkisiga ham bormaydur. DOMULLA. O‘z hovlingizda o‘qutaturg‘onsiz? BOY. Yo‘q, yo‘q. Men o‘g‘lumni o‘qutmoqg‘a o‘ylaganim yo‘q. DOMULLA. Ajoyib, sabab nedurki, o‘qutmaysuz? Vaholanki, o‘qumoq qarz va ilm sababi izzati dunyo va sharofati oxiratdur. BOY. Mani xayolimg‘a dunyoning sababi, izzati — boylik. Oxiratga bo‘lsa, Xudoning qilgan taqdiri bo‘lur. Chunonchi, biz ko‘ramizki, odamlar boyni mullodan ziyoda izzat qiladurlar. Xususan, mana, banklar ko‘paydi. Katta boylar chilen bo‘lub, har kim chilenlarni izzat qilur, hatto, ishi tushaturg‘onlar chilen molini qimmat olur, azbaski, chilen iltifotiga olmagan odamlarga banklar pul bermaydurki, so‘ngra muomiladorlar sinib, mayda-mayda bo‘lur, bildingizmi? DOMULLA. Bu so‘zlaringiz hozirgi zamonaga ma’qul, lekin chilen va boylarni izzatlari vaqtincha va xalqni ko‘zi ochilgunchadir. Holbuki, alarni ishi tushganlar izzat qilur, mulloni bo‘lsa, barcha xalq izzat qilur, ya’ni mulloni ilmi izzat qilinadur. BOY. Bizni ham boyligimiz izzat qilinadur, hatto, musulmonlar nari tursun, o‘rus va armanlar-da izzat qilur. DOMULLA. Izzatni nari qo‘yduk, agarda o‘g‘lingizni o‘qutsangiz, daftaringizni yozar, namozingizni va musulmonchiligini yaxshi bilur va ham sizga savob bo‘lur. BOY. Mirzalik oson, mana, Xayrulloga oyinda yetti so‘m beraman, kunduzlari mirzalik va oqshomlari mehmonxona ishini qilar va hatto, uyqum kelguncha xodimlik qilar, kitob ham o‘qub berar. DOMULLA. Shariat ilmi va zaruriyati diniyani bilmoq uchun boyvachchani o‘qutmoq, albatta, sizg‘a lozimdir. BOY. Shariat ilmini o‘qitmoqni lozim bilmayman, chunki ani mufti yo imom va muazzin qilmoqchi emasman, azbaski davlatim anga yetar. DOMULLA. Zarurati diniyaga ne dersiz? BOY. Men o‘zim besh vaqt namozni keraklik duolari ila bilurman. O‘zim o‘rgaturman. DOMULLA. Xat va savodga ne dersiz? Holbuki, savodi yo‘q odam hech nimaga yaramaydur. BOY. Bu fikringiz g‘alat, chunki mani savodim yo‘q, bovujud, bu shahrimizning katta boylaridandurman va har ishni bilurman. DOMULLA. Siz ilgari zamonda bir navi ila boy bo‘lubsiz, ammo endi boy bo‘lmoq nari tursun, faqat ro‘zg‘or o‘tkarmoq uchun (ham) ilm kerak. Ko‘ramizki, yigirma-o‘ttiz yildan beri barcha savdo ishlari armani, yahudiy va boshqa ajnabiylar qo‘lig‘a o‘tdi, muni sababi bizlarning o‘qumag‘onimizdur. O‘qumagan boyvachchalarni ko‘ramizki, ota molini barbod etar va oxiri xor va zor bo‘lur, binobarin, o‘g‘lungizni o‘qutmoqni sizga taklif qilurman. BOY. Ay, domullo! Siz manga tahqiqchimi? O‘g‘ul maniki, davlat maniki, sizga nima? O‘quganni biri siz, yemoqg‘a noningiz yo‘q, bu holingiz ila manga nasihat qilursiz. Xayrullo! Mehmonxonani qulfla, uyqum keldi (Xayrullo la’li va asboblarni jamlab, muntazir turar). DOMULLA (odamlarga qarab). O‘qumoq va mulla bo‘lmoq uchun pul kerak, badavlatlarimizni holi bul, bas, bu ketish ila nauzambilloh, dunyo va oxiratga rasvo bo‘lurmiz, o‘qumoq barcha musulmonga, erkak va yo xotin bo‘lsun, farz edi. U qayda qoldi? Oh, voy bizni holimizga! (Boyga qarab). Boy, man sizga amri ma’ruf etdim va menga shariat bo‘yicha lozim bo‘lgan ishni bo‘ynumdan soqit qildim. Inshoolloh, mo‘ylab chiqarib, alifni tayoq demayturgan o‘g‘lungiz holini ko‘rarmiz va o‘qutmaganingiz uchun gunohkor bo‘lursiz (domulla nos chekar). BOY. Ay, domullo! Manga nasihatchi keragi yo‘q, bezor qildingiz, (odamlarga qarab) ishimdan, uyqumdan bu odam mani qoldirdi. Xayrullo, mehmonxonani qulfla (domulla arazlab chiqib ketar, boyni dimog‘i kuyib o‘lturar. Ziyoli musulmon kirar, palto va asosini mixga qo‘yar, boy ola-ola qarar, xushlamas). ZIYoLI. Assalomu alaykum. BOY (karaxtlik ila). Vaalaykum assalom, Xayrullo, kursi keltur. Bu kishi yerga o‘lturolmaydur (kelturar, ziyoli o‘lturub, papirus chekar). ZIYoLI. Janob boy, sizni kayfsiz ko‘raman, mumkinmi sababini bilsam? BOY. Bir mullo kelib edi, o‘g‘lingni o‘qutmaysan deb juda jonimni oldi, quvlagandek qilib zo‘rg‘a qutuldim, faqat mushtlashmadik. ZIYoLI. Ah-ha, qiziq va interesniy hodisa emish (odamlarga qarab), bu shaharda boylarga amri ma’ruf qilaturg‘on mulla bor ekan, Xudoga shukur. Ul janobi haqqoniy domullani topib, ziyorat qilmoq kerak. Boy afandi, sizga malol kelmasun, ushbu to‘g‘ridan men ham sizga qachonlardir bir necha so‘z aytmoqchi edim. Va ammo soati ushbu daqiqaga mavquf ekan, endi sizdan iltimos qilamanki, bir necha daqiqa menga quloq bersangizki, ilm nafi to‘g‘risida so‘zlayin. BOY (ola-ola qarab). Endi bildim, siz ham o‘g‘lungni o‘qut deb mani qisar ekansiz (odamlarga qarab), bugun chap yonim ila turganman, o‘ylamagan ishlar oldimdan chiqar, mazmuni — qordan qutulib, yomg‘urga uchraymiz. Xayrullo! Chilim keltur! (Tarafayn sukut, chilim kelar. Boy chekar, yo‘talar). BOY. Xayrullo! XAYRULLO. Labbay, taqsir! BOY. Joyimni tashla, uyqum keldi (homuza tortar), ertaga ish ko‘p, vaqtlik yotmoq kerak (yana homuza). XAYRULLO. Xo‘sh, hozir. ZIYoLI (jiddiyat ila). Boy afandi! Men sizga dedimki, millatga keraklik ilmlar to‘g‘risida so‘zlamoqchiman, ammo siz meni(ng) so‘zimii eshitmoqg‘a xohlamayturg‘ong‘a o‘xshaysiz. Ikkinchi daf’a aytamanki, quloq bering va bu so‘zlar sizni(ng) va millatni(ng) naf’idur. BOY. So‘zingizni jabr va zo‘r ila eshittirasizmi? Va yo meni azob bermakkami keldingiz? ZIYoLI. Yo‘q, men asli boshqa ish uchun kelib edim va lekin ilm bahsining ustidan chiqib qoldim. Ushbu sababli muddaoni tabdil qilib, ilm to‘g‘risidan sizga bayon qilmoqni qasd etdim. Shoyadki, janobingizdek boylar millat bolalarini o‘qutmoqg‘a sa’y qilsalar. BOY (xalqqa qarab). Koshki, domullo hikoyalari yetmasa edi. Xo‘b, modomiki qo‘ymaysiz, ertaroq so‘ylab tamom qiling, uyqum kelgan (homuza tortadi), odamlar bolasini o‘qut, deydur-a. ZIYoLI. Hozir yangi va boshqa bir zamondir. Bu zamonga ilm va hunarsiz xalqni boyligi, yeri va asbobi kundan-kun qo‘lidan qetgandek, axloq va obro‘yi ham qo‘ldan chiqar, hatto, dini ham zaif bo‘lur. Buning uchun biz musulmonlarni o‘qutmoqg‘a sa’y qilmog‘imiz lozimdur, vaholanki, dini sharifimiz har nav naflik ilm o‘qumoqni beshikdan mozorigacha bizlarga farz qilgandir. Bu hukm — hukmi shariatdir. Biz musulmonlarga, alalxusus, bu zamonda ikki sinf ulamo kerakdur: biri olimi diniy; digari olimi zamoniy. Olimi diniy: imom, xatib, mudarris, muallim, qozi, mufti bo‘lub, xaloyiqni diniy va axloqiy va ruhoniy ishlarini boshqarar, bu sinfga kiraturg‘on talabalar, avvalo, Turkistonda va Buxoroda ilmiy, diniy va arabiy va bir oz ruscha o‘qub, so‘ngra Makka, Madina, Misr va Istanbulga borib, ulumi diniyani xatm qilsalar kerak, yoki komil mullo bo‘lsunlar (boy mudraydur). Angladingizmi boy? BOY (boshini ko‘tarib). Ha, ha, aytabering, qulog‘im sizga. ZIYoLI. Olimi zamoniy bo‘lmoq uchun bolalarni, avvalo, musulmoniy xat va savodini chiqarub, zaruriyati diniya va o‘z millatimiz tilini bilaturg‘ondan so‘ngra hukumatimizni(ng) nizomli maktablariga bermoq kerakdur, ya’ni gimnaziya va shahar maktablarini o‘qub tamom qilg‘onlaridan so‘ng, Peterburg, Maskov dorilfununlariga yuborib, dokturlik, zakunchilik, injenerlik, sudyalik, ilmi san’at, ilmi iqtisod, ilmi hikmat, muallimlik va boshqa ilmlarni o‘qutmoq lozimdir. Rusiya vatanina va davlatina bilfe’l sherik bo‘lmoq kerakdir va davlat mansablariga kirmoq lozim. Toki maishati ehtiyoji zamonamiz to‘g‘risida vatan va millati islomga xizmat qilinsa va ham davlati Rusiya podshohlik mansablariga kirib, musulmonlarga naf yetkurulsa va ham davlati Rusiyaga sherik bo‘lunsa, hattoki, shul tariqa o‘qugan musulmon bolalarini Farangiston, Amerika va Istanbul dorilfununlariga tarbiya uchun yubormoq kerakdur. Hazrat payg‘ambarimiz: ilm Xitoyga ham bo‘lsa, talab qilingiz, demadilarmi? (Boy uyquda). Bul ishlar bo‘lmas, magar pul ila, sizdek katta boylarni himmati ila, chunonchi, Qafkaz, Orenburg va Qozon musulmonlarini boy va ahli g‘ayrati ilm yo‘liga ko‘p pullar sarf etarlar va kambag‘al bolalarini o‘qutdirarlar (boyga qarab), albatta so‘zlarimga tushungansiz, janobi boy. Boy bova, hoy! BOY (mudraydi, bosh ko‘tarib, esnab). Ha, ha… ZIYoLI: Al-on biz Turkiston xalqiga bir yomon odat borki, bir kishi ruscha o‘qub, podshohlik ishiga kirib, rasmiy formasida yursa, masxara qiladurlar, agar izvoshchilik va yo qora mehnatkash bo‘lub, ovro‘palilarni eski libosini kiysa va yo o‘yinchilarning libosini kiysa, hech kim bir nima demaydirki, bu kamoli nodonlik va dunyodan xabarsizlikdir. Shunday emasmi, boy amaki. BOY (o‘lturish yeridan bir tarafga og‘ib yotib). Xur, xur, xurra, xurra, xurra… ZIYoLI. Ilohi xudoyo! Ummati islomiyaga, xususan, biz Turkistonliklarga rahming kelsun!.. (ro‘moli ila ko‘z yoshini artib, chiqib ketar ). Parda inar IKKINChI PARDA Pivaxona manzarasi: boyvachcha ila uch nafar o‘lturarlar. TANGRIQUL. Bu oqshom, bilmayman, nima uchun ichkilik meni tishlamaydur: Namozi digardan beri bir dyujina shishani bo‘shatdim. Dayusni pivosi qulog‘imni qizitmadi. To‘ldir, ichaylik (Nor qadahlarni to‘ldirar). HAMMASI. Toshmurod boyvachchani salomatligiga ura! Ura! Ura! (icharlar). DAVLAT. Jo‘ralar. Manuvni ichdim, endi yodimga Lizajon tushdi. O, Lizajon! HAMMASI. Oh, Lizajon, voh, Lizajon, qaydasan? NOR. Zolim falak firoqig‘a kuydirdi mani; billohki, kelmasa, bo‘miydi. DAVLAT. Bu dodu bedod ila hech nima bo‘lmas. Xo‘jayinni chaqirarmiz, otam o‘ldi bazmi qilarmiz. NOR. Qo‘lingni ber, ey, nomard, topding (qo‘lini siqar). Bo‘ldi. DAVLAT. Ey, to‘taburut Tangriqul. Daming chiqmaydur. Shuncha odam so‘zini o‘g‘irlab o‘lturasan. Erga navbat, sherga navbat. Gap berib o‘ltur. Yo bu odamlarni pisand qilmaysanmi? Bizlarni ham yonimizga besh tangalik aqchamiz bor. Jo‘ra! Bu mastlik rostlikdir. Qovog‘ingni ochib o‘ltur. TANGRIQUL. Jo‘ralar. Sizlardan yashiraturg‘on so‘zimiz yo‘q. To‘g‘risini desam, manuni ichdim, qulog‘im qizig‘an, sen Liza deding, endi o‘zim shunda bo‘lsam-da, hushim Lizaga, to Lizani kelturmasang, mani gapirturolmaysan. Ammo gap kelturganingga, Davlat zo‘r! DAVLAT. G‘am yema, muddaong Liza bo‘lsa, shul zamon yoningga ko‘rarsan, kelmasami? Boshini olarman. NOR. Boyvachcha! Barishnaga tobingiz bormi? TOShMUROD. Mayli, odam yuboringlar, bazm qilsun. TANGRIQUL. Gap, gap ila vaqtni o‘tkararsizlar, buyuraturg‘on bo‘lsanglar, buyuringlar, ertaroq kelsun, kayf qilayluk (Davlat qo‘ng‘iroq chalar. Artun armani mayxonachi kirar). ARTUN. Nima deysan? DAVLAT. Lizaga birovni yubor, kelsun. ARTUN. Bunda? DAVLAT. Ha, munda kelturmasdan mozorgami keturarding? ARTUN. Izvinit surushdim-da. DAVLAT. Bo‘l. Bo‘l. Birovni yubor. ARTUN. Bah, ne vor, bilursin, Liza banga demishki, o‘n besh manatsiz banga kishi ko‘ndarma. Ha, o‘n besh manat-da va faytun pulini-da ver, geyin Nikolayi ko‘ndarayum. Liza o‘lmasa, boshqasini getirsin, kayfing nechik? DAVLAT. Avval kelturub, so‘ngra pulni olsang bo‘lmasmi? ARTUN. Davlat zo‘r! Ban sana demishimki, Liza aqcha olmayincha gelmaz, bana ne? Sen o‘zing bilirsanki, u gavur qizi, banim degil. TANGRIQUL. Artun. Bir oz to‘xta, pul beramiz. ARTUN. Bosh ustina, hoziram (chiqar. Jo‘ralari kayflari uchub, sukut etarlar). DAVLAT. Suz, ichaylik! (Nor suzib quyar.) TANGRIQUL. Pulni peshaki talab qilgani ishni belini sindurdi. DAVLAT. Ish aksiga olsa, shunday bo‘lur. Pullaring bormi? Hammalaring chiqaring (hammasi chiqaradi, Davlat sanar, besh so‘m yetmas). Bu minan hech nima bo‘lmas. Bir ilojini topmoq kerak. NOR. (tama’girlik ila). Ey, boyvachcha, bizlar-ku, kambag‘al. Sizga nima, kissangizdan pul chiqmaydur? Ana boybachchaning holi (qo‘li ila ko‘rsatur). DAVLAT. Parvo qilma. Nor. Men bir nimarsa o‘yladim, agar boyvachcha ko‘nsa. TANGRIQUL. Nima ekan? Nima? DAVLAT. To‘xta, nima ekanligini bilarsan. Avval boyvachchani(ng) salomatligiga ichaylik (Tangriqul suzar, icharlar boyvachchaning salomatligiga). DAVLAT. Boybachcha. Bu kechadek chahorshanba sayri oyda-yilda bir bo‘lur va (yo) yo‘q, bir kecha ming kecha bo‘lmas, agar qabul qilsangiz, Tangriqulni sizga qo‘sharman. Birga borib, otangizni sandug‘ini ko‘rsatursiz. Boshqa ishni Tangriqul bajaradur. TOShMUROD. Tangriqul aka, borasizmi? TANGRIQUL. Ulfatlar buyursa, u dunyoga boraman. U-ku sizning hovlingiz. DAVLAT. Sen nima dersan, Nor? NOR. Men ham ko‘pni biri, bor desang, borarman. DAVLAT. Yo‘q, ikkov bas. Ko‘rganlar badgumon bo‘lmasin. Bukunni ertasi bor. NOR. Boybachcha! Otangiz sandig‘ini joyini bilasizmi? TOShMUROD. Otamning yotaturg‘on uyinda. DAVLAT. Yotaturg‘on uyni necha eshigi bor? TOShMUROD. Uch. DAVLAT. Qaysi eshikdan kirasizlar? TOShMUROD. Eshikning biri onamning uyindan ochilur, men kirib, hovli tarafidagi eshikni ocharman, so‘ngra Tangriqul akam kirar. DAVLAT. Barakalla! Ilgari ham o‘g‘irlik qilganga o‘xshaysiz. Nor! To‘ldur, ichaylik! (Nor to‘ldurar, icharlar. Tangriqul va Toshmurodga qarab) Endi boradurgansizlar? TANGRIQUL. Albatta. Bormay nima bo‘lubdur (Davlat to‘pponchasini boyvachchaga berar. Nor etik sog‘idan pichoqni