Ey sho‘x, tarahhum aylakim, zoringman... Muhammad Rahimxon Feruz Ey sho‘x, tarahhum aylakim, zoringman, Jonu dilu din ila giriftoringman. Gar vaslingga aylasang baho jon naqdin, Yuz jon esa ham berib xaridoringman. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ey_sho%E2%80%98x%2C_tarahhum_aylakim%2C_zoringman.... Downloaded from uzbekai.com.