Muhammad Rahimxon Feruz Muhammad Rahimxon Feruz Bir jilvagar bo‘lg‘och ko‘zum ollida to qoshu ko‘zung... Bir jilvagar bo‘lg‘och ko‘zum ollida to qoshu ko‘zung, Fahmi xiradin ayladi mandin judo qoshu ko‘zung, Jonimni oldi aylabon nozu ado qoshu ko‘zung, Vah ne balodur bilmadim, ey dilrabo, qoshu ko‘zung Kim, bir nazarda soldi o‘t jonim aro qoshu ko‘zung. Ham Xizri xatting dilkusho, bordur masihoniy so‘zung, Ham ko‘zu qoshing qotili jonbaxga erur, rangin so‘zung, Ham beqaror o‘lg‘on ko‘ngullarga berur taskin so‘zung, Ham yuz o‘lukni tirguzur la’ling aro shirin so‘zung, Ham ming tirikni o‘lturur aylab jafo qoshu ko‘zung. Tun-kun so‘rog‘ing aylabon istab muallo manziling, Ko‘rgach musaffo orazing, bo‘ldum asiri bediling, Jonu ko‘ngul betob erur so‘rmoq tilab shirin labing, Oldi karori toqatim oq siynayu nozik beling, Soldi qaro kun boshima ikki qaro qoshu ko‘zung. Boqgoch ko‘z ila qoshinga, bo‘ldum asir, ey no‘shlab, Jonim yoqar oshiq o‘ti, qoshu ko‘zung bo‘ldi sabab, Emdi fig‘onlar aylabon hijroning ichra ro‘zu shab, Qoshu ko‘zung bedodidin dod aylasam ermas ajab, Kim, ne jafolar qilmadi oxir mango qoshu ko‘zung. Farrux yuzung husn avjining bordur mohitobopikim, Xanling erur mahbublar, sansan alar sultonikim, Mankim tamanno aylamak, san sho‘x beparvonikim, Yo‘qtur manga ishqing aro yurmak tirik imkonikim, Jonimni yo qaddu yuzung olg‘usi yo qoshu ko‘zung. Husn ahli shohisan, erur mulkung malohat kishvari, Ikki ko‘zung jodu erur, qoshing alarning xanjari, Majnundek o‘ldi ko‘rgach, ul husning jahon donolari, Man zori hayroning nechuk devona bo‘lmay, ey pari Kim, aqlu hushim ayladi mandin judo qoshu ko‘zung. Istab visoling bazmini, ey xo‘blarning ahsani, Iqboli Feruzing kibi ko‘b justujo‘ aylab sani, Ko‘rgach yuzung ishq o‘tiga ko‘pdi vujudi xirmani, Shirin labingdin Ogahiy jismig‘a jon berkim, ani, O‘lturdi bir imo qilib boqg‘och qiyo qoshu ko‘zung. Bir pari tushda manga oraz namoyon ayladi... Bir pari tushda manga oraz namoyon ayladi, Ko‘rgach-o‘q, hushu xirad mulkini vayron ayladi. G‘amzayu nozu tag‘oful birla imo aylabon, Ko‘zlari jonimni olib qasdi imon ayladi. Otashin gul bargini eltib labi xandoniga, Jon ila ko‘nglumni rashk o‘tiga so‘zon ayladi. Zulfi mushkini yuzi uzra parishon aylabon, Ko‘zlarimni tiyra, ko‘nglumni parishon ayladi. Chunki ruxsori jahontobin ko‘z ochtim ko‘rgali, Orazi mehrin niqob ostida pinhon ayladi. Siynasi uzra ko‘rub gulgun kabosi chokini, Gulshan ichra gul dag‘i choki giribon ayladi. Seskanib uyg‘ondim ersa, topmadim ondin asar, Ushbu tush Majiun kibi aqlimni hayron ayladi. Yo rab, uyg‘oqliqda ro‘zi qil visoli davlatin Kim, mani oshifta bir gul yuzli jonon ayladi. Mumkin o‘lg‘aymu visoli ichra bir kun shodlig‘, Bo‘ylakim Feruzni hajrida giryon ayladi. Chekib hijronda ranji bekaron ohista-ohista... Chekib hijronda ranji bekaron ohista-ohista, Yutar erdim labi fikrida qon ohista-ohista, Bu holimdin topib bu kun nishon ohista-ohista, Manga rahm aylab ul shirin zabon ohista-ohista, Yetushti boshim uzra nogahon ohista-ohista. Shabi hijronda aylab dardu mehnat kulbasin maskan, Sochar erdim sirishkim donasin har sori yuz xirman, Bu hol ichra tarahhum ko‘rguzub ul dilbari purfan, Firoqida qororg‘oh ko‘zlarimni ayladi ravshan, Ochib ruxsorai xurshidson ohista-ohista. Qudumi intizorida bo‘lub tong otgucha bedor, Chekib har damda gardun sori yuz ming ohi otashbor, Bo‘lub g‘am tig‘i birla sarbasar jonu tanim afgor, Edim hijroni dardi shiddatidin o‘lgudek bemor, Yetushti vaslidin suhbat ravon ohista-ohista. Minib raxshig‘a bukun man sori atfi inon aylab, Shitob ichra araqni gul uza shabnam fishon aylab, Kelib bazmim qudumi birla gulzori jikon aylab, Masiho mo‘’jizin jonbaxshi la’lidin ayon aylab, O‘luk jismimga berdi toza jon ohista-ohista. Rusumi dilrabolig‘ ko‘rguzub gul yuzli jononim, Bilib hijron o‘ti kuydurganni boshdin-oyoq jonim, Ko‘rub rahm aylabon jismi nizoru chashmi giryonim, So‘rub dildorlig‘ rasmi bila holi parishonim, Qilib oshino dilbarlik ayon ohista-ohista. Tarahhum ko‘zguzub