Sening ishqingda, ey dilbar, yurak-bag‘rim to‘la qonmen... Maxmur Koriziy Sening ishqingda, ey dilbar, yurak-bag‘rim to‘la qonmen Ochilmay g‘unchavash ham andalibdek koni afg‘on men. Nishonim benishon bo‘ldi kuyub axgar bo‘lib qoldi, Junun dashtida bir muhlik quyun yanglig‘ parishon men. Vujudim poybo‘si mahjabinlarning arosida Tushib xoki mazallatg‘a boshim ham guyi chavgonmen. Bu umrim naqdini oldi biron yo‘l qayrilib boqmay, Ilojim topmayin oyinadek har yerda hayronmen. Sabo yetkur payomimni, halokat vaqtiga yettim, Ki shoyad yodiga tushsam nechun ishqida o‘lgonmen… Meni ishq ichra andog‘ bir pari Majnuncharoq etdi, Aning kuyida qoldim bexabar xori maug‘aylonmen. Jigar-bag‘rim ezildi dilrabolar suhbatin istab, Tushib ayru hamadin tolibi bir shakkaristonmen. Biyoboni judolikda qolib yolg‘iz, qulovuzsiz, Topolmay mahrami dil telbalardek turfa sarsonmen. Bu Maxmur aytsa ko‘p afsonalar ayb aylamang nechun, Muhabbat gulshanida sayrayub yurgan g‘azalxon men. — Source: https://wikisource.org/wiki/Sening_ishqingda%2C_ey_dilbar%2C_yurak-bag%E2%80%98rim_to%E2%80%98la_qonmen.... Downloaded from uzbekai.com.