Furqating soldi dilu jon ichra o‘t... Muhammad Rahimxon Feruz Furqating soldi dilu jon ichra o‘t, Kufri zulfing dinu iymon ichra o‘t. Nargisi shahlo ko‘zung solg‘usidur Bir nigahdin bog‘u rpzvon ichra o‘t. Oh cheksam furqatingdin o‘rtannb, Tushgusidur baytulahzon ichra o‘t. Jurmim, ey mahvash, nedur, har dam solur Barqi ishqing jismp vayron ichra o‘t. Oy kibi farrux yuzungshshg furqati Soldi ko‘kda mehri raxshon nchra o‘t. Ne ajab, ko‘rgach yuzung Feruzning Ohidin tushsa guliston ichra o‘t. — Source: https://wikisource.org/wiki/Furqating_soldi_dilu_jon_ichra_o%E2%80%98t.... Downloaded from uzbekai.com.