har dam fuzun a’dodi imkondin, Tabassum aylabon yuz ishva birla la’li xandondin, Takallum boshlabon har lafzni aylab chuchuk jondin, Dedi:«—Ey oshiqi zorim maloli dardi hijrondin, Bo‘lubsan asru zoru notavon ohista-ohista» Mayi la’limni dardingga davo aylarga kelmishman, Zamiringda ne ersa muddao aylarga kelmishman, Nekim rasmu muhabbatdur, sango aylarga kelmishman, Bu dam vaslim bila koming ravo aylarga kelmishman, Maqomingg‘a bori eldin nihon ohista-ohista. Qilib tun-kun visolim bazmig‘a yetmakni andisha, Urub Farhod yanglig‘ ranju mehnat tog‘ig‘a tesha, Qilib ishqimda ko‘nglungni musaffo, o‘ylakim, shisha, Necha kun dardi hijronim aro sabr aylading pesha, Bo‘l emdi vaslim ichra shodmon ohista-ohista. Edi hijron aro maqsuding o‘pmak borho la’lim, Quchub nozik belim ko‘nglungga so‘rmoq muddao la’lim, Bugun koming ne ersa qilg‘usi oni ravo la’lim, Agar istarsan o‘pmaklikni, eng jonfizo la’lim, Qucharsan, quch belim, engu miyon ohista-ohista. Manga iqbol yanglig‘ bo‘ldi chun ul hamdamu hamdast, Oyoqing o‘pkali man ollida tufroqg‘a bo‘ldum past, Talattuf birla ul la’lin labimga ayladi payvast, Man o‘ldum yor la’li bodasi birla bo‘lub sarmast, Firoqi ranjidin toptim omon ohista-ohista. Ko‘zumdin oqizib ashkni hijron ichra suv yanglig‘, Bo‘lub obi ravon ondin ayon har sori jo‘ yanglig‘, Riyozat tortibon aylab tanin za’f ichra mu yanglig‘, Kishi gar sodiq ersa ishq aro vasl ichra bu yanglig‘, Bo‘lur Feruzbaxtu komron ohista-ohista. Ey falak, netdim sani, dunshanlig‘ izhor aylading... Ey falak, netdim sani, dunshanlig‘ izhor aylading, Notavon ko‘nglum tuganmas g‘amg‘a duchor aylading. Solibon ayru malaksiymo habibimdin mani, G‘ulsurat devsiyratlar bila yor aylading. Vasl ila bir dam xush etmay xotiri noshodimi, Doimo dardu firoqu g‘am aro zor aylading. Hajr tig‘idin qilib jismimnn sartosar yaro, Joni zorimii mashaqqat birla afgor aylading. Davlatp vaslin muyassar aylabon ag‘yorga, Mehnatu hajrig‘a ko‘nglumni sazovor aylading. Bir yo‘li aylanmayin Feruzning komi bila, Ey falak, netdim sani, dushmanlig‘ izhor aylading. Ey sabo, bergil xabar, oromijonim qaydadur... Ey sabo, bergil xabar, oromijonim qaydadur? Sarvqadu gulpirahan, g‘uncha dahonim qaydadur? Bir qiyo boqmoq bila aqlimni toroj aylagan Ul pariruxsor, mujgoni sinonim qaydadur? Chiqti jonim furqatida gul yuzin ko‘rmay aning, Jon berurg‘a la’lidin Iso nishonim qaydadur? Kechayu kunduz firoqpda o‘lar holatdaman, Ayting, ey ahboblar, jism ichra jonim qaydadur? Ohu nolam charxfarsodur yuzi hijronida, Bilmadimkim, boisi ohu fig‘onim qaydadur? Belu og‘zi yodi birla ko‘zlarim giryon etib, Oshkoro anlagan dardi nihonim qaydadur? Vasli birla shod etib ag‘yorlarni har kecha, Baytulahzonimg‘a bo‘lmay mehmonim qaydadur? Topmadim ul gul visolidin xabar Feruzdek, Ey sabo, bergil xabar, oromijonim qaydadur? Ey sho‘x, tarahhum aylakim, zoringman... Ey sho‘x, tarahhum aylakim, zoringman, Jonu dilu din ila giriftoringman. Gar vaslingga aylasang baho jon naqdin, Yuz jon esa ham berib xaridoringman. Furqating soldi dilu jon ichra o‘t... Furqating soldi dilu jon ichra o‘t, Kufri zulfing dinu iymon ichra o‘t. Nargisi shahlo ko‘zung solg‘usidur Bir nigahdin bog‘u rpzvon ichra o‘t. Oh cheksam furqatingdin o‘rtannb, Tushgusidur baytulahzon ichra o‘t. Jurmim, ey mahvash, nedur, har dam solur Barqi ishqing jismp vayron ichra o‘t. Oy kibi farrux yuzungshshg furqati Soldi ko‘kda mehri raxshon nchra o‘t. Ne ajab, ko‘rgach yuzung Feruzning Ohidin tushsa guliston ichra o‘t. Gar dilbarim o‘lmasa mango hamsuhbat... Gar dilbarim o‘lmasa mango hamsuhbat, Naylay esa yuz hurliqo hamsuhbat, Ul sho‘x agar anisim o‘lmas ersa, Darkor emas ushbu dahr aro hamsuhbat. Gul yuzungga bulbuloso o‘tlug‘ afg‘onim fido... Gul yuzungga bulbuloso o‘tlug‘ afg‘onim fido, Sarvi ozodingg‘a qumridek xush alhonim fido. Xirmani guldek bo‘lub kirgil quchog‘im ichrakim, Gul kibi islab yuzung, aylay sanga jonim fido. Vah, nechuk kofirdurur ikki ko‘zingkim, bir qiyo Holima boqmas ham etsam naqdi imonim fido. Goh-gohi