olib, Tangriqulga berar. Alar ehtiyot qilib turarlar). DAVLAT. (ikkisiga qarab). Yo‘l bo‘lsin, botirlar? TANGRIQUL. Olgani (Davlat Tangriqulni bir chetga olib, ishorat va xufiya ma’lumot va amr berar). NOR. Omin, olloh… (Hammasi) Ollohu akbar. (Davlat fotiha berar). Parda inar UChINChI PARDA Odat bo‘yicha boy yotar karavot ustiga uyquda, uyni bir tarafiga sanduq. Toshmurod bir eshikdan ohistalik ila kirar, bu taraf, u tarafga qarab, boshqa bir eshikni ochar va bir chetga turar. Tangriqul kirar, qo‘lida kalid va temir asbob, beliga pichoq, sandiq tarafiga borib, kalid solar, sandiq ochilmas. Toshmurodga qaraydur. Ishorat ila maslahat so‘raydur. Toshmurod sanduqni temir asbob ila sindirmoqg‘a amr berar. Tangriqul temir asbob ila sanduqni sindirar. Sanduqni ovozi ila boy uyg‘onur. Boy cho‘chib turar, kaltakni olib, voy, voy deb Tangriqulga yugurar. Toshmurod kaltakni kelib ushlar. Tangriqul pichoq ila boyni qo‘ltig‘iga urar. BOY (taraqlab yiqilar). Voh, jonim (jon uzar tipirlar, xirillar. Tangriqul sandiqdan tanga xaltasini ko‘tarar, pichoq va temir asbobni o‘ziga berkitar, tashqaridan bir necha odam tovushi eshitilur). ODAMLAR. Nima gap, birov dod dedi? (Bir necha erkak ila boy xotuni kirarlar, Tangriqul ila Toshmurodni ko‘rarlar). TANGRIQUL. Toshmurod, ot! (Toshmurod havoga to‘pponcha otar va hozir kishilarga siloh ko‘rsatib qocharlar). BOYVUChChA. Voy, zolim dastidan! Bu qanday kun edi, voy dod! (Chapak chalar, boy ustiga o‘zini tashlar, yuz va sochini yular). He, juvonmarg Toshmurod! Qon qus! Qoshki chechakda ketsayding! Voy, padarkush! Toshmurod! Voy, dod-ey! DOMULLA (kirar). Onajon, sizga sabrdan boshqa chora yo‘q. Bu badbaxtlik va musibatga sabab jaholat va nodonlikdir, bema’nilik va tarbiyasizlikdir. Uyingizni nodonlik buzdi. O‘g‘lingizni beilmlik Sibirga yuboradi. Joningizdan aziz farzandingizni tarbiyasizlik balosi sizdan umri ayritadur. Bolangizni otasi tarbiya etmadi, o‘qutmadi. Oxiri baloga uchradi, yomon rafiqlar yo‘ldan chiqardilarki, qurboni jaholat bo‘ldingiz. BOYVUChChA (to‘lg‘onib). Oy, voy-voy bolam! Voy boyim, oh, voy u-u-u! DOMULLA. Boyingiz-da nasihatga quloq solmadi va oxiri ushbu yomon hodisa paydo bo‘ldi. Endy sizga, ochig‘i, sabrdan boshqa iloj yo‘qdir, onajon. Olloh sizga sabr bersun. BOYVUChChA (kamoli betoqatlik ilan oh-vovaylo etar). Dod, voy bolam! Voy boyim! Ikkisidan ham ayrildim, erimni mozorga, bolamni Sibirga yuborarlar! Voy, voy, voy u-u-u!.. TO‘RTINChI MANZARA (Ikkinchining ayni, mayxona) Nor, Davlat ichib, ashula aytib o‘lturar. Tangriqul va Toshmurod pisib borib kirar, to‘pponcha va qonlik pichoqni bir chetga yashirar, hamyonni chiqarib, stol ustiga otar; o‘lturarlar. TANGRIQUL. Chilim keltur-ey! Artun chilim kelturur, chekarlar. Artun ketar. Tangriqul Davlatni bir tarafga olib, xufiya bo‘lgan ishlarii so‘ylar, ishoratlar qilar. Davlat «bechora» deb xufiya so‘ylab, ishorat ila xotirjam qiladir. TANGRIQUL (hamyonni ochib ko‘rib, suyunar, Tangriqul va Toshmurodni yelkasiga qoqar). Barakalla, barakalla (Davlat zang chalar, Artun kirar). ARTUN. Na buyurarsiz? DAVLAT. Ma, pulni ol, tezlik ilan Lizann keltur! ARTUN. Bosh ustina. Hozir kelur (pulni olar, icharlar. Liza kirar). LIZA. Dobriy vechrim! (hammasi-la ko‘rishar). DAVLAT. Isprizdim, ispasibo, ispasibo, prixal… LIZA. Mersi (o‘lturar). DAVLAT. Suz, Lizaning salomatligiga. NOR (suzar, cho‘qishtirib). Lizaning salomatligiga ura, ura (icharlar). Nor ashula o‘qur, tashqaridan hushtak sadosi kelar, oyoq tovushlari eshitilar. Majlisdagilar sarosima, hayron bo‘lar. Silohlik politseyskilar, pristuf, qorovullar bostirib kirarlar. Liza ochar. Politsiya to‘rt nafarni ushlar, ba’zisi buyumlarini va har tarafni axtarur, qonlik pichoq va to‘pponchani topar. To‘pponchani pristufga topshirar. Iskab ko‘rar, o‘qini bo‘shatar. Tangriqul va Toshmurod qochar. Qorovullar ushlar. Toshmurod ho‘ngir-ho‘ngir yig‘lar, betoqat bo‘lur. Pristuf ishorat qilur. Qo‘lkishanni keltirib, Tangriqul va Toshmurodga urarlar. Bashka ikkisining qo‘li bog‘lanur. Pristuf gunohkor va qorovullarni saf qildirur. ZIYoLI. (kirar, gunohkorlarga qarab afsus qilur. Odamlarga qarab). Ilm va tarbiyasiz bolalarni(ng) oqibati shuldir. Agarda bularni otasi o‘qutsa edi, bu jinoyat va padarkushlik alardan sodir bo‘lmas va bular ichkilikni bo‘yla ichmasdi, xun beg‘ayri haqqin qilmas edi. Umri boricha Sibir va bandg‘a va qiyomatg‘a jahannamg‘a qolmas edi. Agarda bular ichkilik ichmasa edi, dunyo va oxiratda ilalabad azob va mehnatda qolmas edi. Oh, haqiqatda boyni o‘ldirgan va bu yigitlarni azobi abadiyg‘a giriftor qilgan beilmlikdur. Bizlarni xonavayron, bachagiryon va bevatan va bandi qilg‘on tarbiyasizlik va jaholatdur: bevatanlik, darbadarlik, asorat, faqru zarurat va xorliklar hammasi ilmsizlik va betarbiyalikning mevasi va natijasidur. Dunyoga taraqqiy qilgan xalq ilm vositasi ila taraqqiy qiladi. Asir va zabun bo‘lganlar-da beilmlikdan. Modomiki, bizlar tarbiyasiz va bolalarimizni o‘qutmaymiz, bul tariqa yomon hodisalar va badbaxtliklar oramizda doimo hukm-farmo bo‘lsa kerak. Bu ishlarni yo‘q bo‘lmog‘iga o‘qumoq va o‘qutmoqdan boshqa iloj yo‘qdur. Ollohu taolo boshqalarga hamisha ibrat va sizlarga sabr bergay. PRISTUF (amirona). Hayda, turma, marsh (yo‘naladur). Parda inar Qozoq qarindoshlarimizg‘a ochiq xat Aziz qarindoshlarim! Musulmon birodarlar! Hammangizg‘a ma’lumdurki, Turkiston, demak — turkiy el bo‘lib, mundagi xalqning qozog‘i, qirg‘izi, sarti, o‘zbegi, turkmani, tatari — hammasi aslan… jahongir… Temurning avlodi yoki og‘a-inisidurlar. Turkistondagi arab, xo‘ja va sayidlar-da o‘z tillarini yo‘qotib, balki bil-kulli turklashib va hatto, arabliklarini eslaridan chiqorib… har jihatdan birlashib ketgandurlar. Turkistonning eng oz shaharlarida va ba’zi tog‘larida bir oz fors, ya’ni tojiklar borki, alar ham kamolan musulmon va siz ila hammazhabdurlar. Tirikchiliklarining o‘zbeklardan farqi yo‘q darajadadur. Bourlar! Bilingki, hozirda Turkistondagi barcha xalqlar uchun muxtoriyat e’lon qilindi va siz bilingki, haq olinur, berilmas. Inchunin, muxtoriyat-da olinur, berilmas. Ya’ni muxtoriyatni Turkiston bolalarining o‘zi birlashib, g‘ayrat ila olurlar. Albatta, boshqalar tarafidan berilmas. Boshqalarning qo‘lidan kelsa, bermaslar. Biz bo‘shlik qilsak va Turkistondagi xalqlar birlashib, muxtoriyat yo‘lig‘a sa’y qilmasak, albatta, hozirgi qog‘oz ustidagi muxtoriyatimizni ham yo‘q qilurlar, bul albatta, shundaydur va bul so‘zga hech kim ixtilof qilolmaydur. Endi ishlar shu holda ekan, biz hammamiz, ya’ni qirg‘iz, qozoq, o‘zbek, turkman, arab, fors, xullas, Turkistondagi, Qozog‘istondagi va Turkmanistondagi barcha musulmonlar va ham mundagi yahudiy va xristianlar birlashib, ittifoq ila shu muxtoriyatning amalg‘a kelishig‘a sa’y va ehtimom etmog‘imiz lozimdur. Agarda bizga o‘z boshimizg‘a, shariat, urf va odatimizg‘a muvofiq tirikchilik qilmoq kerak bo‘lsa, hammamiz vaqtli nizo’ va «manman»liqni qo‘yib, hamma narsani esimizdan chiqorib, yolg‘uz «muhtoriyat» uchun har nimarsamizni fido etmog‘imiz lozimdur. Munday fursat va zamonning bizg‘a qaytib kelishi ma’lum yo‘q, qadrini bilib ishlamoq kerakdur. Vaqt o‘tgandan so‘ngra o‘kinmoq foyda etmas. Shuni-da bilingki, qozoq o‘z boshig‘a, shahar xalqi va atrofi o‘z boshig‘a oyrilib, boshqa-boshqa muxtoriyat qilmoqchi bo‘lganda, ikkisi ham muddaog‘a yetmaydur. Siz, qozoq qarindoshlarimiz, ore, cho‘ldasiz, ammo sizdan bir ko‘p, xalqlar ham shaharlarda va shaharlar tevaragindadur. Tirikchilik shunday nimarsaki, cho‘l ila shahar va qishloq xalqini bir-biriga bog‘lagandir. Bir-biridan ajralib yashayolmaydur. Shahar xalqi ila birlashib muxtoriyatni boshqarg‘anda sizlarg‘a zarar kelmay, balki foyda kelur. Muxtoriyatni boshqarmoq uchun yolg‘uz siz-da kifoyat etmaganingiz kabi, yolg‘uz shahar va atrofidagi xaloyiq ham kifoyat emas, balki ikkingiz-da keraksiz. Shuni-da bilingki, sizlar turg‘un xalq ila birlashib muxtoriyat qilgan ila siz ila turg‘un xalq uchun birgina nav’ qonun bo‘lmay, balki sizning tirikchilik va odatingizg‘a muvofiq alohida siz uchun naf’lik qonunlar yozilur. Shariat ham ko‘chma va cho‘l musulmonlarining urf va odatlarig‘a kenglik berg‘ondir. Siz o‘ylamangki, turg‘un xalqi va yo shariati bizni qisadur. Yo‘q, bil’aks, sizg‘a keraklik odatlaringizni sizg‘a qoldirib, siz uchun sizning ziyoli vakillaringiz qonunlar tuzaydurlar. Tog‘ va shahar xalqlari uchun-da, boshqa-boshqa qonunlar tuzalur. Hatto, Turkistondagi ba’zi uyezd va shaharlar uchun alohida qonunlar tuzalur. Na uchunki, hammaning tirikchiligi bir emasdur. Yahudiy va xristianlar uchun-da, boshqa qonunlar tuza olur. Har bir xalqning odat va mazhabig‘a rioya qilinur. Xulosa: muxtoriyatni millat majlisi har bir xalqning naf’ini ko‘zda tutub; qonun chiqarar. Agarda siz, qozoq birodarlar, turg‘un xalqdan ajralib, o‘zga muxtoriyat qilurmiz desangiz, mundan siz-da va turg‘un xalq-da zarar ko‘rar va ehtimolki, ikkingiz-da muxtoriyatdan nasib bo‘lmas, azbaski kuch taralur. Bobokalonlarimizning mashhur nasihati bor, u o‘z o‘g‘ullarig‘a qilib ediki, birlashingiz. Masalan bir dasta tayoqni birga bog‘lasangiz, kimsa sindirolmas. Agarda ajratsangiz, birin-birin har kim sindurar. Mana, bobongizning buyrug‘i. Chirog‘larim! Boshqa xalqlar, masalan, serblar, italyanlar, armanlar, slavyanlar, polyaklar va boshqalar, hatto, dunyoning u bir uchidagi qarindoshlari ila birlashur ekanlar, boshqa katta va quvvatli davlatlarga tobe’ bo‘lub, yutilub, hatto, tilini yo‘qotgan o‘z jinsdoshlarini ajratib olib, birlashmoqg‘a jon va kuchlarini sarf etar ekanlar, biz o‘z ichimizdagi qarindoshlarimizdan ayrilsak, uyatdur, ahmoqliqdur. Turk tomurig‘a bolta urmoqlikdur. Ongli qozoqlar o‘ylasinlar, tarixga qarasinlar, ziyoli qozoqlar, Ovruponing ixtilof solib, millatlarni ajratmoq siyosatig‘a va ikki yuzligig‘a qarasunlar edi. Birlashg‘on Turkiston xalqining bo‘lunmoqig‘a o‘zimiz sabab bo‘lmasak edi. Barcha ixtilofchilar va boshqalar-da, albatta, zarar ko‘rarlar va alar ila barobar tatarlar-da, biz-da, mundan zarar ko‘rurmiz va ixtilofimizning jazosini tortarmiz. U kunlarimiza yig‘larmiz, ammo foyda etmas. Chirog‘larim, birlashaylik! Ko‘rasiz, bu kungi ruslar-da birlashmoqdadurlar. Endi birlashmoq zamonidir. Agarda siz ayrilsangiz, turkman qarindoshlar-da ayrilsa, Turkiston turklari uch yerga bo‘linib ketar va barchag‘a muxtoriyatdan nasiba chiqmay qolur. Yettisuvdagi musulmon qarindoshlarga ham aytaturg‘on so‘zim shuldur. Ondagi xristianlarg‘a kelguncha, alar bilsunlarki, Yettisuvda ko‘p bo‘lsalar-da, butun tevaraklarini musulmonlar aylantirib olg‘on va alarning-da bizning muxtoriyatg‘a qo‘shilmoqlari, albatta, o‘zlari uchun lozim bo‘lg‘onidek, Turkistonning boshqa joylaridagi ruslar uchun-da foydalikdur. Chunonchi, alar qo‘shilsa, millat majlisinda rus a’zolari ko‘payur. Bizning muxtoriyatimiz joriy bo‘lg‘ondan so‘ngra, Yettisuv ruslarining qo‘shulmasliklari aslo mumkin emasdur. Yolg‘uz siz ila biz emas, butun Rusiya musulmonlarining birlashmoqlari shar’an va aqlan farzdur. «Ollohning ipiga birlashingiz va tarqalib ketmangiz» Tangrining so‘zidur. Boshqa gazetalarning ko‘chirmaklari-da rajo o‘linur. Sart so‘zi majhuldur Ul zoti anvar amiri Buxoro hazratlarining huzuri humoyun ruscha tarjimoni muhtaram Bahrombek qorovulbegi janoblari: «Biz Turkiston va Buxoro xalqining turkligi ma’lum bo‘lub turub… na uchun sart ataydurlar?» — deb mo‘tabar «Sho‘ro» majallasining 1911 yil 16-adadinda savol etib edilar. Mazkur majallaning 19-adadinda «Oyna» muharriri tarafidan «Sart so‘zi majhuldur» unvoni ila ba’zi nimarsalar yozilib edi. «Sho‘ro»ning 24-adadinda samarqandiy marhum Baqoxo‘ja tarafidan «Sart lafzi aslsizdur» unvoni ila ba’zi nimarsalar yozilib edi. Mo‘tabar «Tarjumon» muharriri muhtaram Ismoilbek janoblari «Tarjumon»da «sart» atamoqni durust emasligi to‘g‘risinda bir necha daf’a yozib edilar. Sart haqindagi turkiy maqolalarning natijasini mo‘tabar ustod Ismoilbek janoblari tafsili ilan Toshkanda chiqaturgon «Turkestanskiy kurer» ruscha jaridasinda ham yozib nashr qildurub edilar. «Oyna»ning (?) raqaminda yana ushbu to‘g‘ridan janob Bahrombek qorovulbegi so‘z qo‘zg‘otib edilar. Totor muarrixi muhtaram Ahmad Zaki Validiy janoblarining Samarqandda kelganlarinda sart so‘zi haqinda ba’zi mukolimalar ham bo‘lub edi. Turkiston yoshlaridan ushbu to‘g‘rida bir necha e’tiroz — «pro‘test» nomalar ham kelib, u jumladan Toshkandnikini. «Oyna»da yozildi. Yana ushbu to‘g‘ridan idorada savollar kelgan sababli «Sart masalasi» haqinda qisqalik ila minba’d yozilaturgon nimarsalar xulosa qilindi. Va ushbu to‘g‘ridan asoslik nimarsalar yozaturgon azizlar uchun «Oyna» sahifalari ochuqdur. Endi matlabg‘a kelayluk. «Oyna» muharriri tarafidan 19-adad «Sho‘ro»da yozilg‘on so‘zlarni mazmuni shul edi: fikri ojizicha, turkistoniylarning