Man bo‘libman do‘stlar hijronida... Muazzamxon Man bo‘libman do‘stlar hijronida Dilfigoru, dilfigoru, dilfigor. Bistari furqat aro yotubduman Bemadoru, bemadoru, bemador. Gar o‘lib ketsam bu hijron cho‘lida Intizoru, intizoru, intizor. Turbatimdin qon yutib lola unar Har bahoru, har bahoru, har bahor. Iig‘layurman bosh urib dargohingga Har nahoru, har nahoru, har nahor. Do‘st vaslini tilab qildim tavof Har mazoru, har mazoru, har mazor. Man qilurman do‘stdin kelsa xabar Jon nisoru, jon nisoru, jon nisor. Zarra yanglig‘ doimo titrar dilim Beqaroru, beqaroru, beqaror. Yotadurmen baytulehzonim aro Xoru zoru, xoru zoru, xoru zor. O‘lganimdin so‘ng duoda yod eting Do‘stu yoru, do‘stu yoru, do‘stu yor. Qolmadi farzandlarimdin hech nishon Ashkboru, ashkboru, ashkbor. Bu Muazzam xastadilni rahmat et Kirdikoro, kirdikoro, kirdikor. — Source: https://wikisource.org/wiki/Man_bo%E2%80%98libman_do%E2%80%98stlar_hijronida.... Downloaded from uzbekai.com.