man sori qo‘ygil qadamkim, aylayin Maqdaming gardig‘a jon, ey ko‘nglum olg‘onim, fido. Ey parivash kulbamg‘a eldin nihonu oshkor Kelki, to aylay sanga paydoyu pihonim fido. Chashmi umidim yor o‘lg‘il mehrdek yuz birlakim, Bahri kon etsun sanga chashmi durafshonim fido. Baxti Feruz ila gar topsam visoling davlatin, So‘z durrin bazmingda aylay, ey suxandonim, fido. Guliston ichra ul dilbar kelur mastona-mastona... Guliston ichra ul dilbar kelur mastona-mastona, Bo‘lur sham’i ruhig‘a jon qushi parvona-parvona. Tutub zuhdu vara’ tarkini kirdim dayr aro bu tun Ketur, soqiy, manga emdi to‘la paymona-paymona. Qilur javru sitam, qilmas tarahhum man hazing‘a Desam rozi dilimni boshig‘a aylopa-aylona. Borib ag‘yor bazmig‘a, ichib ishrat mayin tun-kun, Meni hijronda aylab g‘am bilan hamxona-hamxona. Qilib pinhon yuzin man zori hayrondin parizodim, Firoqida meni qildi ajab devona-devona. Havas aylarsan, ey dil, ishq dashti sayrini qilmon Kechib boshdin, qadam qo‘ymoq kerak mardona-mardona. Qilib zohir bukun lutfu karam, Feruz, dildoring Kelur koming ravo qilmoq uchun sallona-sallona. Jonbaxshi kaloming erur ul nav’ fasih... Jonbaxshi kaloming erur ul nav’ fasih, Iso kibi jon bergusidur elga sarih, Har sho‘xki, husn ichra tutar o‘zni sabih, San borchasidin sabih ham asru malih. Kam etmadi qahrin manga dildor hanuz... Kam etmadi qahrin manga dildor hanuz, Tark aylamadi javr ila ozor hanuz. Man hajrida subhu shom yig‘larman qon, Xushnud erur bazmida ag‘yor hanuz. Ko‘rgach yuzung, zy dilbar, farxunda sifot... Ko‘rgach yuzung, zy dilbar, farxunda sifot, Hech qolmadi ko‘nglum aro oromu sabot, Xosiyati la’ling obi hayvon yanglig‘, So‘rg‘on kishiga bergusi jovidi hayot. Ko‘rmak tilab yuzungni, ey sho‘x guluzorim... Ko‘rmak tilab yuzungni, ey sho‘x guluzorim, Qonlar to‘kar damodam bu chashmi ashkborim, Quchmok tilab belingni hech qolmadi qarorim, Yo‘lungda tufroq o‘ldi bu jismi xoksorim, Oromijon nigorim, sarviravon nigorim. Bo‘lg‘och nazarda zohir tovusdek xiroming, Aqlimni qildi hayron ta’zim ila saloming, Lol ayladi tilimni to‘tisifat kaloming, Yo‘qtur jahonda mandek bir kamtarin g‘uloming, Oromijon nigorim, sarviravon nigorim. Sen husn shohidursen, rahm ayla bu gadog‘a, Kelmasmu hech rahming bu zori mubtalog‘a, Kahringin aylab afzun ko‘p qo‘ymag‘il balog‘a, Lutfu karam shior et, xo‘y aylama jafog‘a, Oromijon nngorim, sarviravon nngorim. Gulgun uzoring uzra chiqmish xatti zumurrad, Bu xat bila bo‘lub sen husn ahlig‘a saromad, Go‘yo sanga bo‘lubdur shamsu qamar obo jadd, Mundin ziyod etarga vasfingni yo‘q manga had, Oromijon nigorim, sarviravon nigorim. Qadding xayoli tushgach xotirg‘a, ey sumanbar, Ermas nazarg‘a manzur shamshod ila sanavbar, Bo‘lmas esa muyassar ul kokili muanbar, Tutg‘oymu o‘rnin oning rayhonu sunbulu tar, Oromijon nigorim, sarviravon nigorim. Qil holima tarahhum, ey soqiyi diloro, Soldi sipohi ishqing jon kishvarig‘a yag‘mo, Mani zor bedilingg‘a lutf aylagil nigoro, Qolmadi furqatingda sabru qarorim aslo, Oromijon nigorim, sarviravon nngorim. Mehri kamardek olib toju kamarni pinhon, Oxir boshu beliga ziynat yeturdi ul jon, Qilsang muni tafakkur, ey shoiri suxandon, Bir sho‘xi dilraboning ismi bo‘lur namoyon, Oromijon nigorim, sarviravon nigorim. Bo‘stonda bazm etarga jam’ o‘lsalar sanamlar, Ul bazm ichida Feruz o‘lsun desang suxanvar, O‘z ilking ila tutg‘il bir lolarang sog‘ar, Yuz nozu ishva birla kirganda bog‘a dilbar, Oromijon nigorim, sarviravon nigorim. Ko‘zumni ravshan et mehri jamoling ko‘rsatib... Dedim: «Ko‘zumni ravshan et mehri jamoling ko‘rsatib!» Dedi: «Uzorim o‘tig‘a joning netarsan o‘rtatib?!» Dedim: «Tarahhum aylabon holimg‘a qil nazzora». Dedi: «Ko‘zum joning figor etgusi noz o‘qin otib». Dedim: «Visol ichra labing shaxdi mening komim erur». Dedi: «Sanga bergum ani zahri firoq ichra qotib». «Dedim: «Labingning sharbati shirinmu yo kavsar suyi?» Dedi: «Bo‘lurmu har suyi obi baqog‘a o‘xshatib?!» Dedim: «Nedin erkan bugun olam muattar bo‘lmog‘i?» Dedi: «Sochimni tong yeli yuz uzra