sart atalishini sababi ma’lum yo‘qdur. Bu ism shimol xalqi ya’ni qozoq va totor qardoshlarimiz tarafidan Turkistonning shahar xalqig‘a berilgan ismdur. Ushbu bobdagi mulohazalar shul tariqa xulosa bo‘lunur: 1) qazoq va totorlar Turkiston xalqining xoh turk va tojik yo arab bo‘lsun, sart derlar; 2) (o‘qib bo‘lmadi); 3) Turkiston janubidagi Balx, Badaxshon va Chahor-viloyat xalqiki, aksaran turkcha so‘ylashurlar va o‘zlari Afg‘oniston tab’asidurlar, turkistoniylarni o‘zbek der, Afg‘onistonning afg‘on, tojik, o‘zbekcha so‘ylaydurgon barcha xalqi turkistoniylariing o‘zbak va turk der… Sart degan so‘zni abadan bilmaydurlar; 4) Kafkoz, Eron va Hindiston xalqi sart kalimasini bilmaydurlar, faqat turkistoniy, turk yo tojik derlar; 5) turkistoniylar bir-biri ila so‘rashganda: «O‘zbekmisan tojik?», «Mullomisan xoja?» — deb so‘raydurlar. Turkistonda sayyidlarni «xoja» derlar. Xojasiz arablar-da bordur; 6) Turkistonda mashhur 92 qabila — urug‘ning ismi mashhur bo‘lub, oning ichinda «sart» yo‘qdur. Xonlar zamoninda julus hangomida bu 92 qabiladan murraxxas va oqsoqollar Samarqandda jamlanib yangi amiri(ng) «xon» ko‘tarib «julus» marosimini ijro etardilar. Samarqand Taxti Temuriysinda julus etgan Buxoro xonlarining eng oxirgisi amiri hozirning jaddi Muzaffarxondur. Samarqand Buxoro hukumatining Maskovi erdi. Amir Muzaffar marhumning ta’rixi julusi: Bahri ta’rixi julusash omad. Shanbau moh rabbius-soniy. (1277 hijriya.); Turkcha ta’rix she’riyasi: Shoh mulku iqbol ila O‘lturdi Ko‘ktosh ustina. Ko‘ktosh amir jahongir Temur Sohibqirondan qolma tosh — bir taxtdurki, Turkistondagi turk ellaridan 92 urug‘ning oqsoqol va bakovullari yig‘ilib, yangi xonni oq bir namad — kacha ustinda o‘tkuzub, 92 urug‘ muraxxaslari kachani birdan ko‘tarib, yangi xonni Ko‘ktosh taxtina mindurarlar edi. Va bu ondan e’tiboran xon va amir e’lon qilinib, naqora, karnay qoqilib cholinardi. Amir ushbu 92 ning oqsoqollarig‘a oltun va xil’at, ot va tug‘lar berib, alardan bay’at olardi. Va xon ko‘tarmoqdan avval 92 ning oqsoqollari ba’zi bir so‘zu odatlarni rioyati uchun amirdan va’da va so‘z olar ekanlar. Bu 92 so‘zi al-on xalq og‘zinda mavjud va maqollar hukmindadur. «To‘qson ikkini ichinda… dedi», «Bu yer 92 ni yig‘ilgan yeri, so‘zingni bilib so‘yla», «San badzot, shajarang 92 g‘a yetmaydur». 7) «Temurnoma» va amsoliy kitoblarda sart ismi mavjud (va) urug‘lar ichinda ko‘rulmaydur; 8) Turkiston shimolig‘a oxirgi vaqtlarda sart so‘zi eshitilib, ammo Turkiston janubi va g‘arbida xalq og‘zinda yo‘qdurki, Turkiston shimolig‘a bu so‘zni joriy bo‘lg‘oni qazoq, totor va ruslar sababidandur. Masalan, Toshkanda «sart arbasi», «sart choyi», «sart odati»… deyilgan holda Samarqandda «musulmoni aroba», «musulmon shahri», «musulmon odati» derlar; 9) Buxoro o‘lkasinda sart so‘zi mutloq yo‘q. Xalq o‘zbek, tojik, qazoq, turkman, arab qabilalarig‘a mansub kishilar bo‘lub va shu ismlar ila atalurlar; 10) Turkistonning qayu bir cho‘l va tog‘ yo ma’mur yerindagi 60—70—100 g‘a kirgon kishidan «sart» so‘zi so‘ralsun, bilmaydur. Ammo olchin, barlos, tuyoqli, qipchoq, xitoy, turk, qavchin, saroy, mang‘it, qoraqalpoq, ming, yuz, qirq, o‘roqli, oytamg‘ali, qo‘shtamg‘ali, nayman, qangli, mo‘g‘ul va bularg‘a o‘xshash asomai qabila, urug‘ ismlarining mashhuri va alarning tuganmas sho‘ba va shoxalarini bayon qilgan holda bu «majhur sart»ni aslan tilg‘a olmaydur. Qari kishilar: falona aslan o‘zbek yo tojikdur, der. Aslo sart demas va sartni bilmas, sart degan qabiladan bexabardur; 11) sart so‘zini hozirgi mafhumidan xabardor turkistonlilar gumon qiladurlarki, sart so‘zi turkistoniy degan so‘zni ruscha tarjimasi bo‘lsa; 12) matbuotdan boxabar Turkiston o‘zbek va yo tojik va yo arabg‘a «sart» deb xitob qilinsa, o‘zlarig‘a or his etarlar. Albatta, bir kishini ota-onasi bergan ismi bo‘lub va oni mansub bo‘lgon qabila va urug‘i bo‘lub turub, oni boshqa bir ism ila chaqirib va noma’lum va yo ma’lum bir qabila ismini onga taqilsa, oni xushlanmasg‘a va e’tiroz qilmoqg‘a haqi bo‘lsa kerak; 13) Turkiston xalqidan o‘zini bilaturgonlari qabila va urug‘iga u qadar binosi borki, boshqa qabilag‘a qiz bermayturg‘onlari bordur. Qizni o‘zi xohlab tekkan bo‘lsa, qabila orasidan aqcha jamlab da’volashib chiqorib oladurlar. Qabilasining ismini va yetti otasining otini bilmayturgonlarni qul — marquq derlar. «Sho‘ro» majallasining 1911 sanadagi 24-adadinda samarqandiy marhum Baqoxoja janoblari «Sart lafzi aslsizdur» unvoni ila ba’zi nimarsalar yozib ediki, andan minba’d yozilaturgon moddalarni xulosa qilarmiz: 1) o‘tgan sanalarda sart so‘zi haqinda ruslar orasig‘a mubohasa bo‘lub, «Turkestanski vedomosti» ruscha — jaridasida har kim har nima yozib va har nav’ faraziyotlar joriy qilinib edi. Qazoq birodarlarimizdan da’vo vakili janob Sherali Lapin yozib ekanki, sart so‘zi haqorat so‘zlaridan bo‘lub, «sarig‘ it»dan axuz muhaqqaqdur. Bu lafzni iste’mol qilmasg‘a kerak. Hozir Turkistonda joriy turki — o‘zbaki shevani «sartski» yoinki «sart tili» demasdan «o‘zbaki til» deb atalsun; 2) Astro‘muf janoblari «Sartlar» isminda taxmi-nan 300 sahifalik ruscha bir kitob tasnif qilgandurlar. Ushbu kitobg‘a mazkur janob Sherali Lapin tara-fidan bir necha e’tiroz va bahslar bo‘lgandur. Ammo janob Astro‘mo‘f, sartlar kim ekanligini isbot qilib bir joyg‘a qaror berganlari yo‘q va kitoblari har naf’ ixtilof va faraziyot ila to‘ladur; 3) Astro‘mo‘f janoblarini «Sartlar» kitobidan va boshqa bir necha ruslarni yozgan kitobidan ma’lum bo‘lurki, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlarining xalqi «sart» bo‘lub, Samarqand va Buxoro o‘lka — viloyatlarining xalqi o‘zbek va tojikdurlar; («Oyna»: Ammo tarix va adabiyotdan bexabar rus va totora rabta besh viloyat Turkistoni Rusiy va Buxoro xonligi xalqini(ng) ayirmasdan «sart» derlarki, bir mahzi asari g‘aflat va butun g‘alati fohishdur. Farg‘ona va Sirdaryo xalqining sartlig‘i ma’lum yo‘qdur). 4) Geyer janoblari «Turkiston sayohatnomasi»da yozadurki: «Sartlarni asl va nasablari masalasig‘a hozirgacha ulamo tarafidan faysal berilgan yo‘qdur. Alarni nasablarig‘a teyishli har nav bayonotdan sihhatg‘a yaqini shulki, Turkistonning asl xalqi tojik bo‘lub, so‘ngra turk — o‘zbek xalqi tasxir qilib olib va bu ikki xalqni birlashganidan paydo bo‘lgan xalqlarni «sart» atalishi taxmin va gumon qilinur; 5) Vamberi janoblari yozadurki: «Sartlarni Buxoro va Ho‘qandda tojik ataydurlar. Inchunin janob Lazar Budago‘fni va Shayx Sulaymon Buxoriy janoblarining lug‘atlaridan ma’lum bo‘lurki, sartlar ahli fors va tojik eroniylardan iborat bo‘lsa, holbuki eroniylar fors va tojikdurlar; 6) Logofet janoblarining «Buxoro xonlig‘i» nom ruscha kitobinda Turkistonda mavjud turk-o‘zbek qabilalarini te’dod etibdurki, «sart» qabilasi yo‘qdur; 7) «Shayboniynoma» sohibi Muhammad Solih, Alisher Navoiy, Boburxon, Abulg‘ozixonlar turkdurlar, bularning ta’lifotlarindagi sartlar kim bo‘lur, ajabo? Albatta, bular Turkistonning tamom o‘zbek va turk xalqini(ng) va o‘z jinsdoshlarini(ng) sart demaganlar. Bunlar eroniylarni va yo boshqa bir toifani (urush zamonidagi dushmanlarini) maqomi tahqir va ochiqda sart degan bo‘lsalar kerakki, «Shayboniynoma»dan shunday bilunur; 8) (o‘qib bo‘lmadi); 9) alhosil, ushbu kun Turkistoni Rusiyning besh viloyatini va Buxoro xonligining barcha turk va o‘zbek xalqini «sart» demak va yozmak insofsizlik, istibdod-roy’i boisi shubha va tafriqadur, buyuk xatodur, vassalom. Marhum Baqoxojaning so‘zi munda tamom bo‘ldi. Yuqoridagi yozilgan so‘zlarg‘a qaraganda, ma’lum bo‘lurki, sart so‘zi haqiqatan noma’lum va sart atalmish kishilar yoinki sartlar bukungi Turkistoni Rusiy yoinki Turon, Xorazm va Buxoroda abadan yo‘qdur, balki bir zamonlar bor emishlar-da, qavmi tab’ yoinki hun, hamiriy, osuriy, bobiliy… lardek dunyodan bil-kulli safar etib, joylarida boshqalar kelubdurlar. Tarixg‘a qaralsa, bukun musammasi yo‘q ko‘b ismlarg‘a uchralurki, sart ismida Turkistonda «ismi bemusamma» hukmindadur. Sartlikni butun Turkistoni Rusiy va Buxoroning turk, tojik va arabdan iborat xalqig‘a toqaturg‘onlardan dalil so‘ralsa, aytaturgonlari albatta shundan iboratdurki: 1. «Shayboniynoma», «Boburnoma», Abulg‘ozixon kitoblarinda ba’zi bir turkistoniylarni(ng) sart atalibdur. 2. Ovruponing ba’zi sayyohlari yozibdurlarki, Turkistonda shahar xalqini yoinki fors xalqini yo tojirni noma’lum zamonda sart atardilar. 3. Nomuayyan bir zamonda Dashti Qipchoq yoinki Xitoy hududidan «sart» isminda bir toifa kelib, Turkistong‘a yerlashib, so‘ngra boshqalar tarafidan yutulub va boshqa urug‘lar ila atalib ketgandurlar. Ana, Turkistoni Rusiy va Buxoro xalqig‘a sartlik ismini toqaturgonlarni dalili shundan iboratdur. Biz takror aytarmizki, mazkur uch ehtimolni qaysi biri chin bo‘lgan sur’atda ham nafsul amrda bugun Turonda sart yo‘qdur. Hamchunonki, bu kun Ovrupoda va Oziyoda isman «hun» yo‘qdur. Tarix hun qavmini sartdan ko‘ra yaxshi zabt etgan. Maa fihi bukun na Ovrupo va (na) Osiyoda «hun» ismlik urug‘ yo‘q. Farazan, sart qabilasinda bir vaqt bor ekan, ammo endi sart urug‘i yo‘qdur. Bu qadar mashhur urug‘lar Turkistonda bo‘lub va atalib turub, ammo sart urug‘ini yo‘qligi va hech bir qabilani «man sart» demagani bu kunda sartni yo‘qligini va zamonida bo‘lsa-da, munqariz bo‘lganini dalilidur. Xo‘b, turoniylarni sartligini da’vo etaturgonlarni dalili bo‘lsa, lutfan bayon etmoqlarini iltimos etarmiz. Va dalillarig‘a qarab, albatta, ahli qalam muhokama joriy etarlar. «Sart» atamoqg‘a oshiq bo‘lganlardan ba’zan derlarki: «Har holda turkistoniy va buxoriylar oxirgi zamonlarda sart atalib va bu ism mashhur bo‘lubdurki, muning tark etmog‘i mumkin yo‘qdur». Bu so‘z bir necha vajhdan to‘g‘ri emas. Masalan, usuli jadidchi yoinki taraqqiyparvar va madaniyati hozira toliblarini Turkistonda ba’zan kofir «bobiy», Istanbulda «mosun», Eronda hokazo «bobiy» atabdurlar. Holbuki, «bobiy» va «mosun» boshqa, taraqqiyparvar musulmon boshqadur. Bobiy va mosunlik ila faxr qilaturgon nomusulmonlar bo‘lganidek, taraqqiyparvar musulmon bobiy va mosunlikni o‘zig‘a nisbat berishni abadan qabul qilme6aydur. Endi madaniyatparvar musulmonlarning «bobiy», «farra», «mosun» ismlari ba’zi xalq tarafidan bizg‘a berilibdur, deb musulmon ismini qo‘yub, o‘zini «bobiy» va «farra mosun» atamog‘i va shul nomag‘rub ismlarni o‘zig‘a toqmag‘i munosibmi? Albatta, yo‘q dersiz. Bas, turoniylarning o‘zig‘a maxsus va mashhur urug‘lari bo‘lub turub, majhul bir urug‘ ismini o‘zlarig‘a toqmasliklari tabiiydur, albatta. Derlarki, sart demayluk-da, na deyluk? Javobi nihoyat oson! Turkiston o‘zbeklari, tojiklari, arablari, turklari, ruslari, yahudiylari agarda desalarki, biz Turkistonni turk, arab va forsiyni tashxisdan ojiz va barchasig‘a umumiy bir ism kerak. Bul suratda dermiz. Unday bo‘lsa to‘g‘ri «Turkistonli», «Turkiston musulmonlari» yozingiz. Yo‘q! Bo‘lmasa, balki bir asr so‘ngra Turkistonda mavjud yahudiy, rus, turk, tojik va arablar bir libos va bir hay’atg‘a kirar-da, siz yana barchasini «sart» atarsiz. Totor muarrixlaridan muhtaram Zaki Validiy afandi «sart» iborati to‘g‘risinda taqriban shunday deyur: «Bir zamonlar Turkiston xalqi sart bo‘lganlar. Ammo Chingizlar va mo‘g‘ullarni istilosi sababi-la ismlari almashgandur. Samarqand va Buxoroda sart yo‘q va ham tojik va arab va o‘zbeklar sart emas. Ho‘qand va Toshkand xalqi sartdur, azbaski, alar urug‘ini bilmaydur va ham alar na turk va na o‘zbek va na tojik va arabg‘a o‘xshaydur. Sart ismlik qabila Turonda bo‘lmasa-da, eski kitoblarda bor». Yuqoridagi ro‘zlar munga javobdur. (Baqiyasi bor) Mahmudxo‘ja Sherdor madrasasi Ushbu madrasai oliya Turkiston podsholaridan Imomqulixon hazratlarining davrinda sipohsolor va ham Samarqandg‘a voliy bo‘lg‘on Abdulkarim Yalangto‘sh Bahodir tarafindan bino qilingandur. Yalangto‘sh Bahodir Samarqand askari ila Xuroson va Mashhadni istilo etib, ul tarafdan kelturg‘on amvol, g‘anoyim ila Samarqandg‘a ushbu Sherdor va ham Tillakori madrasalarini bino etibdur. Bu madrasalar doxilan va xorijan chiniy mulavvi koshi ila ziynat berilib koshilarini aksari go‘yo bugun usto va san’atkor qo‘lidin chiqg‘on kabidur. Tarix binosi Sherdor madrasasini doxiliy va g‘arbiy toqinda chiniy muzoyiq ila zerdagi vajh uzra nazman yozilgandur… Sherdor madrasasining madxali va jabhasi g‘arbdagi Madrasai Mirzo Ulug‘bek Ko‘ragoniy madrasasi mohazisinda mutavajjih va ikkisi yuz ba yuz bir shaklda bino qilingan. Ikkisi fosilasi yuz arshin va orasi tosh farsh qilingan vasi’ bir maydondurki, Registon atalur. Registonning shimoli va janubi katta yo‘l bo‘lub, shimolidagi kanorinda boloda zikr qilingon ikki madrasa rukn va zoviyalariga muqobil Tillakori madrasasi mabnidur. Sherdorning samti xorijdan haddi g‘arbiya va sharqiyasi 82 arshindan, shimoliy va janubiy jihatlari 95 arshindan bo‘lub, jam’an 779 murabba’ arshin