Dar sifagi Hakim Turobiyi hazor xalta budir Maxmur Bihamdillah tabibi shahru Buqroti xaloyiqman, Ajaldin ham bani odamni o‘ldurmoqqa foyiqman, Tabibi shahr nomi oyda bir bemor o‘ldursa, Vale men kunda yuz bemor o‘ldurmoqqa hoziqman. Meni badbaxt to zarbul-masal bo‘ldum tabiblikda, Jahon voricha aknun ko‘p haqoratlarga loyiqman. Hakimi shahr deb, oldimga har kim keldi o‘ldurdim, Tariqi rostim shuldurki, jallodi kdloyiqman. Erur ko‘p nohaq (ishlar) gardanimga tavqi la’nat kim, Jahannam sadriga bu jurm ilan sardori sobiqman. Adamdin to kelibman davri olamda xisolim shul, Musulmonlarga hosidman, munofiqqa muvofiqman. — Source: https://wikisource.org/wiki/Dar_sifagi_Hakim_Turobiyi_hazor_xalta_budir. Downloaded from uzbekai.com.