solmish butratib». Dedim: «Ko‘zung bedor qil noz uyqusidin, ey pari». Dedi: «Bu lahza fitnayi noyimni netkung uyg‘otib?!» Dedim: «Ko‘zungdin o‘rgilay, bir bo‘sa ber Feruzg‘a». Dedi: «Yuzumni og‘ritur har yon xating nishi botib». Kulub dedi manga bu kecha dildor... Dedimkim, «Oshiqi zoringman, ore, Netaykim, vaslinga yo‘l berding ag‘yor. Sanga ag‘yor hamdam bo‘lsa bor dam, Mening bag‘rim bo‘lur afgoru afgor. Bu holimni ko‘rub, qilgil tarahhum Bo‘lubman dardi ishqingdin base zor…» Tabassum birla dur sochib so‘zidin, Dedimki: «Ne g‘araz bu so‘zdin, ey yor?» Dedim: «La’lingdin etgil bo‘sa ehson», Dedi: «Bu nukta bordur asru dushvor». Ko‘rub ul damda behad iztirobim, Dedi: «Feruz, bo‘lgum sanga g‘amxor». Nigoro, oldi hushim, tarzi raftoringg‘a sallamno... Nigoro, oldi hushim, tarzi raftoringg‘a sallamno! Yerutti tiyra kulbam, mehri ruxsoringg‘a sallamno! Ishim qotil ko‘zung bedodidin bo‘lmish, base, mushkul, Ichib qonimni to‘ymas, chashmi xunxoringg‘a sallamno! Labing so‘zdin berur jon o‘lgan elga dardi ishqingdin, Ravoniarvar dabi jonbaxshi guftoringg‘a sallamno! Hama ishq ahlidur, ey mug‘bacha, zulfning giriftori, Bori din ahlini band etdi — zunnoringg‘a sallamno! Deding: «Lutf aylagum!», o‘lturding, ammo necha noz aylab, Agar lutfing bu ersa, javru ozoringga sallamno! Qilursan noz, agar man har necha arzi niyoz etsam, Sitamkor mahvasho, bu nav’ atvoringg‘a sallamno! Senga, Feruz, o‘lub baxt, etding ul op qaddi, zulfin vasf, Bu yanglig‘ tab’i iozik birla ash’oringg‘a sallamno! Payvasta qoshi shaklidur ul chashmi jodu ustina... Payvasta qoshi shaklidur ul chashmi jodu ustina, Bir charg‘kim, yozmish qanot qasd aylab ohu ustina. Nazzora qilgil orazi uzra xatig‘a har zamon, Gar mavji javhar ko‘rmasapg bir sof ko‘zgu ustina. Mehrimiz o‘lmushmudur gulgun shafaq ichra nihon Kiymish va yo gulrang to‘n ul sho‘xi gulro‘ ustina. Ko‘nglum netong siymobdek har lahza qilsa iztirob Kim ul yuz o‘tidin erib suv bo‘lgusi suv ustina. Laylivangamning ishqida majmunlig‘im ko‘rgan kishi Holimga kulgular qilur izhor kulgu ustina. Xatdurmu ruxsori uza yohud musaxxar qilg‘oli Chin mulkining kelmushmudur afvoji hindu ustina. Zulfi xatining hajrida boshimg‘a aylarlar hujum G‘oyatsiz anduhu alam yuz nav’ qayg‘u ustina. Yog‘du kun o‘ldi ko‘zlarim oldida shomi tordek. Aylarga pinhon yuzlarin chun yozdi gesu ustina. Vah naylayin Feruz, ul qotil g‘azab yoyin chekib, Mujgon o‘qin tez otgali chin solmish abro‘ ustina. Qilmish azalda sun’i haq husn ichra yakto orazing... Qilmish azalda sun’i haq husn ichra yakto orazing, Oyu quyoshg‘a o‘xshamas hargiz musaffo orazing, Ko‘rgan kishi aqlin qilur hayronu shaydo orazing, Jonbaxsh la’ling uzra xat to qildi paydo orazing, Jam’ ayladi xurshid uza Xizru Masiho orazing. Bir tun mening kulbamg‘a, ey mahvash, karam raxshini sur, Ochib uzoringni qaro shomig‘a ravshanlig‘ yetur Kim, sandin ehsonu karam zohir bo‘lur vaqtida ko‘r, Oydek yuzung mahjurlar shomi g‘amini yorutur, Partav mening shomimg‘a ham solg‘oymu, oyo, orazing. Lutf aylabon man zorg‘a, ey sarvqaddi mahliqo, Ko‘pg‘il qadam kulbam aro ochib uzori dilkusho, Toki chekarman orazing ko‘rmak tilab ranju ano, Joning uchun rahm aylabon ko‘rguz yuzungkim hajr aro, Joningg‘a yetdim aylabon ko‘rmak tamanno orazing. To ishqing ichra ey pari, devonai zor o‘lmusham, Hajringda g‘am tirnog‘idin a’zoyi bir-bir yulmusham, Guldek uzoringni tilab gulbargi yanglig‘ so‘lmusham, Rozi o‘lumga orazing hajri g‘amidin bo‘lmusham, O‘ltur mani yo tig‘ ila, ko‘rguz manga yo orazing. Qat’ etgali yuz urmusham to furqating tog‘u tuzin, Olmon qulog‘img‘a g‘aming tarkida nosihlar so‘zin, Mayl etmagum gar xo‘blar har necha arz etsa o‘zin, Ko‘z solmag‘um jannat aro g‘ilmonu hur ochsa yuzin Kim, maksadim ko‘yung aro qilmoq tamosho orazing. Hargiz zulmat yo‘li sori g‘ayrat bila yuz urmamish, Gulzoru ko‘yung sayrig‘a sa’y ila markab surmamish, O‘zni tamoshoyn qadu ruxsoringa yetkurmamish, Zohid tilar jannat, guli sarvdin magarkim ko‘rmamish, Lutf ichra zebo qomating, husn ichra