yerni muhtaviydur. Sherdorni sahni doxiliyasining g‘arbiy va sharqiy hadlari 54 arshindan, shimoliy va janubiy taraflari 52 arshindan bo‘lub, vus’ati 2808 murabba’ arshin va yeri marmar tosh ila farsh bo‘lub, to‘rt jihatdan hujralar va to‘rt katta ravoqning jabhasi ushbu murabba’ sahnga mutavajjih va nafsi imoratni o‘rni 4910 murabba’ arshin yerni shog‘ildur. Madrasa ikki oshiyona bo‘lub, 64 hujra, ikki katta darsxona, doxilan to‘rt katta toqni mujtamildur… Peshtoqning xorijiy jabhasinda mehrobning ikki tarafinda bir-birig‘a muqobil ykki sher (arslon) shaklini musattah chiniy va koshilar ila arslon rangida mulavvan tasvir qilingani uchun Madrasai Sherdor atalibdur. Arslon naqshasining asari bu kunda ham ma’lumdur. Madrasa va minoraning boshqa jihatlarinda tasvir yo‘q va aksariyat ila oyati hadis va tarixi abyotni marmarlarg‘a muzoyiqlangan va koshi mulavvan chiniylar ila yozilgandur. Madrasa minora va qubbalarining butun sathini arab, eron, hind uslub naqqoshisi uzra mulavvun chiniy va rangorang koshi ila nihoyat nafis suratda naqshlangandurki, to‘rt asr bo‘lgan bo‘lsa ham koshilar oftob va oy nurini aks etdurar va ko‘zni qamashdurar. Minora madxalig‘a yetgandan so‘ngra minora ichindagi 56 zina vositasila minoraning sharafasi ustinda minilur. Endi ushbu buyuk minora ustidan Samarqand firdavsmonandining zumurraddin bog‘u bo‘stonlari, xushohang latif nahrlari, to‘g‘ri va avajojlik yo‘llarini tamosho etib, Samarqand shahri ofoqning atroshom, sog‘lom, nafis havosini shimitmali va bu muborak ofoqdagi yuzlar ila tariz tog‘ parchalaridek madrasa, daxma, qubba, masjidlarni sayr qilmali. U muborak qubba, daxma va buq’alar boniy va sokinlarining moziyg‘a madfun va mujassam tarixiy va diniy qahramonliklarini yod etib, bahri taommiqig‘a mahv va g‘arq o‘lmali. Tanqid – saralamoqdur Majalla va jaridalarning katta bir xosiyati tanqid, ya’ni saralamoqdur. Sarroflar aqchani, tujjorlar mato’ni saralaganidek, muharrirlar ham umumiy hol va maishatg‘a taalluq nimarsalarni saralaydurki, boshqa so‘z ila «tanqid» atalur. Masalan, yangi maktab va muallimlari va anda o‘qulaturgon kitoblarni ma’nan taftish etib, andagi nuqsonlarni bayon etmoq tanqiddur. Taarruz va dushmanlik emas. Agarda shaxsiyatg‘a to‘qunmasa. Ammo bir muallim yo mudarris va muharrirni ishidan, shaxsiyatidan xaloyiqg‘a zarar kelsa, andan ham bahs va tanqid yozmoq shaxsiy bo‘lmaydur. Tanqid yangi yozilgan kitob, jarida va majallalarg‘a-da joriy va nofe’dur. Masalan, bir muharrir va yo muallimni sahvini va o‘z xizmatig‘a beparvoligini va lozim qoida va tartiblarg‘a amal qilmay, ommag‘a zarar kelturgonini tanqid etmoq boisi isloh bo‘lur. Bizni Turkistonda yangi maktablar xeyle bordur. Yangi risola xeyle bosilib turubdur. Jaridalarg‘a maqola va shiorlar o‘qulub turubdur, Ammo hanuz tanqid davrig‘a yetushganimiz yo‘q. Ittifoqo, tanqid shaklinda bir nimarsa yozilsa, bizlarg‘a qattig‘ tegar. Yozganlarimizni buzuqligi va fikrimizni xatoligi, ishimizni noqisligini biror kishi ko‘rsatsa, achchig‘imiz kelur. Va ul odamni dushman ko‘rub, shaxsidan nafrat va fikrig‘a norozilik bayon etarmizki, bul bizni yangidan ishg‘a boshlaganimizdan, boshqa til ila noqisligimizdandur. Biz eskilarni ayblaymizki, alarg‘a islohdan so‘zlasak, chiday olmaydurlar. Ammo o‘zimizning maqtab, risola, tahrir va maslakimizni bir kishi tanqid etdimi, chiday olmaymiz, diqqat ila munaqqid so‘zini tinglamaymiz, Munaqqid bizni to‘g‘rimizg‘a ming so‘z ila bayoni muddao etar ekan, biz oni ichindan o‘n so‘zini noma’qul topib, yuzig‘a urarmiz. Va yoinki vajhsiz oning so‘zini raddu o‘zig‘a e’tiroz etarmiz. Agarda ul desaki, man sizg‘a bir ming kalima nasihat yo tanqid so‘yladim, durust, o‘n kalimasi sizg‘a bejo ekanki, qaytib oldim, 990 kalimasig‘a na dersiz? Na javob berarmiz! Tanqidni ko‘tarolmaganimizg‘a to‘g‘risi, hanuz tanqidg‘a loyiq bo‘lmaganimizni misoli. Kafkazli sayyoh Muhammad Sayyid afandi Turkiston maktablari to‘g‘risinda «Oila va mo‘tabaran iqbol» jaridasig‘a tanqid yozib ediki, aning javobi yalg‘uz quruq bir e’tiroz (pro‘test) bo‘ldi. Ammo oning yozg‘anig‘a javob tushmas. Ikkinchi, «Adab va tarbiyat» unvoni ila yana sayyoh mazkur «Oyna»ning 27—28—29—30 raqamlarinda maktab to‘g‘risinda voqe’i dalillari ila ba’zi nimarsalar yozdiki, mo‘tabar «Sadoyi Turkiston» rafiqimiz 11-adadinda Muhammad Sayyid afandi maqolalarini xilofi adab va tarbiya deb oni yozilg‘onig‘a sohibi maqola va idorag‘a izhori norizolik aytib, mazkur maqolalarni «ahamiyatsiz» der. Hamda «muallimlarning xotirin qoldiruv» bo‘larmish. «Oyna» kamoli ehtirom ila «Sadoyi Turkiston» rafiqimizg‘a arz etarki, mazkur maqolalar boshdan oxirg‘acha ahamiyatsizmi? Agarda ahamiyatligi bo‘lsa, iltifotg‘a olmaganlarig‘a taassuf etarmiz. Va maqola ichidan ikki-uch xati mizojg‘a nomuvofiq tushgan uchun afularini tilaymiz. Takroran, aytarmiz: biz hanuz tanqidg‘a layoqat paydo etganimiz yo‘q. Yana qadima kasallarimizdan — «norizo», «xotiri qolmasunu…» illatlari hanuz ketgan yo‘q. Muhammad Sayyid afandi ta’birincha, munday ketabersa, «qiyomatdan ming yil so‘ngra-da, Turkistong‘a taraqqiy yo‘q». Agarda, «xotir qolmasun» qoidasi maslak tutulsa, matbuotdan qalam tortmoq kerak. Chunki haqiqiy matbuot hech kimni xotirig‘a qaramas. «Xotir qolmasun» kasali biz musulmonlarni barbod etdi. Umumiy hollardan bahs qilindimi? Mutlaq har bir masalag‘a bir necha kishini xotiri qolur. Islohi madoris va dorulqazo desangiz, ulamoni xotiri qolur. Islohi rasm bazm desangiz, avomni xotiri qolur. Islohi savome’ desangiz so‘fi, shayxu eshonlarni xotiri qolur. Islohi foydaxo‘rlik va tijorat desangiz, boylarni xotiri qolur. Endi islohi makotibi jadida deyilganda, muallimlarni xotiri qolsa, bas muharrirlar uchun sukutdan boshqa ish qolmaydur. Shuni-da aytmoqki, Muhammad Sayyid afandidan yoinki idoradan birgina «ba’zi» kalimasi maat-taassuf qolibdurki, bu ba’zi vajhdan ba’zi muallim afandilardan idora afu istar. Boqi: Muhtaram «Sadoyi Turkiston»g‘a salom. Tarixi ixtiroi bashar Bugun ko‘zimizg‘a ko‘rinmayturgon nimarsalar avvalgi zamonda yo‘q edi. Xudoning odamlarg‘a bergan aql va tadbiri soyasinda birin-birin chiqorildi. Va ham muni bir toifa ixtiro qilmadi, balki har zamonda har kim tarafidan chiqorildi. Tarixdan bexabar ba’zi kishilar va yoinki dushmanlar musulmonlarni avvaldan oxirg‘acha nodon, vahshiy ko‘rsaturlar. Musulmonlar dunyog‘a hech nima ixtiro qilmadi… derlarki, ul g‘alatdur. Va har bir sharaf va hunarmandlikni, bukungi faranglarg‘a isnod bermoq ham to‘g‘ri emas. Chunki dunyodan o‘tganlar o‘z navbatlarinda ishlab, hunar ko‘rsatib o‘tdi. Va ushbu kungi ixtirolar uchun asbob hozirlab qo‘ydi. Va hozir faranglar navbatidur. Bir zamon kelurki, navbat boshqalarg‘a tegar, bul dunyoning odatidur. «Oyna»ning muhtaram xonandalarig‘a dunyoni avvalidan bukung‘acha bani odam tarafidan ixtiro qilingon mashhur nimarsalarni arz qilmoq uchun tarix kitoblaridan olib yozmoqchi bo‘lduk va mundan so‘ngra «Oyna»ning har raqaminda paydar-pay «Tarixi ixtoroi bashar» unvoni ila yozilur. Munda yozilaturgon nimarsalar «Tarixi umumiy», «Tarixi madaniyat», «Madaniyati islomiya», «Koinot», «Tarix va jug‘rofiya lug‘ati», «Tarixi tamaddun» kitoblari va boshqa kitob va risolalardan naql qilinur. Va munda ko‘rsatilgan tarix uch nav’ bo‘lub, birinchi(si) «tarixi xilqat» atalurki «Tavrot»ni bayoni bo‘yincha dunyo bino bo‘lganidan hazrati Iso alayhissalomni tug‘ulgonig‘acha 5594 sanadur. 2-«tarixi milodiya» hazrati Isoni tavalludlaridan hijrati hazrati payg‘ambarimiz Muhammad mustafo alayhissalomg‘acha 626 sanadur. 3-«tarixi hijriya» hazrati payg‘ambarimizni Makkadan Madinag‘a hijrat etganlaridan bu kung‘acha 1332 sanadurki, tarixi xilqat «X», tarixi milodiya «M», tarixi hijriya «H» ishoratlari ila ko‘rsatilur. Yana zamonalar «azmanhai qabl at-tarixiya», «azmanhai tarixiya», «Qaruni avvali», «Qaruni vasati», «Qaruni jadida», «Asr» degan ismlar ila bayon bo‘linadur. Az-manhai qabl at-tarixiya—tarixi yaxshi ma’lum bo‘lmagan zamonlarni derlar. Azmanhai tarixiya — tarixi aniq bo‘lgan zamonlarni derlar. Qaruni avvali — xilqati Odamdan Rumo davlatining yo‘q bo‘lushig‘achadur. «Qabl az hijrat» — 146 sana Qaruni avsati — Rumoning yo‘q bo‘lushidan musulmonlarning Istanbulni olgonig‘acha (ba’daz hijrat — 731). Qaruni jadida — fathi Istanbuldan zamonamizg‘achadur. Tarix eng mashhur va mo‘tabar hodisalardan boshg lanur. Har yuz sanani «asr—qarn» derlar. Chunonchi, al-on tarixi milodiyaning 20-va hijriyaning 14-asridir. Endi asl matlabni boshlaymiz. Ziroat san’ati hazrat Odam alayhissalom tarafidan chiqorilgondur. Dehqonchilik uchun ba’zi asboblar 2500 (X)da Eron va Misrda o‘xshatilib keyin mashhur finikiyalilar tarafidan isloh qilinib, 1280 (X)da Ovrupoda ham ba’zi moshinalar chiqorilibdur. Al-on Amriqoda otash ila harakat qilaturgon moshinalar ila yerni haydab ziroat qiladurlar. 200 ot quvvatig‘a barobar dehqonlik otash moshinalari chiqoraturgondurlar. 1262 (X)da toshlarni tarashlab, taxtadek qilib ustig‘a xat yozmoq usuli hazrati Idris alayhissalom tarafidan chiqarilibdur. 2150 (X)da kamoncha sozi uchun giyohlarni terisidan bir nav’ mahkam iplar ixtiro qilinibdur. «Liz» degan soz, harflar ila xandasa shakllarn mashhur Hurmuz tarafidan chiqorilibdur. Oxirida yunoniylar ham ushbu asbobni yaxshi isloh qilibdurlar. 2241 (X). Hazrati Nuh alayhissalom tarafidan kema chiqarilibdurkim, aning uzunligi 300, bari 50 va balandligi 30 gaz bo‘lub, uch tabaqag‘a taqsim bo‘lgan ekan. Otash kema esa 1078 (H)da italiyali mashhur Danis Poin tarafidan, bir nav’ najjoriy moshinasi ixtiro qilinib va keyin Jems Vayg nomlik bir tafannun tarafidan isloh qilinib, 1114 (H)da yana Do‘ku degan bir farangi tarafidan charxning najjor quvvati ila harakati tajriba qilinibdur. 1218 (H)da amriqoli Qo‘ltun nomlik kishi charx harakatini isloh etib, Porisda San naxrida tajrib qilinibdur. 1222 (H)dan boshlab paraxo‘dlar ishlamoqg‘a kirib, emdi yer yuzinda necha yuz minglar ila otash kemalar, o‘n ming kishi sig‘aturgon katta kemalar ichida bosmaxona, teatrxona va korxona va maktabliklari bo‘lub, suv ustinda kichik bir shahar hikmatidur (baqiyasi bor). Teyotr nadur? Teyotr nimadur? Javobig‘a teyotr ibratnamodur, teyotr va’zxonadur, teyotr ta’zir adabidir. Teyotr oyinadurki, umumiy hollarni anda mujassam va namoyon suratda ko‘zliklar ko‘rub kar-quloqsizlar eshitib, asarlanur. Xulosa: teyotr va’z va tanbih egguvchi hamda zararlik odat, urf va taomilni, qabih va zararini ayonan ko‘rsatguvchidur. Hech kimni rioya qilmasdan to‘g‘ri so‘ylaguvchi va ochiq haqiqatni bildurguvchidir. «Qul-al-haqqa va lav kona (va) maroan» mazharidur. Ayni zamonda yana tamoshogoh va yoinki ko‘ngul ochguvchi milliy va adabiy jam’iyatlarni boisidur. Taraqqiy qilgan millatlar teyotrxonalarni ulug‘lar uchun maktabi adab va ibrat ataydurlar. Taraqqiy qilmoqni eng birinchi sabab va boislaridan biri teyotrlardur deyurlar. Teyotrlarning yaxshi va yamon odatlarni sarrof va munaqqidi derlar. Umumiy odatlarni naf’i va zararidan paydo bo‘laturgon natijalarni teyotrxonada aynan ko‘rsaturlarki, har kim mundan ta’sirlanib, yamon odatlarni tark etib, yaxshilikni ziyoda ishlamoqg‘a sabab bo‘lur. Har zamonni bir usuli ehtisobi bordur. Bu zamonda teyotrxonalar ham yamon va zararlik odatlarni ehtisob va tanqid qilib yamonligini, qabihini xaloyiqg‘a ko‘rsatib va’z va nasihat etguvchi bir joydur. Tyoyotrxona sahnalarinda qo‘yulaturgon asarlar fojea, ya’ni qayg‘ulik, mazhaka, ya’ni kulgu, drama, ya’ni hangomalik bir voqea va hodisani tasvir etib, xaloyiqg‘a ko‘rsatilur. Ul voqeadagi yamonlik va yaxshilikni paydo bo‘lgani va sababini har kim ko‘rub, anglab, ibrat olur va yamonlikdan qochib, yaxshilikg‘a harakat qilmoqg‘a, teyotrda ko‘rsatilgon voqealar sabab bo‘lur. Hikoyat va yoinki nasihat kitoblarinda ba’zi bir hodisani bayon qilingandurki, o‘qub, asarlanib, lazzat olinadur. Ammo teyotrg‘a maxsus bir hodisa va yo voqea va hikoyatni fe’lan qilib ko‘rsatiladurki, muning ta’siri eshitkandan ziyodadur. (Shunidan kay bud monandi diydan — eshitmoq qachon ko‘rmoq kabidur.) Yana teyotrda savodsiz odam ko‘zi ila ko‘rub, ko‘zsiz odam eshitib, kar mushohada etib, ibrat va lazzat olar. Xulosa: teyotr bir nav’ maktab hukmindadur. Taraqqiy qilgan xalqlar o‘rtasinda teyotr u qadar taraqqiy etkandurki, har kun bir yangi asar tasnif bo‘lub; sahnada qo‘yulur. Asarni yozgan muharrirg‘a ming so‘m va o‘n ming so‘mlab hadya berib, asarini mushaxxislar sotib olib, sahnada qo‘yub foyda qiladurlar. Ba’zi bir teyotr asarlari eski bo‘lmay va xaloyiqni ko‘nglig‘a urmay, bir shaharda yigirma-o‘ttiz, hatto, yuzinchi daf’a qo‘yulganlari bordur. Teatrg‘a qo‘yulgon asarni ortuqcha va yo oz yerlarini va yetishmaganlarini maishati milliyadan xorij nuqtalarini muharrirlar, jaridalar ila tanqid etadurlar. Xaloyiqg‘a ma’qul bo‘lub va