Ketmas ko‘ngildin aslo Maxmur elini dog‘i... Majzub Ketmas ko‘ngildin aslo Maxmur elini dog‘i, To sunmasa parivash mayxonadin ayog‘i. Yurgachki, zoru hayron hajringda mubtalolar Bo‘lg‘ayki ob joriy, ko‘z yoshining bulog‘i. Majnundir batar qil, vodiyda darbadar qil O‘lsa gadoligingda hech bo‘lmag‘ay so‘rog‘i. Qilsam bayon holim kirmas qulog‘i yora O‘ldurdi ham kuydurdi jononaning bu dog‘i. Kilsun sani malomat Majnun debon haloyiq Boshingni pora qilsun malomatning butog‘i. Tark ayladi sharobin mayxona ahlidin kim Yondurdi tashnalarni la’li labing mazoqi. Gulchehra qildi g‘avg‘o Maxmur elini yorab Majnunni qildi rasvo Laylini ishtiyoqi. Shirin-shakar takallum Farhoddin bitarman Ko‘p yig‘ladim parivash qon bo‘ldi ko‘zni oqi. Hijron o‘tig‘a kuydim, yoz g‘amga hamdam o‘ldim Qoldi yurakni dog‘i ro‘zi jazog‘a boqiy. Dunyoyi dung‘a berma hargiz ko‘ngulni Majzub Ishq ahlig‘a kerakmas dunyoni ayshi chog‘i. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ketmas_ko%E2%80%98ngildin_aslo_Maxmur_elini_dog%E2%80%98i.... Downloaded from uzbekai.com.