yakto orazing. Feruzning arzi budur san xo‘blar shohigakim, Bo‘lma sabab javr aylabon har dam oning ohig‘akim, Bir lutf ila taskin yetur faryodu jonkohigakim, Ishqing o‘tig‘a ko‘ngusi, rahm ayla Ogahiygakim, Tokim ko‘rubdur bir nazar ul zori shaido orazing. Qilmish mani bir dilbari zebo oshiq... Qilmish mani bir dilbari zebo oshiq, Boshdin oyoqi latifu ra’no oshiq, Yo‘q mumkin o‘zi xoli hamsuhbati man, Bo‘lg‘aymu maningdek yana paydo oshiq. Rangin takallummu bo‘lur chunkim guharafshon labing... Rangin takallummu bo‘lur chunkim guharafshon labing, Fayzu farah yetkurgusi ko‘nglumga bepoyon labing, Fahm etmadim ne xosiyat qilmushdurur pinhon labing, Yoqutdurmu bilmadim yo la’l ey jonon, labing, Yo orazing gulzorida bormu guli xandon labing. La’lnig firoqida bo‘lub asru zaifu xasta jon, Jismi nizorimdin olib qadding g‘ami tobu tavon, O‘lmakka yetganda yovuq kelding boshimg‘a nogahon, La’lingni bir o‘pmak bila toptim hayoti jovidon, E’jozi Isomu ekan yo sharbati hayvon labing. Javru jafolar aylabon jonimga bu garduni dun, Qildi labing hijronida ashkimni qon, bag‘rimni xun, Dardim erur behad fuzun, kun-kundin ahvolim zabun, Ko‘zdin to‘kub hijron aro doim sirishqi lolagun, O‘pmaklik aylab orzu tun-kun yutarman qon labing. Ko‘nglumga bo‘lmishdur labing bir bo‘sa qilmoq muddao, Muft ermas ushbu matlabim, bo‘lsa agar, sandin ravo, Oltun-kumish xud sahl erur, ey dilbari shirinliqo, Gar bo‘sa la’lingga jon naqdin qilur ersang baho, Olg‘um nedinkim bir o‘pub o‘lganga na armon labing. Taqvoi toat aylabon zuhd ahli tinmay ro‘zi shab, Jannatga kirmak orzu aylab chekar ranju taab, Aql eli ko‘ying borida jannatni qilgaymu talab, Feruz, jannat ravzasin, gar, istamas ermas, ajab Kim, orazing jannat guli, kavsar suyi, ey jon, labing. Ro‘zi sanga borcha kom bo‘lsun, yorab... Ro‘zi sanga borcha kom bo‘lsun, yorab! Iqbolu man mudom bo‘lsun, yorab! Ham davlati mustadom bo‘lsun, yorab! Ham ishrati bardavom bo‘lsun, yorab! Ruxsorin ochib bir pari keldi bu tun bazmim aro... Ruxsorin ochib bir pari keldi bu tun bazmim aro. Boshdin oyoqi bor ekan mehru vafo, nozu ado. Chiqsa falakka har sahar ohu fig‘onim, ne ajab, Aylar fuzunroq har kecha ul oy menga javru jafo. Bilmon, ne ofat erdi ul bo‘lg‘och nazarga jilvagar, Aqlu xirad, islomu din o‘ldi bori mendin judo. Joning uchun har dam manga ko‘rguz tarahhum, ey pari Kim, sabru toqat qolmadi javring chekib subhu maso. Oydek yuzungning partavi tushsun karo kulbamg‘a ham, Ko‘yg‘il qadam, ey mahliqo, ochib uzori dilkusho. Ne sud, tole’ bo‘lsa gar yuz oyu kun, har subhu shom, Nechunki bor Feruzg‘a mehru jamoling muddao. Shod o‘lg‘il, ey mahzun ko‘ngul, ou kecha dildoring kelur... Shod o‘lg‘il, ey mahzun ko‘ngul, ou kecha dildoring kelur, Shirin takallum, gulbadan, la’li shakarboring kelur. Soz ayla aysh asbobini, ochg‘il tarab abvobini, Ruxsori olamtobini ochib sevar yoring kelur. La’lin qilib mo‘’jizbayon, bermakka umri jovidon, Yuz nav’ mehr aylab ayon, jonbaxsh guftoring kelur. Hijroni ichra borho tortar eding ranju ano, Bu dam tutub rasmi vafo sho‘xi sitamkoring kelur. Mahzun qilib ag‘yorni, shod etgali sen zorni, Tark aylabon ozorni, yori vafodoring kelur. Ko‘ngliga nolang bir sahar ta’sir qilmishdur magar, Shirin dudoqu siymbar, farxunda diydoring kelur. Feruzbaxt o‘lg‘il mudom, et no‘shi ishrat birla jom, Andoqki sarvi xushxirom, ozoda raftoring kelur. Soqiyo, tut manga karam jomin... Soqiyo, tut manga karam jomin, To‘ldurub vasli rohi gulfomin. Rangi bo‘lsun aqiqdin rangin, Ta’mi—obi hayotdin shirin. Jon topib lazzatidin oning qut, Dilkusho bo‘lsun o‘ylakim yoqut. May dema oni sharbati jon de, Sharbati jon de, la’li jonon de. Lab-balab aylay oni paydar-pay, Birla chiqsun boshimg‘a bazm aro may. Ki firoq ichra zormen asru, Muddatidur, xummormen asru. Toki no‘sh aylab oni mastona, Boshlayin behudona afsona. Boshima ne kelibdurur bir-bir, Xoma birla borin qilay tahrir. Gah yozib hajru dard ila alamin, Gah bitay yori bevafo sitamin. Gah falak iyakidin shikoyat etay, Haqgaki, shukri