yo bo‘lmag‘ani ila teyotr muharririni xursand va yo g‘amlik bo‘lur, Muharrirni asari yaxshi chiqsa, har kim oni tabrik etar va shuhrati ziyoda bo‘lur. Va bul boshqa muharrirlarni harakatg‘a kelishib, yaxshi asarlar yozmoqlarig‘a bois bo‘lur. Teyotr uchun muharrirni ne qadar chuqur o‘ylaguvchi zarif va nazokatligi lozim bo‘lsa, mushaxxis (hodisani ko‘rsatguchi)larni ham tavono va muqallid va har nimarsani o‘zidek qilib ko‘rsatguchi, nuktadon bo‘lishi lozim bo‘lib, bul alohida bir san’atdurki, ovrupolilar munga ham alohida maktab ijod qilgandurlar. So‘zni qisqasi, teyotr xonalari masxarabozxona bo‘lmay, balki ibratxonadur. Va anda mushaxxis bo‘laturgonlar «o‘yunchi va masxaraboz» bo‘lmay, balki mushaxxis va muallimi axloqdurlar. Taraqqiy qilgan xaloyiq orasinda mushaxxislar ham kibor va muhtaram sinflar qatorindadur. Xususan, o‘z qissasi naf’ig‘a mushaxxislik qilmay, balki maktab va o‘z millati naf’ig‘a mushaxxislik qilganlarni qadri du bolo ziyodadur. Bizni Turkiston va Buxoroda milliy teyotrdan asar yo‘q edi. Muharriri ojiz «Padarkush»ni yozdiki, o‘tgan fevral oyinda Samarqand, Xo‘qand, Buxoro va Toshkand va Qattaqo‘rg‘on shaharlarinda millat naf’i uchun ko‘ngullilar sahnada qo‘yub, to‘rt-besh ming so‘mni to‘rt-besh kechada jamlab, maktablar foydasig‘a berdilar. Mana-endi muhtaram Samarqandiy ko‘ngulli mushaxxislar g‘ayrat qilib, yana «Padarkush»ni Samarqandda yettinchi moyda sahnag‘a qo‘yub, hosilini maktablarg‘a sarf uchun berdilar. Muhtaram hamshaharlarimizdan rijo etarmizki, kelib ko‘rgonlari gunah bo‘lgon joyini ko‘rsatsalar. Inchunun, asarni tanqid etib, buzuq yerini matbuot ila bayon etsalar, toki boisi isloh bo‘linsa. Ammo bu kung‘acha muhtaram ahli qalam «Padarkush»ni buzuq yerini ko‘rsatmay, balki «kuldurguchi va ham yig‘latguchi nosih va nofe’ asardur» holinda tabrik va taqrizlar ila yozdilarki, biz alarg‘a tashakkur aytarmiz. Asarimizni qabihini yozgon kishig‘a ziyodaroq tashakkur etmoqg‘a madyunmiz, chunki bois islohdur. «Mutakallimro toayb nagirand— suxanash isloh napazirad» («So‘z so‘ylaguvchini ayb etmaguncha, so‘zi tuzalmaydur»). Ba’zi bir ahli vatanning teyotr asari yozmoqg‘a mashg‘ulliklari eshitilurki, asarlarig‘a chahor-chashm ila muntazirmiz. Yozilgan asarlarni ko‘ngulli dastalari sotib olib bostursalar, foyda ham qiladurlar. Chunki bir kishig‘a ham asar yozib, ham bosturub va hamda sahnada qo‘ydurmoq mushkuldur. Dastalar sotib ola bersalar, asarda ko‘payur. Turkistonda oyinda bir asar tahrir bo‘linsa-da, ko‘blik qilmaydur. Til masalasi Turkchaning shu’ba va shox(a)lari bo‘lgan o‘zbek-chig‘atoy, totor, ozarbayjon, qozoq va turkman lahjalarindagi yangi matbuotning eng ahamiyatlik masalalaridan biri, albatta, sheva, lahja, imlo masalalaridur. Yuqoridagi lahjalarg‘a so‘ylayturgon turk bolalari bir-ikki ming sanadan beri Eron xalqining alarg‘a va yo alarni eroniylarg‘a istilo etganlari sababidan fors madaniyati va adabiyoti va lug‘atlari nufuzig‘a mahkum bo‘lub, fors tilidan bir xeyli lug‘at va jumlalarni xohu noxoh abadiy va doimiy suratda olganlarki, u jumla va lug‘atlardan bir qismini turkiy lahjalardan chiqorib tashlamoq go‘yo mumkin emasdur. Va bir qismini murodifi turkchadan topilmaslik darajada g‘oyib bo‘lgandur. Balki… biz turkchag‘a bugun iste’mol qilinaturgon ba’zi forsiy so‘zlarimizni muqobil va murodofi xalq tilidan va adabiyotidan yo‘qolgandur. Masalan, shanba, yakshanba, dushanba, seshanba, chahorshanba, panjshanba, odina kunlarining oti kabi… Hol shunday ekan, yana yuqoridagi turkiy lahjalarning xalqi o‘n ikki asrdan beri din manbaimiz va Qur’oni karim tili bo‘lgan arabiyning nufuzig‘a uchrab, tabarrukan va majburan ko‘p lug‘at va jumlalarni yanadan oldilar. Va ba’zi ifrotparastlar tarafidan yangidan bukung‘acha yana olinmoqdadur. Turklarning ba’zi toifasi forsiy va arabiyni u qadar ko‘p oldilarki, tillari turkiy, forsiy va arabiydan qo‘shulub, «usmonli tili» ataldi. Ushbu uch tilni adabiyot va qoidalaridan boxabar bo‘lmaguncha usmonli shevasinda yozmoq mumkin emasdur. Usmonli shevasig‘a yozaturgonlarda oxirgi sanalarda o‘z sahvlarini bilib, forsiy va arabiysini ozroq aytib yozmoqdadurlar. Azbaski, usmonli shevasinda yozilgan asarlarning aksarini usmonli turklarning kamsavodi anglamaydur. Turk qavmining Kafkoz, Eron va Qirimdagi qismlarining tiliga arabiy va forsiy jumlalar usmonlichadan ko‘ra xeyli oz bo‘lub, ammo turkiy tillarning boshqa shsvalaridan ko‘ra usmonlichag‘a eng yaqinidur. Chunonchi, bukungi Qafkoz va Qirim matbuotining o‘qub anglaydurgon kishi usmonlichani, albatta o‘qub fahmlaydur. Chunki orasindagi farq juda ozdur. Xususan, oxirgi sanalarda arabiy va forsiylarini ozayturub yozilgan usmonlicha va yoinki turkcha Qirim va Qafkoz shevasidan oz farqlikdur. Totorcha yoinki no‘g‘oycha atalaturgon shevag‘a kelsak, Qirim va Qafkoz shevasidan ko‘ra oz arabiy va forsiylik bo‘lub, bovujud shul bu kungi totor matbuotining hech bir stuni, balki hech bir satri xati forscha va yo arabchadan qutulolmaydur. Hatto, sirfi totorcha yozmoq tarafdori bo‘lgan matbuot va muharrirlari-da, arabiy va forsiysiz bir nimarsa yozolmaydurlar. Kelayluk Turkiston va yoinki Osiyoi Vasati xalqlarining til va shevalarig‘a: Turkistonning o‘zig‘a tegishli shevasi turk tilining chig‘atoy lahjasi bo‘lub, «Navoiy» kitobi bu lahjaning go‘yo muhim kitobidur. Ammo ko‘pdan beri Turkistonda madaniyat va saltanat va adabiyot tadanniy etgani uchun xalq bu lahjani buzganlar. Buzmoq nari tursun, Turkistonning har bir shaharining va hatto, ba’zi bir qasaba va ko‘ylarining shevasi boshqadur. Masalan: anda, munda, shundani — ul yerda, bul yerda, shul yerda; o‘tda, bo‘tda, sho‘tda; etta, betta, shetta; o‘rda, bo‘rda, sho‘rda; o‘ra, bo‘ra, sho‘ra kayfiyatinda so‘ylaydurgan shaharlar bo‘lub, munday buzuq so‘zlarni nav’i va adadi juda ko‘pdur. Turkiston turkchasig‘a forsiy va arabiyni qo‘shulgani ham barcha yerda bir holda bo‘lmay, balki mavqe’i jug‘rofiyasig‘a qarab har navdur. Chunonchi, Buxoro amorati va Samarqand viloyatining turkcha tilig‘a forsiy va arabiy ko‘b qo‘shulgandur… Farg‘onaning Ho‘qand va boshqa shaharlarida ham forsiy rivojda bo‘lub, ulamo va mashoyixni forsiyg‘a mayli ko‘pdur. Tabiiydurki; forsiy ko‘b yoyilgan yerlarda arabiyni hukmi ziyodadur. Forschani hukmi Toshkand shahri va Sirdaryo muzofotig‘a ozayib, forsiy bilaturgan kishi, ehtimol, mingda bir ham topilmasa. Farg‘ona viloyatining Ho‘qand va boshqa shaharlarinda bukun fors tilinda yerli shoirlar-da mavjuddur. Ho‘qand xoni Umarxon janoblarining «Devoni Umar-xon»ig‘a forsiy abyotlar inshod qilingonig‘a qaraganda qadimdan beri Farg‘onada forsiy tilni joriyligi ma’lum bo‘lur. Turkiston sharqida forsiyning hukmi ozayib, bovujud shul ulamo orasiida oz bo‘lsa-da, so‘ylanur. Turkiston janubi va Turkistoni Afg‘oniyga bo‘lsa, turkiy va forsiy tili go‘yo barobardur. Turkistonning Movarounnahr, Xazar qismig‘a aksariyat ila turkman shevasi hukmfarmo bo‘lsa ham, Eron va Afg‘oniston va Buxoroning hamsoyaligi sababidan yana forsiyning nufuzidan qutulub bo‘lmaydur. Xivaga kelgancha, muning tili yana usmonlichag‘a yaqin bo‘lub, faqat arabiy va forsiy qo‘shimchalari ozdur. Xulosa shulki, nafsi Turkiston, Buxoro, Xiva, Turkiston Afg‘oni va Qoshg‘ar o‘lkalarindagi turkcha shevasi doxilan o‘n qadar buzuq va tuzuk lahjag‘a ayrilib, ammo bu lahja ila so‘ylayturgonlarning har biri boshqasini so‘zig‘a tushunadurlar. Kitobatg‘a kelsak, bukung‘acha Turkiston, Buxoro va Xivada har kim o‘z lahjasig‘a muvofiq yozsa ham, bir-birig‘a qaribdur. Chunki kotiblarni muallimlari mavjud turkcha va forscha nazm va nasr kitoblar bo‘lub, Bahri Xazardan to Qoshg‘ar va Turkiston Afg‘onig‘acha qadim maktablarda «Navoyi», «Fuzuliy», «Sabotul ojizin», «Hikmat», «Huvaydo» va boshqalari, forsiydan «Chahor kitob», «Xoja Hofiz», «Bedil», «Sa’diy» va boshqalari o‘qulurki, bu kitoblar ahli savodni til birligig‘a sabab bo‘lur. Ammo avomlarni so‘zi taxti tahrirg‘a kirmaydir. Avvalgi maqolada turkcha tilning ahamiyatlik sho‘balarini qisqalik bilan yozib edim. Endi tilni butun soddalashturub indurmoq va yoinki adabiylashturub taraqqiy qildurmoqdan betarofona yozarman. Matbuot maydonig‘a bizdan muqaddam otilgan va do‘stlar ila jarida va majallalarg‘a sohib bo‘lgan ichkari Rusiya va Kafkoz musulmonlarini matbuot tili va ham ko‘cha tilig‘a diqqatlik kishig‘a ma’lumdurki, matbuotlari ko‘cha tilidan necha daraja oliydur. Va kundan-kun yana oliylashmoqdadur. O‘ram tili tarafdori yoinki sodda til tarafdori bo‘lgan ba’zi totor matbuoti yildan yilg‘a adabiyg‘a aylanmoqdadur. Masalan, «Vaqt», «Sho‘ro», «Yulduz» jaridalarining avvalgilari ila hozirgisini taftish qilinsa, hozirgilarini adabiyligi zohir bo‘lur. Qafqoz matbuoti avvaldan adabiy bo‘lub, o‘n sanalardan beri matbuot, kog‘az ustindagi adabiy tilni, xalqni til va so‘zig‘a ta’sir etib o‘tkardiki, bul o‘shal viloyatlarda diqqat etganlarg‘a ma’lum bo‘lur. Hech bir firqa va yo lahjaning avom tili matbuotg‘a kirmaydur. Kirsa-da, maktab risolalarig‘a va fanniy kitoblarg‘a kirmaydur. Azbaski, fanniy, adab, ta’lim, tarbiya va diniy kitoblarni sirf avom tilig‘a yozmoq mumkin emasdur. Hatto, bu zamonda fan va hunar taraqqiy etgani uchun va yangi chiqgon begona lug‘atdagi ismlik nimarsalarg‘a turkiy ism taqadurgon jamiyatlar barpo etib, turkiy tilimizg‘a xizmat etaturgon kishilarni bizg‘a yo‘qligi uchun begona tildagi ismlar ila ko‘p nimarsalarni yozmoqg‘a majbur bo‘larmiz. Hatto, mundan taraqqiy etgan millatlar-da qutulgan yo‘q. Masalan, arabiy ilm «Aljabr»ni bukun taraqqiy etgan millatlarda «Aljabr» va alarda «j» yo‘qligi(dan) «Algebra» derlar. Bu til masalasi Rusiya musulmonlari matbuotig‘a bir xeyli bahs bo‘lub, faalan va amalan avom tili va yoinki sodda til tarafdorlarini mag‘lubiyati ila natijalanmoqdadur. Bizning Turkiston matbuotida, tabiiy, bu masalani boshidan o‘tkarur. Shuning natijasi va navbati bo‘lub mo‘tabar «Sadoyi Turkiston» rafiqimizda til masalasi maqolalari yozilmoqdadur. Ba’zi afandilar mehmonni «qo‘noq» deyilsun deb taklif etarlar. Holbuki qo‘noq deganda, bir turk fahmlaydur. Mehmon deganda, turk fahmlagani ustida, yana bir forsiy musulmon qarindoshimizda anglaydur. «Tilimizdan forsiy va arabiyni quvayluk», bu ko‘p yengil orzu, ammo ijrosi mumkin emas orzulardandur. Masalan, muning tarafdori bo‘lgan mo‘tabar «Sadoyi Turkiston»ni «Turk eli dovushi» lozim bo‘lur. Turkistonni «Turk eli» yoxud «Turk yeri» yozmoq kerak bo‘lur. Toshkand, Ho‘qand va boshqa minglar ila jug‘rofiyoviy ismlarni rajoli tarixiya va yoinki tarixiy voqealarni mahalliy va mashhur odamlari va oy ham yili, kuni va …larig‘acha tag‘yir berib, turkiy ismlar toqib, alarg‘a, yangi lug‘atlar tayyorlab, yangidan tadvin etmoq lozim kelur. Va o‘shal holdagina turk tilini arabiy va forsiy lug‘atlardan ajratib bo‘lurki, munga hama ishni qo‘yub, hamma birdan harakat etsa, ehtimolki, bir necha yuz sanalarda xayolan zo‘rg‘a voqe’ bo‘lsa. Holbuki, bul, ijrosi mumkin emas quruq xayoli fosid-ginadur. Bir necha ming sanadan beri forsiy va arab tili va madaniyati va saltanati ta’siri ostida qolgan turkiyni yana bir necha ming sanada bularni ta’siridan chiqarmoq nari tursun, balki ma’nan va moddatan va fannan mahkum millatlarni tili bo‘lgan tilimizg‘a yana taraqqiy etgan millatlarni lug‘atlari hujum etar. Turkiston xalqining maktab va madrasasindagi kitoblarg‘a, jarida va majallasindagi maqolalarg‘a sirfi forsiy va arabiyni qo‘ymas tarafdori kishilarni o‘ylovlarig‘a, to‘g‘risi, shosharmiz. Masalan, maktab, madrasa, jarida, majalla, kitob — hammasi arabniki. Ismimizni o‘ndan to‘qquzi arabiy. Endi, bu nihoyasiz nimarsalarni hammasig‘a turkiydan ism oxtaribmi, dunyodan o‘tarmiz? Muhtaram A. Muzaffar afandi 63-raqam «Sadoyi Turkiston»da handasadagi arabiy istiloh va ismlarg‘a turkiy muqobillar ko‘rsaturlar. Anga qaraganda, handasani o‘ziga «andoza» forsiyning muarrabi va yoinki buzulg‘onidur. Anga ham turkcha va barcha ulum va funun va Qur’ong‘a ham turkcha ism qo‘ymoq lozim kelur. Holbuki, ba’zi bir nimarsani ismi, lug‘atan musammasining ma’nosig‘a dalolat qilmay, ammo istilohan, ta’liman va tarixan va yoinki zamonan anga ism va alam bo‘lub qolgandur. Chunonchi «vohid qiyosi» ma’noyi fanniysini «solishtirish o‘lchovi» ado etmaydur. Bo‘lsa-bo‘lmasa, bu bir istiloh bo‘lub, «solishtirish o‘lchovi», ya’ni vohid qiyosi deyilmaguncha fahmlanilmas. Avom uchun bu so‘zlar yozilaturgon bo‘lsa, ul ikkisini-da fahmlamaydur. Agarda maktab talabalari uchun bo‘lsa, Turkistonda yo‘q turkiy handasa kitobimizdan muqaddam bir-da loyatinoho yangi istilohi turkiya lug‘ati chiqormoq lozim kelur. Fikrimcha, bu o‘ylovlar fazladur. To‘g‘ridan-to‘g‘ri demoq kerakki, baqadri imkon arabiy oz yozulsun. Arabiy ismlik nimarsalar jamlanganda, turkcha jamlansun. Masalan, ulum, funun, ulamo, quzzot va …demoq yerinda