Turkiston Mahmudxoʻja Behbudiy Turkiston Osiyo vasati va yoinki Turonzamindan iborat va turk qavmining muxtalif urug‘lari ila maskun bo‘lub, hol-hozirda Turkistoni Rusiy va Turkistoni Chiniy qismlarig‘a bo‘lunur. Turkistonning bir qismi Afg‘oniston hukumatining tasarrufida bo‘lub, Turkiston yoinki Chahor viloyat atalur. Qirg‘iz-Qozoqiston va yoinki Arozi sahroiya ham Turkistondan hisob qilinodur. Ammo munda hozirgi taqsimoti siyosiyasi yuzasidan faqat Turkistoni Rusiyni bayon qilinadur. Turkiston muzofotining hududi g‘arban Bahri Hazar (Kaspiy) dengizi, shimolan Urol yerlari va Aral dengizi va aksariyat Turkistonning Qirg‘iz-Qozoqiston qit’ai vasi’yasi, sharqan Turkiston Chini, januban Afg‘oniston va Eron mamlakatlarig‘a muttasildur. Buxoro va Xiva xonliklari ushbu hududg‘a doxil va Turkistonning janubiy tarafinda voqe’ bo‘lub, Buxoroning yerlari Afg‘onistong‘a muttasildur. Turkiston viloyatlig‘i oblustlarg‘a bo‘lunub, viloyatlar sanjoq uyezdlardan tashkil topilib, bahor viloyatg‘a harbiy voliy (voyennoy gubernotir) mansub bo‘lub, va butun Turkiston muzofotini bir bosh voliy general-gubernotir idora etib, markazi hukumat Toshkand shahridur. Turkiston muzofotining hozirgi taqsimoti ushbudur: Turkistonda xaloyiqdan yuzda to‘qson beshdan ziyodasi musulmon bo‘lub, har bir yuz nafar odamdan to‘rt nafar qadari nasoro va yahudiydur. Turkiston xalqini(ng) yuqoridagi adadi ozdur. Oriy, 1897 yilinda Rusiya hukumati amri ila umumi tahriri nufus bo‘lub edi. Ammo bir tarafdan, ro‘yxatchi mirzolarni(ng) tanballigi, digar tarafdan musulmonlarni «Rusiya hukumati askar oladur» yoinki «Jon boshidan soliq oqcha oladur» deb haqiqiy adadni ko‘rsatmaganlari sababli hisobni natijasi oz zohir bo‘lgandur. Bolodagi raqamg‘a bir suls va aqlan bir rab’ yana qo‘shmoq kerakdur. — Source: https://wikisource.org/wiki/Turkiston. Downloaded from uzbekai.com.