benihoyat etay. Bu sifat so‘zlar aylabon holi, Ko‘nglum aylay maloldin xoli. Vah, na xush kun edi zamone visol. Xush kechib bazmi vasl aro mohu sol. Yorima baxtdek bo‘lub hamdam, Doim iqboldek edim mahram. Ko‘nglum erdi visolidin gulshan, Ko‘zum erdi jamolidin ravshan. Jon topib la’lnning ziloli bila, Shod edim jonfizo maqoli bila. Ko‘rmak ila ko‘ngulda surur, Jon topar erdi suhbatida huzur. Ko‘zi qatlimg‘a aylasa imo, La’li jonbaxshi edi Masihoso. Mijasi jonima o‘n otsa ravon, Ko‘ksim aylar edpm ul o‘qg‘a nishon. Ko‘rubon qoshini nechukkim «nun», Qaddim aylar edim qoshida nigun. Yonima kelsa ul qadi shamshod, Ravza to‘bisin etmas erdim yod. Sunbul zulfin eslabon har dam, Dahr anduhidin edim begam. Anbarin holini ko‘rub har yon, Sog‘inur erdim ani nuqtai jon. Tishin inju xayol etar erdim, Labini fahmi bol etar erdim. Og‘zikim bor edi xat ichra nihon, Zulmat ichra bu chashmai hayvon. Goh zohiri takallum aylar edi, Goh pinhon tabassum aylar edi. Do‘stim erdi zohiru pinhon, Go‘y man jism erdimu ul jon. Kechayu kunduz ichra bir soat, Mansizin yo‘q edi onga toqat. Gah solib gul kibi uzorig‘a ko‘z, Gah nihoni debon quloqig‘a so‘z. Siypabon gah kumush badanni, O‘pubon gah shakkari dahanni. Der edim:—Paykaring erur siymin! Der edi: —Bu so‘zung emastur chin! Der edim:—Bordurur labnng chun qand! Der edi: — Kilma qandg‘a momand! Der edim: — Orazingmu yoki quyosh? Der edi: — Kunda bormudur ko‘zu qosh? Der edim:—Ko‘zlarig‘gmu ohuni Chin? Der edi:—Onda bormu zulm ila kin. Der edim: — Qomatingmu sarvi ravon? Der edi: — Sendadurmu jilva ayon? Der edim: — Kokilingmudur pechon? Der edi: —Ganji husnum uzra ilon! Der edim:—Yuz uzra tushubmu nuqat? Der edi:—Xol erur so‘z etma g‘alat! Der edim:—Qoshlaring erurmu hilol? Der edi:—Ul bo‘lurmu zebi jamol? Der edim:—Tishlaringmudur inju? Der edi: — Oncha sof emas lo‘’lu! Der edim:—Lablaring erur kavsar! Der edi:—Onda yo‘q safodin asar! Der edim:—San parimusan, ey jon? Der edi:—Man parisifat inson! Der edim:—Hurdek erursan xo‘b! Der edi:—Mancha ul emas margub! Aylar erdim man ondin oncha savol, Berur erdi javobin ul filhol. Der edi:—Sansan oshiqi zorim, Dahr aro sandin o‘zga yo‘q yorim. Ko‘zi gar borsa uyqug‘a nogoh, Ishqidin tortibon man o‘tlug‘ oh. Bulbuloso chekib navoyu fig‘on, Bul husnig‘a bor edim hayron. Labidin bo‘sa aylab ohista, Topar erdim farax mani xasta. Rashkdin subh etib yaqosini chok, Tuzmas erdi bu bazmima aflok. Bu sifat yori mehrini afzun, Ko‘rubon zulm fosh etib gardun. Mani oxir ul oydin etti yiroq, Soldi jonimg‘a dog‘i dardi firoq. Zori joninga zulm ko‘rdi ravo, Mani ul yor jondin etdi judo. Mani dildori mehribonimdin, Oyirib o‘t chiqordi jonimdin. Chun mening budim etti charx nobud, Har necha kuysam emdi yo‘qtur sud. Ko‘nglum ar topmasa visol ila bahr, Ne karax bo‘lmoqi makonni shahr? Qadi gar bo‘lmas ersa jilvanamo, Sarvni naylayin mani shaydo? Yuzi bo‘lmas esa manga manzur, Ne kerak mardum ko‘zum aro nur? Quloqim gar so‘zin eshitmas esa, Netayin so‘z agar Masih desa? Topa olmas esam labidin kom, Komim ermasturur mani gulfom Yuzidin apru naylayin gulni, Zulfi atridin ayru sunbulni? Ko‘zi jonimga bo‘lmasa ofat, Naylayin umrima tilab muhlat? Ko‘pi bo‘lmas esa manga maskan, Naylabon ne qilay behishtni man? Yetmasa vaslidin ko‘ngulga surur, Ne qilay hamdamim agar esa hur? So‘rmasa yor holi zorimni, Hajrida joni beqarorimni. Ne kechar furqati aro manga hol, Bilmas ersa gar ul pari timsol. Bedilim yo‘qmu deb va yoxud bor, Xabare tutmas agar dildor. Mani mahzunin ul qadi shamshod, Aylamas ersa oshiqim deb yod. Kechurub man firoq aro ayyom, Topsa agyor bazmi vaslida kom. Bo‘lubon manga zahri hajr nasib, Sharbati vaslin etsa no‘sh raqib. Yutubon man labi firoqida qon, Bo‘lsa ag‘yor bazm aro xandon. Man bo‘lub ishqi birla afsona, Shod esa suhbatida begona. Bu sifat bo‘lsa yor yot manga Ne kerak dahr aro hayot manga. Dilbarim gar bu nav’ qilsa jafo, Manga darkor emas hayot aslo. Vasl subhi gar o‘lmasa umid, Ne qilay umrni tilab jovid. Ohkim, javr etib bahri dani Soldi