fanlar, ilmlar, olimlar, qozilar va… lar yozingiz. Yoinki mo‘tabar «Sadoyi Turqiston»ning 64-raqamindagi «Til masalasi»da «Kurrai arzda yashamakda bo‘lgan har millatni o‘ziga maxsus bir lisoni milliysi vordur» jumlalarni bir oz turkcha yozmoq kerakligig‘a mashvarat bermoq lozim. Ammo butun fanniy va ilmiy va diniy istiloh va iboratlarg‘a muqobil turkchadan ism ta’yin qilmoq fikrig‘a cho‘mmoq o‘zni charchatib va matbuotnn zoye’ qilmoqdan brshqa nimarsa emasdur. «Til masalasi» muharrirlaridan biri der: «Tillar zamon ila isloh bo‘lur, birdan isloh etilmaslar». Sodda til nima uchun kerak? Atrofindagi qavmu qarindoshi ilan so‘ylashmoq uchun. Adabiy va ilmiy til nimag‘a kerak? Mavjud ilmu fan va tarixni bilmoq va alardan foydalanmoq uchun. Endi bizg‘a lozimki, atrof, ya’ni tevaragimizni adabiylashtursak, munavvarlashtursak, ya’ni ilmu fan ila yorutsak. Ilmu fan bo‘lsa, bizni tilg‘a tobe’ bo‘lmay, balki bizni o‘zig‘a jabran tobe’ etar. Endi bu sodda tilni bizni har qishloq va mahallada bir-biridan farqi bordur. Ammo ilmiy va adabiy tilni har bir qishloq va ko‘ydagi onalarni tilinda bo‘lmoqligi va alardan boshlanmog‘i mumkin emasdur. Ore, anglis va fransuz onalari va va o‘qug‘on rus va usmonli onalarini(ng) tili matbuot va maktabdagi adabiy va ilmiy tilni ayni va xud o‘zidur. Ammo alar bir necha yuz sanadan beri, qorindan qoring‘acha o‘qub kelgan onalardur. Bizni mazlum onalarimiz batanan ba’d batan o‘qumay kelganlar. Endi u mazlumlarg‘a handasaning turkcha istilohlarini yutdurgon ila ona tili bo‘lub turub, avvalan ul onani o‘zig‘a anglashilmaydur. Modomiki, bizg‘a ilmu fan kerak va modom(iki), turk tilining ba’zi sho‘ba va lahjalarig‘a zamoniy, fanniy, diniy, tarixiy har nav’ kitoblar bordur. Ani o‘qub fahmlamoqig‘a g‘ayrat etishimiz lozimdur. Masalan, Kafkoz va Qirim lahjasini bilaturgonlar bu kungi dunyomizda mavjud aksar, balki hama ilmu fanlarni turkcha tilda bilurlar. Dunyomizni ilmu fanidan xabardor bo‘lmoq uchun rus, nemis, fransaviy, anglis, itoliyoli, arabiy, jopuniy tillaridan birini bilmoq kerak va alarni bilmaganda Kafkoz va yo Qirim lahjai adabiyasini bilgan kishini dunyodan xabarlik bo‘lushig‘a vosita bo‘lur. Ammo qadim chig‘atoycha, mo‘g‘ulcha, o‘rxo‘ng‘cha va sahroyi tillarni tirguzgon ila na foyda? Va u tillarga qayu ilmu fanlar bor? Hozirgi so‘zimizg‘a qo‘shulgan forsiy va arabiy so‘zlar bizni arabu forsg‘a bir daraja yaqin etar. Ilmu fan kitoblarig‘a yaqinlashmoqimizg‘a vosita bo‘lur. Ba’zi birodarlarimizni sof ona tili bor. Ammo ona tilida maktab, madrasa, fanniy va ilmiy kitoblar ta’sis etolmaydurlar. Chunki so‘z yetishmaydur. Agarda alar taraqqiy etsa va madaniy bo‘lsa, hukman hozirgi tilni o‘zgartirib bo‘lur. Hamda ming yil avvalgi tilg‘a qaytmoq qonuni tabiatg‘a muxolifdur. Chunki moziyg‘a ruju’ mumkin yo‘q. Begona tildan so‘z olmoqdan qutulgan til yo‘qdur. Anglischani arabchadan so‘ngra eng boy til derlar. Maa fihi, o‘n minglar ila begona lug‘atlarni majburan olganligini yozarlar. Xulosa fikrimiz shuki, yalg‘uz turkcha so‘ylamak va yozmoq abadan mumkin yo‘q. Baqadri imkon arabiy va forsiyni oz yozayluq. Barcha ilmu fan istiloh va lug‘atlarig‘a turkchadan muqobil oxtarib vaqtni zoye etmayluk. Taraqqiy etgan turkiy shevadagi ilmiy va fanniy kitoblarni anglamoqg‘a sa’y va g‘ayrat etayluk. Kelar zamon uchun hozirlanayluk, o‘tgan zamon uchun emas. «Ona tili, ona tili», bu yaxshi orzu. Ammo tilsiz onalar tilig‘a maktabiy kitoblar yozila bersa, Turkistonda adadsiz buzuq ona tillar shevasig‘a adadsiz kitoblar yozmoq lozim kelurki, Andijonda yozilgani Buxoroda, Avliyootada yozilgani Qarshida anglashilmaydur. Chunki bu onalarni tili bir-biridan farqlikdur. Taraqqiy etgan millatlar onalari o‘qutar ekan, biz avval onamizni o‘qutub, anga til o‘rgatmoqimiz kerak. Chunki bizni ilm va tilsizligimiz alardandur. Binobarin, baqadri imkon oz arabiy va forsiy, oddiy, turkiy lug‘at ila hozirgi shevalarcha yoza bermoqdan boshqa iloj yo‘qdur. Turkiston Turkiston Osiyo vasati va yoinki Turonzamindan iborat va turk qavmining muxtalif urug‘lari ila maskun bo‘lub, hol-hozirda Turkistoni Rusiy va Turkistoni Chiniy qismlarig‘a bo‘lunur. Turkistonning bir qismi Afg‘oniston hukumatining tasarrufida bo‘lub, Turkiston yoinki Chahor viloyat atalur. Qirg‘iz-Qozoqiston va yoinki Arozi sahroiya ham Turkistondan hisob qilinodur. Ammo munda hozirgi taqsimoti siyosiyasi yuzasidan faqat Turkistoni Rusiyni bayon qilinadur. Turkiston muzofotining hududi g‘arban Bahri Hazar (Kaspiy) dengizi, shimolan Urol yerlari va Aral dengizi va aksariyat Turkistonning Qirg‘iz-Qozoqiston qit’ai vasi’yasi, sharqan Turkiston Chini, januban Afg‘oniston va Eron mamlakatlarig‘a muttasildur. Buxoro va Xiva xonliklari ushbu hududg‘a doxil va Turkistonning janubiy tarafinda voqe’ bo‘lub, Buxoroning yerlari Afg‘onistong‘a muttasildur. Turkiston viloyatlig‘i oblustlarg‘a bo‘lunub, viloyatlar sanjoq uyezdlardan tashkil topilib, bahor viloyatg‘a harbiy voliy (voyennoy gubernotir) mansub bo‘lub, va butun Turkiston muzofotini bir bosh voliy general-gubernotir idora etib, markazi hukumat Toshkand shahridur. Turkiston muzofotining hozirgi taqsimoti ushbudur: Turkistonda xaloyiqdan yuzda to‘qson beshdan ziyodasi musulmon bo‘lub, har bir yuz nafar odamdan to‘rt nafar qadari nasoro va yahudiydur. Turkiston xalqini(ng) yuqoridagi adadi ozdur. Oriy, 1897 yilinda Rusiya hukumati amri ila umumi tahriri nufus bo‘lub edi. Ammo bir tarafdan, ro‘yxatchi mirzolarni(ng) tanballigi, digar tarafdan musulmonlarni «Rusiya hukumati askar oladur» yoinki «Jon boshidan soliq oqcha oladur» deb haqiqiy adadni ko‘rsatmaganlari sababli hisobni natijasi oz zohir bo‘lgandur. Bolodagi raqamg‘a bir suls va aqlan bir rab’ yana qo‘shmoq kerakdur. Xayrul umuri avsatuho «Xurshid»ni qoriayni kirom va mushtariyi a’zomig‘a arz qilunurki, zamonimizni siyosiy (po‘litik) zamonligini kimsa inkor etmaydur. Hozir Rusiya davlati(ning) tariqi hukmronligi(ni) noqis ekanligiga har bir xabarlik kishi iqror etar. Davlat qonunlarini(ng) isloh va tajdidig‘a har kim moyildur. Ammo Rusiyadagi barcha xaloyiq boshlucha necha aslu asosg‘a bo‘lungandurlar. Bu siyosiy firqalarni(ng) har birig‘a har bir mazhab va din ahlidan qo‘shulgandur. Chunonchi, nasoro, yahud, muslim va majusiy toifalarini(ng) ichida bu siyosiy maslaklarg‘a moyil kishilar bordur. Va yana har toifa ichida firqasiz, maslaksizlar ham topilur. Biz, turkistoniylar, zamondan kamxabarligimiz uchun bir necha ming kishidan boshqa hammamizni hech bir firqaga mansub emas, maslaksiz nodon firqasi deb atalsa ham sazodur. Ani uchun biz bu 3—4 firqa — partiyalarni asos va maslak sipohiylarisidin muxtasar bayon qilarmiz. Chunonchi, birinchi — «Buyro‘kratiyai mustabid» firqasiki, bular eski tarz hukumat davomini xohlaydur. Rusiyani(ng) eski hukmronligi(ni) tariqi shunday edi. Impiroturimizni(ng) har bir amri va hukmu royi — «zakun» atalib, hech lou naamsiz barcha voliy, sud, vuzaro va bular qo‘l ostida turganlar vositasi-la o‘rnig‘a keladur. Har xil nizom va zakun-kitoblarni Sinod (Voyenniy sovet) degan majlis a’zolari tuzatib, to‘qub podsho hazratlarig‘a Vazirlar majlisi vositasi ila manzur qilurlar. Impiroturimizni(ng) imzolaridan so‘ngra zakun atalib, barcha vuzaro va viloyat mahkamalarini va sud majlislarini mutassiddiylari tarafidan xalq ustiga joriy qilinur. Bu qoidani idorai mustaqila (samoderjovniy) ataladurki, hozir Yevrupo qit’asidagi Rusiya va Turkiyadan boshqa qirq qadar katta va kichik davlatlarda yo‘qdur. Idorai mustaqila qo‘l ostidagi fuqarolarni har qancha hukumat odamlari va to‘ralarg‘a yaqin va munosabati o‘lsa ham ahvoli siyosiya, diniya va dunyaviya va oliyasi durust bo‘lmay, kundan-kun tanazzuldadur. Xususan, mazkur 2 (ikki) majlisg‘a kattalari doxil bo‘lmaydurgan toifalarni ahvoli nihoyatda zabunroq bo‘lub, din va dunyo, ilm va ma’rifat, tamaddun va adolat, musovot to‘g‘risnnda hammadan keyin qolur. Chunonchi, biz, musulmonlarni(ng), diniy va qavmiy huquqimizni(ng) kamchiliklari podshoh hazratlariga yetmay, yetganda ham majlis chlenlari tarafidan radd bo‘lub yo iltifotsiz qolur. Buni(ng) sababi ila biz va bizga o‘xshash toifalar tanazzul qilub; ohistalik ila firqasi, toifasi, vatani xor va xarob bo‘lub batadrij yo‘q bo‘lmoq xavfi vordur. Bu masalada ahli xabar nazdig‘a tajribai tarixiya ila sobit bo‘lgandurki, dunyo siyosiylari va sipohiygaridan xabarlik kishilar, albatta, munga tasdiq qilurlar. Al-on biz, turkistoniylar, shu hol maqdamasig‘amiz. Albatta, savol keladurki, Turkiston obod bo‘ldi, ilgari boy kam edi, milyo‘nir yo‘q edi, yaxshi imorat va libos va palos yo‘q edi. Boz, bas, na uchun insofsiz muharriri ma’razlar xarobmiz deya johilona yozadur deb, anga shunday javob bermoq kerakki, 6 milyo‘n turkistoniylarg‘a 3 milyo‘nir borligi ma’lum. Yo‘q, boyman deganlar bank va fabrikantlarni xizmatchisi va madyunidur. Shahar va qar’yalardagi katta imorat va kazarmaxonalar hamma yahudiy va Ovrupoyilarnikidur. Ovrupo imtaasiylari yerli imtaalarni sindurdi. Dehqonlar, esa, agarchi bir vaqt qo‘li, bir oz aqcha ko‘rarina Ovrupo imtaalarini birig‘a ikki va besh xom berib, bir pishiqni zo‘rga olar. Bir daraja diniy va ilmiy jihatga atf nazar qilinsa, vaqflar ketdi, madrasalar xarob bo‘ldi. Boriga ham tartib, fexrist, muxtasib, mumtaxin, munazzam yo‘q. Eski tartib va jadval va darrus kundan-kun mudarrislar tarafidan tarje’ qilinur. Ikki milyo‘n turkistoniylar madrasasig‘a Xudodan boshqa nozir yo‘q. Bir raisi diniy va mumayizi ilmiy yo‘q. O‘zimizda esa insof va xavfi haq yo‘q, aslo yo‘q. Va Olloh, na uchun savodsiz qozi, ilmsiz mudarris, insofdan xabarsiz muftiy, qiroatsiz imomlar olamni bosdi. Bunga sabab biror raisi diniy va mumayizni ilmig‘a molik o‘lmag‘animiz emasmu? Xudo saqlasun, yana 25 yil shunday bo‘lsa, hozirgi muhtaram ulamolarimiz ketsalar, Turkistong‘a qiyomat qo‘pqon, ilm va amalg‘a fotiha tortilg‘on hisoblanur. Basirat ila 25 yil maqdamni hozir ila va hozirni 25 sanai soniya ila qiyos qilgan xushmand bizni bu bayonimizni mubolag‘a va xatoi zu’m qilolmasa kerak… Biz yana masdar bahs bo‘lgan partiyalar bayonig‘a rujo‘ qilarmiz. Ikkinchi firqa partiyani kadet (konstitusioniy demokraticheski mashruta a’vomiya ma’ishat) mashruta firqasi ataladur. Bu partiyani(ng) murodi shulki, «Millat majlisi» xoh Duma ochilib har bir milyo‘n xalqdan 3—4 vakil poytaxtga borib, majlis qurub, bircha zakun va qonunlarni har bir viloyatni ahvoli va har din va millatni ozod va sarbastligiga aql va insofiga qarab taassubi huquqi bashariya va rioyai diniyaga muvofiq tuzatib, podshoh hazratlarig‘a topshirilsa. Va impiroturimiz ham o‘shal xalq vakillari tayyorlagan zakunlarni o‘rnig‘a kelmoqig‘a humoyun farmoyishlarini qilsalar. Barcha din va urug‘ xalq xartuxar o‘lub, to qoziy va sudiyalar hukm qilmag‘uncha, chinovniklar o‘z roylari ila… yoyinki mol, jon, fikr va harakat rasmiyasiga mone’ bo‘lmasalar. Har toifaki o‘z kitobi, e’tiqodi va masoili diniyasi o‘z orasiga joriy bo‘lub, Rusiyadag‘i barcha xalq Rusiyani har bir nuqtasig‘a barobar bo‘lub, hurriyati diniya, hurriyati shaxsiya, hurriyati ijtimoiya, hurriyati ittifoqiya va’z o‘lunub bo‘laturgan qonuni jadida doiralari oning mo‘todicha joriy va musta’mil tutulsa, xaloyiq vakillarini(ng) qaroridan xorij hech zakunlar bo‘lmay va vakillari xohlamaydurgan eski zakunlar isloh etilsa… Hozir Rusiyada bu — kadetlar firqasig‘a mansub xalq har din va millat ahlidan nihoyatda ko‘pdir. Sobiq Millat majlisi a’zolarini(ng) aksari bu firqadan edilar. Bu firqa haqiqatda o‘rta firqadur. Mo‘tadil al-mizoj xalqlar bu partiyani xohlagandurlar. Bu firqa ifrot va tag‘rit o‘rtasig‘a, sog‘ ila so‘l vasatig‘a, har bir fikr va matlabni avsati va markazig‘a birlashgan bir hizbi mutavassitdur. Rusiya mamlakatig‘a mundin behroq hizb yo‘qdur. Ifrot va tag‘rit, ya’ni Ishtirokiyun, Inqilobiyun va Qora guruh degai hizblar sababi ila Rusiyag‘a har kun va har soat fasod va inqilob, buzuqlik joriy bo‘lub turubdur. Faqat salomatlik va amniyat bu kun kadetlar hizbi soyasida vatanimiz Rusiyag‘a joriy bo‘lsa kerak… Uchinchi «sosial-demokraticheski» — ishtirokiyun o’miyun — ma’ishiyati mushtaraka firqasidurki, bul ham doxilan ikki firqaga bo‘lunur. Biri sotsiyol demokrat — ishtirokiyun o’miyo‘n, digari sotsiyol revolutsiyoner — inqilobiyundur. Bularni boshlucha murodi hozirgi barcha zakun, mulkiyat qoidalarini butun buzub, mol va yerlarni hamma xaloyiq o‘rtasig‘a mushtarak qilib, aning manfaatini butun xaloyiq o‘rtasida musoviy etmoqchidur. Boylik va kambag‘allikni yo‘q qilib, dunyo moli(ni) rohatidan hammani barobar foydalanturub, mas’ud va rohat umr o‘tkazilmoqig‘a va har kim o‘z istiqbolidan amin bo‘lmoqiga zakun va qoida joriy qilmoqchidurlar. Bularni pro‘gramini joriy bo‘lmog‘iga hozirgi asrimiz musoid emas. Balki necha asrlarga tavaqqufi bordur. Dunyog‘a nelar bo‘lmadi. Kim bilur, balki zamoni kelib, bularni(ng) pro‘g‘rami qonuniy joriy bo‘lsa, hamma minkull al-vujuh barobar bo‘lub, sir-kitob ra’ig‘a yozilgan Jobulsa va Jobulqo tartib ma’ishati yer yuzig‘a balki joriy bo‘lur. Har holda, bu partiyani murodi mumkin loyiqi’ yoyinki xayoliydek ko‘runub, bu toifag‘a qo‘shulmoq biz Musulmonlar uchun nihoyatda zararlikdur. Pro‘g‘ramlarini(ng) moliya moddalarina bir oz tag‘yir bermag‘uncha, shariatg‘a muvofiq o‘lmag‘oni kabi joniy va oila bobidagi fikrlari ham aslo-aslo to‘g‘ri kelmaydur… To‘rtinchi «Rusiya musulmonlari ittifoqi» hizbidurki, bularni partiya suratig‘a kirg‘anig‘a bir yil bo‘ldi. Avvali o‘tgan sana Nijniyda paraxo‘dga o‘lturub, musulmon peshravlari suv ustida majlis yasadilar. Ikkinchi ushbu yil avvalida Pitrburgda g‘ayri rasmiy yana bir majlis — s’ezd yasab, qarornoma nashr etdilar. Uchinchi ushbu o‘tgan avgustda yana Nijpiy yormonkasida uch-to‘rt kun davomat ila bo ruxsati rasmiya necha ming mo‘minlar bir-umumiy nadva (obschiy s’ezd) etdilar. Qarorlarini ijmoli, Turkiya gazetalaridan ma’lum bo‘lishiga qaraganda, Rusiya musulmonlari diniy va ilmiy vajhdan alohida bir partiyayi maxsusadurlar. Ammo siyosiy va umumiy talab va maslaklar to‘g‘risinda kadetlarg‘a qo‘shilaturgang‘a o‘xshaydurlar. Rusiya musulmonlari hizbi ham o‘zga toifalardek komitet barpo aylamoqchidurlar. Idorai markaziya—sentralniy komitetlari Pitrburg‘da bo‘ladur. Bu partiya 31 kishini a’zoi markaziya saylab, alarg‘a Bodi Kubodagi Alimardonbek To‘pchiboshev janoblarini sadrnishin va Qozondagn Yusuf afandi Oqchurin janoblarini mustashor saylabdurlar. Bu muhtaram a’zolar, albatta, bir necha sho‘bag‘a bo‘lunadurki, sho‘bai ilmiy, sho‘bai siyosiylardan iborat bo‘lsa kerak. Bu 31 nafar a’zolarina Rusiyadagi ahli musulmonlardan bir necha a’zo intihob qilib olmoqg‘a qaror bermishlar. Ammo bu bobdagi jaroid va tasvidotg‘a qarag‘anda, bizni Turkistondan bir nafar a’zo intihob qilmoqg‘a qaror bermishlar. Lekin 6 milyo‘nlik Turkiston musulmonlaridan bir a’zo ozdur. Besh oblustdan 30 nafar ham Buxoro va Xeva va Turkistoni Chiniydagi musulmonlardan birtadan a’zo olmoq lozimdur. Bu komitet va a’zolar vaqt-bavaqt jam’lanib, diniy va ilmiy ma’oshi to‘g‘risinda mashvarat qilib, musulmonlarni ilman va molan, dinan taraqqiy va taolilarig‘a xidmat qiladurlar. Siyosatan bo‘lsa, umumiy partiyalarni biri ila qo‘shulub ish ko‘radurlar… Bu to‘rt partiyani(ng) matlabi milliy va maslaki siyosiylarini madomiki, bir necha sahifa ila bayon va sharh qilinmasa, kamxabar kishi tushunmaydur. Ani uchun biz, Turkiston musulmonlari, 23inchi avgustda Nijniy shahrinda bo‘lgan Rusiya musulmonlari hizbig‘a bay’at qilib, siyosatan kadetlarg‘a qo‘shulo‘b, dinan va ilman mazkur s’ezd ittifoqi hukmig‘a mute’ va munqod bo‘lsak kerak. Yaqinda mazkur nadvai islomiya qarornomasi bosilib, olami matbuot ila nashr qilinadur. Turkistonning muhtaram muallif, muharrirlari g‘araz, nafsoniy hasad, bahs va munozarai shaxsiyalarini tark etib, shu maslak va shu jamiyatg‘a tobe’ va xodim bo‘lmoqlari xidmati din va davlat, obro‘yi Vatan va Millatdur… Biz oyandag‘a bul boblarg‘a, Inshoolloh mufassal yozmoq amalindamiz… Yoshlarg‘a murojaat Bizni Turkiston va Buxoroda bir sinf muhtaram yoshlar mavjuddurki, hukumat mahkamalarinda tijoratxona, bonka va korxonalarg‘a kotib, tarjimon, molfurush va dallollik yoinki nasyachinlik ila mashg‘uldurlar va bu sinf ahlining adadi bugun Buxoro va Turkistonda minglarchadur. Ana yoshlarg‘a murojaatdan murod shu sinf ahlidan bo‘lgan hamvatanlarimizg‘a bir necha kalima arz qilmoqdur. Lutfan so‘zimizni tinglasalar, deb iltimos qilamiz. Va kamoli ehtirom ila ul janoblarg‘a bayon qilarmizki, sizlardan aksaringiz savqi qadar va yoinki savqi tabiat ila bir nav’i bo‘lub, ruscha bir oz o‘qub-yozmoqg‘a va yoinki faqat so‘ylamoqg‘a qodir bo‘lubsiz va bu ozgina zamoniy bilgu sababidan vazifa olib, yengillik va bir oz rifohiyat ila umr o‘tkarursizki, Tangrim ziyoda etsun! Va sizlarni ozgina ilmi zamoniy bilganingiz, albatta, naf’ kelturdi va alhamdulilloh dini mubing‘a ham yaxshi mu’taqidsiz va bu ilmiy zamoniy e’tiqodingizni buzmadi. Zotan islomiyat shunday bir dini matin va qobili taraqqiydurki, na qadar ilmi zamoniy ko‘b o‘qusa, insonni yana dini islomg‘a shuncha aqidasi mustahkam bo‘lur. Chunonchi, ilmi zamoniy ko‘b o‘qug‘on Ovrupo ulamolarini(ng) eng nomdor va davlatliklaridan musulmon bo‘lub turgonlari jaridaxonlarg‘a ma’lumdur. Bas, sabab bo‘ldiki, ilmi zamoniy islomiyatg‘a zarar qilmoq nari tursun foyda etar, endi matlabg‘a kelayluk. Muhtaram birodarlar! Siz xidmat qilaturgon doiralarda sizdan katta va sizdan oz ishlaydurgon va sizlarg‘a ish buyuraturg‘on kishilar borki, sizdan besh, hatto, yigirma daf’a ziyoda vazifa olur. (Ba’zi bonka va tijoratxonalarda oyinda besh yuz so‘m, hatto ming so‘m olaturgon kishilar bor va alarni tijorat maktabig‘a o‘qugoni besh-olti yilginadur.) Muning sababi nadur? Sizning qo‘l ostingizda sizdan ko‘p ishlaydurgon va qattig‘ xidmat qilaturgon va yuk ko‘tara turgon musulmon va yo o‘ruslar borki, sizdan ham oz vazifa olur. Muning sababi nadur? Albatta, munga javob berursizki, bizni ustimizdan qaraydurgonlarni(ng) «ilmi zamoniy»si bizdan ziyoda va mehnatkashlarni ilmi bizga ham emas. Mana sabab shudur. Biz ham dermizki, javobingiz durust. Bas, ma’lum bo‘ldiki, hozirgi zamon ishlarig‘a xoh tijorat va hukumat va san’atxonalarga bo‘lsun, kirib vazifa olmoqg‘a va ish qilmoqg‘a ilmi zamoniy degan nimarsa lozim ekan va har kim baqadar bilgusi vazifa olur ekan. Bas, siz muhtaramlar ham o‘z avlodingizni va aziz bolalaringizni, agarda xohlasangizki, sizdan ko‘ra taraqqiy etsa, din va millatg‘a xizmat etsa. (Din va millatg‘a xizmat ilm va oqcha ila bo‘lur.) Shu ilmi zamoniyni tahsil qilmoq uchun harakat qilmog‘ingiz lozimdur. Hamvatanlarimiz mulkini sotib to‘y qilganidek siz-da, hatto, lozim bo‘lganda mulkingizni sotsangizda o‘g‘lingizni zamoncha o‘qumoqig‘a sa’y qilsangiz. To‘yga isrof qilinaturgon oqchalarni o‘qumoq yo‘lig‘a sarf qilsangiz! Zamoncha o‘qutmoq tariqasidan boshqa maqolada arz qilinur. Zo‘raki boy Oxirgi vaqtlarda biz — turkistonlilar tijorat, hatto, ziroat va do‘kondorlik ishlarinda na uchun sinarmiz, ya’ni iflos etarmiz. Muning eng birinchi sababi ilmsizlik, to‘g‘risi aqlsizligimizdur. Ore, bilib turub o‘z zararini qilmoq aqlsizlikdur. Chunonchi, «Zo‘raki boy» janoblarini o‘n ming so‘mlik merosi, bog‘ va xonasi bor edi. Bu odam agarda bog‘ini yaxshi ishlatsa, muvofiqi shariat va insof tiriklik qilsa, isrofgarlik etmasa, to‘y va azo deb o‘zini barbod etmasa, albatta ortdurardi. Bu odam o‘zidek va hatto, o‘zidan oz nimarsalik kishilarni ko‘rarga o‘g‘ul to‘yig‘a ikki-uch ming so‘m sarf etar. O‘g‘lig‘a xotun olib bersa yana bir, ikki, uch ming so‘m sarf etar. Bir o‘luk ko‘msa, besh-olti yuz so‘m xarj etar. Hatto, olti oylik balasini sochini olganda va yo olti kunlik balasini beshikg‘a bog‘laganda bir-ikki yuz so‘m sarf etar. Fotiha, chanladi, dubora-talabon, kalutapo‘shon, mo‘ylabgiron… va boshqalarini nari qo‘yduk, xulosa, bechora o‘n ming so‘mlik mulkdor qaraydurki, ish bo‘lmaydur. O‘g‘ul va qizlar katta bo‘lub turubdur. To‘y lozim, xatna, nikoh, uning orqasidan keti uzulmas bir suruk ma’raka va qoidalar lozim. Ko‘bdan chiqib bo‘lmaydur. Bechora odam o‘ylavg‘a tushar. To‘y qilmoq uchun bir-ikki tanob bog‘dan va yerdan sotsa, ko‘zi qiymaydur. To‘y qilmasa, bo‘lmaydur. Bas, noiloj o‘ylab-o‘ylab, do‘kondorlik, ya’ni bazzozlik va choyfurushlik va yo boshqasini qilmoqchi bo‘lub do‘kon ochar. Bonkalardan kredit (e’tabar) ochar. O‘n ming so‘mlik merosiy mulki bor ekan, besh bonkadan uch ming so‘mdan 15 ming so‘m qarz olur. Choy, qizil mol, gazvor, chinnivor, kanap-charchinvor, xullas, har nav’ kantur va fermalardan ham bir-ikki yilg‘a yetmasdan bir o‘n besh ming so‘m urar. Bir vaqt ko‘rarsan 30 ming so‘m ishlatguchi qib-qizil bir katta boy. O‘zini muft dehqonligi ila ro‘zgor qilur ekan, bir ming so‘mni butun umrig‘a sinamagan 30 ming so‘mlik mol ichinda ko‘mganini ko‘rub, bizni dehqonboyni avvalgi torgina aqli ham uchdi-ketdi. Qavmu qarindoshdan veksel olib bonkag‘a qo‘yar. Sasib yotgan va alarni so‘zincha, egasiz fabrikant molini to‘g‘ri kelgan kishig‘a nasya berar. Bir tarafdan yaxshi ot va arobalarg‘a havasi ketar. Ekipaj faytunlar va maskav otlari olinur. Digar tarafdan, hovlig‘a zamona odami o‘lturaturgon imoratlar qilinur. Usti temur, osti taxta, devori rangorang shishakori shahnishinlar, bir necha mehmonxonalar va onda zamona asboblari olinur. Bu imoratlarni va dastgohni odamlarg‘a ko‘rsatmoq uchun ziyofatlar, bazmlar kerak. Ferma va bonkalarni mudir va a’zolarini-da alafrang sham-panskilik ziyofatlar qilmoq kerak. «Zo‘raki boy» janoblarini(ng) xotun va o‘g‘li ham mundan rang olib, isrofg‘a yuz qo‘yar. Chunki Xudo bergan davlat qayerdan kelib, qayerg‘a ketar? Zo‘raki boyni o‘zi ham bilmas. Bir vaqt to‘y navbati yetti. Endi terlamoqni zamoni keldi. Mashvaratlar, pro‘gramlar tuzalur. Ho‘qand, Andijon, Turkiston va Toshkanddan boshlab, Marv, Buxoro, Karki va Afg‘oniston hududincha shuhratlik boylar va ko‘rmagan oshnolar ro‘yxat bo‘lur. Ol-a… Muncha odamg‘a xat yozmoq mushkul. Bosmaxonada zarhallik xatlar siporish berilur. Yoddan chiqgoni tilgirom ila taklif qilinur. Xivadan, Farg‘ona va Buxorodan mashhur juvon va, mutrib va xonandalar chaqirilur. Bazmda firmalarning mudir va bonkalarning muboshiri, hatto, rajoli hukumat taklif qilinur. U qadar isrof, u qadar behuda masorif bo‘lurki, hisobi singandan so‘ngra ma’lum bo‘lur. Bu to‘yni bazmi, juvoni, ko‘bkarisi, fashangi, in’omi u qadar ko‘b, u qadar qiziq bo‘ldiki, munga o‘xshagan boshqa bir zo‘raki boy ham o‘zini anga o‘xshatmoq, balki o‘tkarmoq uchun o‘zini jardan tashlamoqg‘a hozirlanur. Ya’ni mundan ziyoda etmoqchidur. Biz avvalgi zo‘raki boyning to‘yi so‘zini tamom qilgan yo‘q eduk, boyg‘a yana bir nikoh to‘yi voqe’ bo‘ldi, ya’ni janoblari yosh xotun oldilar. Tabiiy, ellik-oltmish yasharg‘a 15 yasharni ikki-uch ming so‘m masorifsiz berilmaydur. So‘zni qisqa qilayluk. Bir vaqt eshitilur, zo‘raki boy; bonkag‘a pul yetkurolmaydurlar. Imonsiz sarrof ham taqa-taq shildirni bilib, pul bermaydur. Ish «pravaucho‘t»g‘a qoldi. Bir necha vaqt so‘ngra yana eshitilurki, veksellar «pratest» bo‘ldi. O‘n ming so‘mlik mulk ila do‘kondagi besh-olti ming so‘mlik mol hajz (arest)g‘a olindi. Hisob qilib ko‘rulsa, bilinurki, 30 ming so‘m qarz maydonda. Otadan qolgan mulk ila to‘rt-besh ming so‘mlik aroba g‘altak otu tek do‘kon mol endi nima bo‘lur dersiz? Olti oy bir yilg‘acha avvalgi mulklar sudg‘a sotilib, bechora zo‘raki boy ahlu ayoli ila darbadar qolur. Chunki aqalli martaba singan yahudiydan ibrat olib, birgina havlisini ham xotuni otig‘a o‘tkarmagan edi. Inollo lo yuhibbul musrifin. Ya’ni Alloh taolo isrof qilguvchilarni do‘st tutmaydur. Zeroki, boy janoblaryni tarjimai holidan «Oyna»da ko‘b ko‘rungon edi, ammo qisqartib yozildi. Balki baqiyasi bo‘lur. «Munozara» haqida «Usuli jadida» maktablarni nafligi va fununi zamoniya tahsilining buxoriylar uchun luzumi to‘g‘risida farangiy afandi ila mudarris Buxoriy janoblarini oralarida bo‘lgan bahs va suhbat — «Munozara» ismida bir risola shaklinda forsiy tilg‘a tab’ va nashr bo‘lubdur. Bizda ko‘zdin kechurdukki, haqiqatan buxoriylar uchun nofe’dur. Farangiy va mudarris tilidan bu muhim bahslik risolani tahrir etuvchi vahmi zoing‘a arzi tashakkur qilarman. Inshoollo, bu risola buxoriylarni uyg‘onmoqig‘a bois bo‘lub, «Munozara» muharririni rahmat ila yod etarlar. Va al-on bu risola turki tilinda janob muallim hamshahrimiz Hoji Muin afandi tarafidan tarjima va ushbu gazit ila nashr bo‘lub turubdur. Va ammo bizni fikrimizcha, Buxoro uchun eng muhim bir bahsni farangiy afandi faromush etibdurlar. Va ul eng muhim bahs buxoriylarni ruscha o‘qumoq va rus madaniyatidin nafbardor bo‘lmoqg‘a targ‘ib etmoqdin iborat edi. Xayr, balki farangiy afandi faromush etmay, ehtimolki, buxoriylarni taajjublari qo‘zg‘olmasun va «Munozara» risolasidin umid etilgon manfaati ma’naviya favt bo‘lmasun tavhimi-la ruscha o‘qumoq bahsidin ko‘z yumgandur, deb zan qilarmiz. Va-lo farangiy afandini natijai ma’lumotig‘a nazaran o‘rischa o‘qumoqg‘a tarafdordur, deb istidlol qilinadur va har bir ko‘zi ochuq kishi-da buxoriylarni ruscha o‘qumsqlarini, albatta lozim bilur. Buxoriy qarindoshlarimizni ruscha o‘qumoqlari to‘g‘risida muxtasaran biroz yozmoqni biz munda kerak bilduk va umid qilamizki, «Munozara» noshiri ikkinchi tab’ina ruscha o‘qumoq luzumini ham risolag‘a olmoq etdirsa. Rusiya davlati — 100 milyun xalqlik va yer yuzini qaviy davlatlaridin biri. Buxoro hukumati ani himoyasig‘a va aning uchun buxoriylarni ruscha o‘qumoqlari o‘zlari uchun lozim va foe’dir. Buxoriylarni savdo ishlari Rusiya iladurki, tijorat ishlarini taraqqiy