oxir judolik ichra mani. Emdi bor ko‘nglum ichra ne toqat, Jismi bemorim ichra ne quvvat. Na oyoqda yurur majolim bor, Sayr etib o‘lturur na holim bor. Na manga munglashurg‘a bir mahram! Na manga yig‘lashurg‘a bir hamdam! Na manga bor jahonda bir g‘amxor, To onga dardim aylasam izhor! Kimnikim o‘zga do‘st bilsam man, Joni zorimg‘a ul bo‘lub dushman. Aylabon har tarafga nazzora, Dardima hech topmayin chora. Bir makon ichra o‘lturub tanho, Yig‘lamoqdur ishim sabohu maso. Goh-gohi qo‘lumg‘a olib rud, Tuzubon har dam oshiqona surud. Rost ohanglik qilib og‘oz, Bo‘lub ushshoqdek navo pardoz. O‘tlug‘ abyotlar o‘qub mani zor, Chiqorib ko‘kka ohi otashbor. Derman: Ey charx, bu nechuk oyin, Sangakim, bu sifat qilursan kin. Kim, mening yori mehribonimni, Oyirib yoqding o‘tga jonimni. Bevafolig‘ rusumini tuzding, Manga bu pav’ zulm ko‘rguzding. Falaki kajravo sitamkoro, Nega qilg‘ung manga bu nav’ jafo? Qaro dedimmu orazi oling? Oq dedimmu yuzingdagi xoding? Yo bu so‘zlar sanga esa ta’rif, Man dog‘i bu sifat qilib tavsif. Sani dey bir ajuza makkora, Holing oqdur, vale yuzung qora. Aybparvarsan, hunari dushdgan, Doimo makru hiyladur sanga fan. Kim sevar yori birla xamogush, Bir zamon bo‘lsa tark o‘lub sanga xuga. Ko‘rguzub turfa behayoliqlar, O‘rta yerga solib judoliqlar. Ko‘ngliga yetkurub tuman ozor, Qilg‘ung oxir firoq aro ani zor. Ko‘zidin o‘chsa tongg‘acha uyqu, San emassan oning uchun qayg‘u. Turfa berahm erursan zolim, Kim ilkingdin o‘lmadi solim. Bir kishi yo‘qki mandin istifsor, Aylabon degali na holing bor. Turfaroq buki ul hujasta nihod, Aqlu hushidshi aylagan barbod. Eshitib muncha ohu faryodpm, Oshiqlik deb bir anlamas yodim. Muncha ham bevafoliq o‘lg‘aymu? Bu sifat purjafoliq o‘lg‘aymu? Avval do‘stlug‘lar aylab fosh, So‘ngra tuzmak nedur bu nav’ maosh? Burun aylab vafoyu mehr shior, So‘ngra qillyuq pedur bu nav’ mador? Ko‘nglum aylab burun visol ila shod, So‘ng nedur muncha jonima bedod? Sobiqan aylab ahd ila paymon, Kishi bo‘lgaymu so‘ngra ofatijon. Ey ko‘ngul, haqga shukr aylayu bas, So‘z uzatmoq bu nav’ yaxshi emas. Kilmag‘il charx javridin shikva, Yer ham bevafo deb etma gila. Boshingga ne kelur nihonu ayon, Kismati haqdin o‘zga qilma gumon. Tangri qilg‘on esa nekim taqdir, Bera olmas kishi anga tag‘yir. Bir qaddin ko‘rki o‘t sochib har yon, Raddin qichqurub bo‘lub nolon. Ul dog‘i beqaror o‘ylaki sen, Ishq aro doimo zoru tanho men. Ishq bir o‘tdurur, nechukkim barq, Aylamas shoh bila gadoki farq. Tushsa ondin ko‘ngulga bir uchqun. Kuydurub boshiga solur qaro kun. Ishq aro garchi sabr erur mushkul, Sen oni pesha aylagil, ey dil. Bo‘lubon sazmi vasl aro Feruz, Tun kuning bo‘lsun iyd ila navro‘z. Yor ila no‘sh etib mayi gulfom, Sanga shoyad muyassar o‘lg‘ay kom. Aylabon iltifotlar, jonon, Surgaysan to abadgacha davron. Subhkim, ul sarvi gulro‘x sayri gulzor ayladi... Subhkim, ul sarvi gulro‘x sayri gulzor ayladi, Sarvu gulg‘a qaddu ruxsorni namudor ayladi, Sarv qaddig‘a egib bosh qulluq izhor ayladi, Gul yuzin surtub poyig‘a o‘zini xor ayladi, Rashk tig‘i joy ila ko‘ngulni afgor ayladi. Do‘stlar, ul dilrabo ishqi mani zor ayladi. Gar nafas qilgach nazora ul quyosh ruxsorga, Jon ko‘nglum qoldi ishqi ranjidin ozorg‘a, Aylasam jonim fido boqmay man bemorga, Har nafasda ko‘rguzur yuz iltifot ag‘yorg‘a, Aylamas bir rahme zohir man g‘aribu zorg‘a, Do‘stlar, ul dilrabo ishqi mani zor ayladi. Jonfizo la’lin takallumga oyursa nogahon, Har kalomidin topar o‘lgan badan ruhi ravon, Go‘yiyo uldur bu davron nchra Isoyi zamon Kim, kishi ko‘rmaydur andoq mahvashi shirin zabon, Ayb qilmang, istab oni, aylasam ohu fig‘on, Do‘stlar, ul dilrabo ishqi mani zor ayladi. Xo‘b emastur qaddi to‘’bi qomati raftoricha, Dilkash ermas ravzai rizvon yuzi gulzoricha, Yo‘qturur xurshid nuri jabhai anvoricha, Sunbul ermas atrparvar zulfi anbarboricha, Tong emas, vaslin talab qilsam agar jon boricha, Do‘stlar, ul dilrabo haqi mani zor ayladi. Ohkim, tarki muhabbat aylabon ul dilrabo, Notavon jonimg‘a ko‘rdi hajr anduhin ravo, Muncha