qildirmoq uchun, albatta, ruschag‘a ehtiyoji tomalari bordur. Buxoroda tilgirof, po‘chta, temur yo‘li va bonk va mol, anjomaning hamli va naqli va optek, do‘qtur va hifzil sihata teyishli ishlar va lavozimoti madaniya va zamoniya va xorijag‘a mutaalliq barcha mavod kofa ruslar vositasi-la joriy bo‘lurki, bul to‘g‘rilardan ruschag‘a buxoriylarni ehtiyojlari shadiddur. Rusiya ila tijorati bor har bir buxoriy va Buxoroni har bir hukumat doiralarini ruschaga bor ehtiyojini har kimdan avval buxoriylarni o‘zlari iqror edarlar. Kishi yo‘qligidin al-on Buxoro hukumatini xidmatidagi tarjimonlar kafkaziy va turkistoniylardin iboratdur. Buxoriylarni ruscha o‘qumoqlari uchun dalil lozim bo‘lsa, faqat Rusiyani… jihatidin Buxorog‘a hamsoyaligi eng oliy dalildur. Holbuki, Buxoro davlatimizni himoyasida, ya’ni hovuchindadur. Nasora va majus davlatlarini aytmay qo‘yduk. Bul vaqt Usmonli islom davlati katta maktablarig‘a ruscha o‘qutadur va Rusiyag‘a talaba yuboradur. Turk qarindoshlarimizni har biri Rusiya musulmonlarini ruscha o‘qumoqg‘a tashviq etarlar. Hatto, Istanbul shayxulislomi hazratlari Rusiya musulmonlarini ruscha o‘qumoqg‘a buyuradurlar. Chunonchi, o‘tgan sana Samarqand hojilaridan ikki nafar mudarris shayxulislom janoblarini xizmatlariga musharraf bo‘lub ekanlarki, usuli jadid va ruschani luzumidin bayon etib, Turkistoniylarg‘a ruscha o‘qumoqg‘a tashviq etmoqg‘a buyurubdurlar. Misrdin, Shom va Arabistondin, Istanbuldin va Erondin Rusiya maktablarig‘a talaba kelganda, Buxorodin na uchun talaba kelmaydur? Buni sababi buxoriylarni g‘aflati va zamondin xabarsizligi deyurlar. Bul joyg‘a buxoriylar u qadar kaholat etdilarki, hatto, rasmiy doiralarida birorta tarjimonlari yo‘qdur. Xo‘b, Buxoroda usuli jadidani qo‘ymaganlaridek, ruschani-da ulamo qo‘ymadilar deduk. Ey, shogirdlarni Samarqandda, Turkistonda va yo doxiliy Rusiyag‘a na uchun yuborilmaydur? Samarqandda Buxorodin gado, o‘g‘ri, qimori, juvon-bachcha kelar. Hatto, deyurlarki, fohishalar ham kelur, bularg‘a ulamo bir shay demas va xabardor bo‘lmas. Talabag‘a tamoman mone’ bo‘lurlar. Yo‘q, bul joyg‘a ulamog‘a yopishmoq kerak emas, balki boshqalarg‘a lozumdur. Buxoroniig muhtaram hukmronlarina, Buxoroning tujjori kiromiga biz min g‘ayri had arz qilarmizki, ruscha o‘qutmaqni muborak fikrlarig‘a keltirsalar, Rusiya davlati Buxoroning faqat bir hamsoyasi emas, balki homiysi, vasiy va murabbiyi davlatidur. Aning uchun ruscha bilmoq va rus oliy va katta maktablarig‘a kirmoq buxoriylarni hayoti va saodati uchun alramdur. Ikki milyo‘n buxoriylardin nisfi asr zarfida bir nafar tarjimon chiqmaganligi buxoriylarni loqaydliklarig‘a dalil bo‘lur. Bu nimadan kelur? Albatta, Buxoro ila Rusiya orasidagi munosabatni bilmaslikdin kelur. Binobarin, Rusiya ila Buxoro beyindagi munosabati siyosiyani har zamon aholig‘a bildirmoq kerakdur. Biz siyosiy kishi emas va illo bul to‘g‘ridagi fikrimizni ochiq suratda yozarduk. Shu qadar bilarmanki, rasman Buxoro hukmati Rusiya davlatini himoyatig‘adur. Buxoroning bosh hukmroni ma’nan baoliy amir hazratlarini amoratlari Rusiya davlati tarafidin tasdiq qilinadur. Buxoroni xorijiya ishlari Rusiya davlati tarafidin ijro qilinadur. Xorijiya davlatlari, masalan, Eron, Afg‘on va yo Usmonli davlatlari-la Buxoro hukumatini xat va xabar qilmog‘i lozim kelsa, Rusiya davlati vositasi-la muomala qiladur. Buxoro ahli xorijiyag‘a chiqmoqchi bo‘lsa, Rusiya rahol hukumatini ruxsati lozimdur. Bu-xoro uchun boj va po‘shlina Rusiya davlatini ixtiyori ila bo‘lur. Bilmoq kerakki, o‘ruscha o‘qumoq ila kishi kofir bo‘lmaydur va yo o‘ruslar bizg‘a dinlarini ta’lim qil-maydur. Masalan, bukun Samarqand muxtalif maktablarig‘a yuzdin ziyod musulmon bolasi bor va alarni hech birig‘a nasoro dinini ta’lim qilinmaydur. Samar-qand e’dodiy gimnoziyo maktabini bukun undin ziyoda musulmon bolasi bor. U jum.ladin biri manim o‘g‘lim-dur. Va na vaqtki, bolalarg‘a nasoro dinini ta’lim berarlar, g‘ayri ruslarni, xoh musulmon va yo yahud va hatto, armani bo‘lsun, maktabdin chiqoradurlar. Hatto, nasoro aqidasini ta’limi vaqtida yoshirin maktabda qolgan g‘ayrirus shogirdg‘a jazo beriladur. G‘ayriruslar ruscha o‘qugandan ilmi dunyoviy va hayog-qa mutaalliq funun o‘quydurlar va har bir musulmon-da rumcha va yo farangcha shuni o‘qivdur. Buxoroni o‘rta millati uchun avomcha so‘ylayinki, turklar, ibroniylar, turkistoniylar, qozoniy, o‘run-burg‘iy va kafkoziylar hamchunonki, ruscha o‘qusalar ham kofir bo‘lmaydilar. Buxoriylar ham ruscha o‘qugan ila kofir bo‘lmaydurlar. Afg‘on hukumati ila inglis davlati orasida munosabati siyosiya mavjud va ham hamsoyadur. Oni uchun afg‘onlar Hindiston inglisig‘a va nufusi Angliyada o‘z nafii uchun talaba yuboradur. Holbuki, hech bir afg‘on inglis bo‘lgan yo‘q. Inchunun, buxoriylar-da Turkiston ustig‘a va yo Rusiyag‘a o‘z naflari uchun talaba yuborsalar, xotirjam bo‘lsunlarki, o‘rus bo‘lmaydurlar. Shuni-da yozayin, buxoriy qarindoshlarimiz bilsunlarki, bu so‘zlarni biz musulmonligimiz uchun va Buxoroni taraqqiysini xohlaganimiz uchun yozarmiz. Gumon qilinmasunki, o‘ruslar bizg‘a yozdiradur. Farangiy janoblarini fikrig‘a biz ham tobe’ va biz ham deymizki, Istanbul, Misr, hatto, Kafkoz va Qozong‘a Buxorodin talaba borsun va ammo bu qatorda ruscha o‘qimoq uchun Turkiston va Peterburg‘g‘a ham. Samarqand dorulqazo muftiylaridan Mahmudxo‘ja bin Behbudxo‘ja. «Sart» so‘zi ma’lum bo‘lmadi Mo‘tabar «Sadoyi Farg‘ona» jaridasining 30-no‘merida «Sart so‘zi ma’lumdur» unvonlik bir maqolani ko‘rub o‘qumasdan avval «sart» so‘zi hal qilindi gumoni-la qalban bir darajada xursand bo‘lsak ham, lekin maqolani tamoman o‘qub chiqqandan so‘ng hurmatlu Mullo Abdullobek janoblarining qilgan rivoyatlari mazmunidan «sart masalasi»ning yana burung‘i majhul holig‘a qolgonin anglab umidimiz bo‘shg‘a chiqdi. Chunki A. afandining sart haqida yozgan so‘z va dalillari mahz og‘izlardan eshitilgan haqiqati noma’lum shaylardan iborat bo‘lub, hech bir asl va asosg‘a mabni emasdur. Bizning fikr va bilganimizcha, «sart» so‘zining haqiqati mashhur va inobatlik muarrix va mustashriqlar tarafidan kashf va hal o‘linub, hanuz bir joyg‘a qaror berilgan yo‘qdur. Agarda «sart» so‘zi ma’lum bo‘lsa edi, ya’ni Turkistondagi xalqlarning barchasi yoki muayyan bir qismining «sart» atalgoni daloyili tarixiy ila isbot qilingan bo‘lsa edi, ul suratda hech kim «sart» xususida so‘z ochmas va bahs chiqormas edi. Muhtaram Mahmudxo‘ja janoblarining bul xususda «Oyna»g‘a xeli rivoyat va qilu qollarni naql etub ham o‘z fikrlarini yozganlarig‘a sabab, shul «sart» so‘zining majhulligi bo‘lsa kerak. Durust, hayot va mamot masalasi qadar muhim bo‘lgan necha masalalar ko‘zimiz oldig‘a turgon holda alarni ehmol etub, faqat «sart» so‘zi ila shug‘ullanub, fursatlarni bo‘shg‘a o‘tkarmoqlik ham yaxshi emas. Lekin asrimizdagi yovrupoyilar qoshida «milliyat» masalasi «din» masalasidan muhim va muqaddam tutilgan bir zamonda bizlar ham milliyat masalasidan sanalgan «sart» haqida goh-goh bahs etishub milliyatimizin xotirlab turgonda zarar ko‘rmasmiz. Diniy, milliy va maishiy masalalar xususida (nizom va qonundan chiqmaslik sharti-la) har doim bahs va muzokara etishub turmoqg‘a haqqimiz bor. Shuning uchun falon masala xususida so‘z ochma! Yoki falon laqabni mutlaqo bo‘ynungga toqarsan, deb sababsiz zo‘rlik etmoqga hech kimning haqqi bo‘lmasa kerak. Maqsadg‘a kelayluk. Mullo A. afandining «Sart so‘zi ma’lumdur» unvoni ostida: «Bir zamonlarda Turkistonda sahroyi qirg‘iz va qazoq…»,—deb naql va rivoyat etgan ma’lumotlari qaysi ta’rix kitobidan va yo qaysi ishonchlik muarrix so‘zidan olinganligini bila olmaduk, agar bu rivoyatlari mahzi og‘zaki hikoya va so‘zlar jumlasidan iborat bo‘lsa, bul taqdirda, muning ila «sart» so‘zi ma’lum bo‘ldi, yoki «sart» masalasi hal qilindi, deb hukm etmoq mutlaqo durust emasdur. Chunki muarrixlar munday aslsiz so‘zlarni dalil maqomig‘a kelturub, mushkul bir masalai tarixiyani qat’iy suratda hal etmaydurlar. Balki bir munosib kelganda, qarinai maqomg‘a qarab, bir da’voning taqviyasi uchun zikr etubgina o‘tarlar. Asli noma’lum bir rivoyat ila ulug‘ masalai tarixiyani hal etmoqlikni esa tarix haqida jinoyat sanaydurlar. Shunday qoidalarni oz-moz bilganimizdan Mullo L. afandining sart masalasini hal etmoq qasdi-la yozgan aslsiz dalillari hayrat va taajjubimizni mujab bo‘ldi. Chunonchi, mushorun alayh so‘zlarin bir joyida «sart»ning asli «shart» deb, oidan so‘ngra deyur: «Muhtaram azizlarg‘a maxfiy qolmasunki, har kim bizni sart desa, munga xursand bo‘lub, faxr qilmoqimiz darkordur. Charoki sart degani, masjidlik va madrasalik va bozorlik va ozoda ulamoni madaniy, degani bo‘lur». Holbuki bu ma’no avvalgi ma’noga butun mag‘oyirdur. Chunki, avvalgi ma’noga qaraganda, «sart» lafzi «shart»dan ma’xuz ediki, bul suratda sartning ma’nosi iyechuk masjidlik va falonlik bo‘lsun?.. Sherali Lapin janoblariniig «sart»ga «sarig…» deb bergan ma’nosi na qadar nomunosib bo‘lsa, yuqorida berilgan ma’no ham shunday kelishsizdur. Bizning ba’zi asarlarda ko‘rganimizcha, «sart»ning ma’nosi karvonboshi yoki savdogar kabi mazmunda ediki, bul ham bir mustashriqning so‘zidur. Xulosa: «sart» na ma’noda bo‘lsa bo‘lsun, arbobi tarafidan hal qilinmaguncha oni qabul etmaslikka haqqimiz bor. Shuning uchun majburiy suratda aytib turarmizki, «sart» so‘zi hanuz majhuldur. Yuqoridag‘i mazmunda muxtasarcha bir maqola yozub, qachonlar «Sadoyi Farg‘ona» idorasig‘a yuborgan eduk. Idora jaridag‘a darj etmoqg‘a tanzil etmagani yoki munosib ko‘rmagani uchun bir oz tafsili ila «Oyna»g‘a yozmoqg‘a majbur bo‘lduk. «Turkiston tarixi» kerak Tarix ko‘p ahamiyatli va foydali bir narsadur. Tarixning foydalaridan ba’zisi ushbudurki, bir millatning na tariqada, qaysi yo‘l ila taraqqiy etganin o‘qib, ibrat olmoq yoki bir millatning na sabablardan tanazzul etib, oxiri munqariz bo‘lub ketganin o‘qub mundan ham istifoda etmak mumkindur. Shuning uchun bizning o‘z shevamizda Turkistonda o‘tgan bobolarimizning maishiy, siyosiy ahvolig‘a doir «Turkiston tarixi» bor bo‘lgonda, oni ko‘z oldimizda qo‘yub, burung‘i qahramon bobolarimizning na yo‘l ila taraqqiy va madaniyat davrig‘a kirub va nima sababdan oxiri munqariz bo‘lub ketganlarini o‘qub, bilub, xeyli ibrat olar eduk. O‘shandoq hozirgi holimizni bobolarimiz davridagi hollarg‘a bir daraja muqoyasa etmak ila barobar o‘z-o‘zimizdan bir infioli daruniy his edub, yuzlarimiz qizarar edi. Holo, biz turkistoniylar marhum bobolarimiz ahvoli ham Turkiston voqeoti tarixiyasidan butun g‘ofil va bexabardurmiz. Chunki hanuz Turkiston tarixi haqinda yangi tadqiqot ila yozilgon, tartibli va istifodali mukammal bir asar vujudg‘a kelgan yo‘q. To‘g‘risi, munday tarix yozuvchi kishi turk o‘g‘lonlaridan hanuz maydong‘a chiqgon yo‘qki, bu esa turk bolalarining noxalaf bo‘lub, chin o‘g‘ul emasliklarig‘a dalildur. Bu so‘zlardan tarixsizligimiz anglashilmasun. Bizning tariximiz bor. Burung‘i asrlarda Turkiston va turklar voqeoti va ahvoli haqinda turkiy, forsiy va arabiy tillarda necha kitoblar yozilgandurki, u kitoblardan rus va boshqa yovrupoyilar istifoda etgan va etmakdadurlar. Lekin u muxtalif tillarda yozilgan. Tarixiy asarlardan biz turkistoniylar istifoda etub, yangi muhokama va tadqiqot ila o‘z shevamizda muntazam bir asar vujudg‘a kelturganimiz yo‘q. Balki bizlar andog‘ tarixiy kitoblardan aksariyat ila xabarsiz bo‘lub, ba’zisidan xabardor bo‘lsak ham, alarning tab’ va nashrig‘a ahamiyat bermaymiz. Chunki bizning xalqlar andog‘ kitoblardan ko‘ra xurofotlik qissa, hikoya va oshiqona g‘azal kitoblarig‘a ziyoda, rag‘batlik bo‘lganidan moddiy foydasini ko‘zlab, shunday afsona va aslsiz kitoblarni tab’ va nashr etmakdamiz. Shuning uchun kundan-kun muhim tarixiy kitoblarimiz ko‘zdan tushub, esdan chiqub ketmakdadurki, muning aybu gunohi Turkistondagi manfaatparast kitobchilar bo‘yniga tushsa kerak. Chunki bu so‘ng yillarda kitobchilar tarafidan turli xurofotlik kitob va risolalar nashr bo‘linub turganligi maydonda va barchag‘a ma’lumdur. Agarda muhtaram noshir va kitobchilarimiz mundan so‘ng axloq buzguvchi oshiqona g‘azallar va sof e’tiqodlarni zaharlandiruvchi xurofotlik afsona kitoblar o‘rnig‘a mo‘tabar tarixiy, axloqiy va adabiy risola va kitoblar nashr etmoqg‘a tashabbus etsalar, shoyad bu xayrli ishlari avvalgi gunohlarining yuzini yopar. «Sadoyi Turkiston» jaridasig‘a «Milliy tariximizni kim yozar?» mazmunida bir savol ko‘rulgon edi. Bizning fikrimizcha, munday bir tarix yozmoqlik nihoyatda qiyin bir ish bo‘lub, hozirda muning ifosi bizlarning qo‘limizdan kelmayturg‘onga o‘xshaydur. Shuning uchun bu xizmatni Turkiston tarixi ila oshino bo‘la boshlagan yosh muarriximiz muhtaram Ahmad Zaki Validiy afandining qalamidan umid etmakdamiz. — Source: https://wikisource.org (works of Mahmudxoʻja Behbudiy). Downloaded from uzbekai.com.