ham bo‘lg‘oymu bir bedilg‘a qilmoqlik jafo, Dilrabolig‘ rasmida avval qilib mehru vafo, So‘ngra qildi mehnat hijroni birla mubtalo, Do‘stlar, ul dilrabo ishqi mani zor ayladi. Ul quyoshdin ayru bir zarra qarorim qolmadn, Aqlu hushim ketdi-yu, sabr-ixtiyorim qolmadn, Dardi hijron chekkali tanda madorim qolmadi, Vasl uchun aylab gadoliq nangu orim qolmadi, Yig‘lamoqdin o‘zga hajr ichra shiorim qolmadi, Do‘stlar, ul dilrabo ishqi mani zor ayladi. Ishq mulkida edim Feruzbaxtu komkor, Amrima ma’mur erdi necha sho‘xi guluzor, Lekin oni ko‘rgach o‘ldum bandasi beixtiyor, Qolmayin ko‘nglum aro bir zarracha sabru qaror, Aql ila hushu xiradni qildi mandin beqaror, Do‘stlar, ul dilrabo ishqi mani zor ayladn. Ul pari egnida gulrang libosini ko‘rung... Ul pari egnida gulrang libosini ko‘rung, Mehrdek orazining nuru ziyosini ko‘rung, Nutqi jonbaxshu labi ruhafzosnni ko‘rung, Otg‘oli g‘amza o‘qin qoshlari yosini ko‘rung, Vahki, ul mehrliqo nozu adosini ko‘rung, Jonima har nafas ozoru jafosini ko‘rung. Orazidin olib ul mehru jahontob niqob, Zeb uchun ko‘zga chekib surma, urub yuzga gulob, Ko‘zlari fitnasidin qilg‘oli olamni xarob, Yuzi o‘ti bila aylarga jigarlarni kabob, Vahki, ul mehrliqo nozu adosini ko‘rung, Jonima har nafas ozoru jafosini ko‘rung. Gul xijil bog‘ aro oning gul ruxsoridin, Sarupo dar gul erur qomati raftoridin, Lol erur qumriyu bulbul labi guftoridin, Sindi shakkarga baho la’li shakkarboridin, Vahki, ul mehrliqo nozu adosinn ko‘rung. Jonima har nafas ozoru jafosini ko‘rung. Jon olur har boqishi birla qaro ko‘zginasi, Toza jon ham berur elga shakkarin so‘zginasi, Koshi yo, kipriki o‘q, ofatijon yuzginasi, Fitnagar chobuk xudroyi erur o‘zginasi, Vahki, ul mehrliqo nozu adosini ko‘rung, Jonima har nafas ozoru jafosini ko‘rung. Ko‘z yumub noz ila gohi chekibon xomyoza, Kosh qoqib gah qilibon jilvai beandoza, O‘ziga har dam etib g‘amza fununi toza, Kildi oshiqlig‘im olam eliga ovoza, Vahki, ul mehrliqo nozu adosini ko‘rung, Jonima har nafas ozoru jafosini ko‘rung. Jilvai qomatig‘a tu’bini rizvon banda, Mutabassim labig‘a g‘unchai xandon banda, Ikki shahlo ko‘zig‘a nargisi fatton banda, Orazi mehrig‘a xurshidi duraxshon banda, Vahki, ul mehrliqo nozu adosini ko‘rung, Jonima har nafas ozoru jafosini ko‘rung. Toki ul sho‘x g‘ami ishqig‘a duchor o‘ldum, Dam-badam dardi balo xayli bila yor o‘ldum, Kokili domiga pobasti giriftor o‘ldum, Talab vaslida Feruz kibi zor o‘ldum, Vahki, ul mehrliqo nozu adospni ko‘rung, Jonima har nafas ozoru jafosinn ko‘rung. Yorab, ish subhu maso jurm ila isyondur manga... Yorab, ish subhu maso jurm ila isyondur manga, Iki ko‘zum ushbu g‘ussa birla giryondur manga. Boshlag‘il tavfiq ila rohi hidoyat sorig‘a Kim, ko‘ngul har dam zalolat birla javlondur manga. Man ayon qilmoq sanga lozim emasdur har nafas, Kim sanga bordur namoyon neki pinhondur manga. Sen agar lutfu inoyatu karam anlasang, Jumlayi mushkul iki olamda osondur manga. Afu hajridin bir qatra ehson aylagil, Kim hamisha jurm ila isyon farovondur manga. Ma’rifatning jonibig‘a boshla yo‘lkim borho, Jahl sori xotiri afkor jo‘yondur manga. Qil ato bir jur’ai fazling bilakim, Feruzing, Subh ila shom orzu daryoi g‘ufrondur manga. Zihi bordur zuhuringg‘a azal birla abad paydo... Zihi bordur zuhuringg‘a azal birla abad paydo, Tafakkur aylabon zoting, qila olmas xirad paydo. Ne hikmatdurki, guldek yuz ato bir kimsaga aylab, Birovda bulbuloso ohu afg‘on beadad paydo. Qachon hamdingga go‘yo aylagum tilni mane bekas, Manga gar bo‘lmasa altofi fazlingdin madad paydo. Bu ham bor qudratu sun’ing tasdiqiga bir burhon Ki, qilding bu to‘qquz qat osmonni beamad paydo. Nechuk maqbullig‘ topg‘usidur ahli jahon aro, Ul odamkim, onga qahring soridin bo‘lsa rad paydo. Borisi xohishi taqdiring ila bo‘lg‘usi mavjud, Nekim gar bandadin olamda bo‘lsa neku bad paydo. Topar kavnayi ichra maqsad ila komini Feruz, Inoyoting bila bo‘lsa anga gar masnad paydo. — Source: https://wikisource.org (works of Muhammad Rahimxon Feruz). Downloaded from uzbekai.com.